T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 Akkreditivlar bilan hisob-kitoblar



Download 4,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/108
Sana26.02.2022
Hajmi4,11 Mb.
#468260
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   108
Bog'liq
Banklarda buxgalteriya hisobi

3.7. Akkreditivlar bilan hisob-kitoblar
Akkreditiv - mijozning topshirig‘iga ko‘ra shartnoma bo'yicha uning 
kontrogenti foydasiga berilayotgan bankining shartli pul majburiyatidir. Unga ko'ra, 
akreditiv ochgan bank mahsulot etkazib beruvchiga to'lovni bajarishi yoki boshqa 
banklar tomonidan akkreditivda ko'zda tutilgan hujjatlar taqdim qilinganda va 
akkreditivning boshqa shartlari bajarilganda ularga bu to'lovlam i bajarish uchun 
vakolat berishi mumkin. Akkreditiv so'zi lotin tilidan olingan bo'lib, “ishonchli” 
degan ma'noni bildiradi.
Akkreditiv bo'yicha hisob-kitoblami amalga oshirish tartibi va uning amal qilish 
muddati to'lovchi va mablag'ni oluvchi o'rtasida tuzilgan shartnomaga asosan 
belgilanadi. Shartnomada quyidagilar ko'rsatilishi lozim: bank-emitentning nomi; 
akkreditivning turi va uni bajarish usullari; akkreditiv ochilganligi to'g'risida mablag' 
oluvchini xabardor qilish usuli; akkreditivlar bo'yicha mablag'lami olish uchun 
mablag' oluvchi tomonidan taqdim qilinadigan xujjatlami to'liq ro'yxati va aniq 
tavsifnomasi; mahsulotlar yuklab jo'natilgandan (bajarilgan ish va ko'rsatilgan 
xizmat) keyin hujjatlami taqdim qilish muddati, ulami rasmiylashtirishga doir 
talablar. Hozirgi kunda korxonalar o'rtasidagi hisob-kitoblami amalga oshirishlari 
uchun banklar tomonidan akkreditivlaming quyidagi turlari ochilishi mumkin: 
qoplangan akkreditiv (deponentlangan) va qoplanmagan (deponentlanmagan).
Qoplangan akkreditivlar - bank-emitent uni ochishda mijozning shaxsiy 
mablag'larini yoki unga berilgan kredit miqdorini bank-emitentning majburiyatlari 
amalda bo'lgan muddatda ijrochi bank ixtiyoriga o'tkazishga majburdir. 
Buni 
ochishda bank-emitent ijrochi bankka bank-emitentning ijrochi bankda yuritilayotgan 
hisobvarag'idan barcha akkreditiv summasini hisobdan chiqarish xuquqini beradi. 
Banklarda akkreditivlar 95497- «Boshqa ko'zda tutilmagan holatlar» hisobvarag'ida 
va 22602-"Mijozlaming akkreditiv bo'yicha depozitlari" hisobvarag'ida hisobga 
olinadi. Har bir mablag' oluvchi uchun unga xizmat ko'rsatuvchi bankda 
akkreditivlar bo'yicha alohida depozit hisobvaraqlari ochiladi.
Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar chaqirib olinadigan va chaqirib 
olinmaydigan bo'lishi mumkin. Uning matnida ushbu belgi bo'lm agan holatda 
akkreditiv chaqirib olinuvchi hisoblanadi. Chaqirib olinuvchi akkreditiv bank-emitent 
tomonidan mablag' oluvchi bilan oldindan kelishib olinmasdan ham o'zgartirilishi 
yoki bekor qilinishi mumkin. Akkreditivni chaqirib olish mablag' oluvchi oldida 
bank-emitent uchun qandaydir majburiyatlami vujudga keltirmadi. To'lovchi 
mablag' oluvchiga chaqirib olinadigan akkreditivning shartlarini o'zgartirish yoki 
bekor qilish to'g'risidagi barcha farmoyishlami faqat bank-emitent orqali berishi 
mumkin, ushbu bank esa, m ablag' oluvchining bankiga va mablag' oluvchiga xabar 
berishi lozim.
Hisob-kitobning akkreditiv shaklida to'lovchi bankka akkreditiv olish uchun 
ariza beradi. Akkreditivni ochish to'g'risidagi ariza bank-emitentga ikki nusxada, 
birinchi nusxa to'lovlar amalga oshirilgandan so'ng bankning kunlik hujjatlar 
yig'masiga, ikkinchi nusxasi esa m ablag'lar to'lovchining shaxsiy varaqasidan 
olingan ko'chirm aga ilova qilinadi. Bir vaqtning o'zida akkreditiv summasi 22602- 
"Mijozlaming akkreditiv bo'yicha depozitlari" hisobvarag'iga kirim qilinadi.


M ablag'ni oluvchining depozit hisobvarag'iga mablag'lami o'tkazishda ijrochi 
bankka to 'rt nusxada memorial order yozilib, to'lov maqsad satriga to'lov amalga 
oshirilayotgan shartnomaning tartib raqami va sanasi ko'rsatiladi va memorial 
ordeming birinchi nusxasi tasdiqlovchi hujjatlaming bir nusxasi bilan birga bankning 
kunlik hujjatlari yig'm asiga tikilishi, ikkinchi va uchinchi nusxalari, ularga 
tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda bank-emitentga jo'natilishi, memorial 
ordeming to'rtinchi nusxasi mablag' oluvchiga uning shaxsiy hisobvarag'idan 
olingan ko'chirm a bilan birgalikda beriladi. Bir vaqtning o'zida akkreditiv bo'yicha 
to'langan summa 1-sonli kartotekadan hisobdan chiqariladi.
Bank-emitent akkreditivning ijro etilganligi to'g'risidagi hujjatni ijrochi 
bankdan olgandan so'ng, olingan memorial orderga asosan, 95497- «Boshqa ko'zda 
tutilmagan holatlar» hisobvarag'idan akkreditiv summasini hisobdan chiqaradi va 
tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan memorial ordeming bir nusxasini to'lovchiga 
beradi.
M ablag' 
oluvchining 
bankida 
akkreditivni 
yopish 
quyidagi 
hollarda: 
akkreditivni amal qilish muddati tugaganda; mablag' oluvchining akkreditivdan 
keyinchalik foydalanishdan bosh tortish to'g'risidagi yozma arizasiga binoan; 
to'lovchining akkreditivni to'liq yoki qisman chaqirib olish to'g'risidagi yozma 
talabnomasiga binoan amalga oshiriladi. Akkreditiv bank-emitent tomonidan 
xabamoma olingan kunda 22602- "Akkreditivlar bo'yicha mijozlaming depozitlari" 
hisobvarag'idagi summadan kam bo'lmagan summaga kamaytiriladi yoki yopiladi. 
Shundan so'ng, ijrochi bank akkreditivni yopganligi to'g'risida bank-emitentga xabar 
beradi va foydalanilmagan summa to'lovchining bankiga, mablag'lar deponentlangan 
hisobvaraqqa o'tkaziladi.
Akkreditiv to'liq ishlatilmagan yoki to'lovchining talab qilib olinuvchi depozit 
hisobvarag'i joylashgan bank-emitentga qaytarilgan hollarda, ko'zda tutilmagan 
xolatlar hisobvarag'i ham yopiladi. M ablag' oluvchining bankida akkreditivga 
qisman haq to'langanda, to'langan summalar haq to'lash davomida bank-emitentning 
ko'zda tutilmagan holatlar hisobvarag'idan hisobdan chiqarib boriladi.

Download 4,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish