T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/286
Sana11.01.2022
Hajmi8,66 Mb.
#347678
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   286
Bog'liq
Falsafa asoslari

Yaxshilik  va  yomonlik. 
Ezgulik  va  yovuzlik  haqida  gap  bor- 
ganida,  yaxshilik  va  yomonlik  nima,  bu  ikki juftlik  mazmunan 
bir  emasmi,  degan  savol  tug‘iladi.  Bu  tabiiy.  Chunki  hozirgacha 
bizga  ma’lum  o‘zbek  tilidagi  barcha  etikaga  doir  adabiyotlarda 
ezgulik  va  yovuzlik  mezoniy  tushunchalar  sirasiga  kiritilmagan, 
u  bor-yo‘g‘i  yaxshilik  va  yomonlikning  sinonimi  tarzida  taqdim 
etib  kelingan.  To‘g‘ri,  yaxshilik tushunchasining  ko‘pgina unsur- 
lari  ezgulikdan,  ezgulikning  ba’zi  unsurlari  yaxshilikdan joy  oli- 
shini  inkor qilish  mumkin  emas.  Ularning  ziddida ham  shunday 
«singishib ketish» mavjud.  Lekin bunday dalillar aslo mazkur ikki 
juftlikni  aynanlashtirishga  asos  bo‘la  olmaydi.
Bu  ikki  juftlik  tushunchalar  orasida  qat’iy  farq  mavjud: 
ezgulik,  yuqorida  aytganimizdek,  ijtimoiylik  xususiyatiga  ega, 
yaxshilik  esa  unday  emas.  Yaxshilik  asosan  shaxsning  odobi- 
ga,  xulqiga  b o g liq   bo‘lgan  ijobiy  hodisa.  Zero,  unda  mard- 
lik,  ochiqko‘ngillilik,  halollik  singari  axloqiy  m e’yorlar  tajas- 
sum  topadi.  Biroq  unga  asos  b o lg an   amaliy  xatti-harakatlar
277


qahram onlik,  jasorat,  vatanparvarlik  kabi  tamoyillar  darajasiga 
ko'tarila  olmaydi.  Misol  tariqasida  buyuk  shoirimiz  Alisher 
Navoiyning  faoliyatini  olaylik.  U   surunkasiga  ijodiy  mehnatga 
um rini  bag‘ishladi,  xalqi  uchun,  xalqlar  uchun  «Xazoyin  ul- 
maoniy»dek,  «Xamsa»dek buyuk  asarlar yaratdi.  Bu  — ezgulik, 
u  m a’lum  m a’noda  abadiylik  xususiyatiga  ega,  Chunki  Navoiy 
asarlari  m illionlab  odamlarga  yuzlab  yillar  mobaynida  zavq- 
shavq ulashib,  ularni  komillikka  chorlab  kelmoqda.  Ayni  payt­
da,  Navoiyning o‘zi bevosita ko‘plab yaxshiliklar qildi — muhtoj 
odamlarga  qarz  berdi,  bergan  qarzlaridan  kechib  yubordi  va 
h.k.  Uning  bu  yaxshiliklari  ajoyib  ijobiy  hodisa  b o lg an i  hol­
da,  o‘tkinchilik  tabiatiga  ega,  Shuningdek,  istisnoli  hollarda 
namoyon bo‘luvchi qahram onlik ham,  buyuk jasorat ham  emas. 
Demak,  ezgulik  asosan  bilvosita  amalga  oshiriladigan,  uzoqni 
ko‘zlovchi,  kelajakka  ham   mo‘ljallangan,  ya’ni  strategik  aha­
miyatga  molik  axloqiy  xatti-harakatlar  majmuyi;  yaxshilik  esa, 
odatda,  bevosita  shu  kun  uchun  dolzarblik  xususiyatiga  ega, 
ya’ni  taktikaviy  axloqiy  faoliyatdir.  Shunday  qilib,  yaxshilik- 
ni  yirik  ijtimoiy  hodisa  —  ezgulik  bilan  aynanlashtirish  to ‘g‘ri 
emas.
Bu  ikki  juftlikning  yana  bir  farqli  tomoni  shundaki,  voqe 
bo‘lgan  ezgulik  hech  qachon  yovuzlikka  aylanmaydi,  yovuzlik 
esa  har  qanday  zamonda,  har  qanday  sharoitda  ham  yovuzlik 
bo‘lib qolaveradi. Yaxshilik va yomonlikda esa bunday emas:  biror 
obyektga qilingan yaxshilik boshqa bir obyekt uchun yoki yaxshi­
lik qilgan subyekt uchun yomonlikka aylanishi mumkin:
—  yaxshilik  —  bu  faqat  inson  va jamiyat  hayotiga  xos  bo‘lib, 
stixiyali,  ko‘r-ko‘rona  sodir  etiladigan  xatti-harakat  emas,  balki 
biron-bir inson, jamiyat  manfaatini  o'ylab,  ko‘zlab  bajariladigan, 
ezgulikka yo‘g‘rilgan  amaliy ishdir;
—  yaxshilik  — bu  majburlashning  mahsuli  emas,  balki  vijdon 
amri  bilan  sodir  etiladigan  mutlaqo  erkin  xatti-harakatdir.  Yax­
shilik qilishga  majburlash  — yomonlikdir;
—  yaxshilik  —  bu  inson  axloqiy  idealiga  muvofiq  keladigan 
real  axloqiy  munosabatdir,  uning  ijobiy  mazmunidir.  Yaxshilik 
axloqiy idealning  amaldagi  ifodasidir.
278


Adolat — odillik,  adolat bilan ish ko‘rish,  qonun asosida, jami- 
yatda  shakllangan  ustuvor  insoniy  munosabatlar  doirasida  bar- 
chaga teng va xolis munosabatda bo‘lishdir.
«Adolat»  turlicha  talqin  qilinadigan,  xilma-xil  tarzda  nam o­
yon  bo‘ladigan  tushunchadir.  Ba’zi  axloqiy-huquqiy  m e’yorlar 
ham  adolat  mezoni  sifatida  qaraladi.  Bu,  o‘z  navbatida,  adolat 
mezonlarining  jamiyat  rivojiga,  insoniyat  taraqqiyotiga,  muay­
yan  mamlakat  qonun-qoidalariga  mos  yoki  mos  emasligi  bilan 
belgilanadi.
Adolat  jamiyatning  muayyan  shaxsga  munosabatida  yaqqol 
namoyon  bo‘ladi.  Insonning  jamiyatdagi  o‘rni,  qadr-qimmati 
adolat  mezoni  hisoblanadi.  Hayotning  iqtisodiy,  ijtimoiy,  siyosiy, 
huquqiy  sohalarida  sodir  bo‘ladigan  barcha  voqea  va  hodisalar 
bu  jarayonga  bevosita  yoki  bavosita  ta’sir  qiladi.  Bu  ta ’sir  inson 
erki va irodasini belgilaydi,  alohida shaxs uchun ma’naviy mezon 
vazifasini bajaradi.
Mamlakatimizda  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etish  yo‘lida 
amalga  oshirilayotgan  islohotlar  ijtimoiy  adolat,  demokratiya, 
barqaror  taraqqiyot  va  farovonlik  tamoyillarini  ro‘yobga  chiqa- 
rishning  muhim  vositasi  bo‘lib  xizmat  qiluvchi  muhim  tamoyil. 
Insonparvar  jamiyat  g‘oyasini  o‘zida  mujassam  etgan  ijtimoiy 
adolat  va  demokratiya  tamoyillari  bu  jarayonda  o‘z  mohiyatini 
to‘la namoyon  qila boshlaydi.
Insonparvarlik  g‘oyalarining  muhim  bo‘g‘inlaridan  biri 
bo‘lgan  adolatlilikning  barcha  ko‘rinishlariga  qadim  davrlardan 
katta  e’tibor  berib  kelingan.  0 ‘tmishdagi  Sug‘d  va  Xorazm,  So- 
moniylar,  Xorazmshohlar,  Qoraxoniylar va  Temuriylar  davlatlari 
tarixidan  ko‘plab  misollar  keltirishimiz  mumkin,  xususan,  Amir 
Temur saltanatida amal qilingan «Tuzuklar»da,  eng avvalo  adolat 
va  har ishda  adolatlilik tamoyillariga so'zsiz  amal  qilingan.  Dav­
lat  «Kuch  adolatdadir»  shiori  ostida tuzildi va ravnaq topdi.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish