3. Juziy tasdiq mulohazalar
bir vaqtning o‘zida ham juziy, ham
tasdiq fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar mas’uliyatli».
U lotincha I harfi bilan belgilanadi va «Ba’zi S—Pdir» formulas!
orqali ifodalanadi.
4. Juziy inkor mulohaza
bir vaqtning o‘zida ham juziy, ham
inkor bolgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar tartib-
li emas». Uning formulas! «Ba’zi S—P emas» bolib, lotincha О
harfi bilan belgilanadi.
Ajratib ko‘rsatuvchi va istisno qiluvchi mulohazalar.
Shunday
mulohazalar borki ularda nim adir ajratib ko‘rsatiladi yoki istisno
qilinadi. «Guruhimiz talabalaridan faqat 4 kishi musobaqada
qatnashadi». Bu ajratib ko‘rsatuvchi mulohazadir. «Davrada ya-
qinlarimdan boshqa hamma bor edi». Bu istisno qiluvchi mulo
hazadir.
Predikatning mazmuniga ko‘ra oddiy mulohaza turlari.
Ular
quyidagilardan iborat: atributiv mulohazalar, mavjudlik (ekzisten-
sial) mulohazalari va munosabat (relyativ) mulohazalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |