T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I


Bioetika — amaliy etikaning nazariy asosi



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/286
Sana11.01.2022
Hajmi8,66 Mb.
#347678
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   286
Bog'liq
Falsafa asoslari

Bioetika — amaliy etikaning nazariy asosi. 
Texnik va texnologik 
jihatdan  rivojlangan  zamonda  ilm-fan  rivoji jamiyatning  barcha 
sohalariga  ta’sir  etib  qolmasdan  iloj  yo‘q.  Taraqqiyot  biokimyo, 
biofizika,  bioetika  kabi  yangi  fanlarni  yuzaga  keltirdi.  «Hozir­
gi  zamon  fanida  bioetika  tirik  mavjudotlar  shu  bilan  birga,  in- 
songa  ham   bo‘lgan  munosabatlarning  axloqiy  regulyativi  deb 
qaraladi.  Bioetikani  maqsadlaridan  biri  shaxsni  turli  holatlarga 
solish  imkoniyatlarini  yaratuvchi,  inson  xatti-harakati  ruhiyatini 
o‘zgartirish  mumkin  bo‘lgan,  uning  ustidan  o‘tkazilayotgan  xil- 
ma-xil tadqiqotlarni  cheklash mezonlarini  ishlab  chiqadi»1.
«Bioetika»  atamasini  amerikalik  mashhur  onkolog  shifo- 
kor,  olim  va  insonparvar  Van  Ranseler  Potter  (1911—2001)  il- 
miy  muomalaga  kiritdi.  «Bioetika»  atamasini  Potter  «Bioetika  — 
kelajakka  ko‘prik»  deb  atalgan  mumtoz  kitobida  birinchi  marta 
qo‘llagan.  Potterning  asosiy  g‘oyasi  yer  yuzida  hayotni  saqlab 
qolish  muammolarini  hal  qilish  uchun  gumanitar  fanlar  va  bi- 
ologiya  fanining  sa’y-harakatlarini  birlashtirishni  nazarda  tuta- 
di.  Potterning  fikriga  ko‘ra,  bioetika  insoniyatning  yashab  qo- 
lishini ta’minlash va butun kishilik jamiyatining sog‘liqni saqlash 
uchun tibbiyot etikasi bilan atrof-muhit etikasi  (ekoetika)ni jahon 
miqyosida birlashtiruvchi ko‘prik bo‘lishi lozim.
«Bioetika»  tushunchasi insonning butun tiriklikka munosaba- 
tini ko‘rib chiqadigan masalalar sohasini nazarda tutadi. Biologiya 
va tibbiyot  sohasidagi bilimlarning taraqqiyoti,  tibbiyot yangi im- 
koniyatlarining  rivojlanishi  an’anaviy  etika  ilgari  duch  kelmagan 
muammolarni  keltirib  chiqardi.  Amalda  bioetika  amaliy  etikaga 
aylandi va  asosiy e’tiborni amaliy tibbiyotning axloqiy muammo- 
lariga qaratdi.
1  Falsafa  qomusiy lug‘ati.  -   Т.:  Sharq,  2004.  -   56 b.
318


Bugungi  kunda  zamonaviy  bioetikaning  eftanaziya,  klon- 
lashtirish,  abort bilan bog‘liq muammolari  mavjud.
Yaratuvchanlik  va  bunyodkorlik  fazilati  Alloh  yaratgan  bar- 
cha jonzotlar ichida eng mukarrami hisoblangan insonga ko‘proq 
berilgan.  Ba’zida  esa  fazilatni  o‘rnini  o‘ziga  bog‘liq  holda 
buzg‘unchilik  illati  egallab  oladi.  Bu  holat  individ  darajasidan 
inson  darajasiga  shakllanayotgan  ona  qornidagi  bolaga  nisbatan 
ayolni  o‘ziga bog‘liq va  bog‘liq bo‘lmagan  holatlarda  homilaning 
rivojlanishini sun’iy yo‘l bilan to‘xtatish (abort) bilan bog‘liq holat- 
lar tibbiy axloqiy muammo sifatida bugungi kunda juda ham ko‘p 
uchrab  turadi.  Masalan,  «Yevropada  uchta  mamlakat  Shimoliy 
Irlandiya,  Malta  va  Irlandiya  Respublikasida  abort  taqiqlangan. 
Statistik  m a’lumotlarga  ko‘ra,  abortlar  soni  tug‘ilishlar  sonidan 
kam  emas.  Ba’zi  mamlakatlarda  esa  qayd  etilgan  abortlar  soni 
tug‘ilishlardan  ko‘p.  Rossiyada  ba’zi  tug‘ruqxonalar  abort  miq- 
dorining keskin ortishi tufayli ruhoniyga yordam so‘rab  murojaat 
qilishgan.  Hatto  shifokorlar  ayollarga  operatsiyadan  oldin  rohib 
bilan  suhbatlashishni  shart  qilib  qo‘yishmoqda.  Shuning ta’sirida 
abortdan voz  kechganlar soni  ortgani ta’kidlanmoqda»1.
Bioetika  tadqiqotlar  sohasi,  ijtimoiy  munozaralar  va  axloqiy 
qarorlar  qabul  qilish  maydoni  sifatida  mamlakatimizda  o‘zining 
dastlabki  qadamlarini  tashlamoqda.  Jahonning  ko‘pgina  atoqli 
mutafakkirlari insoniyat yangi ming yillikda yashab qolishi uchun 
vayronkor  an’analar  va  ajralishdan  yangi  umumbashariy  dunyo- 
qarashga  yo‘l  topishi  zarurligini  ko‘rsatmoqda.  Ularning  maz- 
kur  qarashlari  Xalqaro  Insonparvarlik  Akademiyasi  tomonidan 
2000
-yilda  chiqarilgan  insonparvarlik  manifestida  aks  ettirildi. 
Unda quyidagi so‘zlar bor:  «Yangi dunyoqarash inson huquqlarini 
himoya  qilishi,  insonning  erkinligi  va  qadr-qimmatini  yanada 
oshirishi,  Shuningdek,  bizning butun insoniyat oldidagi majburi- 
yatlarimizni  qayd  etishi  lozim».

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish