T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/286
Sana11.01.2022
Hajmi8,66 Mb.
#347678
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   286
Bog'liq
Falsafa asoslari

Ekzistensializm
  insonni  ilmiy  metodlar  yordamida  bilib 
bolm asligi  haqidagi  g‘oyani  qattiq  himoya  qiladi.  Birinchi  va 
Ikkinchi jahon  urushlari  oralig‘idagi  davrda  Yevropa  sivilizatsi- 
yasida  insonparvarlikning  taqchilligi  fanga  bo‘lgan  ishonch- 
ning  yo‘qolishiga  olib  keldi.  Insonning  haqiqiy  mavjudligi,  ya’ni 
ekzistensiya uning  obyekt  tarzidagi  haqiqiy borliglga teng  emas. 
Atamalar,  tushuncha va  abstraksiyalar bilishning  ilmiy obyektiv- 
ligini  insonning  haqiqiy  borlig‘idan  uzoqlashtiradi.  Inson  doim 
hayotida  muayyan  y o ln i  tanlash  holatida  boladi,  u  o‘zlikni 
anglash  yolida  ko‘p  karra  o‘zgaradi.  Ekzistensializm  asoschisi
S.Kerkegor  an’anaviy  fandan  voz  kechib,  haqiqiy  ekzistensiya 
sari  yuksalishning  ancha  izchil  uch  bosqichli  nazariyasini  taklif 
qildi.  Tashqi  borliqni  aniqlash  bilan  bogliq  birinchi  —  estetik 
bosqichda  lazzatlanishga  intilish  yetakchilik  qiladi.  Ikkinchi  — 
axloqiy bosqichda  burch  hissi  va  axloq  qonuni  me’yorlari  hukm 
suradi.  Uchinchi — diniy bosqichda ongli ravishda qabul  qilingan 
azob-uqubat  mavjudlik  prinsipi  hisoblanadi.  Bu  o‘z  kechinma- 
larini  xayoldan  o‘tkazish  borliqning yangi  «transsendent»  mezo- 
nini tushunib yetish  imkonini beradi.
Yuqoridagi  qarashlar  inson  mavzuining  nihoyatda  serqirra 
ekanini, u bilan bogliq muammolarga nisbatan rang-barang yon- 
dashuvlar  mavjudligini  yaqqol  namoyon  qiladi.  Bu  esa,  o‘z  nav- 
batida,  nafaqat  hozirgi  davrda,  balki  kelajakda  ham  inson  bilan 
bogliq  muammolar  falsafaning  asosiy  masalalaridan  biri  bolib 
qolaverishini ko‘rsatadi.
Turli zamonlarda mutafakkirlar insonni turlicha ta ’riflaganlar. 
Homosapiens  —  «aql-idrokli  odam»  eng  ko‘p  qollaniladigan 
ta’rif.  Animalradonale  -   «oqil  hayvon»  ta’rifi  K.Linneyning  zo- 
ologik  tasnifida  keltirilgan;  atoolmakinganimal  -   «qurol  yasov- 
chi  hayvon»  —  Franklin  taklif qilgan  ta’rif;  Animalsymbolicum
—  «ramziy  hayvon  sifatidagi  odam»  Kassirer  chiqargan  xulosa. 
Kerkegor g‘oyalarini quyidagicha talqin  qilish mumkin:  «inson — 
tanlash  qobiliyatiga  ega jonzot»,  Nitsshe  insonni  va’da  berishga
180


qodir, bizni axloq qoidalari dunyosiga olib kiruvchi jonzot sifatida 
ta’riflagan.  Russo  «Fikrlovchi inson -  yoldan  ozgan jonzot»,  de­
gan.  Inson yangilikka  intiluvchi jonzotga tenglashtiriladi.  Ba’zan 
unga o‘z hayotiga mutlaqo asketik yondashishga qodir jonzot sifa­
tida qaraladi.  M.Sheler fikriga ko‘ra,  inson haqida  fikr yuritayot- 
gan  o‘qimishli  yevropalikning  ongida  g‘oyalarning  uch  doirasi 
to‘qnashadi.  Birinchisi  —  yahudiy  va  xristianlarning  Odam  Ato 
va  Momo  Havo,  yaralish,  jannat  va  gunohga  berilish  haqidagi 
an’anaviy  tasavvurlari  doirasi.  Ikkinchisi  —  qadimgi  yunonlar- 
ning  insonni  inson  qilgan  narsa  uning  aqli,  nutqi  va  oqilligidir, 
degan  tasavvurlari  doirasi.  Uchinchisi  —  hozirgi  tabiatshunos- 
likning inson Yer rivojlanishining  ancha kechki mahsuli,  o'zidan 
oldin  hayvonot  dunyosida  mavjud  bolgan  shakllardan  energiya 
va  qobiliyatlari  birikuvining  murakkablik  darajasi  bilangina  farq 
qiluvchi jonzot,  degan yondashuvlari doirasi.
Aytib  o‘tilgan  va  boshqa  shunga  o‘xshash  ta’riflar  insonning 
umumiy obrazini yaratadi.  Shunga qaramay, inson barcha zamon- 
lar  va  xalqlarda  dunyoning  eng  buyuk  siri  b o lib   qolayotir.  Bu 
ta’riflarni  falsafa  tarixida  insonning  mavjudligi  yagona  ishonch­
li  dalil  asosida  aniqlangan  davrda  dunyoga  kelgan  ta ’riflar  bilan 
tenglashtirish mumkin.  Masalan,  F.Dekartning «Cogitoergosum»
— «fikrlayapman,  demak, mavjudman» yoki J.Berklining «Mavjud 
boiish — idrok etilish demak»,  Men de  Biranning «Voloergosum»
—  «Xohlayapman,  demak,  mavjudman»,  A.Kamyuning  «Isyon 
qilyapman,  demak,  yashayapman»  kabi  fikrlari ham inson tabiati 
va  mohiyatining  yangi-yangi  qirralarini  namoyon  etadi.  Bunga 
F.Nitsshe  insonning  bosh  g‘oyasi  deb  e’lon  qilgan  hokimiyatga 
intilishni yoki  Z.Freyd ilgari surgan yashirin jinsiy mayl  — libido 
g‘oyasini  qo‘shib,  iqtisodiy  materializmning  iqtisodiy  omili  aha- 
miyatiga  e’tibor qaratsak,  falsafiy antropologiyaning  muammolar 
doirasi  ayon  boladi.  G ‘oyalar  va  yondashuvlarning  bu  antago- 
nizmida  inson  tabiatining  bir xilligi  hamda  yagonaligi  namoyon 
bolmaydi,  balki  yanada  mavhumlashadi.  Insonning  o‘zi  uning 
uchun  eng  asosiy muammoga  aylanadi.
Tana  va  ruh,  yaxshilik  va  yomonlik,  yoruglik  va  zulmat  in­
sonning  azaliy  siri  va  jum boglni  yechish  yolidagi  izlanishlar-
181


ning mohiyatini belgilaydi.  Insonni uning muayyan ko‘rinishlari, 
fazilat va  kamchiliklari nuqtayi  nazaridan tushunib  yetish,  inson 
to‘g‘risidagi masalani falsafiy ijodning bosh masalasiga aylantirish 
mutafakkirlarning  ko‘plab  avlodlari  oldida turgan muhim vazifa- 
dir.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish