Tayanch tushunchalar:
estetik tarbiya, fan, ta’lim, sport es
tetikasi, estetik did, «ommaviy madaniyat», madaniyat, estetik
munosabat, estetik anglash, voqelik, turmush estetikasi, mehnat
estetikasi, reklama, texnologiya.
373
Takrorlash uchun savollar:
1. Estetik tarbiyaning maqsadi va vazifalarini tushuntirib be-
ring.
2. Estetik tarbiyaning asosiy vositalariga nimalar kiradi?
3. Milliy estetik tarbiyaga mahallaning ta’siri qanday?
4. Estetik tarbiyada san’atning tutgan o‘rni haqida gapirib be-
ring.
5. Estetik tarbiyada mehnatning roli qanday?
6
. Globallashuv sharoitida estetik tarbiyaga tahdidlarning
o‘ziga xos ko‘rinishlarini sharhlab bering.
7. Internet va uning estetik tarbiyaga ta’siri xususiyati haqida
gapiring. «Ommaviy madaniyat»ning namoyon bo‘lish shakllarini
ayting.
374
XULOSA
Ma’lumki, insoniyat azal-azaldan olam va odam nima, ular qan
day paydo bo‘lgan, qanday qonuniyatlar asosida yashaydi, o'zgaradi va
taraqqiy etadi, degan savollarga javob izlab kelmoqda. Umrning maz-
muni nimadan iborat, ajdodlar ortidan avlodlar kelib-ketaverishida qan
day ma’no bor, degan savollar ham necha asriardan buyon ko‘pchilikni
o‘ylantiradi. Har bir kishi uchun abadiy ahamiyatga molik ana shunday
masalalar, olam va odamlar o‘rtasidagi munosabatlar, inson qadri va um r
ning mazmuni, dunyodagi o‘zgarishlar, o‘zaro aloqadorlik va bog'liqlik
hamda taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari falsafaning azaliy va barcha
zamon faylasuflari shug‘ullanadigan asosiy mavzulari hisoblanadi.
Shu ma’noda, falsafa insoniyat yaratgan eng qadimgi fanlardan biri,
odamzod hayotining ilk davrlaridan boshlab uning doimiy yoMdoshi
bo‘lib kelmoqda. Bu sohada to ‘plangan hikmatlar xazinasi, atoqli fayla-
suflar merosi, ularning asarlari insoniyat yaratgan ma’naviy qadriyatlar
orasida muhim o‘rin egallaydi. 0 ‘z zamoni, yurti va xalqining tafak-
kuri, ruhiyati hamda orzu-intilishlarini falsafiy ta’limotlarida ifoda
etgan buyuk donishmandlar o'rtaga tashlagan ezgu g‘oyalar jamiyat
farovonligi va millat ravnaqi uchun xizmat qilgan. Odamlarni buyuk
maqsadlar sari yetaklovchi bu g'oyalar muayyan davr va xalqlarning
maqsad-muddaosiga, ularning mualliflarini esa insoniyat qadrlaydigan
donishmand va allomalarga aylanishida falsafiy bilimlar katta ahamiyat
kasb etgani shubhasiz.
Bu esa falsafaning barcha fanlar va xalqlarning yutuqlaridan oziqla-
nadigan umuminsoniy va universal fan ekanidan dalolat beradi. Uning
hayotiyligi dunyo xalqlari tarixi va tabiatiga, turmush va tafakkur tarziga
nechog‘li mos ekani, ularning manfaatlari va intilishlarini qay darajada
aks ettira olishiga bogiiq, albatta. Bu esa jahon falsafasining umumin-
soniyligi va milliyligi, muayyan xalq yoki mintaqaga xos tafakkur tar-
zining mohiyati va ahamiyatiga nisbatan xolisona qarashni taqozo eta
di, falsafani zamonaviy mazmun bilan boyitib, bugungi talablar asosida
rivojlantirishni zaruratga aylantiradi. So‘z falsafa haqida borar ekan,
bu haqiqat yanada katta ahamiyat kasb etadi. Zero, umuminsoniylikni
milliyliksiz to‘g‘ri tushunib bo‘lmagani kabi, milliylikning mohiyatini
ham umuminsoniy mezonlarsiz chuqur anglab bo‘lmaydi.
Ushbu masalalarni tahlil qilish jarayonida biror-bir g‘oya, oqim,
yo‘nalish yoki falsafiy ta’limotni mutlaqlashtirish, boshqalarining aha-
miyatini kamsitish yoki yo‘qqa chiqarish haqiqatdan yiroq va bugungi
375
davr talablariga javob bermasligi shubhasiz. Aksincha, ularning bar-
chasini xolis talqin etish, falsafa fani, uning mazmun-mohiyati, jam i
yat va inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati, xilma-xil falsafiy oqimlar,
faylasuflar va ularning ta’limotlari haqida to‘g‘ri va ilmiy tasavvurni
shakllantirish har qanday tadqiqotning asosiy mezoni va bu boradagi
yutuqlar omili bo‘lib qolaveradi.
Lekin ushbu fan tarixi faqatgina ilmiy yutuqlar, ezgulikning mutlaq
g‘alabasi, falsafaning doimiy kamolotidan iborat emas. U jamiyat uchun ni-
hoyatda katta ahamiyat kasb etgan g‘oya va ta’limotlar, turli-tuman falsafiy
yo‘nalishlar, oqim va maktablarning vujudga kelishi, kamoli yoki zavoliga
ko‘p bora guvoh boMgan. Ularning ba’zilari xalqlar va davlatlarni taraqqi-
yotga yetaklagan, ezgulik va adolatga xizmat qilgan bo‘lsa, boshqalari ta-
nazzulga sabab bo‘lgan, odamlarni qabohat va jaholat tomon boshlagan.
Falsafaning o'ziga ham barcha zamonlarda bir xil munosabat
bo‘lmagan. Ba’zi davrlarda u davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarilgan,
ma’naviy hayotda yakka hukmronga aylangan bo‘lsa, boshqa davrlar
da unutilishga, ikkinchi darajali fanga aylantirishga mahkum qilin-
gan. Muayyan tarixiy burilish davrlarida «Falsafa nima o‘zi?», «Uning
qanday foydasi bor?» degan masalalar dolzarb ahamiyat kasb etgan.
Tarixda «Falsafa endi yo‘q bo'ldi, uni o‘rganishning hech bir zarurati
qolmadi» qabilidagi gaplar ham ko‘p bo‘lgan. Ana shunday davrlarda
kishilar falsafaning mohiyati, uning maqsad va vazifalarini yangicha
idrok etishga harakat qilganlar, undan zamonaviy tashbehlar izlaganlar.
Qanday bo‘lmasin, zamonlar o'tishi bilan odamzod baribir falsafaga
ehtiyoj sezgan va u insonning m a’naviy kamolotida beqiyos ahamiyat
kasb etishiga qayta-qayta ishonch hosil qilgan.
Shu bilan birga o‘z davrining qonun va xususiyatlarini zukkolik bi
lan anglagan, hayot qonuniyatlaridan voqif bo'lgan ba’zi yetuk faylasuf
va allomalarning hayoti ham bir tekis kechavermagan, ularning g‘oya va
qarashlar, jamiyat va millat kamoli uchun harakatlari hamma tomonidan
ham bir xil qabul qilinavermagan. Bu boradagi tajriba shundan dalolat
beradiki, falsafa tarixi bunday kishilarning nomini eslash va ularni sahi-
falarida saqlab qolishni xush ko‘rmaydi, kimning kirn ekani haqida xulosa
chiqarishni esa odamlarning o‘ziga va kelajakka havola qilib qo‘ya qoladi.
Shu tariqa kishilik jamiyati hech qachon bir tekis va silliq taraqqiy
etavermagan. Rivojlanish ortidan inqiroz, yutuqlar ketidan mag'lubiyatlar
farovonliklar izidan zavolga yuz tutishlar uni ta’qib etgan. Muayyan
jamiyat taraqqiyot borasida inqirozga duch kelar ekan, undan chiqib
ketish uchun ilg‘or falsafiy ta ’limotlarga ehtiyoj sezgan, albatta. Bu esa
376
buyuk falsafiy ta ’limotlar, bir tomondan, madaniy-intellektuat rivojla-
nish samarasi, ikkinchi tomondan, tub ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlar
taqozosi ekanidan dalolat beradi.
Bu masalaning falsafa fani va uni o‘rganish uchun hozirgi davrdagi
turli falsafiy g‘oya va mafkuralar, ta’limot va nazariyalar bilan bog'liq
yana bir muhim jihati ham bor. Globallashib borayotgan bugungi dun-
yoning mafkuraviy manzarasi, ro‘y berayotgan g‘oyaviy kurashlarning
asosiy mazmun-mohiyatini tashkil qiladigan ushbu mavzuning tarixi,
tavsifi va ahamiyati falsafaning o‘zi kabi qadimiy va nihoyatda dol-
zarb ekanligiga shubha yo‘q. Insoniyat ibtidosidan boshlangan ana shu
azaliy kurashda ezgulikning g‘alaba qilishi, sog‘lom tafakkur ustuvor
bo‘lishi targ‘ib etilsa-da, bunday muvaffaqiyatni qo‘lga kiritish ham-
ma vaqt ham oson kechmagan. Afsuski, asrlar osha odamlarni ezgu
va xayrli ishlarga boshlab kelayotgan, umuminsoniy ahamiyatga mo-
lik bunyodkor g‘oyalar bilan birga, mazmun-mohiyati buzg'unchilik
va g‘ayriinsoniylikdan iborat vayronkor mafkuralar, shaxsiyatparastlik
mayllari ham rang-barang shakllarda namoyon bo‘lib turadi. Falsafiy
tafakkur rivoji shu tariqa, muayyan g‘oyalar ustuvor bo‘lgan necha-ne-
cha zamonlar almashinuvi, turli mafkuralar kurashidan iborat uzluksiz
jarayon sifatida davom etib kelmoqda.
Mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etilayotgan
hozirgi sharoitda tinchlik va totuvlikka, barqarorlik va bag‘rikenglikka
rahna soluvchi buzg‘unchi mafkuralarning maqsad-muddaolarini o‘z
vaqtida anglash, ularga qarshi kurashish, ezgu g‘oyalarni amalga oshi-
rishga qaratilgan bunyodkorlik ishlarida faol va mas’uliyatli bo'lish bu
boradagi faoliyatimizning asosiy mezonidir.
Xullas, falsafiy tafakkur taraqqiyoti insoniyat rivoji bilan uzviy
bog‘liq va jamiyat hayotdagi voqea-hodisalar ijtimoiy ongda, xususan
falsafada ham o‘ziga xos tarzda aks etadi. Taraqqiyot jarayonida davr
o‘zgarishi, yangi zamon boshlanishi bilan unga mos ma’naviy, huquqiy,
siyosiy va falsafiy mezonlar ham shakllana boshlaydi. Lekin bu jara
yon faqat stixiyali tarzda, o‘z-o‘zidan yuz beravermaydi. Chunki, inson
tafakkurining yangi davrga xos o‘zgarishi, dunyoqarashning yangicha
tamoyillarga ega bo‘lishi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir.
Falsafiy tafakkur rivoji bilan bog'liq bun-'day holat hozirgi davrda ham
yaqqol namoyon bolm oqda. Shu ma’noda, bugungi kunga mos dun-
yoqarash va zamonaviy tafakkurni shakllantirish falsafaning eng asosiy
vazifalaridan biriga, barchamiz uchun ulkan mas’uliyatga aylangani
shubhasiz.
377
Do'stlaringiz bilan baham: |