14-mavzu. Nikoh va oilaning axloqiy asoslari,
uning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni
Nikoh — eng qadimgi axloqiy munosabat shakli. Nikohning
qonuniy va diniy jihatlari.
Nikoh o‘z mohiyatiga ko‘ra axloqiy
hodisa. Nikoh — erkak va ayolning teng huquqli, erkin va ixti-
yoriy ittifoqi bo‘lib, u fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish
organlarida tuziladi va oila tuzish maqsadiga xizmat qiladi. Oila
jamiyatning dastlabki bo‘g‘ini sanaladi va davlatning rivojlanishi-
da muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki oilada tug‘ilib, tarbiya
topayotgan yosh avlod jamiyatning, davlatning ertangi kunini,
istiqbolini belgilab beradi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Preziden-
ti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 2-fevraldagi «Xotin-qizlarni
qo‘llab - quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi
faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
qarori oila mustahkamligini ta’minlash, uning ijtimoiy vazifala-
rini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish, ayniqsa, oila
ning farzandlar tarbiyasidagi nufuzini oshirishga ko‘maklashish
hamda mamlakatimizda oila va nikoh munosabatlarining qad
riyat sifatida e’tirof etish uchun asosiy poydevor bo‘lib xizmat
qiladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24
yilligiga bag‘ishlangan marosimdagi ma’ruzasida oilaning jamiyat
taraqqiyotidagi nufuzi haqida: «Barchamizga ayonki, yurtimizda-
gi har qaysi inson, har qaysi oilaning eng ezgu orzu-maqsadlari,
hayotiy manfaatlari avvalambor uning farzandlari timsolida na
moyon bo‘ladi, ro‘yobga chiqadi. Albatta, bu borada yurtimizda
ulkan ishlar qilinmoqda va ular amalda o‘zining ijobiy natijasini
bermoqda», — deb ta ’kidlagan edilar.
Bir qancha respublika va xalqaro miqyosdagi normativ huqu-
qiy hujjatlarda ona va bola huquqlari mustahkamlab qo‘yildi.
Jumladan, respublikamiz konstitutsiyasining XIV bobi oilaga
bag‘ishlangan boMib, bu yerda oila va nikoh munosabatlari, ona-
292
lik va bolalik davlat tomonidan to'la muhofaza qilingan. Qonun-
ga binoan nikoh tuzish shartlaridan eng muhimlari — nikohga
kiruvchilarning o‘zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga yetgan-
liklari. Bizda yigitlar uchun — 18, qizlar uchun — 17 nikoh yosh-
lari qilib belgilangan.
1998-yili Oila kodeksini 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj-
lisi tomonidan tasdiqlanishi oila va nikoh masalalarini tartibga
solishda va mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bir
so‘z bilan aytadigan boMsak oila va nikoh munosabatlari har doim
davlatimiz himoyasida bolgan va davlatimiz siyosatining ustu
vor yo‘nalishlaridan biri sifatida qarab kelingan. Yurtimizda oila
va nikoh munosabatlari davlat qonun-qoidalari hamda avloddan
avlodga o‘tib kelayotgan go‘zal an’analar asosida amalga oshirib
kelinmoqda. Xususan, huquq sohasiga oid an’analar mustaqil
lik davrida o‘tmish merosimizdagi va milliy mental xususiyatlar
asosida tobora mukammallashtirilib, optimallashtirish choralari
ishlab chiqilmoqda.
Mustaqil 0 ‘zbekistonning Konstitutsiyasida belgilangan oi-
la-nikoh munosabatlariga oid qonun-qoidalar majmuyi davlat
g‘amxo‘rligiga olinib, o‘zbek xalqining bu boradagi milliy va
diniy qadriyatlarini ham nazarda tutgan holda «Mehnat kodeksi»,
«Oila kodeksi», «Fuqarolik va jinoyat kodeksi» hamda «Sog‘lom
avlod» kabi qonunlarida o‘z ifodasini topgan. Ularda oila-nikoh
masalalariga ma’naviy jihatdan ham yondashilib qonun darajasiga
ko‘tarilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 8-moddasida oila
viy munosabatlarda urf-odat va an’analarga amal qilish to‘g‘risida
alohida so‘z yuritiladi: «Qonun hujjatlarida oilaviy munosabat-
larni tartibga solishga oid tegishli normalar bolm agan taqdirda,
0 ‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid bolm agan
mahalliy urf-odat va an’analar qollaniladi1. Darhaqiqat, Kodeks-
da davr sinovidan o‘tgan umuminsoniy qadriyatlar bilan etno-
madaniy an’analar, o‘zbek xalqining mentaliteti o‘z ifodasini
topgan. Ushbu milliy va diniy urf-odatlar, an’analar orasida
1 0 ‘zbekiston Respublikasining oila kodeksi. - Т.: Adolat, 1998. - 8 b.
293
shundaylari borki, ular oila-nikoh masalasidagi qonun hujjatlariga
zid kelmaydi. Aksincha, ular asrlar davomida tarix sinovlaridan
o‘tib, oilani mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda.
Oila, nikoh haqida, uning mustahkamligi to‘g‘risida diyori-
mizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarimiz Imom al-Buxo-
riy, Imom al-Moturidiy, Burhoniddin al-Marg‘inoniy, Ali
sher Navoiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat va boshqalar o‘z
asarlarida qimmatli fikrlarini keltirib o‘tganlar. Xususan, fiqh
(musulmon huquqshunosligi) ilmining sultoni Burhoniuddin
Marg‘inoniyning oilani mustahkamligi va farovonligini oshirish-
ga xizmat qiladigan, oila va nikoh masalasida chiqarilgan ayrim
hukmlarini ta’kidlash lozim.
Burhoniddin al-Marg‘inoniyning shoh asari «Hidoya»da
«Nikoh kitobi» va «Taloq kitobi» bevosita oila va nikoh masa-
lalariga bag‘ishlangan. Marg‘inoniy oilaning moddiy va m a’naviy
jihatdan mustahkamlanishi uchun xizmat qilishi mumkin bolgan
holatlarni nazarda tutgan holda m ahr berish borasida ayrim yen-
gilliklarni o‘z hukmlariga kiritadi: Chunonchi, «nikohda garchi
m ahr aytilmasa ham, nikoh durust bo'laveradi»1, «... m ahr ayol
kishining xolis haqqidir. U nikohning boshidayoq m ahrni bekor
qilishi mumkin bolgani kabi nikoh tugagandan keyin (ya’ni
eri o‘lgandan keyin) ham o‘z haqidan voz kechishi mumkin»2,
«Nikoh faqat juftlanish uchun emas, balki undan ko‘zda tutilgan
maqsadlarni ro‘yobga chiqishi uchun mashru’ qilingandir»3, deb
chiqargan hukmlari fikrimizning isbotidir.
Ushbu hukm haqiqatan ham insoniy mehr-muruvvat,
bag'rikenglik ruhida chiqarilganligi bilan katta ijtimoiy va
ma’naviy ahamiyat kasb etishi shubhasizdir. Bu hukmlarning
ma’naviy tomoni shundaki, nikoh qandaydir moddiy manfaatlar
evaziga emas, balki oila mustahkamligiga xizmat qilmog‘i lozim.
Zero, oiladagi go‘zal qadriyatlar, jum ladan sevgi-muhabbat, far-
1 Burhoniddin Marg‘inoniy. Hidoya. I-jild. Nikoh Mtobi. — Т.: Adolat,
2000. - 690 b.
2 0 ‘sha asar. 692 b.
3 Burhoniddin Marg'inoniy. Hidoya. I-jild. Nikoh kitobi. — Т.: Adolat,
2000. - 732 b.
294
zandlar xursandchiligi va insoniy go‘zal mehr barcha narsadan
ustun turadi hamda oila mustahkamligiga xizmat qiladi.
Bundan tashqari «Hidoya»da g‘ayrishar’iy nikoh holatlari haqi
da ham diqqatga sazovor hukmlar keltirilgan. Marg‘inoniy tomoni
dan g‘ayrishar’iy deb hukm chiqarilgan holatlar — m a’naviyatga
va axloqiy me’yorlarga zidligi sabablidir. Alloma asaridagi ushbu
holat bugungi kun bilan chambarchas bog‘langandir. G ‘arb mam-
lakatlarida oilaning qadrsizlanishini va axloqan buzuq bo‘lgan bir
jinsli nikohning kundan kunga ko‘payib borayotganligini ameri-
kalik siyosatshunos Patrik Byukenen o‘zining «G‘arbning halo-
kati» deb nomlangan asarida kuyunch bilan e’tirof etadi. G ‘arb
davlatlari orasi shiddat bilan kamayib borishi, bugungi kunda
Yevropaning o‘n yetti davlatida o‘lish tug‘ilishga nisbatan ancha
yuqori ekanligi, nikohlar soni kamayib ajrimlar oshib borayot
ganligini keltirib chiqarmoqda. Eng achinarlisi Yevropa aholisi-
ning katta qismi bugungi kunda bir jinsli nikoh tarafdori ekanligi
vaziyatning naqadar ayanchli ahvoldaligidan dalolat beradi. Endi
esa Yevropa davlatlari tezda bu muammolarga yechim topma-
sa o‘z-o‘zidan yemirilib yo‘q bolishi hech gap emasligi ma’lum
bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun ham fiqh bunday ni kohl ami
«botil» va «fosiq» nikohlar deb hisoblaydi. «Botil» iborasi asossiz,
o‘z kuchini yo‘qotuvchi m a’nolarini anglatadi1. «Fosiq» iborasi
axloqiy buzuq, nuqsonli ma’nolarini anglatadi2. Demak, bunday
nikohlar Marg‘inoniy nazdida m a’nan hech qanday kuchga ega
bo‘lmagan, buzuq nikohlar hisoblanadi.
Marg‘inoniy fikricha, shaxsni ma’naviy tubanlikka olib keli-
shi, jamiyat uchun ijtimoiy falokatga aylanishi mumkin bolgan
har qanday nikoh holatlari axloqiy jihatdan qattiq qoralanadi va
g‘ayrishar’iy nikohlar deb hukm chiqariladi, garchi bu nikohlar
rasmiyatchilik qonun-qoidalari asosida amalga oshirilgan bo‘lsa
ham. Rasman nikoh deb atalgan, lekin Marg‘inoniy tomonidan
noshar’iy deb hukm chiqarilgan ana shunday «botil» nikohlardan
biri — m ut’a nikohidir. Ushbu nikohning g‘ayriaxloqiy mohiyati
1 Qarang: Арабско-русский словарь. - М.: 1962. - 91 с.
2 0 ‘sha kitob. С. 765.
295
va «botil»ligi haqida «Hidoya»da shunday deyiladi: «Mut’a birorta
ayolga: men sendan falon muddatga faloncha pul evaziga (jinsiy)
foydalanaman» — deyishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |