1. Yoshlar huquq erkinliklari xalqaro huquqiy asoslarini
shakllanishi va rivojlanishi
Insoniyati tarixi bir necha ming yilliklar ichida yoshlarni alohida
ijtimoiy qatlam, jamiyatining barcha bilan teng a ’zosi sifatida o'm iga
unchalik ahamiyat bermay keldi. Va nihoyat, fuqarolik jamiyati
kurtaklari va unsurlari paydo bo'lganidan keyin yoshiaming jamiyatdagi
o 'm i masalalari ko'tarila boshlandi. AQSHda 1776-yilda, Fransiyada
1849-yilda inson huquqlarini himoyalash masalalari ko'tarilib, uning
tarkibiy qismi sifatida yoshlar va bolalar huquqlarini himoyalash
g'oyalari ilgari surila boshlandi. Dastlab, 1833-yilda Angliyada 9
yoshgacha bo'lgan bolalami fibrikalarda ishlatish ta’qiqlandi. 1896-
yilda Germaniyada o 'z bolalariga tazyiq qiladigan ulami tahqirlaydigan,
yoki ularga g'am xo'rlik qilmaydigan ota-onalami jazolashga doir qonun
qabul qilindi. 1899-yilda AQSHda dastlabki yuvenal sudlar tashkil
topdi.
1919-yilda jahon xalqaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida
tuzilgan Millatlar Ligasi Bolalar ravnaqi qo'mitasini ta’sis etdi. U o 'z
e ’tiborini qarovsiz qolgan bolalar, etimlar va qullikka tushib qolgan
bolalarga qaratdi. Bu paytda bolalar himoyasiga doir nodavlat
tashkilotlar shakllana boshladi. Bolalami qutqarish xalqaro ittifoq (Save
the Children International Union) birinchi jahon urushidan keyin tuzildi.
1924-yil 24- sentyabrda Millatlar Ligasininn Bosh assambleyasi Bola
360
huquqlari Jeneva deklarastiyasini qabul qildi.
1959-yil 20-noyabrda BMTning Bosh Assambleyasi Bola huquqlari
deklarastiyasini qabul qildi. Shu davrdan boshlab 20-noyabr Bola
huquqlari kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda. 1995-yilda BMTning
Bosh
Assambleyasi
tomonidan
“Yoshlar bo'yicha
umumjahon
harakatlar dasturi” qabul qilindi. Ushbu dastur har bir mamlakat
miqyosida tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishi, butun dunyoda yoshlar
sharoiti, holatini yaxshilashga qaratilgan xalqaro loyiha va dasturlaming
amalga oshirilishi uchun mustahkam zamin va yoM-yo‘riqlami
ta’minlab berdi.
Mazkur dastumi hayotga tadbiq qilish uchun, aw alam bor, yoshlar
orasida asosiy inson huquqlari va erkinliklarining to‘liq bajarilishi,
amalga oshirilishini ta’minlash, hamda barcha mamlakatlar bunday
huquq va erkinliklaming buzilishiga qarshi aniq choralaming ko‘rishi,
kamsitmaslik, baG'rikenglik, xilma-xillikka hurmat, turli diniy va etnik
qadriyatlarga, madaniy, falsafiy qarashlarga hurmat tamoyilini ilgari
surishi, barcha ayol va erkaklar uchun imkoniyatlar tengligi,
hamnafaslik, xavfsizlik, jamiyat hayotida ishtirok etish imkoniyatlarini
yaratishi, kafolatlashi talab qilinadi.
BMT tizimi barcha mamlakatlarni bolalar va yoshlarga sarmoya
ajratishga chorlaydi. Qolaversa, BMT mamlakat hukumatlariga tegishli
siyosat, loyiha va dasturlami ishlab chiqishga va amalga oshirishga
yordam beradi. Dunyoning har bir mamlakatida BMT agentliklari
bolalar va yoshlar holatini tahlil qilib boradi, muayan sohalarga mablag*
ajratilishi lozimligi haqida jamoatchilikni xabardor qilib boradi, barcha
mamlakatlar qoMlashi mumkin boMgan samarali strategiyalami yigMb,
ulami targMb qilishga intiladi.
Hozirgi kunga kelib dunyo aholisining 18 % ni yoshlar tashkil
etmoqda. Bu nisbiy ko‘rsatkich albatta. MaMumki, bugungi kunda jahon
mamlakatlarida «yoshlar» tushunchasi turlicha tasnif qilinadi. Masalan,
Evropa Ittifoqi davlatlarida aholining 16 yoshdan 30 yoshgacha (ba’zan
35 yoshgacha) boMgan vakillariga yoshlar sifatida qaraladi. YUNESKO
esa 17 yoshdan 25 yoshgacha boMgan yigit-qizlami yoshlar sirasiga
kiritadi. Aksariyat MDH davlatlarida esa (jumladan, 0 ‘zbekiston
Respublikasida ham) 14 yoshdan 30 yoshgacha boMganlar yoshlar
hisoblanadi. Bugungi kunga kelib yoshlarga oid siyosat yuritish, bu
borada muayyan siyosiy institutlar, jam oat tashkilotlarining faoliyat olib
borishi ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar qonunchiligida
salmoqli o ‘rin tutadi.
Hozirgi davrdagi yoshlarga oid davlat shakllanishi va tarixi XX
asming 60-80-yillarida BMT tomonidan yoshlar ijtimoiy qatlamiga
boMgan munosabatning yangicha prinstiplarini belgilab berilgan qator
hujjatlar qabul qilinishi bilan uzviy boGMiqdir. 1965-yilda BMT Bosh
Assambleyasining “Yoshlar o ‘rtasida tinchlik G'oyalari, millatlararo
o ‘zaro hurmat va tushunishni targMb etish to ‘G ‘risidagi Deklarastiya”si
eMon qilinishi bilan yoshlaming ijtimoiy muammolari tashkilot e’tibor
markazidagi vazifaga aylandi.
YUNESKO yo'nalishida yoshlar
muammolariga daxldor yuzdan ortiq hujjatlar qabul qilindi. Aynan
YUNESKO
tashabbusi
bilan
1985-yildan
Yoshlar
masalalari
butunjahon kongressi faoliyat ko'rsata boshladi va shu yil BMT
tomonidan “Xalqaro yoshlar yili” deb e ’lon qilindi.
Xalqaro huquqiy aktlar asosida 2008-yil 7-yanvarda 0 ‘zbekiston
Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to ‘g ‘risida”gi qonun
qabul qilindi. Mazkur qonunning 10-moddasida bolalaming erkinlik va
daxlsizlik huquqini himoyalashga doir quyidagi huquqiy asoslar
belgilandi:
Har bir bola erkinlik, shaxsiy daxlsizlik, turar joyi daxlsizligi va
xat-xabarlarini sir tutish huquqiga ega.
Har bir bola o ‘z sha’ni va qadr-qimmatiga qilingan tajovuzlardan,
shaxsiy hayotiga g'ayriqonuniy aralashuvlardan himoyalanish huquqiga
ega.
Bola qonunga asoslanmagan holda ushlab turilishi, hibsga olinishi,
qamoqqa olinishi mumkin emas.
Davlat bolaning shaxsi, turar joyi daxlsizligini, xat-xabarlari sir
tutilishini ta’minlaydi hamda bolani ekspluatastiyaning barcha shakl-
laridan, shu jumladan jismoniy, ruhiy va jinsiy zo'ravonlikdan,
qiynoqqa solishlardan yoki shafqatsiz, qo'pol yoxud inson qadr-
qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan, shahvoniy
shilqimliklardan, jinoiy faoliyatga, fohishalik bilan shug'ullanishga jalb
etilishdan himoya qilishni amalga oshiradi.
XX
asming ikkinchi yarmidan boshlab bolalar huquqini himoya
qilish huqiy asoslarini rivojlanishi asnosida bolalar va yoshlar
huquqlarini kafolatlash davri boshlandi. Bu davrdan boshlab qator
rivojlangan davlatlarda yoshlar huquqini himoyalash, yoshlarga doir
davlat siyosatlari rivojlanib, ular hayotda qoMlana boshladi. Xususan,
Fransiyada yoshlar siyosati Yoshlar, sport va ijtimoiy tashkilotlar bilan
ishlash vazirligi tomonidan amalga oshirilib, unga ta ’lim, madaniyat va
kommunikastiya
hamda
bandlik
bo‘yicha
tegishli
vazirliklar
ko‘maklashadi. Fransiyada ishsiz aholining ko'pchiligini yoshlar tashkil
etganligi bois, ushbu muammolarni hal etish maqsadida “Yangi
xizmatlar, yangi ish o'rinlari” davlat dasturi joriy qilingan. Shuningdek,
yoshiaming huquqlarini himoya qilish uchun “Imkoniyatlar tengligi
to ‘g ‘risida”gi qonun qabul qilingan bo'lib, ushbu qonun mamlakatdagi
xususiy korxona va tashkilotlarga yoshlarni ishga qabul qilish bo'yicha
qo'shim cha vazifalar yuklaydi. Bundan tashqari, Fransiyada madaniyat
sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish borasida
ham ko'pgina ishlar qilinmoqda.
AQShning yoshlar borasidagi davlat siyosati o'ziga xosligi, ya’ni,
mazkur siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda bevosita
yoshiaming o'zlari ishtirok etishi bilan boshqa mamlakatlardan ajralib
turadi. Hozirgi kunda Amerika yoshlari orasida narkotik moddalar
iste’moli, jinoyatchilik va irqchilik bilan bog'liq muammolar avj olgan.
Shundan kelib chiqib, ushbu muammolarni hal etishga qaratilgan
ko'pgina qonunlar qabul qilinib, amalga tatbiq qilingan. Ayni paytda
AQSHda yoshlarni qo'llab-quw atlash va himoya qilish yuzasidan 400
dan ortiq dasturlar ishlab chiqilgan. Shundan eng ko'p a’zolarga ega
bo'lganlari “Yoshlarni himoyalash ligasi”, “Talabalar ocharchilikka
qarshi”, “Tashqariga nazar”, “Yordam” (“Help”) hamda Qutqaruv
armiyasi kabilar hisoblanadi. Mazkur harakatlar AQSHning barcha
kasb-hunar o'quv muassasalaridagi yoshlarni qamrab olgan. AQSHda
“Yoshlar siyosati konstepstiyasi”ni amalga oshirishda davlatning roli
birmuncha oz bo'lib, bu jarayonga, asosan, xususiy tashkilotlar keng
jalb qilingan. Davlat yordami ijtimoiy himoyaga o 'ta muhtoj bo'lgan
yoshlarga qat’iy chegaralangan miqdorda ko'rsatiladi. AQShda yoshlar
siyosati davlat idoralarining alohida bir faoliyat sohasi hisoblanmaydi,
yoshlar muammolari yuzasidan bir necha vazirliklar ish olib borishadi.
Jumladan, Mehnat va? rligi yoshiaming bandligi, Adliya vazirligi
jinoyatchilik, Sog'liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vazirligi esa yoshlar
hamda
o'sm irlam ing
sog'ligi
borasidagi
muammolar
bilan
shug'ullanishadi. Yoshlar bilan ishlashda siyosiy tashkilotlar, sport
muassasalari hamda diniy tashkilotlaming o"mi ham baland. “Yosh
respublikachilar” milliy federastiyasi hamda “Amerikaning yosh
demokratlari” AQSHdagi eng katta yoshlar siyosiy birlashmalari
hisoblanishib, ular mamlakatdagi ikki yirik siyosiy partiyaning yoshlar
bo'yicha rasmiy tashkilotlaridir. Yoshlar siyosiy tashkilotlarining asosiy
maqsadlaridan biri yoshlarni siyosiy hayotga jalb qilish, ulaming davlat
siyosatidagi o'm ini rivojlantirishga qaratilgan. Shuningdek, AQSHda
363
“Lyuteranlik ligasi” va “Katolik yoshiaming milliy federastiyasi” kabi
diniy, milliy yoshlar tashkilotlari ham faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Buyuk Britaniya davlatining yoshlar bo'yicha olib borayotgan
siyosati misolida davom ettiradigan bo‘lsak, bu mamlakat ushbu sohada
uzoq tarixga ega bo'lib, o'zining k o'p qirraliligi bilan Evropaning
boshqa davlatlaridan ajralib turadi. Jumladan, Angliyadagi siyosat
yoshlar bilan bog'liq barcha jabhalam i qamrab olgan bo'lib, ular orasida
ta’lim sohasi eng yuqori o'ringa qo'yilgan. Ingliz yoshlarining aksariyat
qismi turli tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan “yoshlar klub”lariga
a’zo bo'lib, ulaming yoshlar borasidagi tadbirlariga keng jalb qilingan.
Shuningdek, ushbu davlatda yoshiaming “ko'ngilli harakatlari” o 'ta
rivojlangan bo'lib, kichik shahar va tumanlar miqyosida davlat
siyosatini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur
harakatlami moliyalashtirish davlat tomonidan amalga oshirilib,
faoliyati davomida, asosan, qiyin vaziyatlarda qolgan tarafdorlarining
muammolarini hal etishga harakat qilinadi. Shu bilan birga, yoshlar
madaniy va ijtimoiy sohalarda o 'z faolliklari bilan aholining boshqa
qatlamlariga nisbatan ajralib turadi. Angliyadagi yoshlar tashkilotining
kamchiliklaridan biri ulaming davlat boshqaruvidagi roli qat’iy
emasligidadir. Ushbu holat davlat boshqaruvi tizimi konservativ
tamoyillarga asoslanganligi bilan xarakterlanadi.
Evropa davlatlari orasida Germaniyaning yoshlar borasidagi davlat
siyosati o'ziga xos xususiyatga ega. Nemis yoshlar siyosatining
mohiyati shundaki, unda asosiy e’tibor 18-27 yoshdagi aholining
ijtimoiy bandligiga qaratilgan. Bundan tashqari, ushbu siyosat
fuqarolaming qonuniy himoyasi hamda ulaming ijtimoiy va individual
rivojlanishini ham ko'zda tutadi. Mamlakatning deyarli barcha katta
shaharlarida yoshlarga tegishli bo'lgan ko'pgina kompaniyalarga
qarashli maxsus markazlami uchratish mumkin. Ushbu markazlar
faoliyati
yosh
fuqarolaming
ishga
joylashishi
bilan
bog'liq
muammolarni hal etishga qaratilgan, bu esa davlatning ishsizlik
borasidagi siyosati samarali amalga oshishida muhim omil bo'lib xizmat
qiladi. Mazkur ishlaming m as’uliyati Oila va yoshlar vazirligiga
yuklatilgan bo'lib, ushbu vazirlik qoshidagi yoshlar masalalari bo'lim i
bevosita mazkur sohadagi turli loyihalami amalda qo'Hash bo'yicha o 'z
faoliyatini olib boradi. Shu bilan birga, Germaniyada yoshiaming
axloqiy qarashlari va ulaming madaniy savodxonligini oshirish ishlari
bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar tuzilgan bo'lib, ulam ing harakatlari
jamiyatning etuk shaxslarini kamol toptirishga qaratilgan.
364
Yaponiyada yoshlar siyosati muhimligi inobatga olinib, mazkur
sohada olib borilayotgan ishlar milliy siyosat darajasiga olib chiqildi.
Yaponiyada BMTning “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvenstiyasiga
asoslanib yoshlar borasidagi davlat siyosatini amalga oshirish uchun
Milliy assambleya tashkil etildi. Mazkur tashkilot asosan 4 ta dastur
asosida ish olib boradi. Birinchisi, “Milliy harakat” dasturi bo‘lib, u
asosan kuch va vositalarini Assambleya faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga
yo‘naltiradi. Ikkinchisi, “Hayot yo'lini tanlashga ko'maklashish” dasturi
2007-yilda tasdiqlangan bo‘lib, uning faoliyati yoshlami kasb tanlashga
yo ‘naltirish,
ularning
turli
iqtidorlarini
o‘rganishga
qaratilgan.
Uchinchisi,
“0 ‘smirlar
orasida
huquqbuzarlikning
oldini
olish
choralari” dasturi bo‘lib, uning asosiy maqsadi yoshlar orasidagi
jinoyatchilikka qarshi kurashishda davlat organlariga yaqindan yordam
berish hamda yoshlaming jinoiy xatti-harakatlarini o'rganish markazlari
bilan hamkorlikni amalga oshirishdan iborat. So'nggi, “OITSga qarshi
kurash” dasturi o ‘z ichiga yoshlar orasida ushbu kasallikning kelib
chiqish sabablarini o'rganishga qaratilgan turli maslahatlar berish va
boshqa tadbirlar o ‘tkazishni nazarda tutadi.
Hozirgi davrda yoshlarga oid davlat siyosati davlatning yoshlarga,
yoshlar tashkilotlariga munosabatida, shuningdek, qonun chiqaruvchi,
ijroiya, sud hokimiyati sohalarida yoshlami huquq va erkinliklarini
ta’minlashga doir chora-tadbirlami amalga oshirishda o ‘z ifodasini
topadi. Bu siyosatning mazmun-mohiyati yosh avlodning ijtimoiy
jihatdan rivojlanishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, tashkiliy
shart-sharoit yaratib berish, ulam ing hayotda o ‘z yo‘lini tanlab olishlari,
intellektual, m a’naviy va jismoniy jihatdan kamol topishini ta’minlash,
yoshlaming ijodiy iqtidori va salohiyatini shaxsiy va mamlakat
manfaatlari yo‘lida ro ‘yobga chiqarish demakdir. Shuningdek, yoshlar
siyosati yoshlami ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bilan bir vaqtda, yosh
avlodning mehnat va ijodiy faoliyati uchun muhim va zarur bo'lgan
innovastiyaviy va ishlab chiqarishga doir jihatlami ham o ‘ziga qamrab
oladi. Bu yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yoshlami
jamiyatni rivojlantirishning asosiy va muhim resurslaridan biri sifatida
e ’tirof etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |