Gedonizm va evdemonizm talimotlari.
Qadimgi davr axloq-
shunosligida paydo bolgan falsafiy-axloqiy ta’limotlardan biri
gedonizm bo‘lib, uning mohiyatiga ko‘ra inson faqat jismoniy
272
rohatlanmasdan, ruhiy huzurlanish xususiyatiga egadir. Gedo-
nizm ta’limotining asoschisi Aristippdir (e.av. 435—355-y.y.).
U Suqrotning zamondoshi bo‘lib, insonning ruhiy holati ikki
turda bo‘lishini aniqlaydi. Birinchisi, inson ruhining rohatlani-
shi bo‘lsa, ikkinchisi noxush og‘riqli holatidir. Insonning butun
hayot mazmuni rohatlanishdan, huzurbaxshlikdan iborat, degan
g‘oyani ifoda etadigan tushuncha bu gedonizm (qad. yun. hedone
- zavqlanish, rohatlanish)dir. Gedonizm ta’limotiga ko‘ra, inson
o‘z hayotining tabiiy ehtiyoji, asosiy harakatlantiruvchi kuchi si
fatida huzurbaxshlikka, rohat-farog‘atga intiladi. Aristipp fikri-
cha, rohatlanish yengil, yoqimli va huzurbaxshlik bilan kechsa,
ruhiyatnig noxush og‘riqli holati esa azob va qiynoqlardan ibo-
ratdir. Aristipp fikricha, inson og‘riqdan qochishi va iloji bori-
cha rohatlanishga intilishi oqibatida baxtga erishishi mumkin,
jismoniy ehtiyojlarni qondirish esa inson hayotining mazmun-
mohiyatini tashkil etadi. Bu ta’limotga binoan, huzur-halovat,
rohatlanish baxsh etmaydigan harakatga e’tibor qaratish va kuch
sarflash arzimaydi.
Gedonizm ning psixologik talqinida insonni harakatga un-
dovchi asosiy kuch bu — zavqlanish va rohatlanishga intilish,
deya e’tirof etiladi. Axloqiy gedonizmda esa, inson o‘zining
yoki o‘zga kishilarning rohatlanishi uchun yashashi kerak,
degan g‘oyani targ‘ib etuvchi turli xil falsafiy yondashuvlarni
o‘zida mujassamlashtirgan. Masalan, gedonizm ni huzurbaxsh
lik, rohatlanish sifatida targ‘ib etuvchi yondashuvlardan biri-
ning asoschisi Epikur insonning yotsirashdan va jirkanishdan
xalos boMishi bu - xohish-istaklarni qondirish, deya talqin
etadi. Bu yondashuvda inson ehtiyojlarining qondirilishi emas,
balki azob va baxtsizlikdan xalos bo‘lish maqsadi ifoda etilgan.
Inson hayotini gedonistik yondashuv asosida talqin qilish falsa-
fa tarixida markaziy masalalardan biri bo‘lib kelgan va ko‘plab
faylasuf-mutafakkirlar ijodida o‘ziga xos tarzda ifoda etilgan.
Fransuz faylasufi I.Bentam ning yozishicha, «Tabiat insonni ikki
asosiy borliq: azob va. rohat girdobiga tushirgan. U lar bugun
biz nim a qilishimiz va ertaga nim a bilan shug‘ullanishim izni
belgilab beradi. H atto haqiqat va yolg‘on, sabab va oqibat me-
273
zonlari ham ana shu ikki asosiy negizga tayanadi». G edonizm
ta ’limotida insonning mayl va ehtiyojlari jamiyatda o‘rnatilgan
ijtimoiy m e’yorlarga qaram a-qarshi qo‘yiladi, inson erkinligini
cheklovchi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini namoyish etishga
to ‘sqinlik qiluvchi har qanday ijtimoiy shart va m e’yorlar in
ker etiladi. U lar faqat shaxsiy ehtiyojlarni qondirish hayotining
mazmuni deb biladi va bu yo‘lda mavjud ijtimoiy qonun-qoi-
dalarga bepisandlik bilan qarash, hatto ularni inkor etishgacha
boradi.
Evdemonizm (yun. yeudaimonia — baxt-saodat, rohat-farog‘at)
esa, baxt-saodat, rohat-farog‘atni kishilar hayotining oliy maqsa-
di, deb hisoblaydigan axloqiy yo‘nalish bolib, bu ibora etimologik
jihatdan, birinchidan, qoniqish hissining subyektiv holatini, ik-
kinchidan, qoniqishga xizmat qiladigan obyektiv sharoit, ya’ni
tashqi ne’matlarni anglatadi. Bu ikki jihat uzviy bogliq boMsa-
da, ba’zan ular bir-biridan farq qilishi, masalan, barcha moddiy
ne’matlarga ega odam baxtsiz bo‘lishi va aksincha, qashshoq, ust-
boshi yupun inson o‘zini baxtli his etishi mumkin. Evdemonizm
yunon etikasining asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib, u Suqrotning
shaxs ichki erkinligi, insonning tashqi dunyoga qaram emasligi
to‘g‘risidagi g‘oyasi bilan uzviy bog‘liq. Evdemonizm baxt-sao-
datni jismoniy va ma’naviy huzur, lazzat bilan tenglashtirmaydi,
balki uni keng ma’noda, barcha jismoniy va ma’naviy (ko‘pincha
fuqarolikka ham oid) qadriyatlarning majmuyi tarzida tushunadi.
Bu ta’limotga ko‘ra, o‘z shaxsiyatida ana shu qadriyatlarni
mujassamlantira olgan kishigina chinakam baxt-saodat sohibi-
dir, shunday baxtgina insonga haqiqiy lazzat, farog‘at baxsh etadi.
Qadimgi yunon allomalari Demokrit va Epikur evdemonizmning
yorqin namoyandalaridir. Yunon mutafakkirlarining qarashlari-
da «baxt» tor, individual axloq doirasida (xususan, baxt inson
ijodi bilan bevosita bog‘liq holda) talqin etilgan bolsa, nasroniy
axloqda baxt haqidagi axloqiy me’yor va tushunchalar ongdan
tashqarida bo‘lgan diniy tasavvurlar bilan bogliqligi asoslanadi.
Boshqacha aytganda, inson axloqi va ma’naviyatining mazmun-
mohiyatini belgilab beradigan chinakam baxtga qadr-qimmat va
uning mahsuli bo‘lgan baxt o‘rtasida ziddiyat bo‘lmagan dunyo-
274
tlagina erishish mumkin. Evdemonizm yo‘nalishi namoyandalari
qarashlarida inson uchun eng buyuk ne’mat baxt sanaladi. Uning
asosida yunon faylasufi Arastuning baxt haqidagi ta’limoti yota-
di. Uning fikricha, baxt bu «biz doimo uning o‘zi uchun o‘zini
tanlaydigan, boshqa narsa uchun uni tanlamaydigan» axloqiy tu-
shunchadir1. 0 ‘rta asrlar tafakkurida evdemonizm (baxtga yeti-
shuv ta’limoti) akviniyalik Foma ta’limotiga yo‘naltirilgan bo‘lib,
yuksak baxt Xudoni anglash va hayoti davomida Uni tan olmoqdir,
degan g‘oyani tasdiqlar edi.
Evdemonizm yo‘nalishidagi huzurbaxshlik ta’limotini yoq-
lovchilar Epikur, Gassendi, Lametri, Volter, Golbaxlar baxt va
huzurbaxshlikni uyg‘unlashtiradilar. Ammo gedonizmdan farq-
li o‘laroq huzurbaxshlik bu yerda insonning axloqiy faoliyati
bilan bevosita bog‘lanadi. Misol uchun, Epikur nazdida yuk
sak darajadagi huzur tuban jismoniy lazzatda emas, balki nafis
ma’naviylikdadir. Faqatgina mutlaq sokinlik va ataraksiya hola-
tidagina inson haqiqiy baxt egasiga aylanadi. Yangi davrda evde
monizm ko‘plab faylasuflar tomonidan rivojlantirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |