“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan
edi. U nechta bob, nechta moddada mujassamlashadi?
A. 4 ta bob, 33 ta modda.
B. 5 ta bob, 34 ta modda.
C. 6 ta bob, 35 ta modda.
D. 7 ta bob, 36 ta modda.
10. Qachon
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati
Yoshlar
ittifoqiga aylantirildi.
A. 2017-yil 30-iyun kuni
B. 2017-yil 8-fevral kuni
C. 2017-yil 8-sentyabr kuni
D. 2017-yil 3-yanvarkuni
X U L O S A
Insoniyat tarixining eng qadimgi davridan boshlab, ya’ni ilk insoniy
jam oalarga uyushish zarurat sifatida paydo boMishi bilan insoniy
ijtimoiy birlik - odamlaming jam iyatda uyushib va hamkorlik qilib
yashashi uchun ehtiyojlar paydo boMdi. Ko‘p o‘tmasdan nafaqat
shunchaki jam iyatda yashash, balki adolatli va fozil jam iyatda yashash
masalasi kun tartibiga qo'yildi. Bu jarayonda jamiyatni birlashtirib
turish omili sifatida axloqiy va ma'naviy qadriyatlami rivojlantirishga
muhim e'tibor berila boshlandi. Insoniyatning aynan ana shu orzu-
istaklari asosida ideal jamiyatga oid tasavvurlar, siyosiy, falsafiy, diniy
qarashlar shakllandi.
Jamiyatni takomillashtirishga doir ilk falsafiy va siyosiy qarashlar
qadimgi
antik davrda (Platon,
Aristotel'
kabilar qarashlarida)
shakllangan boMsa, jamiyatni nafaqat insoniy balki m a’naviy birlik
sifatidagi talqinlari Sharq uyg‘onish davrida (Abu Nasr Forobiy, Abu
Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy va boshqalar qarashlarida)
shakllandi. Bu davrda «jamiyat» tushunchasi yoniga «adolati» va
«fozil» tushunchalari qo‘shib talqin etish rusumga kirdi. Ijtimoiy
guruhlar, davlat va boshqa institutlaming faoliyati inson manfaatlariga
xizmat qilishga, uning huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratila
boshlandi.
Zamonviy jam iyat qurishga doir qarashlaming keyingi bosqichi
yangi davrda yashagan G ‘arb mutafakkirlarining (Tomas Gobbs, Jon
Lokk, A.Fergusson, I.Kant, Georg Gegel va boshqalar) qarashlarida
namoyon boMa boshladi. Hattoki, bu davrga kelib «fiiqarolik jamiyati»
tushunchasini izohlash va talqin etishlar ham avj oldi. Shu bilan bir
qatorda, bu davrda yashagan mutafakkirlar fuqarolik jamiyati va uning
institutlariga doir nazariyalami shakllantirish bilan bir qatorda jamiyatni
tadqiq etishning metodologik asoslarini yaratishga ham ulkan hissa
qo‘shdilar. Ular yaratgan ilmiy merosning ahamiyatini shundan bilsa
boMadiki, hozirgi davrga kelib ham fuqarolik jam iyati ular tomonidan
shakllantirilgan m e’yorlar, nuqtai nazarlar va uslublar asosida tahlil
etilmoqda.
O 'zbekistonda mustaqillikning ilk davridayoq birinchi Prezident
I.A.Karimov tomonidan mamlakatning tarixiy rivojlanish an’analari,
demokratik printsiplar va xalqimiz dunyoqarashi, qolaversa, mamlakat
milliy manfaatlarini o'zida ifoda etgan fuqarolik jamiyati, huquqiy
davlat va bozor munosabatlariga o'tish davrining nazariy asoslari ishlab
chiqildi va u « 0 ‘zbek modeli»da mujassamlashdi. Ana shu asosda
rivojlangan
mamlakatlarda
shakllangan
demokratik
qadriyatlar,
fuqarolik jam iyatiga xos tamoyillar
faqat xalqaro tajribalarda
sinovlardan o ‘tganligi uchungina emas, balki o ‘zbek xalqining milliy
manfaatlariga mos kelganligi uchun ham mamlakatdagi islohotlar
jarayonlariga bosqichma-bosqich tatbiq etila boshlandi. Fuqarolik
jamiyatining iqtisodiy tayanchi boMgan mulkdorlar ishtimoiy qatlami
shakllandi. Qisqa davr ichida nodavlat notijorat tashkilotlar dastlab
jamiyatni o‘zini o ‘zi boshqarish printsipi asosida, ya'ni fuqarolik
jamiyatini mustaqil ijtimoiy birlik sifatida yashashini ta'minlash
ehtiyojlari va manfaatlariga uyg‘un holda paydo boMdi, nodavlat
notijorat tashkilotlar fuqarolik jamiyatining muhim va eng asosiy
institutlaridan biriga aylandi. Shu bilan birga davlat va uning organlari
tomonidan fuqarolaming o ‘zini o ‘zi boshqarishning huquqiy maqomini
mustah-kamlash, mahalla, qishloq, ovul va shaharcha fuqarolar
yigMnlarini fuqarolik jamiyatining asosiy institutiga aylantirishga doir
chuqur islohotlar amalga oshirildi.
Mamlakatda “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari”
tamoyili asosida “M amlakatda islohotlami yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jam iyatini rivojlantirish” kontseptsiyasini amaliyotga qoMlash
jarayoni natijasida fuqarolik jam iyatiga oMish jarayoni huquqiy davlat
qurish, shuningdek mamlakatni
modemizatsiyalash,
iqtisodiyotni
diversifikatsiyalash kabi islohotlami chuqurlashib borishi mazkur fanni
o ‘rganish zaruratini taqozo eta boshladi. Shuni alohida ta'kidlash joizki,
bugungi kunda O ‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab
bergan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqiqa xizmat
qilsin”, “Xalq boy boMsa, davlat boy va qudratli boMur” kabi
kontseptual
g ‘oyalar
asosida
ishlab
chiqilgan
“Harakatlar
strategiyasi”ning asosiy yo‘nalishlarini amaliyotga qoMlash jarayoni
natijasida fuqarolik jamiyatini shakllantirish bilan bevosita bogMiq
boMgan davlat boshqaruvini takomillashtirish, sud-huquq tizimini isloh
qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish va diversifikatsiyalash, ijtimoiy
sohani rivojlantirish, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik,
xalqaro hamkorlik sohalaridagi islohotlami amalga oshirishning amaliy
mexanizmlarining ishlab chiqilganligi va hayotga joriy etilayotganligi
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning amaliy ifodasidir.
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davri uchun eng muhim
zaruriyat- Vatanimizning taqdiri va istiqboli uchun mas'uliyatni o ‘z
zimmasiga olishga doimo tayyor boMgan faol fuqarolik pozitsiyasiga
ega boMgan avlodni shakllantirishdir. Bu avlodning fuqarolik jamiyati
qurishga doir nazariy bilimlami puxta egallashi, o ‘z huquqiy va siyosiy
madaniyatini muttasil ravishda yuksaltirib borishi, faol fuqarolik
pozitsiyasiga ega boMishi - bugungi kun talabidir.
Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi bo'yicha
quyidagi xulosalar chiqarish mumkin:
- fuqarolik jamiyatining shakllanishi uzoq davom etib kelayotgan
murakkab tarixiy jarayondir.
Fuqarolik jamiyatining ba'zi bir unsurlari qadimgi Yunoniston va
Rimda namoyon boMdi, Yangi davrda esa, uning ba'zi shakllanish
unsurlari kashf etildi, hozirgi davrda esa, uning bir butun tizim sifatidagi
tasavvurlar shakllandi;
- fuqarolik jamiyati g'oyasi insoniyatning antik davrdan buyon
davom etib kelayotgan tafakkurlash mahsulidir. Avestoda, Qadimgi
yunon faylasuflari fikrlarida, O 'rta asr Sharq mutafakkirlarining
qarashlarida, Uyg'onish va Reformatsiya davri g'oyalari va bugun XXI
asr jahon xamjamiyati tomonidan umuminsoniy ijtimoiy madaniy
qadriyatlar sifatida e'tirof etildi.
M a’lumki, har qanday fan, o 'z mohiyatiga ko 'ra umumbashariydir.
Dunyoning barcha xalqlari o'zining katga-kichikligidan qat’iy nazar
fuqarolik jamiyati nazariyasiga o'zlarining hissalami qo'shdi. Shu
nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi
to'g'risidagi g'oyalar qarashlarga bir yoqlama yondashish uni ulami
kamsitish mumkin emas;
- fuqarolik jamiyatining xususiyatlari, belgilari, tamoyillari har
qanday ijtimoiy tuzimda mavjuddir, biroq ulaming rivojlanish darajasi
turli xilda boMishi mumkin;
- fuqarolik jamiyatining shakllanish jarayonlari xolati ijtimoiy
hayotning va davlat hokimiyati boshqaruvining demokratlashib borishi
bilan birgalikda kechadi;
- fuqarolik jamiyatining shakllanishi huquqiy davlatchilikning
shakllanish jarayoni bilan uygunlikda takomillashib boradi;
- har bir davlatda fuqarolik jam iyatining shakllanishi va rivojlanishi
o'ziga xos milliy mental xususiyatlarga bogliq holda, shaklan milliy
modellarda namoyon boMishi mumkin;
- hozirgi davrdagi dunyodagi biron-bir mamlakat fuqarolik jamiyati
eng so'nggi
yetuklik bosqichiga erisha olgani yo'q va uni
takomillashtirish uzluksiz davom etadigan jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |