Demokratik jamiyat.
Demokratik jamiyatni barpo etish —
0 ‘zbekiston taraqqiyotining bosh maqsadi. Bu jamiyat kishilar
ning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga asosla-
nadigan demokratik taraqqiyotning yuqori bosqichidir. Bunday
jamiyat erkin uyushmalarning ko‘p qirrali aloqasi bolib, davlat
qonunlarini hurmat qilib bajaruvchi jamiyat tarkibiga kiruvchi
151
elementlarning nisbiy mustaqilligiga asoslanuvchi, turli ziddiyat
va ixtiloflarni qonun doirasida o‘zaro kelishuv, sabr-toqat va mu-
zokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir.
Yurtimizda bunday jamiyatni barpo etish barkamol inson
shaxsini shakllantirishni talab etadi. 0 ‘z navbatida, ma’naviy
yetuk avlod jamiyat taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shadi. Bu-
gun bizning bosh strategik maqsadimiz bozor iqtisodiyotiga asos-
langan, qonun ustuvorligiga tayangan, erkin, demokratik jam i
yat barpo etishdir. Undagi «erkinlik», «demokratiya», «qonun
ustuvorligi» so‘zlariga e’tibor qaratish kerak. Bu tushunchalar
0 ‘zbekiston qurayotgan jamiyatning qanday umuminsoniy ta-
moyillarga, qadriyatlarga asoslanishini ko‘rsatadi. Shuning uchun
ham mamlakatimizda yashaydigan barcha insonlar uchun mil-
lati, tili va dinidan qat’i nazar, munosib hayot sharoitini yaratib
berish, rivojlangan demokratik davlatlar kabi kafolatlangan tur
mush darajasi va erkinliklarini ta ’minlash davlatimiz siyosatining
falsafiy mazmun-mohiyatini ifodalaydi. Bu — xalqimizning asriy
an’analariga, insonparvarlik mohiyatiga, milliy qadriyatlarimizga
sodiq qolgan holda rivojlangan davlatlar tajribalaridan shuncha-
ki nusxa ko‘chirmasdan, o‘zimizga xos va o‘zimizga mos yo‘lni
izchil davom ettirishni anglatadi. Bu jamiyat hayotini demokrat-
lashtirish va erkinlashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashti-
rish, mamlakatimiz siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat
va jamiyat qurishni erkinlashtirish, aholining siyosiy faolligini
oshirish, siyosiy hayotda haqiqiy m a’nodagi ko‘p partiyaviylikni
qaror toptirishni bildiradi. Bu mahalliy hokimiyat va fuqarolar-
ning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyat doirasini kengayti-
rish, ularga davlat vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich
o‘tkazib borish, nodavlat va jamoat tuzilmalarining huquq va
mavqeini oshirishni ko‘zda tutadi.
0 ‘zbekistonda demokratik jamiyat qurilishi jarayonlarining
huquqiy asosini 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida
ko‘ramiz. Konstitutsiya o‘ziga xos falsafiy mazmunga ega bolib,
unda 0 ‘zbekistonda qurilayotgan demokratik jamiyatning ustu-
vor maqsadlari, tamoyillari, inson huquq va erkinliklari o‘zining
yaqqol ifodasini topgan.
152
Mustaqillik mamlakatimizga jahon sivilizatsiyasining eshigini
ochdi, uning teng huquqli a’zosi bo‘lish va dunyodagi eng rivojlan-
gan davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallash imkonini yaratdi.
Bugungi kunda xalqimizning ana shu yolda amalga oshirayotgan
ulkan bunyodkorlik faoliyati sivilizatsiyalashgan mamlakatlarga
xos hayot tarzini shakllantirishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |