T oshkent moliya instituti


Iqtisodiyotni bashorat qilish qiyin ish



Download 5,06 Mb.
bet130/188
Sana15.04.2022
Hajmi5,06 Mb.
#554578
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   188
Bog'liq
Макро 03.09.2019охирги ЎУМ

Iqtisodiyotni bashorat qilish qiyin ish
Iqtisodiy siyosatning natijalari faqat muayyan vaqt oraliqlari orqali namoyon bo’lganligi sababli, barqarorlashtirish siyosatini muvaffaqiyatli o’tkazish uchun kelgusidagi iqtisodiy vaziyatni oldindan ko’rish zarur. Yarim yoki bir yildan so’ng iqtisodiyot ko’tarilish yoki pasayish holatida bo’lish-bo’lmasligini bilmay turib, ushbu paytda yalpi talabni yo kengaytirish, yoki qisqartirishga yo’naltirilgan iqtisodiy siyosatni to’g’ri tanlash mumkin emas. Afsuski, iqtisodiyot haqidagi bilimlarning hozirgi darajasida, unda yuz berayotgan jarayonlarni ko`pincha oldindan aytib bo’lmaydi.
Oldindan bashoratlashni uslublaridan biri ilgarilovchi ko’rsatkichlar indekslarini qo’llashga asoslangan. Ilgarilovchi ko’rsatkichlar indesklari iqtisodiyotning oldindan o`zgarishini ko`rsatadi. Ilgarilovchi ko’rsatkichlar indeklarining keskin tushib ketishi kelgusi oylarda pasayish sodir bo`lishi mumkinligi haqida signal beradi.
Oldindan bashoratlashni boshqa bir uslubi davlat organlari hamda xususiy bashoratlash va tahlil qilish firmalari qo`llaydigan iqtisodiy modellar bilan bog’liq. Bu murakkab kompyuter modellari katta miqdordagi tenglamalardan iborat bo’lib, ularning xar biri iqtisodiyot rivojlanishining qandaydir tomonini ifodalaydi. Bunda ular monetar va fiskal siyosatda mumkin bo’lgan o’zgarishlar haqidagi va ularga ekzogen o’zgaruvchi sifatida kiritiladigan neft narxi darajasi haqidagi farazlarga asoslanadilar. Shu asosda inflyatsiya, ishsizlik va boshqa endogen o’zgaruvchilarning ehtimolli miqdorlarini oldindan aytadilar. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, bunday bashoratlarning foydaliligi modellarning sifati va ekzogen o’zgaruvchilar dinamikasi haqidagi farazlarning to’g’riligiga to’laligicha bog’liqdir.
Bashoratlashdagi xatolar
“Ozroq yog`ingarchilik, o`zgaruvchan bulutlilik va o`rtacha shamollar”. Bu ob-havo bashorati 1987-yil 14-oktyabrda Britaniyaning mashhur ob-havo xizmati tomonidan taqdim qilingan. Ertasi kuni Britaniyada oxirgi ikki asrdagi eng kuchli bo`ron bo`lgan.
Ob-havo malumotlarini bashoratlash kabi iqtisodiy bashoratlar ham xususiy va ommaviy qaror qabul qilishning muhim asosidir. Biznes rahbarlari bashoratlarga tayanib, qancha ishlab chiqarish kerak, zavodga va uskunalarga qancha investitsiya tikish kerakligi boyicha qaror qabul qiladi. Hukumat siyosatchilari iqtisodiy siyosatni bashoratlarga asoslanib ishlab chiqadilar. Afsuski, ob-havo bashoratlariga o`xshab, iqtisodiy bashoratlar ham kamdan-kam to`g`ri chiqadi.
AQSH iqtisodiyotining tarixida eng o`g`ir pasayish 1930-yillardagi Buyuk Depressiya bo`lib, iqtisodiy bashoratchilar uchun butunlay kutilmagan hodisa bo`ldi. 1929-yildagi fond bozorining qulashidan keyin ham, ular iqtisodiyot qiyichiliklarsiz ozini o`nglay oladi deb ishontirishgan edi. 1931-yilning oxirida iqtisodiyot o`zining eng past nuqtasiga yetganida, taniqli iqtisodchi Irving Fisher, iqtisodiyot tez qayta iziga tushadi deb bashorat qilgan. Keyingi voqealar ko`rsatishicha bu bashoratlar juda ham optimistik bo`lgan: ishsizlik darajasi 1933-yilga qadar o`sishni davom etdi, va u o`n yillikni oxirigacha ham yuqori suratlarda saqlanib qoldi25.
16-1 rasmda AQShda Buyuk Depressiyadan keyin 1982-yildagi eng jiddiy iqtisodiy inqiroz davri davomidagi iqtisodiy bashoratlar ko`rsatilgan. Bu chizma haqiqiy ishsizlik darajasi (qizilda) va keyingi besh chorak uchun olti marta urunishlarni bashorat qilib (yashilda) ko`rsatadi. O`sha bashoratlarda ko`rishimiz mumkinki, ishsizlik darajasini bashoratlash oldindan bir chorak uchun hisoblangan. Juda uzoq muddat uchun bashoratlar ehtimoli ko`pincha noto`g`ri bo`lgan. Masalan, 1981-yilning ikkinchi choragida bashoratlar keyingi besh chorak davomida ishsizlik darajasi ozroq o`zgaradi deb bashorat qildi: lekin faqatgina ikki chorakdan keyin ishsizlik darajasi birdaniga ko`tarilib ketgan. Prognozlardalarda eng ajablanarlisi shuki, 1982-yilning to`rtinchi choragida ishsizlik darajasi qariyb 11 foizni tashkil etgan. Chuqur turg`unlik bo`lgandan keyin qanday qilib ishsizlik darajasining pasayishi to`g`risida qilingan bashoratlar muvafaqqiyatsizlikka uchragan. 2008-yilda ham xuddi shunday iqtisodiyotni pasayishi kuzatildi. 2007-yilning noyabr oyida professional bashoratchilar pasayishni bashorat qilgan edi, ammo faqatgina kamtarona: AQSHda ishsizlik darajasi 2007- yilning to`rtinchi choragida 4.7 foizdan 2008-yilning to`rtinchi choragida 5 foiz bo`lishi bashorat qilingan edi. 2008-yilning may oyida bashoratchilar yilning oxirida ishsizlik darajasi faqatgina 5.5 foizga ko`tariladi deb bashorat qilganlar. Natijada 2008-yilning oxirgi choragida ishsizlik darajasi 6.9 foiz bo`ldi.


Download 5,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish