T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I


Oilaning  psixologik,  ijtimoiy-ma’naviy  muhitining  farzand  tar­



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/286
Sana11.01.2022
Hajmi8,66 Mb.
#347678
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   286
Bog'liq
Falsafa asoslari

Oilaning  psixologik,  ijtimoiy-ma’naviy  muhitining  farzand  tar­
biyasiga  ta’siri.  Oila  nomusi  va  sha’nini  saqlashda  ota-ona  va
 
farzandlar  mas’uliyati. 
Har  bir  insonning  shakllanishi,  voyaga 
yetishi,  o‘zini  shaxs  sifatida  namoyon  etishida  u  tarbiya  topgan 
oiladagi  tarbiyaning,  ma’naviy-ruhiy  muhitning  o‘rni  kattadir. 
Shuning uchun ham ajdodlarimiz qurilajak oilaning mustahkam- 
ligini  ta ’minlaydigan jihatlarga  alohida  e’tibor  qaratganlar.  Yetti 
pushtini surishtirishdan tortib,  oilaviy tutumini,  mahalladoshlari- 
ning bo‘lajak  qudalar,  kuyov yoki kelin haqidagi fikrlarini,  kasbu 
korini  batafsil  o‘rganishgan.  Yosh  oila  asoschilarining  oila  qu- 
rishga tayyorgarligini hisobga olish esa eng muhim omil sanalgan.
Haqiqatan  ham,  yoshlarning  jismonan  yetuklikka  erishgani 
hali  ularni  oila  qurishga tayyorligini bildirmaydi.  Qachonki,  ikki 
yosh ham kichik jamiyat,  ya’ni oilani barpo  etishga ruhan tayyor 
bo‘lsalar,  shundagina  to‘kis  oila  bunyod  bo‘lishi  mumkin.  Mu- 
taxassislarning  fikrlariga  qaraganda,  bugungi  kunda  ayrim  ota- 
onalar orzu-istaklarini  tezroq ro‘yobga  chiqarish  maqsadida yoki 
farzandi  oldidagi  mas’uliyatdan  qochish  uchunmi,  farzandlarini 
erta turmush qurishga undashmoqda.  Ming afsuski, bu ko‘pincha 
ajralishlar bilan tugamoqda.
Oilada er-xotin bir-biri bilan nafaqat sevgi-muhabbat rishtalari 
orqali  bog‘langan,  balki  iqtisodiy-ijtimoiy,  ma’naviy-tarbiyaviy, 
eng  muhimi  avlodlarni  dunyoga  keltirish,  tarbiyalash  va  jami- 
yatga yetkazib berishdek o‘ta mas’uliyatli vazifa bilan ham  o‘zaro 
bog‘liqdirlar.  Chunki «oila hayotning,  avlodlarning davomiyligini 
ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarni saqlaydigan, kelajak nasl- 
lar  qanday  inson  bo‘lib  yetishishiga  bevosita  ta’sir  ko‘rsatadigan 
tarbiya 
0
‘chog‘idir»1.  Bunda ularning maqsad-muddaolari uyg‘un, 
intilishlari  mushtarak bo‘lishi katta  ahamiyat  kasb  etadi.
Oila  insonning  o‘z  imkoniyatlarini  ro‘yobga  chiqarishga  sha- 
roit  tug‘diradigan,  ruhan  orom  oladigan  makoni  bo‘lishi  bilan
1  Falsafa  qisqacha  izohli  lug'at.  — Т.:  Sharq,  2004.  -   241  b.
296


birga  «asosiy  ishxonasi»  desak,  mubolag‘a  bo‘lmaydi.  Bu  yerda 
er ham,  xotin  ham  o‘z  vazifasini  og‘ishmay bajarsagina  farzand- 
lari  qobil,  dasturxoni  to‘kin,  el-yurt  o‘rtasidagi  obro‘si  yuksak 
bo‘ladi.  Har tomonlama yetuk,  barkamol  avlod sog‘lom muhitda, 
m a’rifatli,  mehnatkash, uzoqni ko‘ra oladigan ota-onalarning qo‘l 
ostida voyaga yetadi.
Milliy  tarbiya  tizimida  oila  ma’naviyati,  undagi  ota-onaning 
o‘rniga ajdodlarimiz alohida e’tibor berishganlar. Chunonchi, m il­
liy  ma’naviyatning  shakllanishiga  beqiyos  hissa  qo‘shgan,  o‘zbek 
oilalarida  azaldan  sog‘lom  turmush  tarzi,  muomala  madaniyati 
mavjudki,  bu,  o‘z  navbatida  ota-ona va  farzandlar  o‘ziga  xos  ax­
loqiy  qadriyatlarga  munosabatlarida,  ro‘zg‘orni  saranjom  tutish, 
o‘ziga-o‘zi  xizmat  ko‘rsatish  tamoyillarida  o‘z  ifodasini  topgan. 
Milliy  an’analarimiz  ichida  bola  tarbiyasiga  doir  urf-odatlar 
ayniqsa,  muhim  o‘rin  tutadi.  Tadqiqotchilarning  fikriga  ko‘ra, 
xalqning  sof  holda  ko‘rinishi  bolalarda  namoyon  bo‘ladi.  Qa- 
chonki  bolalarda  milliylik o‘lar ekan,  bu  millat  o‘limining bosh- 
lanishini  bildiradi.  Tarbiyada  milliylik  qancha ko‘p  saqlanib  qol- 
gan bo‘lsa,  shu millat  shuncha  kuchli madaniyatga ega,  ma’naviy 
boy hisoblanadi1.
Oiladagi  to‘g‘ri  tarbiya  dastlab  ota-onaning  namunali,  ular- 
ning o‘zaro iliq va samimiy munosabatlari  orqali amalga oshirila- 
di.  Oiladagi  ota-ona  va  boshqa  oila  a’zolarining  gazeta  va jur- 
nallar,  badiiy  asarlarni  o‘qishi,  ma’naviy-ma’rifiy  ko‘rsatuvlarni 
ko‘rishi  hamda  ularga  oilaviy  munosabatlarini  bildirishi  yoshlar 
tarbiyasiga  ijobiy  ta’sir  etadi.  Oila  o‘rnini  bosuvchi  boshqa  ijti­
moiy  institut  hali  kashf etilgani  yo‘q.  Oila  shaxs,  davlat,  jamiyat 
va boshqa ijtimoiy institutlar o‘rtasidagi munosabatlarda vositachi 
o'rnini  o‘taydi.  Oilaning  o‘z  vazifalarini  bajarishi  avlodlar  tari­
xiy izchilligining saqlanishi,  shaxs va jamiyat  rivojlanishi jamiyat 
taraqqiyotining  muhim  sharti  hisoblanadi.  Oilaviy  tarbiya  — bu, 
avvalo  ota-onaning  o‘zini  tarbiyalash  demakdir.  Ota  va  ona  oila 
deb  atalmish  muqaddas  qo‘rg‘onning  ustunlari.  Ular  qanchalik
1  Волков  Г.Н.,  Баубекова  Г.Д.  Этнопедагогика.-   Т.:  Фан,  2000.  38-
бет.
297


pishiq va  puxta bo‘lsa,  bu  qo‘rg‘on  ham  shunchalik mustahkam- 
lanib boraveradi.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish