T oshkent moliya instituti


Talaba portfoliosining mazmuni



Download 5,06 Mb.
bet169/188
Sana15.04.2022
Hajmi5,06 Mb.
#554578
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   188
Bog'liq
Макро 03.09.2019охирги ЎУМ

Talaba portfoliosining mazmuni

Psixologik-pedagogik adabiyotlarda ko’plab kompetentlikga yo’naltirilgan pedagogik texnologiya xaqidagi materiallar mavjud. Ana shunday kasbiy ta’lim tizimida faol foydalaniladigan texnologiyalardan biri «Portfolio» hisoblanib, uning mazmun-mohiyatini turli mualliflar turlicha izohlashadi, jumladan:

  • talabaning turli sohalardagi mehnatining majmuasi bo’lib, u nafaqat o’quv natijalarini, balki unga erishish uchun sarflangan kuch va mehnatni xam ko’rsatadi;

  • o’qishning ma’lum oralig’i davrida talaba erishgan yutuqlar ko’rgazmasi;

  • talabaning o’quv natijalarini maqsadga yo’naltirilgan, tizimli va o’zluksiz baholash xamda o’z-o’zini baholash shakli.

  • talabaning topshiriqlarni tanlashda bevosita ishtirokini ta’minlovchi xamda o’z ishlarini o’zi tahlil qilish va baholash imkonini beruvchi talaba ishlarining antologiyasi, ya’ni talabada refleksiya qobiliyatini shakllantiruvchi pedagogik texnologiya.

Refleksiyaning ma’nosi o’z bilimi va qobiliyatini aniqlash va shunga bog’liq xolda yutuqlari xamda imkoniyatlarini baholash, o’zini kelajakda rivojlantirish uchun tegishli xulosalar kabul qilishga qaratilgan bilish jarayonidir. Refleksiya - insonning ichki ruhiy potentsialini, alohida ma’naviy faoliyatini ochib beruvchi va aniqlovchi innovatsion yo’l bo’lim, u ruhan o’z-o’zini tahlil qilish, o’z kamchiliklari bilan kurashish, o’z kuchi va imkoniyatlariga ikkilanishlarni bartaraf etishga asoslangandir. Shu sababli portfolioni yaratishdan maqsad o’quv natijalari bo’yicha talabaning rivojlanishini namoyish qilish va xulosa sifatida e’tibor, «talaba bilmaydi yoki bajara olmaydi»- deb emas, balki «talaba biladi va bajara oladi»- deb ishonch hosil qilishga karatilishi lozim.
Portfolioni yuritish mas’uliyati talabaga yuklanadi. Portfolio tarkibiga kiruvchi barcha materiallarni talabaning o’zi mustaqil tanlashi lozim. O’qituvchi va ota-ona unga ruhan va amaliy yordam berishlari zarur.
«Talaba portfoliosi» - talabaning bilish jarayonidagi ijodiy mehnati natijalarini o’zi tomonidan ob’ektiv baholash instrumenti, shaxsiy faoliyati refleksiyasidir. U hujjatlar to’plami sifatida quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • talabaga «portfolio»ga joylashtirish uchun materiallar tanlash bo’yicha topshiriqlar, ko’rsatmalar;

  • talabaning ijodiy faoliyatlari bilan jiddiy tanishib borish, portfelga joylashtirilgan faoliyat turlarini baholash omillari va mezonlari;

  • portfolioni ob’ektiv baholash uchun ekspertlar guruhii anketasi.

Bunday «portfolio»ni an’anaviy usulda yoki elektron shaklda ta’lim muassasi saytida, oddiy Word formatida yaratish mumkin. Ushbu papkaga muallif uchun ruxsat beriladi.
Talaba o’z hohishiga ko’ra yoki o’qituvchi topshirig’i asosida o’zining “Iqtisodiyot nazariyasi” bo’yicha mustaqil ishlarini ma’lum ketma-ketlik asosida o’z portfoliosiga joylashtiradi. Materiallar bir semestr bo’yicha, o’quv yili bo’yicha yoki butun o’quv yillari bo’yicha olinishi mumkin. «Portfolio» yoki undagi alohida ishlar talaba tomonidan oldindan izohlanadi, ya’ni nima uchun u aynan ushbu faoliyat turini tanladi, bu faoliyat turi bo’yicha u qanday natijalarga erishdi yoki erisha olmadi, o’qituvchining ushbu ish bo’yicha bergan bahosidan rozimi, ushbu ish natijalari bo’yicha qanday xulosalarga ega. Albatta xar qanday bunday ish yo’l quyilgan xatolarni asosli ravishda tahlil qilishni talab etadi. O’qituvchi alohida talabaga yoki talabalar guruhiga o’z fani bo’yicha shunday «portfolio» yaratishni taklif qilishi va uning tarkibini ko’rsatib berishi mumkin. Bunday «portfolio»ning asosiy maqsadi talabaning o’z faoliyatini fikrlab, asoslab va aniq dalillar asosida baholash qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir. Belgilangan vaqt o’tgach (semestr yoki o’quv yili) yoki aniq hajmdagi ishlar tugagach, talabaning hohishi bilan ushbu dastur yoki loyiha bo’yicha talaba o’z portfoliosini taqdimot qilishi mumkin. Dastlab taqdimotni kichik guruhida, keyin esa katta auditoriyada tashkil etish lozim. Agar «portfolio» elektron shaklda yaratilgan bo’lsa, talaba o’z hamkorlarini (talabalarni) yoki o’qituvchini o’z parolini oshkor qilib, ushbu «portfolio» sahifalariga kirishiga ruxsat beradi va taqdimot tugagach parolni o’zgartiradi. Talaba faoliyatini, ya’ni «portfolio» mazmunini baholash uchun o’qituvchi maxsus ekspertlar belgilaydi. Materiallarni mashg’ulot davrida muhokama qilish mumkin. Agar buning uchun alohida vaqt, o’quv soati ajratilmagan bulsa off-line telekonferentsiya rejimida yoki darsdan tashqari vaqtda ta’lim muassasi sayti forumida amalga oshirish mumkin. Bunday forumda talaba o’zi tanlagan yoki o’qituvchi tomonidan taklif etilgan bilim sohasi bo’yicha butun kuchini berganligini, uning o’z faoliyatiga bergan bahosi o’qituvchi va ekspetlar guruhii tomonidan berilgan bahoga mos yoki mos emasligini isbotlashi zarur. U baholarni kaysi jihatdan tug’ri yoki notug’ri ekanligini ko’rsatishi va o’zining kelajakdagi ushbu bilim sohasidagi ijodiy faoliyati rejalari bilan xulosalashi lozim.
Agar talabalar o’qituvchining o’ziga nisbatan yaxshi, ochiq va samimiy munosabatda ekanliklarini his qilishsa, albatta o’z fikrlari, tajribalari va ko’zatish natijalari bilan o’rtoqlashadilar. Chunki, xar qanday talaba yoki shaxs o’z ijodiy mehnati natijalari bo’yicha boshqalar fikriga bee’tibor bulishmaydi. Faqat shu yo’l bilangina shaxsni kamol toptirish, o’stirish mumkin. Agar talabada bunday ishonch bo’lmasa, ochiq muloqot yuzaga kelmaydi. Talaba yuqorida ko’rsatilgan «portfolio»ni yuritganda ham odatdagidek sukut saklaydi.
Talabalarni bunday texnologiya asosida tarbiyalash va ularga ta’lim berish rivojlangan davlatlarda alloqachon o’z o’rnini topgan, chunki Internet bu texnologiyani joriy etish uchun bir qancha qulayliklarni yarata oladi.
«Talaba portfoliosi» nafaqat akademik o’zlashtirish, balki talabaning kommunikativ muvaffaqiyatlari, muomula madaniyati, sport va jamoat ishlaridagi faolligi bo’yicha xam yuritilishi mumkin. Bunday «portfolio» muhokamasida (taqdimotida) ota-onalarni xam faol ishtirok etishlarini ta’minlash yanada yaxshi natijalarga olib keladi. Ota-onalar o’z farzandlari faoliyati natijalarini baholashlari uchun o’qituvchi tomonidan yoki ekspert guruhi tomonidan taklif etilgan baholash mezonlari va parametrlaridan foydalanishlari mumkin.
Bunday «portfolio» muallifining o’z fikrlari va o’z-o’zini baholash natijalari muhokamasida ushbu texnologiya printsiplari va baholash mezonlarini quyidagicha belgilash mumkin:

  1. “Makroiqtisodiyot” fani bo’yicha o’z-o’zini baholash natijalari quyidagi omillar bilan asoslanadi:

  • bilimlarni “Makroiqtisodiyot” o’quv dasturiga mos kelishi;

  • bilish jarayonida talabaning mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyati, o’z qarorlarining oqibatlarini bilish darajasi;

  • talabaning kommunikativ qobiliyatlarini xususiyatlari (bahslarda qatnashish, o’z karorlarini asoslay olishi, materiallarni ravon va sodda tilda tushuntirib bera olishi).

  1. Tizimli va muntazam o’z monitoringini olib borishi. Talaba “Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo’yicha o’z yutuqlarini nazorat qilib borishni maqsad qilib olsa, u ushbu fan bo’yicha muhim deb hisoblagan bilimlarini tizimiy ravishda «portfolio»ga joylashtirib boradi. Uning vazifasi - ushbu ishlarni diqqat bilan tahlil qilib borish, kerakli o’zgartirishlar kiritish, unga tushuntirishlar berish, o’z-o’zini baholash bo’yicha qisqa hisobot tayyorlash, ya’ni ushbu bilim sohasi bo’yicha u nimalarni o’zlashtirdi, nimalarni o’zlashtira olmadi yoki tushunmadi, kelajakda nimalarga e’tibor qaratishi lozim. Shuningdek u bu erda o’z bilimlariga o’qituvchi, ekspertlar va ota-onasi tomonidan quygan baholarga xam fikrini bildirishi mumkin.

  2. “Portfolio” materiallari tarkibi, barcha yozma tushuntirishlarning mantiqiyligi va aniqligi.

  3. “Portfolio”da keltirilgan materiallarni to’liqligi va mazmunan tugallanganligi.

  4. “Portfolio”ni tartib bilan va estetik jihatdan did bilan yaratilganligi.

  5. “Talaba portfoliosi” taqdimotini ko’rgazmali, yaqqol va asoslangan holda bo’lishi.


  1. Download 5,06 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish