T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 Banklarda chiqim kassa operatsiyalari va ularning hisobi



Download 4,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/108
Sana26.02.2022
Hajmi4,11 Mb.
#468260
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   108
Bog'liq
Banklarda buxgalteriya hisobi

4.3. Banklarda chiqim kassa operatsiyalari va ularning hisobi
Mijozning talab qilib olinadigan depozit hisobvarag'idan naqd pul mablag'larini 
hisobdan chiqarish ikki usulda, ya'ni, belgilangan shakldagi pul cheklari bo'yicha va 
jism oniy shaxslar — qarz oluvchilarga, omonatchilarga, pensionerlarga esa, chiqim 
kassa 
orderlari 
bo'yicha 
beriladi. 
Shuningdek, 
"Bank-mijoz" 
tizimidan 
foydalanuvchilardan elektron aloqa orqali olingan elektron to'lov hujjatlari, 
shuningdek, plastik kartochkalardan foydalangan holda tuzilgan elektron hujjatlar 
asosida amalga oshiriladi.
Kassa operatsiyalari bo'lim i operatsion kunni boshlash oldidan kassadagi naqd 
pul qoldig'ini kassa mudiri ishtirokida qayta sanaydi va va so'ng kassirlarga chiqim 
operatsiyalariga zarur bo'lgan naqd pul summalarini tegishli daftarga yozib, imzo 
qo'ydirib beradi.
Banklarda yilning har choragi uchun korxona va tashkilotlardan kassa rejasini 
tuzib topshirishlarini talab qiladilar. Bunda, kassa rejasida naqd pulning tushumi 
bo'yicha alohida moddalar, naqd pulning xarajati bo'yicha alohida moddalar 
ko'rsatilgan bo'lib, ish haqi olish bo'yicha belgilangan sanalar belgilanishini nazorat 
qiladi. Ushbu kassa rejalariga binoan, bankning har kungi kassa operatsion 
bo'lim larining ish kuni maromiylini ta'minlash uchun operatsiya kuni davomida 
qancha naqd pul zarurligi, qancha naqd pul bank tushumlari hisobidan amalga 
oshirilishi kassa prognozlari asosida hisoblab boriladi.
M ijozlar tomonidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlam i olish uchun bir 
kun a w a l pul chek daftarchasiga olinishi lozim bo'lgan mablag' summasi 
rasmiylashtirilib, ushbu mablag'ni olish huquqiga ega bo'lgan shaxsning pasporti 
bilan birgalikda ularga xizmat ko'rsatuvchi mas'ul ijrochiga beriladi. Mas'ul ijrochi 
eng a w a l, shu mijozning hisobraqamida etarli pul miqdorining mavjudligini 
tekshirib, 
shundan 
so'nggina pul 
chek 
daftarchasining to'liq 
va to 'g 'ri 
to'ldirilganligini ikkita imzo va muhming imzolari hamda muhr namunasi tushirilgan 
kartochkalar bilan solishtirib ko'radi. hammasi to 'g 'ri bo'lsa pul chek daftarchasining 
burchagidagi nazorat markasini qirqib olib, mablag'ni oluvchining pasporti bilan 
birga mijozga qaytarib beradi. Nazoratchi tekshiruvdan so'ng, barcha rekvizitlami 
kassa chiqim jum aliga qayd qiladi. Chiqim jum alida sana, hisobvaraq raqami, pul 
chek daftarchasidagi summasi, hisobot simvoli, korrespondentsiya hisobvarag'i 
raqami ko'rsatiladi. Nazoratchi chiqim jum ali bilan birgalikda cheklami ichki 
tartibda kassaga topshiradi. Kassir mijozni chaqirib, uning pasporti va nazorat


markasini oladi. Nazorat markasi raqami hisob-kitob chek daftarchasi raqami bilan, 
pul chek daftarchasidagi pasport ko‘rsatgichlari pasportdagi bilan mos kelgan 
taqdirda, bank kassiri ushbu ko‘rsatilgan summani mijozga sanab berishi lozim.
Buxgalterlar amalga oshirgan chiqim kassa operatsiyalari markazlashgan 
tartibda buxgalteriya nazoratchisi tomonidan nazorat qilinadi. Nazoratchining ish joyi 
imkoni boricha kassaga yaqin bo'lishi lozim. Chiqim operatsiyalarini nazorat qilish 
shunday tashkil etilishi lozimki, bunda quyidagilar:
-
noto'g'ri rasmiylashtirilgan hujjatlar bo'yicha to'lovni amalga oshirish, 
cheklarga qo'yilgan imzo va muhr izi taqdim etilgan namunadagisiga mos 
kelmaganda hamda shu mijozga tegishli bo'lmagan pul chek daftarchasidan 
yozib berilgan cheklar bo'yicha to'lovlam i amalga oshirish; 
pul chek daftarchasi va boshqa chiqim kassa hujjatlari buxgalteriya xodimlari 
hamda bank nazoratchisini chetlab o'tgan holda to'g'ridan-to'g'ri kassaga kelib 
tushish hollari;
kassa hujjatlariga asossiz tuzatish va qo'shimchalar kiritish kabilarga yo'l 
qo'ymaslik lozim.
Kirim va chiqim kassa jumallari kompyuter texnikasi yordamida tuzilib, unda 
mijozning hisobvarag'i, kirim va chiqim hujjatining raqami hamda uning summasi 
ko'rsatiladi.
Nazoratchining kassirdan tilxat olib chiqim kassa orderlari bo'yicha to'lovni 
amalga oshirish uchun kassaga berish tartibi bankning rahbari va bosh buxgalteri 
tomonidan belgilanib, kirim kassa operatsiyalari bo'yicha hujjatlar aylanishi shunday 
tashkil etilishi lozimki, bunda kassaga pul amalda kelib tushganidan keyingina 
mijozlarga pata (kvitantsiya)lar berilishi hamda ushbu summalar ulaming shaxsiy 
hisobvaraqlariga kirim qilinishi zarur.
Kun oxirida nazoratchi va kassir bajargan operatsiyalari bo'yicha hujjatlami 
o'zaro solishtirib boshqarish hisob markaziga topshiradilar. Hisob markazidan 
hujjatlar asosida mijozning shaxsiy hisobvaraqlari chaqirib beriladi va buxgalteriya 
hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Dt 20200-«Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar» hisobvarag'i,
Kt 10101- «Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar» hisobvarag'i. 
Shuningdek, Banklaming kassasida Markaziy bank tomonidan belgilan limitdan 
ortiq bo'lgan taqdirda, me'yordan ortiqchasi Markaziy bankda ochilgan 10307- 
«Markaziy bankdan olinishi lozim bo'lgan mablag'lar-naqd pullar» hisobvarag'iga 
o'tkazishlari mumkin. Bunda, buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Dt 10307- «Markaziy bankdan olinishi lozim bo'lgan mablag'lar - naqd pullar» 
hisobvarag'i,
Kt 10101- «Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar» hisobvarag'i.
Ushbu naqd pullar vaqtinchalik Markaziy bankda zahira sifatida saqlanib 
turilishi, aks holda ushbu mablag'larga ehtiyoj sezilganda bank tomonidan oldindan 
kassa arizasi beriladi va banka qaytarib beriladi, u holda buxgalteriya hisobida 
quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Dt 10101- «Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar» hisobvarag'i,
Kt 10307- «Markaziy bankdan olinishi lozim bo'lgan mablag'lar - naqd pullar» 
hisobvarag'i.



Download 4,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish