T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


Banklarda kredit operatsiyalarini amalga oshirishda kreditlash tamoyillari



Download 4,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/108
Sana26.02.2022
Hajmi4,11 Mb.
#468260
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   108
Bog'liq
Banklarda buxgalteriya hisobi

5.2. Banklarda kredit operatsiyalarini amalga oshirishda kreditlash tamoyillari
O'zbekiston Respublikasi qududida xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga kredit berish 
tijorat banklari tomonidan «Banklar va bank faoliyati to'g'risida» gi qonun asosida va 
boshqa me'yoriy hujjatlarga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Kreditlar 
O'zbekiston Respublikasining «Korxonalar to'g'risida» gi qonuniga asosan kredit o 'z 
kapitali va mustaqil balansiga, yuridik shaxs huquqiga ega bo'lgan mustaqil xo'jalik 
yurituvchi sub'ektlarga beriladi. Tijorat banklari xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga, 
ulaming mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar, shartnoma asosida qisqa va uzoq 
muddatli kreditlar beradilar. Kredit mijozning hisob-kitob varag'i joylashgan bankda 
beriladi. Zarar ko'rib ishlaydigan, nolikvid balansga ega bo'lgan xo'jalik yurituvchi 
sub'ektlarga kredit berilmaydi, ilgari berilgan kreditlar esa belgilangan tartibda 
muddatidan ilgari undirib olinadi. Kredit resurslaridan uzoq muddatli moliyaviy


nobarqaror xo‘jasizlik va zararlami qoplash uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Kreditlar muddatiga ko‘ra qisqa va uzoq muddatli turlarga bo'linadi.
Qisqa muddatli kreditlar amal qilish muddati 12 oydan oshmaydigan kredit 
bo‘lib, uning muddati uzaytirilishi kreditlanayotgan tadbirlami o ‘tkazish muddati, 
ulaming qoplanishi va boshqa shartlardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qisqa 
muddatli kreditlar kreditlaming boshqa turlariga nisbatan likvidliroq hisoblanadi. 
Uzoq muddatli kreditlar 3- 5 yildan ortiq muddatga beriladi. Kreditlash jarayoni bir 
nechta tamoyillar asosida amalga oshiriladi: 
kreditning muddatliligi; 
kreditning qaytarilishligi; 
kreditning ta'minlanganligi; 
kreditning to'lovliligi; 
kreditning maqsadliligi.
Kredit iqtisodiy munosabatlami belgilangan tizimi sifatida boshqa pul 
munosabatlaridan farq qiladi, ya'ni pulning xarajati qaytarib berish sharti bilan 
amalga oshiriladi.
Kreditning keyingi tamoyili muddatlilik boMib, u qaytarishlik tamoyili bilan 
uzviy bogMiq boMadi. Kreditlashning muddatliligi ikki tomonlama xarakterga ega. 
Birinchidan, kreditning mohiyati vaqtincha foydalanishga berilgan mablagMaming 
qaytarilishinigina bildirib qolmay, balki bu qaytarilishni aniq muddatlarini belgilashni 
ham taqozo etadi. Kreditning muddati, bir tomondan foydalanishga berilayotgan 
kredit resurslarining bo‘sh turish muddati bilan belgilansa, ikkinchi tomondan qarz 
oluvchining mablagMarga boMgan vaqtinchalik ehtiyojlarining muddatiga bogMiq. 
Kreditlash muddatliligining bu ikki tomonlama xarakteri inobatga olinganda 
vaqtinchalik foydalanishga berilgan mablagMami toMiq va belgilangan 
muddatda 
qaytarilishini 
ta'minlash 
mumkin.
Kreditning muddatiiligiga rioya qilish banklar uchun ham, qarz oluvchilar uchun 
ham muhim ahamiyatga ega. Buning hisobiga bank kredit resurslarining aylanishini 
jadallashtirsalar va ulardan oqilona foydalanishga erishsalar, xo‘jaliklar o‘z 
daromadlarini ko'paytirish, o 'z va qarz mablag'laridan foydalanish samarasini 
oshirishlari mumkin. Kredit muddatini uzaytirish aksariyat hollarda bankaing ruxsati 
bilan amalga oshiriladi. Kredit muddati qarz olingan mablag'lami qaysi davrgacha 
foydalanishini hisobga olgan holda belgilanadi.
Qaytarilish tamoyili kreditning mohiyatini ifodalaydi. Bank tomonidan 
mijozlarga beriladigan har bir so'm pul mablag'lari yana bankka qaytarilishi lozim. 
Qaytarib berishni iqtisodiy asosi sifatida m ablag'lam ing uzluksiz doiraviy aylanishi 
hisoblanadi. Qaytarish tamoyilining shunday muhim xususiyati borki, kreditni boshqa 
tovar-pul munosabatlarining iqtisodiy kotegoriyalaridan farqi bo'lgan iqtisodiy 
kotegoriya sifatida ajratib turadi. Qaytarilish kreditning ajralmas atributi hisoblanadi.
Kreditning ta'minlanganligi- bunda kreditning ta'minlanganligi kredit berilishiga 
asosan qarz oluvchining mulki, moddiy boyliklar zahiralari, ko'chmas mulki yoki 
ishlab chiqarish xarajatlari summasiga mos kelishi bilan belgilanadi. Bu o 'z
navbatida kreditni o 'z muddatida qaytarilishiga kafolat berilishini tasdiqlaydi. 
Olingan kredit m ablag'lari korxonada ishlab chiqarish zaxirasi, tugallanmagan ishlab 
chiqarish yoki tayyor mahsulot hamda mavjud moddiy boyliklami ta'minlash uchun


beriladi. Bu tamoyil asosan korxonalarga berilgan kreditlar yoki tomonlar 
majburiyatlari bilan real ta'minlanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasida banklar faoliyatining xalqaro bank amaliyotiga 
yaqinlashib borayotgan sharoitda kreditning ta'minlanganligi sifatida tovar-moddiy 
boylik va xarajatlardan tashqari garov, kafolat va kafillik kabi shakllari ham 
amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Bu holat bank xatarlarini kamaytirgan holda 
kreditlaming bankka o ‘z vaqtida kaytishini ta'minlaydi. Kreditning o ‘z vaqtida 
qaytarilishini ta'minlash uchun kredit shartnomasiga ko‘ra qarz oluvchi garovga 
ma'lum qiymatga ega bo‘lgan mol-mulkni qo‘yib rasmiylashtiradi. Agar kredit 
oluvchi kreditni o‘z vaqtida qaytara olmasa, u holda garovni sotish choralari 
ko'riladi. Kredit miqdori garovga qo'yilgan mulk qiymatining 50 foizidan 80 
foizigacha miqdorida beriladi.
Kreditlashning yana bir tamoyili 
- olingan kredit uchun haq to'lash yoki 
foizlilikdir. Bunda shartnomaga ko‘ra kredit oluvchi-korxona o‘z ehtiyoji uchun 
kreditga olgan pul mablag‘laridan vaqtincha foydalanganligi uchun bankka 
belgilangan haqni to'lashi lozim. Amaliyotda bu tamoyil bankning foiz mexanizmi 
orqali amalga oshiriladi. Bankning foiz stavkasi bu kreditning «narxidir». Kredit 
uchun haq to'lash korxonalami xo'jalik hisobiga shu jumladan resurslami 
ko'payishiga hamda jalb qilingan, mablag'lardan foydalanishga ta'sir etadi. Bank 
muassasalari kredit foizi hisobidan o 'z xarajatlarini qoplaydi. Kredit uchun haq 
to'lash tamoyili qarzga olingan mablag'lardan unumli foydalanish va kreditni 
qaytarish muddatini tezlashtirish maqsadida korxonaga -iqtisodiy ta'sir ko'rsatish 
vositasidir. Bank foizi kredit turlariga qarab turlicha belgilanadi. Qaytarilish muddati 
o'tib ketgan kreditlar uchun oshirilgan miqdorda foiz olinadi, bu esa qaytarish 
muddati shartlariga qat'iy a rioya qilishga yordam beradi.
O'zbekiston 
Respublikasi 
tijorat 
banklari 
kredit 
to'lovi miqdorini 
belgilashda 
ahamiyat 
beradigan 
quyidagi 
asosiy tamoyillar mavjud:
-
O'zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga 
beriladigan kreditlar bo'yicha o'm atilgan bazaviy foiz stavkasi;
-
banklararo kredit bo'yicha o'rtacha foiz stavkasi, ya'ni aktiv operatsiyalami 
amalga oshirish uchun boshqa banklardan sotib olingan resurslar bo‘yicha;
-
turli 
depozit 
hisobvaraqlar 
bo'yicha 
mijozlarga 
bank tomonidan 
to'lanadigan o'rtacha foiz stavkasi;
-
bankning kredit resurslarining tarkibi (jalb qilingan mablag'lar hissasi yuqori 
bo'lganda kredit narxi ham yuqori bo'ladi);
-
kreditga bo'lgan talab;
-
talab qilinayotgan kredit muddati va kredit turi, ya'ni uning ta'minlanganligiga 
bog'liq ravishda xatar darajasi;
-
mamlakatdagi pul aylanishini muvozanati (inflyatsiya sur'ati yuqori 
bo'lsa 
kredit 
shunchalik 
qimmat 
bo'ladi, 
chunki 
pul-qadrsizlanishi tufayli 
bankning o 'z resurslarini yo'qotish xatari ortadi) va boshqalardir.
Kreditning mijoz tomonidan maqsadli yo'naltirilishi tamoyili qarz oluvchi
zimmasiga pul mablag'larini faqat kredit shartnomasida ko'rsatilgan maqsadlar


uchun sarflashni ko'zda tutadi. Uzoq muddatli kredit maqsadli tarzda aniq qurilish 
ob'ektlari va asbob-uskunalami sotib olish uchun biznes-reja asosida beriladi.
Kreditning maqsadli yo'naltirilishini ta'minlash uning o ‘z vaqtida qaytarilishi 
uchun real shart-sharoitlami yaratib beradi. Bu tamoyilga rioya qilish bank 
muassasalari tomonidan qarz oluvchi korxonalaming hisobotlari asosida nazorat 
qilinadi.
Shunday qilib, tijorat banklari tomonidan berilgan kredit qarz oluvchi tomonidan 
boshqa maqsadga ishlatilgan bo'lsa, u holda 
belgilangan 
tartibda 
kredit 
muddatidan 
ilgari 
qaytarib olinadi va belgilangan tartibda choralar ko'rilishi 
mumkin. 
Bankning kreditlash tamoyillarining barchasini 
amaliyotda yalpi 
qo'llanilishi bank manfaatlarini himoyalashga yordam beradi.

Download 4,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish