4-§. Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va uni
tartibga solishda kasaba uyushmalari roli
Mehnat munosabatlari - bu bir tomondan ish beruvchilar boshqa
tomondan ishga yollanuvchilar hamda davlat va kasaba uyushmalari
o'rtasida ishchi kuchini yollash yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy
munosabatlardir.
Ishga yollash bo'yicha m a’muriyat va ishchilaro'rtasidagi mehnat
munosabatlari mehnat shartnomalari yordamida tartibga solinadi.
133
M e h n a t s h a rtn o m a la rin in g ta rk ib iy tu zilish i:
• ish haqi stavkasi;
• me'yoridan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun ish haqi to'lash tartibi;
• dam olish kunlari, tanaffuslar va mehnat ta’tilining belgilanish tartibi;
• pensiya fondlari va sog'liqni saqlashga ajratmalar miqdori;
• narxlar o'zgarishini hisobga olib, iste’molchilik savatini tartibga
solish sharoitlari;
• mehnatning boshqa umumiy va tashkiliy shart-sharoitlari.
Davlatning mehnat munosabatlariga ta’sir ko’rsatish usullari va
yo’llari:
• mehnat munosabatlarining barcha tomonlarini qamrab
oluvchi qonunchilikfaoliyati;
• maqsadli ijtimoiy dasturiami (kam ta’minlangan oilalarga
yordam, ishsizlik bo'yicha nafaqa, turli ijtiomiy to’lovlar,
pensiya ta’minoti va boshq.) ishlab chiqish va amalga
oshirish;
• ish haqining eng kam darajasi (minimal ish haqi)ni
aniqlash va o’zgartirish;
• ishga yollashning umumiy shart-sharoitlarini belgilash;
• bandlik xizmati (Mehnat birjalari) faoliyatini amalga
oshirish;
• davlat ta’lim tizimi orqali ishchilarni o’qitish va qayta
tayyorlashni tashkil qilish.
Kasaba uyushmalarining mehnat munosabatlariga aralashishdan
ko'zlangan asosiy maqsadlar:
•
Ishsizlikni ijtim o iy kafolatlash.
•
M ehnat sharoitlarini yaxshilash.
•
Ish haqini oshirish.
134
Kasaba uyushmalarining ish haqini oshirishga erishishga qaratilgan
chora-tadbirlari:
IV.Monopol mavqega ega bo'lgan tadbirkorlarga turli xil
yo'llar bilan, xususan ish tashlashni tashkil qilish orqali
ta’sir ko'rsatish.
I I I . Kasbnimalakalilitsenziyalash:
• ta’lim darajasi, mutaxassislik bo'yicha ish staji,
attestatsiya natijalari va shaxsiy fazilatlari bo'yicha
11. Ishchi kuchi taklifini qisqartirish:
• immigratsiyani cheklash;
• bolalar mehnatini qisqartirish;
• pensiyaga o'z vaqtida chiqishni qo'llab-quvvatlash;
• ish haftasini qisqartirishga erishish.
. Ishchi kuchiga talabni ko'paytirish:
• ishlab chiqariladigan m ahsulot yoki xizmatga talabni
rag'batlantirish;
• mehnatni unumdorligini oshirish;
- ishchi kuchi bilan birgalikda foydalaniladigan boshqa
resurslar narxini o'zgartirish.
135
Do'stlaringiz bilan baham: |