Axloqning tartibga solish, boshqarish funksiyasi
— odamlar
o‘rtasidagi munosabatlarni jamiyat tomonidan qabul qilingan,
o‘rnatilgan axloqiy normalar orqali tartibga solinishi va boshqari-
shi bilan ifodalanadi. Unda axloqiy munosabatlarni tartibga soluv-
chi vosita vazifasini axloq tamoyillari, normalari, jamoatchilik
fikri, el-yurt o‘rtasidagi obro‘-martaba, an’ana, urf-odat, o‘git,
pand-nasihat va boshqalar tashkil qiladi. Tartibga solish, boshqa
rish esa bevosita moslovchi-norma, talab qiluvchi-norma, taqiq-
lovchi-norma, chegaralovchi-norma, namunali-norma va hoka
zolar orqali amalga oshiriladi.
Qadriyat maqomini olgan axloq ana shu jarayonda o‘zining
ijobiy kuchini namoyish qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |