Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uyg‘unligi.
Kasb etikasi
(odob-axloqi) - odamlarning kasbiy faoliyatidan kelib chiqadigan
o‘zaro munosabatlarning axloqiy yig‘indisidir. Tarixda kasb odo-
bining shakllanishi qadimga borib taqaladi. Ilk kasbiy-ma’naviy
talablarni qadimgi Misrda paydo bo‘lgan «Pxatotep o‘gitlarida»
uchratish mumkin. Ushbu pandnomada mehnat orqali boylik va
yuqori mavqega erishish uchun o‘z vazifasini vijdonan bajarish
lozimligi ta’kidlangan. Shuningdek, Qadimgi Yunonistonda pay
do bo‘lgan Gippokrat qasami ham kasb odobi kodeksi zaruriyati,
unga ehtiyoj avvaldan bo‘lganligi, birinchi navbatda, u kasbiy
faoliyatni axloqiy jihatdan izga solish, ma’lum qoidalar doirasida
ish yuritish, turli murakkab holat va vaziyatlarda kasbiy-insoniy
nuqtayi nazarlardan to‘g‘ri xatti-harakat qilish mezonlarini yara-
tish, Shuningdek, kasblarning jamiyatdagi o‘rni, mavqei, salo-
hiyatini mustahkamlash maqsadida paydo bo‘lganidan dalolat
beradi.
Sharqda ham kasb odobi masalalariga katta e’tibor qaratil-
gan. Husayn Voiz Koshifiyning «Futuvvatnomai Sultoniy» asari
beshinchi bobining o‘n to‘rtinchi, o‘n beshinchi va o‘n oltinchi
fasllari turli kasb egalari odobiga bagMshlangan. Masalan, o‘n
to ‘rtinchi fasl «Kasb-ког va savdo-tijorat odobi haqida» deb nom-
lanadi va umuman kasb egasi, ayni paytda, savdo-tijorat ahli odo
bi qonun-qoidalarini bayon etadi. ««Bilgilkim, hamma kasblarga
birday taalluqli qisqacha qoida-adablar mavjud, Shuningdek, har
bir kasb uchun alohida odob ham bor. Agar barcha kasblar uchun
312
zaruriy odoblar xulosasi nechta, deb so‘rasalar, sakkizta deb ayt-
gil: o‘z kasbini haromdan, shubhali mol-mablag‘dan pok saqlasin;
rizq-ro‘zi zarurati uchungina kerakli kasb bilan shug‘ullansin,
kasbni mol-dunyo to‘plashga sarflamasin; kasbni obro‘ olish,
yaxshi nom chiqarishning sababi, deb bilsin; moli harom odam
lar (amaldorlar, poraxo‘rlar, qaroqchilar, o‘g‘rilar, qimorbozlar,
kazzob do‘kondorlar) bilan muomala qilmasin...»1.
Koshifiy sotuvchi odobi, xaridor odobi, xodimlar (xizmat-
korlar) odobi, maddohlar odobi singari masalalarda ham xuddi
shunday asosli fikrlar bildiradi. Sotishning sakkiz odobi, sotib
olishning o‘n ikki odobi borligini bayon etadi. Sotish odobi haqida
xaridorga muloyim gapirish, dag‘allik qilmaslik, o‘lchovdan, ya’ni
tarozidan urmaslik, xaridorni aldamaslik kabilarni aytib o‘tadi.
Sotib olish odobida esa molni halol pulga sotib olish, qalbaki,
soxta pul bermaslik, sotuvchiga qo‘pol gapirmaslikni ta’kidlab
o‘tadi2. Kasbiy odobning barcha uchun birdek taalluqli hisoblan-
magan, balki muayyan kasb-kor egalarigagina mansub bo‘lgan
ijtimoiy xulq-atvor qoidalari, me’yorlari mavjuddir. «Kasb odobi»
atamasi «kishilar o‘rtasidagi kasb faoliyati bilan bog‘liq munosa-
batlarga m a’rifiy tus beradigan xulq-atvor kodeksidir»3.
Kasb axloqi kasb odobiga nisbatan keng tushuncha. Chun
ki kasb odobi kasb axloqi tarkibiga kirib unga shaxs xulq-atvori
asos bo‘lsa, kasb axloqi xulq-atvor bilan birgalikda, umuminsoniy
axloqiy kasbiy me’yorlarga asoslanadi. Kasbiy axloq insonning
kasbiy burchlari o‘z kasbiga bo‘lgan munosabatini belgilaydigan
axloqiy m e’yorlar majmuyi bo‘lib, u kishilarni u yoki bu kasbga
mansubligiga qarab birlashtiradi.
Masalan, rahbarlikning axloqiy jihatlari borasida ta’kidlash
joizki, bu boradagi kasb odobi qonun-qoidalari faqat kabinetlarda
emas, balki, xalq bilan muloqot jarayonida shakllanadi. Rahbar
xodimlar faoliyatidagi kamchilik sifatida 0 ‘zbekiston Prezidenti
1 Husayn Voiz Koshifiy. Futuwatnomai Suite niy Axloqiy Muhsiniy.
0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashrh oti. —T. 2011, —В 83.
2 0 ‘sha manba. —B. 84
3 Словарь по этике. -М .: Политиздат, 1981,—С. 274.
313
Sh.Mirziyoyev «Ayrim idoralar va ularning rahbarlari real hayot-
dan va xalq ehtiyojlaridan ma’lum darajada uzilib qolmoqda», —
deya ta’kidlagani bejiz emas1. Zero, kasbiy omilkorlik, o‘z ishini
yaxshi bilish, qaysi kasbdan qat’i nazar axloqiy me’yorlarning ibti-
dosidir. Kasb odobi me’yorlarining mazmuni, ularning amaliyligi
u yoki bu masalalarni yechishda yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |