T. N. Xojiyev 0 ‘zMUo'qituvchisi


  Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va obyekti



Download 11,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/236
Sana30.12.2021
Hajmi11,46 Mb.
#98176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   236
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati A. O`tamurodov 2018

1.  Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va obyekti
0 ‘zbekistonda 
fuqarolik 
jamiyatini 
rivojlantirish 
islohotlari 
jarayonida jahondagi  turli  mamlakatlarda  shu  kabi  jamiyat  asoslarining 
yaratilish  tajribasini,  ushbu  sohadagi  islohotlaming  iqtisodiy,  ijtimoiy- 
siyosiy  va  huquqiy  asoslarining  shakllantirilish,  ularga  doir  nazariy 
ishlanmalami  o'rganish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Chunki  fuqarolik 
jamiyatining  insoniyat  uchun  muhim  boMgan  bu  ijobiy  jihatlari 
(tamoyillari  va  yashash  muhiti)  o‘tish  davrini  boshidan  kechirayotgan 
mamlakatlarda  inson  huquq  va  erkinliklarini  ta’minlash  va  huquqiy 
davlat  sari  rivojlanish  sari  intilishiga  doir  islohotlarida  muhim  tajriba 
sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Shu  nuqtayi  nazardan  qaraganda,  fuqarolik 
jamiyatiga  doir  fanni  oliy  ta’lim  tizimida  o'qitish  muhim  dolzarb 
vazifalardan biri  hisoblanadi.  Shuning uchun ham Fuqarolik jamiyati  fani 
jahonda  bir  necha  minglab  yillar  davomida  yig'ilgan  umuminsoniy 
qadriyatlami  hozirgi  umuminsoniy  va  demokratik  qadriyatlar  bilan 
uyg'un  holda  o'rganishi  va  ulardan  xulosalar  chiqarishi  tufayli  yosh 
avlodni  shakllantirishda  muhim  rol  o ‘ynaydi.  Bu  fan  insoniyatning  eng 
so'nggi  taraqqiyot  bosqichi  va  birligi  to‘g‘risidagi  ta’limotlami  hozirgi 
davr  bilan  mustahkam  bogMiqlik  holida  o'rganadi,  insonni  jamiyat 
qonuniyatlari  va  qadriyatlari  asosida  yashashga  undaydi,  bu  yoMdan 
inson manfaatdorligini  asoslaydi.  Bu jarayonda “Fuqarolik jamiyati” fani 
boshqa  ijtimoiy-gumanitar  fanlar  bilan  hamkorlik  qiladi.  Umuman 
olganda,  ushbu  fan  insonni  hozirgi  davming  so'nggi  sivilizatsiyasi  -  
fuqarolik  jamiyatining  rivojlanish  qonuniyatlari,  tamoyillari  va  uning


shaxsni kamolga yetkazishdagi roliga doir bilimlar bilan qurollantiradi.
Hozirgi  davrga  kelib,  dunyodagi  rivojlangan  mamlakatlarda 
fuqarolik  jamiyatining  qurilganligi,  mazkur  jamiyat  siyosiy  instituti 
sifatida huquqiy  davlat  bunyod  etilganligi,  bu  kabi jamiyat  va  davlatlar 
muhitida  inson  va  uning  faoliyati  uchun  erkinlik  yaratilishi,  inson 
huquqlarini  himoyalashning  miqyosi  nihoyatda  keng  ekanligi  kabi 
omillar demokratiya qurish yoMidan ketayotgan davlatlarni qiziqtimoqda. 
Shuning  uchun  ham  o‘tish  davrida  yashayotgan  mamlakatlar  siyosiy 
elitasi  fuqarolik  jamiyatini  nafaqat  ijtimoiy  model  sifatida,  balki  uni 
ta’lim  tizimiga  joriy  etish  asnosida  yosh  avlodni  shakllantirish  omili 
sifatida ham e’tirof etmoqda.
0 ‘zbekiston  davlati  mustaqillikka  erishganidan  keyin  bozor 
iqtisodiyoti  munosabatlariga  asoslangan  mustaqil  fuqarolik jamiyati  va 
huquqiy  davlat barpo  etish,  inson  manfaatlarini  qondirish,  ular huquq va 
erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish asnosida 
barcha fuqarolaming qonun oldida tengligiga va adolat prinsiplarini amal 
qilishiga  erishish  kabi  ezgu  ishlarga  asoslanadigan  muhitni  yaratish 
uchun  fuqarolik jamiyati  qurishni  asosiy  strategik  maqsad  sifatida  e’lon 
qildi.
Shuning  uchun ham  birinchi  Prezident  I.A.Karimov  mustaqillikning 
ilk  davridayoq  “bizning  bosh  strategik  maqsadimiz  qat’iy  va o'zgarmas 
bo'lib,  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  erkin  demokratik  davlat  barpo 
etish,  fuqarolik  jamiyatining  mustahkam  poydevorini  shakllantirishdan 
iborat” degan  g‘oyani  ilgari  surgan  edi.  Prezidentimiz  Sh.M.Mirziyoyev 
istiqlol  yillarida  erishilgan  yutuqlarga  baho  berib,  “...biz  muhtaram 
birinchi  Prezidentimiz  Islom  Abdug'aniyevich  Karimov  boshlab  bergan 
keng  ko‘lamli  siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  islohotlar  yo‘lini 
og‘ishmasdan,  qat’iy  va  izchil  davom  ettiramiz.  Bu  yo‘l  -   erkin, 
demokratik, 
insonparvar 
davlat 
qurish, 
fuqarolik 
jamiyatini 
shakllantirish,  Vatanimiz  iqtisodiy  qudratini  yuksaltirish  va  yanada 
ravnaq toptirishning mustahkam zaminidir”, -  deb ta’kidlagan edi.
2016-yilning  so'nggi  choragidan  boshlab  davlat  rahbari  sifatida  o‘z 
faoliyatini  boshlagan  Sh.M.Mirziyoyevning  mamlakatda  fuqarolik 
jamiyati  rivojlanishi  uchun  muhim  kuch-qudrat  manbayi  -   “Xalq  davlat 
idoralariga emas,  davlat idoralari  xalqimizga xizmat qilishi  kerak” degan 
g'oyani  ilgari  surishi,  unga  monand  bo'lgan  huquqiy  asoslar  va jiddiy 
o‘zgarishlami  amalga  oshirishi  natijasida  0 ‘zbekistonda  fuqarolik 
jamiyati  qurish  islohotlari  avj  oldi,  unga nisbatan  xalqimizning  ishonchi 
yuksala  boshladi.  Prezident  Sh.M.Mirziyoyev  Prezidentlikni  bajarish
7


uchun  kirishgan  dastlabki  kundanoq  quyidagi  konseptual  g'oyani  ilgari 
surdi:  “Mustaqil  taraqqiyot  yillarida  Konstitutsiyamiz  yurtimizda 
huquqiy  demokratik  davlat,  kuchli  fuqarolik  jamiyati,  erkin  bozor 
munosabatlari  va  xususiy  mulk  ustuvorligiga  asoslangan  iqtisodiyotni 
qurish,  xalqimiz  uchun  tinch,  obod  va  farovon  hayot  barpo  etish, 
O ‘zbekistonning 
xalqaro 
maydonda 
munosib 
o‘rin 
egallashida 
mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda”.
“Fuqarolik  jamiyati”  tushunchasi  -   insoniyatning  bir  necha  asrlar 
mobaynida shaldlangan tafakkurlash mahsuli bo'lib, u inson huquqlari va 
erkinliklari  ta’min  darajasining  naqadar  yuksalganligi  darajasi  mezoni 
sifatida  namoyon  bo‘ldi.  Fuqarolik jamiyatining poydevori  va  asoslarini 
yaratish  uchun,  avvalo,  u  to‘g‘risidagi  g‘oyalaming  genezisini  va 
rivojlanishini 
bilishga 
zarurat 
tug'iladi. 
Fuqarolik  jamiyatining 
shakllanishi  uchun  uning  asoslari  (iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy,  huquqiy, 
m a’naviy) 
yaratilishi 
lozim. 
Fuqarolik  jamiyatining 
asoslari 
quyidagilardan iborat:
-  iqtisodiy  asos  -   shaxs  va  jamiyat  manfaatlarining  umumiyligiga 
asoslangan  mulk  shakllarining  xilma-xilligi,  iqtisodiy  plyuralizm,  ko‘p 
ukladlilik,  erkin  bozor  munosabatlari;  jamiyatning  har  bir  a’zosini  o ‘z 
mulkiga  ega,  u  bu  mulkni  o ‘z  xohishi  bilan  tasarruf  eta  olish 
erkinligining  mavjudligi,  bu  mulkdan  foydalanish  va  uni  sarflash 
huquqiga ega bo‘lishi,  xususiy  mulk daxlsizligi,  har bir shaxsning davlat 
tomonidan  kafolatlangan  tadbirkorlik,  mehnat  va  iste’mol  faoliyati 
erkinligi bilan ta’minlanganligi;
-  ijtimoiy-siyosiy  asos  -   fuqarolik jamiyati  qurilayotgan  davlatning 
mustaqil  va  suveren  ekanligi,  iqtisodiy  va  siyosiy  hokimiyatlaming  bir- 
biridan ajratilganligi; fuqarolaming o‘z maqsadlarini himoya qilish uchun 
m a’lum  nodavlat tashkilotlarga birlashgan bo'lishi,  hokimiyatning uchga 
bo‘linish  prinsipi  amalda  o‘z  aksini  topganligi,  hokimiyatlaming  turli 
markazlar,  guruhlar  yoki  shaxslar  qo'lida  to'planib  qolmasligi;  siyosiy 
plyuralizmning  mavjudligi;  davlat  hokimiyati  vakolati  funksiyalarining 
asta-sekinlik  bilan  quyi  vakillik  organlari  va  o ‘zini  o ‘zi  boshqarish 
organlariga berib borilishi;
- huquqiy asos -  jamiyatda insonning yashashi  va rivojlanishi  uchun 
muhim  zarurat  bo'lgan  erkinlik,  tenglik,  adolat  qadriyatlarining  qaror 
topganligi, 
shaxslar 
va 
fuqarolar 
o‘rtasida 
o'zaro 
tenglikning 
ta’minlanganligi,  ulaming  huquq  va  erkinliklarining  davlat  tomonidan 
to‘liq  ravishda  e’tirof  etilishi;  adolat  prinsiplariga  amal  qilinishi;  bir 
shaxsning  erkinligi  ikkinchi  shaxsning  erkinligiga  daxl  etsa,  uning
8


erkinligi  shu  yerda  to‘xtatilishi,  davlat,  jamiyat  va  shaxs  manfaatlari 
o‘zaro mushtarakligining shakllanishi;

ma’naviy  asos  -   insonlar  o‘z  qadr-qimmatini  har  qanday 
tajovuzlardan  himoya  qila  olish  qobiliyatining  shakllanganligi,  xalqning 
jamiyat qadriyatlarini  himoya qila olish  salohiyatining mavjudligi, vijdon 
erkinligining amal  qilishi, jamiyatda axloqiy me’yorlarga amal qilish urf- 
odatlarining  shakllanganligi,  biron-bir  mafkuraning  yakka  hokimlik 
qilishga urinishlarining cheklab qo‘yilganligi,  fuqarolaming ma’naviy va 
ijtimoiy jarayonlarda bevosita va bilvosita ishtirok etishlari  uchun barcha 
shart-sharoitlaming mavjudligi,  har  bir fuqaroning o‘z mustaqil  fikrlashi 
va qarashiga  ega ekanligini  namoyon  qilish  uchun  barcha  sharoitlaming 
mavjud  ekanligi,  ma’naviy  jarayonlami  faqat  jamiyat  va  fuqarolar 
tomonidan  amalga  oshirilishi,  har  bir  fuqaroning  qanday  dunyoqarash 
yoki  dinga kirishi  uning o ‘zi tomonidan hal  etilishi, diniy erkinlik, barcha 
dinlar  va  mafkuralaming  o‘zaro  hamkorlikda  yashashlari  uchun  zarur 
bo‘lgan shart-sharoitlaming yaratilganligi.
Umuman  olganda,  “ftiqarolik  jamiyati”  atamasi  turli  xorijiy 
adabiyotlarda  umumiy  mohiyatga  ega,  shu  bilan  birga,  har  bir 
mamlakatning  milliy  an’anlarini  ham  uyg‘unlashtiradigan  tushuncha 
bo‘lib,  u hozirgi  davrdagi talqinlarda jamiyatning muayyan  shakli (holati 
va  xususiyati)ni,  uning  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  va  huquqiy  tabiatini, 
rivojlanish  darajasini  ifodalaydi.  Fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish 
masalalari  doimo  davlatni  takomillashtirish,  huquq  va  qonunning  rolini 
yuksaltirish  muammolarini  hal  etish  bilan  chambarchas  tarzda  o‘zaro 
bog‘liqdir.
Ba’zi  olimlarning  fikricha,  demokratik  jamiyat  -   bu  “eng  awalo, 
fuqarolik  jamiyatidir.  Chinakam  demokratiyaning  oliy  mazmuni  -  
shaxslararo,  millatlararo,  davlat  va  ijtimoiy-siyosiy  munosabatlami 
uyg'unlantirishdan  iborat.  Bunda  inson  va  jamiyat,  jamiyat  va  davlat 
hokimiyati  tinch-totuv  yashaydi”.  Fuqarolaming davlat hayotida ishtirok 
etish  jarayoni  ancha  kuchayib  bormoqda  va  siyosiy  partiyalar, 
nohukumat  tashkilotlar  faoliyatida,  hayotning  barcha  jabhalari,  shu 
jumladan,  inson huquqlari  sohasida ham organlar va mansabdor shaxslar 
faoliyatining  ijtimoiy  nazoratini 
hamkorlikda  amalga  oshirishga 
qaratilgan  ommaviy  axborot  vositalarining  faollashuvida  o ‘z  aksini 
topmoqda.
Fuqarolik jamiyati  -  bu  ijtimoiy-siyosiy masalalami  hal  etishda faol 
qatnashadigan,  davlatning  bedodligi  va  aralashuviga  yo‘l  qo'ymaydigan 
huquq  hukmron  bo‘lgan,  fuqarolar  va  davlat  hamkorlik  asosida
9


ishlaydigan  ongli  individlar  jamiyatidir.  0 ‘zbekiston  Respublikasining 
Konstitutsiyasida  fuqarolik jamiyatiga  ta’rif berilmagan  bo‘lsa-da,  unda 
fuqarolik  institutlarini  tashkil  etish va  ular faoliyatining huquqiy asoslari 
e ’tirof  etilgan,  ulaming  davlat  bilan  o‘zaro  hamkorligi  prinsiplari 
belgilangan.
Fuqarolik jamiyati  fanining  predmeti  sifatida  fuqarolik jamiyatining 
shakllanishi,  rivojlanishi,  har bir milliy davlatda  fuqarolik jamiyati  qaror 
topishining umumiy,  o‘ziga xos  qonuniyatlari  va tamoyillari  o ‘rganiladi. 
Fuqarolik  jamiyati  fanining  predmeti  -   kishilik  tarixida  insonlaming 
o ‘zaro  munosabatlari  natijasida  yuksak  jamiyatga  doir  qadriyatlar  va 
tuzilmaviy  unsurlarning  shakllanishi, 
ulaming  rivojlanib  borishi 
natijasida  ideal  jamiyatda  insonlar  o‘zaro  aloqalarin  qonuniyatlarining 
shakllanishi,  rivojlangan  mamlakatlarda  uzoq  tarixiy  rivojlanish  natijasi 
oMaroq 
shakllangan  yuksak  insoniy  birlik  -   fuqarolik  jamiyatining 
institutlari  hisoblanadi.
Fuqarolik  jamiyati  fanining  obyekti  —  bu  insoniy  jamiyatning 
oddiydan  murakkabga,  o‘zini  o‘zi  takroran  yaratib  turadigan  insoniy 
birlikka  o ‘sib  o‘tishi  va  nihoyat  rivojlangan  mamlakatlarda  shakllangan 
fuqarolik  jamiyati  va  uning  institutlari  hisoblanadi.  Xususan,  mazkur 
Fuqarolik  jamiyati  o‘quv  qo‘llanmasining  obyekti  -   ana  shu  tarixiy 
voqeliklarga uyg‘un  tarzda 0 ‘zbekistonda  fuqarolik jamiyati  unsurlariga 
doir  g‘oyalaming  rivojlanishi,  mustaqillik  davriga  kelib  fuqarolik 
jamiyati  institutlarining  rivojlanishi,  undagi  tamoyillaming  rivojlangan 
davlatlar bilan qiyosiy tahlillari hisoblanadi.
Fanni  o'qitishdan  maqsad  -   talaba-yoshlar  ongida  fuqarolik 
jamiyatiga doir tasawurlam i  singdirish,  ularda jamiyatni  rivojlantirishga 
doir mustaqil  fikrlash  ko‘nikmalarini shakllantirish,  Vatanga sadoqat his- 
tuyg‘ularini yuksaltirish kabilardan iboratdir.

Download 11,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish