Milliy ma’naviyatimizda nikoh va oilaga doir axloqiy qadriyat
lar. 0 ‘zbekistonda yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy kamolotida
nikoh va oila haqidagi milliy axloqiy qadriyatlarning o‘rni.
Aza-
liy qadriyatlarimizda tani .sihatlik va m a’naviy butunlik uyg‘un
bo‘lib kelgan. Tani sihatlik insonning tabiiy va jismoniy salo-
matligi mezonlarini, ma’naviy butunlik inson qalbining salo-
matlik mezonlarini mujassam etgan. 0 ‘zbek oilalarida insoniy
munosabat, izzat-ikrom, hurmat, e’zoz, muomaladagi ochiqlik,
mehmonnavozlik bag‘rikenglik, tinch va osuda hayot, xursand-
chilik kabi xususiyatlarni amalda ko‘rsata olib hayot mezoniga
aylantira olishni anglatgan. Demak, oilaning bugungi kundagi
vazifalari birinchidan, farzandining axloqiy-*estetik, huquqiy,
diniy madaniyati uchun jamiyat oldida javobgarlik, ota-ona-
lik burchiga e’tibor bilan qarash, fuqarolik mas’uliyatini his
etish, muhim ijtimoiy burchni bajarish, ikkinchidan, farzand-
larga turmush muammolarini mustaqil hal etish usullari, o‘zini
ta’minlash va yashashning munosib darajasiga erishish imkoni-
yatlarini o‘rgatish; uchinchidan, hayotning mushkul vaziyatidan
chiqib olish uchun resurslar, harakatlar ko‘rsatadigan tizim lar
bilan uzviy aloqada bo‘lish, Shuningdek bu tizimlarning sama-
rali va tashkiliy ishlariga ko‘maklashishdan iborat.
Oiladagi qadriyatlar, undagi psixologik, ijtimoiy-ma’naviy
muhitning farzand tarbiyasiga ta ’siri buyuk mutafakkir va al-
lomalarimizning bizgacha yetib kelgan ilmiy meroslarida alo
hida e’tirof etilgan. Bu xususda Zardushtiylik dinining muqad-
das kitobi «Avesto»da ham ta’kidlab o‘tilgan. Unga ko‘ra oila
soglom avlodning paydo bo‘lishi, benuqson naslning tug‘ilishi,
soglom turmush tarzi, zurriyodning pokizaligi, uning aqliy, ax
loqiy, ruhiy, jismoniy, ma’naviy tarbiyasida alohida o‘rin tutgan.
Unda ta’kidlanishicha o‘smirlar o‘n besh yoshga tolgandan ke-
yingina yetmish ikki xil rangli ipak iplardan to‘qilgan belbog‘
bilan bellarini o‘rash va o‘zlarini yaxshilik yo‘liga baxshida etish
uchun turmush qurish huquqiga ega bo‘lgan. Lekin yoshlar-
ning o‘zboshimchalik bilan oila qurishlariga yo‘l qo‘yilmagan.
298
Oila qurish jamoa, ota-ona izmida bo‘lgan. Shu sababli, jamoa
va ota-onalar bo‘lajak kelin-kuyovlarni tanlashda obdon o‘ylab
ish ko‘rganlar. «Avesto»ning «Vendidod» bobida bayon etilishicha
nasi soglomligining irsiy jihatlariga alohida e’tibor berilib, ya-
qin qarindoshlar o‘rtasida farzandlarning o‘zaro oila qurishi man
etilgan. Sog‘lom avlodning tug‘ilishi uchun ota-onalar sharob
ichmaslikka, giyohvand moddalar va boshqa hushdan ketkazuv-
chi vositalarni iste’mol qilmaslikka da’vat etilgan. Zardushtiylik
ta’limotiga ko‘ra katta oilalar jamoa oqsoqoli tomonidan himoya
qilinib, egizak farzand ko‘rgan ayollarga bir juft sigir yoki sariq
tuya hadya qilingan va davlat xazinasidan nafaqa berilgan.
«Avesto»da har qanday axloqsizlik va g‘ayritabiiy xatti-ha-
rakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi ta’kidlanadi. Fohishabozlik,
turmush o‘rtog‘iga xiyonat qattiq qoralanadi. Bu kabi jinoyatlar
sirasiga nafaqat oilani buzadigan va oila qoidalarini zaiflashtira-
digan, balki bola tug‘ilishi, yosh avlod tarbiyasi, nasi pokligiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadigan oila xiyonati ham ko‘rsatilgan. Begona
ayol bilan yashash, nikohsiz farzand ko‘rish qat’iy ta’qib ostiga
olinganki, ushbu qarashlar bugungi kunda ham muhim tarbiyaviy
ahamiyatga ega. Bu kabi jinoyatlar qamchi yoki tayoq bilan 800
zarba urish bilan jazolangan1.
«Avesto»ning bugungi ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ta-
lablarga hamohang bo‘lgan eng muhim tamoyillardan biri —
bergan so‘zining uddasidan chiqish, ahdga sodiqlik, savdo-sotiq
va shartnomalarga qat’iy amal qilish, qarzni o‘z vaqtida to‘lash,
aldamchilik va xiyonatdan xoli bo‘lish kabi iymonlilik sifat-
laridan iborat. «Avesto»ning ko‘plab tadqiqotchilari, bu nodir
kitobda yuksak ma’naviyatlilik va axloq masalalari yoritilganini
ta’kidlaydilar. Yuksak m a’naviy sifatlilik Zardushtiylikda jaho-
latning, yomonlikning oldini olishdir. «Avesto»ning ma’naviy
qoidalariga nafaqat sog‘lik va jismoniy kuch, balki ma’naviy
poklikka ham alohida o‘rin ajratiladi. M a’naviyatlilik me’yori si
fatida o‘z vaqtida to‘g‘ri oxqatlanish buyuriladi. «Avesto»da bola
tarbiyasi va ta ’limiga katta ahamiyat berilib «Tarbiya hayotdagi
1 Homidov H. Avesto fayzlari. - Т.: 2001. - 31-b.
299
eng muhim tayanch sanalishi lozim, har bir yoshni shunday tar-
biyalash kerakki, avval o‘qishni, keyin yozishni o‘rganib olgach,
eng yuqori darajaga ko'tarilsin»1.
Yurtimizda yetishib chiqqan Sharq uyg‘onish davri mutafak-
kirlari qatorida Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy,
Imom Termiziy, Burhoniddin Marg‘inoniy o‘z asarlarida inson,
uning ma’naviy kamolotida oila va undagi tarbiya, ilm, m a’naviy
muhitning muhim ahamiyatga egaligini bir necha bor ta ’kidlab
o‘tadilar.
Abu Rayhon Beruniy shaxs tarbiyasida mehnatga alohida
e’tibor beradi. Uning fikricha hayot va baxtni mexnatsiz tasav-
vur etib bo‘lmaydi, mehnat bilan tarbiyalash — inson hayoti
ning asosidir. Alloma ma’naviy tarbiyada ilmning rolini birinchi
o‘ringa olib chiqadi. Amir Temur va temuriylar davriga oid tarixiy
manbalar ham oila tarbiyasi jamiyatdagi tarbiya jarayonining eng
muhim va nozik jihati bo‘lganligini ko‘rsatadi. Sog‘lom avlod
mamlakat kelajagini ta’minlovchi asosiy omil ekanligini yaxshi
anglagan Am ir Temur raiyatning tinch-osuda hayot kechirishini,
xonadonlarning daxlsizligini, yangi barpo bolayotgan oilaning
har jihatdan benuqson va poklik asosiga qurilishini davlat ahami-
yatiga molik masala deb qaragan.
Shaxsning m a’nan yetukligi uning oilada topgan tarbiyasiga
bog‘liqligi xususida XX asr m a’rifatparvarlari ham o‘z asarlari
da bir necha bor ta’kidlab o‘tganlar. Jumladan, Abdulla Avloniy
o‘zining «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida bola tarbiyasi xu
susida juda qimmatli ma’lumotlarni keltirib o‘tadi. M uallif bola
tarbiyasida yashab turgan sharoit, muhit, kishilarning roli katta
ekanligini ko‘rsatadi va bu sohada oila, maktab sharoitini ham
nazardan chetda qoldirmaydi. Tarbiya bolaning axloqiga, xulq
atvoriga kuchli ta ’sir etishini e’tirof etadi va ota-onalarni o‘z bo-
lalari tarbiyasida mas’ul ekanligini e’tirof etadi. Uning fikricha,
sog‘lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma’rifatga ega bo‘lish uchun badan
tarbiyasi muhim ahamiyatga ega. Xususan, sog‘lom badanga ega
1 Ochilov S., Hoshimov H. 0 ‘zbek pedagogikasi ontologiyasi. 2-jild. - Т.:
1999. - 126-b.
300
bo‘lish uchun muallif kishining jismoniy tomoniga zarar keltira-
digan narsalardan saqlanishni tavsiya qiladi.
Abdulla Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog‘lom
qilib o‘stirishda ota-onalarga murojaat qilsa, bolani fikriy tomon-
dan tarbiyalashda o‘qituvchilarning faoliyatiga alohida e’tibor qa-
ratadi. Bolalarni jasoratli, qo‘rqmas, dovyurak qilib tarbiyalash
da «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida muallif g‘oyat muhim
fikrlarni beradi. Bu asarning «Shijoat» bobida bolani jasoratli
qilib tarbiyalashni ilgari suradi va qo‘rqoqlikni qoralaydi. Jadid-
chilik namoyandalarining fikricha yangi davr yangi tuzum uchun
kurashda, eng avvalo, oilani isloh qilishdan boshlamoq zarur deb
hisobladilar. Ularning fikricha, oila asosini to‘g‘ri qurmay turib
va yosh avlodni tolaqonli to‘g‘ri yo‘lda tarbiyalamasdan turib,
jamiyatni isloh qilish, uning rivojini taraqqiyot sari yo‘naltirish
mumkin emas1.
Bugungi
kunda
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Sh.Mirziyoyev boshchiligida demokratik huquqiy davlat qu-
rish, davlat va jamiyatimizning barcha jabhalarini modernizatsi-
ya qilish hamda yangilashga qaratilgan keng ko‘lamli islohot-
lar, ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Xalqimiz
uchun munosib turmush shart-sharoitlarini yaratish, bunyodkor
lik salohiyatini oshirish, ming yillik an’analarimizni tiklash va
yanada rivojlantirish, milliy o‘zlikni anglash hamda faxr-iftixor
tuyg‘usini mustahkamlashga qaratilgani mamlakatimizda inson
manfaatlarini ta ’minlash yo‘lida o‘tkazilayotgan islohotlarning
o‘ziga xos jihatlaridir. Jumladan, «Harakatlar strategiyasi»da oila
salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qi
lish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishla-
rini kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologi-
yalarga asoslangan tibbiy yordam ko‘rsatish, chaqaloqlar va
bolalar o‘lim ini kamaytirish, jismoniy baquvvat va m a’naviy
jihatdan sog‘lom avlodni kamol toptirish masalalariga alohida
1 Alqarov I.Sh. va boshqalar. Shaxs va oila tarbiyasining pedagogikasi. - Т.:
2009. - 16 b.
301
ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri si
fatida qaralgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |