Elektiv kurs va fakultetlardagi ishtiroki. Kurs nomi, muddati va o’qish shakli ko’rsatiladi.
Turli hil amaliyotlar. Mehnat, ijtimoiy, til o’rganish, pedagogik, malakaviy va b. Amaliyot nomi, joyi va davri yoziladi.
Qo’shimcha ta’lim muassasalari va turli hil o’quv kurslaridagi mashg’ulotlar. Ta’lim muassasasi yoki tashkilot nomi, o’qish muddati va natijalari keltiriladi.
Olimpiada va tanlovdagi ishtiroki. Tadbir nomi, o’tkazilgan vaqti va talabaning natijasi qayd etiladi.
Ilmiy anjuman, seminarlardagi ishtiroki. Tadbir mavzusi, tadbirni o’tkazgan tashkilot, o’quv muassasasi nomi va talaba ishtiroki shakli.
Boshka faoliyat turlari.
Taqrizlar portfoliosi. Talabaning turli sohadagi faoliyati bo’yicha o’qituvchi, ota-onasi, kursdoshlari, qo’shimcha ta’lim tizimi xodimlari va boshqa shaxslarning xulosalari, taqrizlari xamda talabaning faoliyati va uning natijalari bo’yicha o’z tahlillaridan iborat buladi.
Afzalliklari: Bu portfolio talabani o’quv-tarbiyaviy va kelajakdagi faoliyati bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni anglash darajasini kuchaytiradi xamda o’z-o’zini baholash mexanizmini yaratib beradi.
Cheklanishlari, kamchiliklari: To’plangan materiallarni bir shaklga keltirish va hisobga olishning murakkabligi.
Takrizlar portfoliosining namunaviy tarkibi:
bajarilgan ishlar sifati bo’yicha taqrizlar;
qo’shimcha ta’lim muassasasining ijodiy guruhilaridagi ishlari, ilmiy-amaliy anjumanlardagi chiqishlari bo’yicha taqrizlar.
talabaning o’z faoliyati bo’yicha xulosalari, baholari;
keyingi faoliyati yoki keyingi bosqichdagi o’qishni qanday tashkil etish bo’yicha talabaning o’z xulosalari;
amaliyotlar bo’yicha tavsiya xatlar;
boshka sohalar bo’yicha takriz va xulosalar.
Yukorida taklif etilgan portfolio modellarini tahlil qilgan va chuqur o’rgangan xolda murakkab portfolio, ya’ni barcha modellarni birgalikdagi shaklida yoki oddiy, ushbu portfolioning bittasini yuritish mumkin.
Amalda portfolioning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:
«Portfolio-kollektor». Bu portfolio talaba muallif bo’lmagan materiallardan iborat bo’ladi. Bunga o’qituvchi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlar, qo’llanma va ko’rsatmalar, elektron o’quv adabiyotlari, o’quv-vizual materiallar, maqolalar, lug’atlar yoki talabaning o’zi mustaqil topgan adabiyotlar hamda boshqa o’quv materiallari kiradi.
«Jarayon portfoliosi» talaba tomonidan o’quv, uslubiy, ilmiy-izlanish, ijodiy, axborot va ijtimoiy loyihalarni bajarish jarayonida erishgan bilimi va malakalarini mustaqil qullash malakasini namoyish qiladi. Portfolio talabaning loyihalash jarayonidagi barcha bosqichlarni: muammoni aniqlash, loyihani ishlab chiqish, loyiha bo’yicha faoliyatni rejalashtirish va tashkil etish, texnologik bosqich (loyihani amalga oshirish), yakuniy bosqich, taqdimot va loyihani baholashni o’z ichiga olishi kerak.
«Ko’rsatkichlar portfoliosi» talabaning biror bir soha bo’yicha mahoratini va ko’rsatkichlarini jamlash xamda ko’rsatish maqsadida yaratiladi. Unga talabaning o’zi yoki ustozi tomonidan tanlagan eng yaxshi ijodiy ishlaridan namunalar qo’yiladi.
«Baholash portfoliosi» talabaning olgan bilimlari va malakasini nazorat qilish maqsadida to’ziladi va u turli hil nazorat materiallaridan: nazorat ishlari, testlar, sxemalar, krossvordlar va boshka topshiriqlardan iborat bo’ladi. Baholash portfoliosi o’qituvchi tomonidan mustaqil to’ziladi va uni rejalashtirilgan, maqsadga yo’naltirilgan natijaga erishish uchun o’z vaqtida talabalarga takdim etishi talab etiladi.
«Yutuqlar portfoliosi» talabaning o’quv-tarbiyaviy jarayondagi eng yaxshi ishlari va yutuqlarini ko’rsatuvchi hujjatlardan tashkil topadi. Bu portfolioga talaba o’z hohishi bilan o’zining eng yaxshi loyihalarini, olgan tashakkurnomalari, maqtov yorliklari, diplomlari, taqrizlar va o’z faoliyatini namoyish qiluvchi rasmlarni kiritishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |