2. Mustaqillik davrida davlatning yoshlarga oid siyosatini
rivojlanishi va uni amalga oshirilishi
O ‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki
kunlaridan
boshlab
365
Birinchi Prezident I.A.Karimov boshchiligida amalga oshirilgan farovon
demokratik davlat va jamiyatni barpo etishga yo‘naltirilgan tub
islohotlar siyosatining o'ziga xos xususiyati - bu uning aniq ijtimoiy
yo'naltirilganligi boMdi. Hozirgi davrda 0 ‘zbekiston aholisining 60
foizdan ortig‘ini
yoshlar
tashkil
etadi.
Shuning
uchun
ham
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ijobiy o ‘zgarishlar
zamirida har tomonlama barkamol - jismonan sogMom, aqlan etuk,
nafaqat ko'plab bilimlami, hozirgi davrda talab katta boMgan kasb-
hunarlami egallagan, ayni paytda, mustaqil va ijodiy fikrlashga qodir,
intellektual salohiyati yuksak yosh avlod to ‘g ‘risida g‘amxo‘rlik
qilishdek ustuvor maqsad mujassam ekani tabiiydir.
Mamlakatda yuritilayotgan kuchli yoshlar siyosati o'zining
mustahkam huquqiy asoslariga egadir. Bu siyosat 0 ‘zbekiston
Respublikasi Konstitustiyasi qoidalarida, ushbu sohaga tegishli 22
qonunda
o ‘z
ifodasini
topgan.
Mamalakatimiz
mustaqillikka
erishganidan so‘ng qabul qilingan dastlabki qonun hujjatlaridan biri -
bu 1991 yil 20 noyabrdagi “0 ‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid
davlat siyosatining asoslari to ‘g ‘risida”gi qonundir. Ayni paytda, bu
davrda ko‘plab maqsadli davlat dasturlari ham hayotga muvaffaqiyatli
tatbiq etildi. Bu boradagi ishlarning yuqori samaradorligi davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda jam oat tuzilmalari, shu
jumladan, o 'z saflarida 5,5 million yigit-qizni birlashtirgan “Kamolot”
yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” xayriya jam oat fondi va boshqa
tashkilotlar o'rtasida tobora kengayib borayotgan ijtimoiy hamkorligi
natijasida ta’minlanmoqda.
Mamlakatda o'sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama
rivojlanishi uchun barcha qulay shart-sharoitlarni yaratib berish
borasida olib borilayotgan kompleks chora-tadbirlar xalqimizga xos
xususiyat bo'lib, milliy tabiatimizning uzviy qismiga aylandi. Har bir
oilada, har bir mahallada, eng aw alo , yoshlaming salomatligini
ta’minlash, ularga yaxshi bilim berish, ayni paytda yuksak m a’naviy va
ahloqiy fazilatlarga ega munosib shaxslar etib voyaga etkazish azaldan
muhim masala bo'lib kelgan. Mustaqillik yillarida ushbu vazifalar
O'zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko'tarildi va bu esa barcha
sohalarda yuksak yutuqlarga erishish imkonini bera boshladi.
Salomatlikni ta’minlash, uzluksiz ta’lim va barkamol yosh avlodni
tarbiyalash bo'yicha mamlakatimizda yaratilgan milliy modellar butun
dunyoda yuksak baholanmoqda. Jumladan, 2011 yilning noyabrida
“O'zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilishning milliy
modeli: “Sog'lom ona - sog'lom bola” mavzuida Toshkentda bo'lib
o'tgan xalqaro simpoziumda nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan bu
borada amalga oshirilgan ishlarga yuqori baho berildi va ular boshqa
mamlakatlar uchun namuna sifatida e ’tiro f etildi. 2012 yilning fevralida
poytaxtimizda o'tgan “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan
avlodni tarbiyalash - mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va
modemizastiya qilishning eng muhim sharti” xalqaro konferenstiyasida
O'zbekistonda yaratilgan uzluksiz ta’lim va tarbiya milliy tizimi boshqa
davlatlar uchun namuna deb e’lon qilindi.
Mustaqillik yillarida demokratik va bozor o'zgarishlari talablariga
mos ravishda ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimida tub islohotlar amalga
oshirildi. Ushbu nihoyatda muhim sohadagi chuqur islohotlar 1997-yil
29- avgustda qabul qilingan “T a’lim to ‘g'risida”gi qonun, ayni paytda
ko'lam i, qamrovi va maqsadlariga k o'ra o 'ta noyob Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi asosida amalga oshirildi. Mamlakatimizda ta’lim shaxs,
jam iyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnik va madaniy
ehtiyojlarini ta ’minlaydigan ustuvor soha, deb e ’lon qilindi. Mavjud
ta ’lim muassasalarini davr talablarini hisobga olgan holda isloh
qilishdan tashqari MDH davlatlarida o'xshashi yo'q yangi turdagi o'quv
yurtlari - kasb-hunar kollejlari va akademik listeylar tashkil etildi. Shu
tarzda iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning barcha tarmoqlari uchun yuqori
malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga, yoshlarni m a’naviy-
ahloqiy va har tomonlama ijodiy rivojlantirishga yo'naltirilgan uzluksiz
o'quv-ilmiy-ishlab
chiqarish
ta’limining
noyob
yaxlit
tizimi
shakllantirildi.
2003-yil
1-iyulda
O'zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish “Iste’dod”
jam g'arm asi tuzilib, u keng ko'lam li ishlami amalga oshirib kelmoqda.
Uning
faoliyati
mamlakatimizda
ta’lim
tizimini
yanada
takomillashtirishga, barcha hududlarda o'quv jarayoniga zamonaviy
axborot va pedagogik texnologiyalami joriy etish, yosh pedagoglar va
olimlaming kasbiy bilimlari va ko'nikmalarini oshirishga yo'naltirildi.
Oliy, o'rta maxsus, kasb-hunar ta ’limi muassasalari va maktablar
xodimlari uchun o'nlab kunduzgi va masofaviy ta’lim dasturlari ishlab
chiqildi. Hozirgi paytgacha jam g'arm aning faqat kunduzgi kurslarida 10
mingdan ziyod pedagog va ilmiy kadrlar o 'z malakasini oshirdi.
Mamlakatimizning
jahon
maydonidagi
nufuzi
va
raqobatbardoshligini oshirish ko'p jihatdan yoshiaming intellektual va
ijodiy salohiyatini yuksaltirishga bog'liqdir. Shu sababli iqtidorli
367
yoshlami aniqlash va rag'batlantirishga, yosh avlodning zamonaviy
dunyoqarashini,
ijodiy
va
shaxsiy
xususiyatlarini
milliy
va
umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirishga alohida e ’tibor
qaratilmoqda. Jumladan, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi,
unga o'qishda, ijodiy va jamoat ishlarida katta yutuqlarga erishayotgan
qizlar munosib ko'riladi. San’at sohasidagi yutuqlari uchun eng iqtidorli
yosh raqqosalar, musiqachilar va xonandalarga “Nihol” mukofoti berish
an’anaga aylandi.
O'zbekistondagi yoshlar siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri
iqtidorli yoshlami ilm-fanga keng jalb etishdir. Hozirgi davrga kelib
o ‘quv yurtlari, birinchi navbatda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini
ish bilan ta ’minlash masalasiga alohida e ’tibor qaratilmoqda. Muayyan
ishlab chiqarish korxonalari va tarmoqlar uchun maqsadli ravishda
kadrlar tayyorlash keng qo‘llanilmoqda, o ‘quv yurtlari, korxonalar va
o'quvchilar o ‘rtasida uch tomonlama shartnomalar imzolanmoqda va bu
bitiruvchilarning kelgusida ish bilan ta ’minianishini kafolatlaydi. Shu
maqsadda kasb-hunar kollejlarining ish beruvchi korxonalar bilan
kooperastiya aloqalarining boshqa shakllaridan ham foydalanilmoqda.
Mamlakatimizda har yili minglab ish o'rinlari tashkil qilinadi, bunda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi muhim o ‘rin
tutadi.
Mamlakatda mustaqillik yillarida yoshlaming har tomonlama
rivojlanishi uchun yanada qulay shart-sharoit va imkoniyatlar yaratib
borildi. Jumladan, mustaqil hayotga qadam qo'yayotgan yosh oilalarga
zarur yordam ko'rsatish, amaliy rag'bat va barqaror daromad
manbalarini shakllantirish mexanizmini yaratish, ulaming turar-joy va
maishiy shart-sharoitlarini yaxshilash maqsadida 2007-yil 17-mayda
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yosh oilalami moddiy va
m a’naviy
qo‘llab-quvatlashga
doir
qo‘shimcha
chora-tadbirlar
to ‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Har bir hududda yangi ish o'rinlari
tashkil etish, yoshlami kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka faol jalb
qilish, yosh oilalarga o ‘z biznesini tashkil etishi uchun mikrokreditlar
ajratish ishlari kuchaydi. Bugun O'zbekistonda yosh oilalarga ipoteka
va iste’mol kreditlari ajratish orqali uy-joy sotib olish yoki qurishda,
ro'zg'orini butlashda har tomonlama yordam ko'rsatilmoqda.
Mamalakatdagi yoshlarga oid davlat siyosati muhim siyosiy
yo'nalish sifatida izchil jarayon bo'lib, u yoshlar mavqei va hayoti bilan
bog'liq bo'lgan voqelikning bosh xususiyatlarini o'zida mujassam etadi.
Shu nuqtai nazardan. yoshlarga oid davlat siyosati siyosiy yo'nalish
sifatida 0 ‘zbekistonning mustaqillik yillari tarixida yuz bergan hamda
davlat tomonidan maqsadli amalga oshirilgan yoshlarga oid barcha
ijtimoiy o ‘zgarishlar, tub islohotlar, transformastiya jarayonlarini bosib
o‘tdi. Ya’ni yoshlarga oid davlat siyosati yoshlar hayotini demokratik
tamoyillar asosida ijtimoiy tashkillashtirish, yoshlar va davlat
o‘rtasidagi munosabat-lami pozitiv asosda qurish, yoshlar manfaatlari
va qadriyatlarining davlat manfaatlari bilan muvofiqligini ta’minlash
uchun olib borilgan sa’y-harakatlar va maqsadlar majmuini tashkil
qiladi.
Yoshlarga
oid
davlat
siyosatining
asosiy
yo‘nalishlari
quyidagilardan iboratdir:
- yoshlaming huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini
ta’minlash;
- yoshlaming hayoti va sog‘lig‘ini saqlash;
- yoshlaming m a’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan
kamol topishiga ko‘maklashish;
- yoshlar uchun ochiq va sifatli ta ’limni ta’minlash;
- yoshlami ishga joylashtirish va ulaming bandligi uchun shart-
sharoitlar yaratish;
- yoshlami vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag'rikenglik,
qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli
ta ’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga boMgan qat’iy
ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash;
- yoshlami axloqiy negizlami buzishga olib keladigan xatti-
harakatlardan,
terrorizm
va
diniy
ekstremizm,
separatizm,
fundamentalizm, zo ‘ravonlik va shafqatsizlik g'oyalaridan himoya
qilish;
- yoshlaming huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini
yuksaltirish;
- iqtidorli va iste’dodli yoshlami qoMlab-quvvatlash hamda
rag'batlantirish;
- yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar
yaratish;
- yoshlarda sogMom turmush tarziga intilishni shakllantirish,
shuningdek yoshlaming bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va
yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- yosh oilalami m a’naviy va moddiy jihatdan qoMlab-quvvatlash,
ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlami yaratish
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish;
369
-
yoshlaming huquqlari va erkinliklarini ro'yobga chiqarish
sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan
hamkorlikni rivojlantirish.
0 ‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati borasida
olib borilayotgan tadbirlaming barqarorligiga ta ’sir etuvchi omillami
tahlil etish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat
siyosatining yo'nalishlarini aniqlashtirib olishni talab etadi. Bular
quyidagilami qamrab oladi:
1. “Barkamol avlod” yo'nalishi;
2. “O'zbekiston Respublikasi fuqarosi” yo'nalishi;
3. “Yoshlar va ijtimoiy himoya” yo'nalishi;
4. “Yosh oila” yo'nalishi;
5. “Yoshlar professionalizmi” yo'nalishi;
6. “Yoshlar axborot makonida” yo'nalishishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |