Demografik muammolar.
XX asr o‘zining bir qator belgilari
bilan oldingi barcha davrlardan keskin farq qiladi. Xususan, XX
asrni «demografik portlash» davridir, degan qarashlar ham keng
tarqalgan. Bunda qolgan barcha jahonshumul muammolarni
keltirib chiqaruvchi bosh sabablardan biri ham aynan yer yu-
zida aholining tez sur’atlar bilan ko‘payishi bilan bevosita bog‘liq
ekanligi nazarda tutiladi. «Demografik portlash» tushunchasi ijti-
moiy-tarixiy taraqqiyotning qisqa bir davrida, muayyan mintaqa
yoki mamlakatda va Shuningdek, butun yer yuzida tabiiy tug' ilish
hisobiga aholi miqdorining nihoyatda tez ko‘payishini anglatadi.
Insoniyatning oldida ana shunday xavf borligi to‘g‘risida
dastlab ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus (1766—1834-y.)
ogohlantirgan edi. U o‘zining «Aholishunoslikning qonuniyati
to‘g‘risida tajribalar» nomli kitobida aholining geometrik progres-
siya bo‘yicha ko‘payishini, uning hayot kechirishi uchun zarur
bo‘lgan moddiy ne’matlarning ko‘payishi arifmetik progressiya
bo‘yicha ro‘y berishini aytgan edi. Maltus bu jarayonning oldi
olinmasa, yaqin kelajakda, planetar masshtabda, tabiiy muhit
berishi mumkin bo‘lgan moddiy ne’matlar miqdori bilan juda tez
sur’atlarda ko‘payayotgan dunyo aholisi ehtiyoji o‘rtasida ziddiyat
vujudga kelishini bashorat qilgan edi.
Darhaqiqat, bundan 6—8 ming yillar oldin yer yuzida 5 mln.
atrofida odamlar istiqomat qilishgan, deb taxmin qilinadi. Bu
ko‘rsatkich eramizning boshlarida 230 mln., 1-ming yillikning
oxiri 2-ming yillik boshlarida, ya’ni Beruniy zamonida 305 mln.,
1500-yilda 440 mln., 1800-yilda 952 mln., 1900-yilda 1656 mil-
lionni, 2012-yilda esa 7 m ln.ni tashkil etgan. XVI asr boshidan
199
XIX asr boshigacha, ya’ni uch asr mobaynida bu ko‘rsatkich 174
foizga oshganligini; 1900-yildan to 2016-yilgacha esa bu nisbat
salkam 5 barobar oshganligini kuzatamiz.
XX asrning ikkinchi yarmida yer yuzi mintaqalarida aholi-
ning tabiiy ko‘payish sur’atlari turlicha bo‘lib, bu o‘z navbatida,
Yer yuzida mintaqalar, mamlakatlar, xalqlar salmog‘ining kes-
kin o'zgarishiga olib kelmoqda. Masalan, 1800-yilda (Napoleon
zamonida) Fransiya aholisi 27 mln. kishi — Yer yuzi aholisi-
ning 3 foizini tashkil etgan bo‘lsa, Filippin orollarida yashayot-
gan aholi 1,6 mln. kishi miqdorida bo‘lib, planeta aholisining
umumiy salmog‘iga nisbatan 0,16 foizni tashkil etardi. 1999-yil
13-oktabr kuni Yer yuzi aholisi olti milliardlik dovonni bosib
o‘tdi. Fransiya aholisi 56,2 mln.ni, Yer yuzi aholisi salmog‘ining
0,94 foizini, Filippin aholisi ham 65 mln. kishini tashkil etib,
jahon aholisidagi salmog'i (1,05%) bo‘yicha Fransiyadan o‘zib
ketdi. Bu borada milliarddan ko‘p aholi yashaydigan Xitoy va
Hindiston alohida o‘rin tutadi. Xullas, bu masala bir mamlakat
doirasidan chiqib, jahon muammosiga aylandi. U bilan bogMiq
muammolarni hal qilish uchun ham butun jahonda mushtarak
faoliyat olib borish zarur.
Umumbashariy muammolar 0 ‘zbekistonni ham chetlab
o‘tgan emas. Albatta, mamlakatimizda sobiq ittifoqdan meros
qolgan eng global muammo Orol fojiasi ekanligini bilamiz. Bu
borada respublikamiz mintaqadagi davlatlar orasida ko‘pdan-ko‘p
tashabbuslarni o‘rtaga tashlab kelmoqda. Shu bilan birga, mam-
lakatimiz aholisi ham muttasil o‘sib bormoqda.
0 ‘zbekiston o‘z aholisi o‘sishi bilan bogMiq masalalarni, aytish
mumkinki, muvaffaqiyatli hal qilishga kirishdi. Keyingi paytlarda
respublika hukumati inson sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tug‘ilgan
har bir chaqaloq oldida ota va onaning, qolaversa, jamiyatning
javobgarlik hissini oshirish borasida, Shuningdek, farzandning
ota-ona va Vatan hamda xalqi oldidagi burchlarihi chuqur ang-
lashlari uchun juda katta ma’naviy rag‘batlantiruvchi tadbirlar
ishlab chiqqanligi o‘ta muhim ahamiyat kasb etdi. Shu maqsad-
da «Soglom avlod» jamg‘armasining tuzilishi, «Sog‘lom avlod
uchun» ordenining ta’sis etilishi ham fikrimizning dalili bo‘ladi.
200
Bugungi kunda ajdodlarimizning o‘z Vatani, tabiiy muhitga
mehr-muhabbatli bo‘lish kabi muqaddas tuyg‘ulari avloddan-av-
lodga meros bo‘lib o‘tayotganligi bejiz emas. Zero ona Vatani-
miz Yer yuzining eng obod va ozod go‘shalardan biriga aylanishi
shak-shubhasizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |