T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 Plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblar



Download 4,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/108
Sana26.02.2022
Hajmi4,11 Mb.
#468260
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   108
Bog'liq
Banklarda buxgalteriya hisobi

3.9. Plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblar
Plastik kartochkalar bank tomonidan chiqarilgan personi-fitsirlangan to'lov 
vositasi bo'lib, kartochka egasining tegishli bankdagi hisobvarag'ida mablag'


borligiga guvohlik beruvchi va naqd pul to'lamasdan tovarlar (ish va xizmat) lami 
sotib olish huquqini o‘zida aks ettiradi. Plastik kartochkada bir xil ma'noda 
tenglashtiruvchi emitentning nomi va bosma usulda terilgan bo‘g ‘inli belgi lari 
ko'rsatilgan bo'ladi. Plastik kartochkalar barcha yuridik va jismoniy shaxslarga, 
yakka tartibdagi tadbirkorlaming tovarlar (ish va xizmat)lar bo'yicha o'zaro naqd 
pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirishlarida, shuningdek, bank shaxobchalaridan va 
bankomatlardan naqd pul mablag'larini olishlarida qo'llaniladi.
Vakolatli banklar xalkaro plastik kartochkalarini muomalaga chiqarish va ularga 
xizmat ko'rsatishlari mumkin, bunda ular xalharo to'lov tizimlari bilan tuzilgan 
shartnomalarga muvofiq operatsiyalami o'tkazish qoidalariga amal qiladilar. Plastik 
kartochkalarga xizmat ko'rsatish bo'yicha tuzilgan shartnoma quyidagilarni o 'z
ichiga oladi: tomonlaming nomi, shartnoma predmeti, tomonlaming huquqlari va 
majburiyatlari, tomonlaming javobgarligi, hisob-kitoblami o'tkazish shartlari, 
shartnomani amal qilish muddati va uni bekor qilish shartlari, nizolami echish tartibi, 
tomonlaming yuridik manzili.
Tegishligiga ko'ra plastik kartochkalar shaxsiy, oilaviy va korporativ turlarga 
bo'linadi: shaxsiy kartochka - bu jismoniy shaxsga berilgan plastik kartochka, oilaviy 
kartochka - bu foydalanuvchiga shaxsiy kartochka ushlovchining ishonchnomasiga 
asosan berilgan plastik kartochka, korporativ kartochka - bu yuridik shaxslar va 
yuridik shaxsni tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko'rsatishga 
belgilangan plastik kartochkalardir.
Harakatlanish rejimiga ko'ra, esa, debet - ulardan foydalanish uni ushlovchiga 
emitent va mijoz o'rtasidagi shartnoma shartlariga binoan, uning kartochka 
hisobvarag'ida mavjud bo'lgan pul vositalaridan tovar (ish va xizmat) larga haq 
to'lashda foydalanishi yoki naqd pul mablag'larini olish imkoniyatini beradigan, 
kredit - undan foydalanish uni ushlovchiga emitent bilan tuzilgan shartnomaga 
asosan, tovar (ish va xizmat) larga haq to'lash yoki naqd pul mablag'larini olish 
uchun emitent tomonidan berilgan kredit liniyasi hajmida operatsiyalami amalga 
oshirish imkonini beradigan, elektron xamyon - jismoniy shaxsning kartochkasi 
bo'lib, undan foydalanish uni ushlovchiga tovar (ish va xizmat) larga haq to'lash yoki 
plastik kartochkadagi qoldiq mablag'lar chegarasida naqd pul mablag'larini olish 
imkoniyatini beradi. Bitta kartochkada bir nechta "elektron xamyonlar" joylashishi 
mumkin. Agar ular personalizatsiya qilinganda plastik kartochkaga quyidagi 
rekvizitlar yozilishi kerak: identifikatsiyalovchi ma'lumotlar, bank-emitentning xos 
raqami, hisobvarag'ining tartib raqami va kartochka ushlovchining familiyasi, ismi, 
sharifi, kartochkaning amal qilish muddati.
Agar plastik kartochkada bir nechta hamyon mavjud bo'lsa, birxillashtiruvchi 
ma'lumotlar har bir xamyonni bir xil ma'noda birxillashtirishi kerak bo'ladi. 
Ko'rsatilgan rekvizitlardan tashqari, kartochkaga operatsiyani amalga oshirish va 
hisob olib borish uchun zarur bo'lgan boshqa qo'shim cha ma'lumotlar ham kiritilishi 
mumkin. Qaytadan personalizatsiya qilish uchun qaytarilgan plastik kartochkalaming 
hisobi 93609- "Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar" ko'zda tutilmagan holatlar 
hisobvarag'ining alohida shaxsiy hisobvarag'ida yuritiladi.



Download 4,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish