T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I


Gedonizm  va  evdemonizm  talimotlari



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/286
Sana06.09.2021
Hajmi8,66 Mb.
#166837
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   286
Bog'liq
11qnazarovvaboshqalarfalsafaasoslaripdf

Gedonizm  va  evdemonizm  talimotlari. 
Qadimgi  davr  axloq- 
shunosligida  paydo  bolgan  falsafiy-axloqiy  ta’limotlardan  biri 
gedonizm  bo‘lib,  uning  mohiyatiga  ko‘ra  inson  faqat  jismoniy
272


rohatlanmasdan,  ruhiy  huzurlanish  xususiyatiga  egadir.  Gedo- 
nizm  ta’limotining  asoschisi  Aristippdir  (e.av.  435—355-y.y.). 
U  Suqrotning  zamondoshi  bo‘lib,  insonning  ruhiy  holati  ikki 
turda  bo‘lishini  aniqlaydi.  Birinchisi,  inson  ruhining  rohatlani- 
shi  bo‘lsa,  ikkinchisi  noxush  og‘riqli  holatidir.  Insonning  butun 
hayot  mazmuni  rohatlanishdan,  huzurbaxshlikdan  iborat,  degan 
g‘oyani ifoda etadigan tushuncha bu gedonizm (qad.  yun.  hedone
-   zavqlanish,  rohatlanish)dir.  Gedonizm ta’limotiga  ko‘ra,  inson 
o‘z  hayotining  tabiiy  ehtiyoji,  asosiy harakatlantiruvchi  kuchi  si­
fatida  huzurbaxshlikka,  rohat-farog‘atga  intiladi.  Aristipp  fikri- 
cha,  rohatlanish  yengil,  yoqimli  va  huzurbaxshlik  bilan  kechsa, 
ruhiyatnig  noxush  og‘riqli  holati  esa  azob  va  qiynoqlardan  ibo- 
ratdir.  Aristipp  fikricha,  inson  og‘riqdan  qochishi  va  iloji  bori- 
cha  rohatlanishga  intilishi  oqibatida  baxtga  erishishi  mumkin, 
jismoniy  ehtiyojlarni  qondirish  esa  inson  hayotining  mazmun- 
mohiyatini  tashkil  etadi.  Bu  ta’limotga  binoan,  huzur-halovat, 
rohatlanish baxsh  etmaydigan  harakatga  e’tibor  qaratish va  kuch 
sarflash  arzimaydi.
Gedonizm ning  psixologik  talqinida  insonni  harakatga  un- 
dovchi  asosiy  kuch  bu  —  zavqlanish  va  rohatlanishga  intilish, 
deya  e’tirof  etiladi.  Axloqiy  gedonizmda  esa,  inson  o‘zining 
yoki  o‘zga  kishilarning  rohatlanishi  uchun  yashashi  kerak, 
degan  g‘oyani  targ‘ib  etuvchi  turli  xil  falsafiy  yondashuvlarni 
o‘zida  mujassamlashtirgan.  Masalan,  gedonizm ni  huzurbaxsh­
lik,  rohatlanish  sifatida  targ‘ib  etuvchi  yondashuvlardan  biri- 
ning  asoschisi  Epikur  insonning  yotsirashdan  va  jirkanishdan 
xalos  boMishi  bu  -   xohish-istaklarni  qondirish,  deya  talqin 
etadi.  Bu  yondashuvda  inson  ehtiyojlarining  qondirilishi  emas, 
balki  azob  va baxtsizlikdan xalos bo‘lish  maqsadi  ifoda  etilgan. 
Inson hayotini gedonistik yondashuv asosida talqin  qilish falsa- 
fa  tarixida  markaziy  masalalardan  biri  bo‘lib  kelgan  va  ko‘plab 
faylasuf-mutafakkirlar  ijodida  o‘ziga  xos  tarzda  ifoda  etilgan. 
Fransuz faylasufi I.Bentam ning yozishicha,  «Tabiat insonni ikki 
asosiy  borliq:  azob  va.  rohat  girdobiga  tushirgan.  U lar  bugun 
biz  nim a  qilishimiz  va  ertaga  nim a  bilan  shug‘ullanishim izni 
belgilab  beradi.  H atto  haqiqat  va  yolg‘on,  sabab  va  oqibat  me-
273


zonlari  ham   ana  shu  ikki  asosiy  negizga  tayanadi».  G edonizm  
ta ’limotida  insonning  mayl  va  ehtiyojlari jamiyatda  o‘rnatilgan 
ijtimoiy  m e’yorlarga  qaram a-qarshi  qo‘yiladi,  inson  erkinligini 
cheklovchi va uning  o‘ziga xos xususiyatlarini  namoyish  etishga 
to ‘sqinlik  qiluvchi  har  qanday  ijtimoiy  shart  va  m e’yorlar  in ­
ker etiladi.  U lar  faqat  shaxsiy  ehtiyojlarni  qondirish hayotining 
mazmuni  deb  biladi  va  bu  yo‘lda  mavjud  ijtimoiy  qonun-qoi- 
dalarga  bepisandlik bilan  qarash,  hatto  ularni  inkor  etishgacha 
boradi.
Evdemonizm (yun. yeudaimonia — baxt-saodat, rohat-farog‘at) 
esa,  baxt-saodat,  rohat-farog‘atni kishilar hayotining  oliy  maqsa- 
di,  deb hisoblaydigan axloqiy yo‘nalish bolib, bu ibora etimologik 
jihatdan,  birinchidan,  qoniqish  hissining  subyektiv  holatini,  ik- 
kinchidan,  qoniqishga  xizmat  qiladigan  obyektiv  sharoit,  ya’ni 
tashqi  ne’matlarni  anglatadi.  Bu  ikki jihat  uzviy  bogliq  boMsa- 
da,  ba’zan  ular  bir-biridan  farq  qilishi,  masalan,  barcha  moddiy 
ne’matlarga ega odam baxtsiz bo‘lishi va aksincha,  qashshoq, ust- 
boshi yupun  inson  o‘zini baxtli  his  etishi  mumkin.  Evdemonizm 
yunon etikasining  asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib,  u  Suqrotning 
shaxs  ichki  erkinligi,  insonning  tashqi  dunyoga  qaram  emasligi 
to‘g‘risidagi  g‘oyasi  bilan  uzviy  bog‘liq.  Evdemonizm  baxt-sao- 
datni jismoniy  va  ma’naviy  huzur,  lazzat  bilan  tenglashtirmaydi, 
balki  uni  keng  ma’noda,  barcha jismoniy va  ma’naviy  (ko‘pincha 
fuqarolikka ham oid)  qadriyatlarning majmuyi  tarzida tushunadi.
Bu  ta’limotga  ko‘ra,  o‘z  shaxsiyatida  ana  shu  qadriyatlarni 
mujassamlantira  olgan  kishigina  chinakam  baxt-saodat  sohibi- 
dir,  shunday baxtgina insonga haqiqiy lazzat,  farog‘at baxsh etadi. 
Qadimgi yunon  allomalari  Demokrit va  Epikur evdemonizmning 
yorqin  namoyandalaridir.  Yunon  mutafakkirlarining  qarashlari- 
da  «baxt»  tor,  individual  axloq  doirasida  (xususan,  baxt  inson 
ijodi  bilan  bevosita  bog‘liq  holda)  talqin  etilgan  bolsa,  nasroniy 
axloqda  baxt  haqidagi  axloqiy  me’yor  va  tushunchalar  ongdan 
tashqarida  bo‘lgan  diniy  tasavvurlar  bilan  bogliqligi  asoslanadi. 
Boshqacha  aytganda,  inson  axloqi  va  ma’naviyatining  mazmun- 
mohiyatini  belgilab  beradigan  chinakam  baxtga  qadr-qimmat  va 
uning  mahsuli  bo‘lgan  baxt  o‘rtasida  ziddiyat  bo‘lmagan  dunyo-
274


tlagina  erishish  mumkin.  Evdemonizm  yo‘nalishi  namoyandalari 
qarashlarida inson uchun eng buyuk ne’mat baxt  sanaladi.  Uning 
asosida  yunon  faylasufi  Arastuning  baxt  haqidagi  ta’limoti  yota- 
di.  Uning  fikricha,  baxt  bu  «biz  doimo  uning  o‘zi  uchun  o‘zini 
tanlaydigan,  boshqa  narsa uchun uni tanlamaydigan»  axloqiy tu- 
shunchadir1.  0 ‘rta  asrlar  tafakkurida  evdemonizm  (baxtga  yeti- 
shuv  ta’limoti)  akviniyalik  Foma  ta’limotiga  yo‘naltirilgan  bo‘lib, 
yuksak baxt Xudoni anglash va hayoti davomida Uni tan olmoqdir, 
degan g‘oyani tasdiqlar edi.
Evdemonizm  yo‘nalishidagi  huzurbaxshlik  ta’limotini  yoq- 
lovchilar  Epikur,  Gassendi,  Lametri,  Volter,  Golbaxlar  baxt  va 
huzurbaxshlikni  uyg‘unlashtiradilar.  Ammo  gedonizmdan  farq- 
li  o‘laroq  huzurbaxshlik  bu  yerda  insonning  axloqiy  faoliyati 
bilan  bevosita  bog‘lanadi.  Misol  uchun,  Epikur  nazdida  yuk­
sak  darajadagi  huzur  tuban jismoniy  lazzatda  emas,  balki  nafis 
ma’naviylikdadir.  Faqatgina  mutlaq  sokinlik  va  ataraksiya  hola- 
tidagina inson haqiqiy baxt  egasiga  aylanadi.  Yangi  davrda  evde­
monizm ko‘plab  faylasuflar tomonidan rivojlantirilgan.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish