Bog'liq Kalla suyagining topografiyasi – ko’z kosasi, burun bo’shlig’i, chakka va chakka osti qanot tanglay chuqurchalari, devorlari, ochiladigan teshiklar va yoriqlar ularning klinik ahamiyati
Margo infraorbitalis ning ostida - kо‘z kosasining ostidagi teshik - foramen infraorbitale joylashadi. Bu teshik orqali yuzga nerv va qon tomirlar chiqadi. Uning ostida esa chuqurcha bо‘lib - fossa canina deyiladi. Yuqori jag‘ suyagining chakka osti yuzasi - facies infratemporalis - qabariq yuzadan iborat bо‘lib, chakka osti va qanot-tanglay chuqurchalarini hosil etishda qatnashadi. Bu yuzada yuqori jag‘ suyagining bо‘rtig‘i - tuber maxillae kо‘rinadi. Bu bо‘rtiq yuzasida 3-4 ta nerv va qon tomir о‘tadigan ustki jag‘ning orqa alveolyar teshiklari - foramina alveolaria superior posteriora joylashadi. Bu teshiklar suyak ichiga canales alveolaris bо‘lib davom etadi.
Yuqorigi jag‘ suyagining kо‘z kosasiga qaragan yuzasi facies orbitalis bilan oldingi yuza chegarasidagi qirraga margo infraorbitalis deyiladi.
Kо‘z kosasi ichidagi yuzaning tubida egat bо‘lib, sulcus infraorbitalis deyiladi va bu egat kо‘z kosasining tubidagi pastki kо‘z kosasining tirqishi fissura orbitalis inferior dan boshlanadi. Egat oldingi tarafda, shu nomli kanal canalis infraorbitalis ga davom etadi. Kanal esa yuqori jag‘ suyagining oldingi yuzasiga shu nomli teshik bо‘lib ochiladi. Kо‘z kosasining ostidagi kanal tubida yuqori jag‘ suyagining ichida oldingi va о‘rta alveolyar teshiklar - foramina alveolaria superiora anteriora et media ochiladi. Bu teshiklar orqali kesuv va kichik oziq tishlariga nerv va qon tomirlar yо‘naladi. Yuqori jag‘ suyagi kо‘z kosasi yuzasining medial sohasida kо‘z yosh suyagi birikadigan о‘yma incisura lacrimalis bо‘ladi. Yuqori jag‘ suyagining burun bо‘shlig‘iga qaragan yuzasi - facies nasalis bо‘shliqning lateral devorini hosil etishda qatnashib, tanglay suyagining perpendikulyar qismi, pastki chig‘anoq, g‘alvirsimon suyaklar bilan birlashadi.
Shu yuzaga yuqori jag‘ suyagining bо‘shlig‘ining tirqishi hiatus maxillaris vositasida ochiladi. Yuqori jag‘ suyagining burun yuzasida chig‘anoq qirrasi crista conchalis kо‘rinadi Burun bо‘shlig‘i yuzasining oldingi-yuqori qismida kо‘z-yosh egati sulcus lacrimalis bо‘lib, kо‘z yosh suyagidagi shunday egat bilan qо‘shilib burun-kо‘z yosh kanali canalis nasolacrimalis hosil etadi. Burun bо‘shlig‘i yuzasining orqasidagi katta tanglay egati sulcus palatinus major bо‘lib, tanglay suyagining xuddi shunday egatlarining birikuvidan katta tanglay kanali - canalis palatinus major hosil bо‘ladi. Yuqori jag‘ suyagining peshona о‘simtasi ichki tarafdan burun suyagi bilan, yuqoridan esa p eshona suyagining burun qismi bilan, orqa tarafdan kо‘z yosh suyagi bilan chegaralanib turadi. Bu о‘simtaning ichki yuzasi burun bо‘shlig‘iga qarab turib, bu yuzada g‘alvirsimon suyakning о‘rta chig‘anog‘ining birikishi uchun qirra - crista ethmoidalis kо‘rinadi. О‘siqning yuqori qismida kо‘z yosh qirrasi - crista lacrimali anterior va kо‘z yosh egati tafovut etiladi. Bu egat kо‘z yosh suyagidagi xuddi shunday egat bilan qо‘shilib, kо‘z yosh xaltachasi joylashadiga chuqurcha - fossa sacci lacrimalis hosil bо‘ladi. Yonoq о‘simtasi - processus zygomaticus - yonoq suyagi bilan birlashadi. Bu о‘simtaning pastki qirrasidan, birinchi katta oziq tishining alveolyar chuqurchasigacha - crista zygomaticoalveolaris qirrasi yо‘naladi. Yuqori jag‘ suyagining tanglay о‘simtasi - processus palatinus - orqa tarafdan tanglay suyagining gorizontal plastinkasi bilan birikadi, yon tarafdan alveolyar о‘simtaga davom etadi, о‘rtada esa ikkala tarafdagi о‘simtalar о‘zaro birikadi. Tanglay о‘simtasining ichki tarafida burun qirrasi - crista nasalis - dimog‘ suyagi bilan birlashadi. Yuz tarafda esa bu qirra burunning oldingi о‘tkir qirrasi - spina nasalis anterior bilan yakunlanadi. Tanglay о‘simtasining yuqori yuzasi - burun bо‘shlig‘ining tubini hosil etishda qatnashadi. Bu о‘simtaning pastki yuzasi qattiq tanglayni hosil etishda qatnashadi