T. N. Xojiyev 0 ‘zMUo'qituvchisi



Download 11,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/236
Sana30.12.2021
Hajmi11,46 Mb.
#98176
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   236
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati A. O`tamurodov 2018

10. 
O‘zbekiston 
Respublikasida 
ma’muriy 
islohotlar 
konsepsiyasi qachon qabul qilingan?
A) 2016-yil  14-dekabr
B) 2017-yil  3-yanvar
C) 2017-yil  7-fevral
D) 2017-yil  8-sentabr


2-mavzu.  FUQAROLIK JAMIYATI 
G‘OYALARI EVOLUTSIYASI
REJA:
1.  Qadimgi  va  O'rta  asrlar  ijtimoiy fikrlar  taraqqiyotida fuqarolik 
jamiyatiga doir g  'oyalar.
2.  Yangi  va  Eng  yangi  davrda  fuqarolik  jamiyati  to'g'risidagi 
nazariyalar.
3.  Fuqarolik jamiyati to'g'risidagi zamonaviy konsepsiyalar.
Tayanch  s o ‘zlar:  G'oya,  nazariya,  konsepsiya,  fuqarolik jamiyati, 
demokratik davlat,  adolatli jamiyat, fuqarolik jamiyatining antik,  mumtoz 
va zamonaviy paradigmalari.
1.  Qadimgi va 0 ‘rta asrlar ijtimoiy fikrlar taraqqiyotida 
fuqarolik jamiyatiga doir g‘oyalar
“Fuqarolik  jamiyati”  tushunchasi  -   kishilik  jamiyatining  asrlar 
mobaynida  shakllangan  tafakkurlash  mahsulidir.  Fuqarolik jamiyatining 
poydevorini  yaratish  va  uni  amalda  shakllantirish  uchun,  awalo,  u 
haqidagi  g‘oyalar genezisini bilishga zarurat tug‘iladi.  Bu ulaming ijobiy 
jihatlarini muayyan jamiyatga nisbatan tatbiq etish imkonini beradi.
Insoniyat  taraqqiyotining  barcha  davrlarida  fuqarolik  jamiyatini 
qurish  eng  ezgu  g‘oya  sifatida  yashadi.  Unga  erishish  uchun  turli 
darajadagi  nazariy  qarashlar  ilgari  surilgan.  Bir  guruh  olimlar  fuqarolik 
jamiyatini  qurish  g‘oyasi  G‘arb  tamadduni  mahsuli  sifatida  amaliyotga 
tatbiq  etilmoqda  deb  hisoblasa,  boshqalari 
Sharq  mamlakatlari 
mutafakkirlari ijodida bu masalaga oqilona yondashuv uch ming yil ilgari 
shakllangan,  degan  qarashni  ilgari  surmoqda.  Albatta,  dastlab  ijtimoiy 
taraqqiyotning  ma’lum  davrlarida  Sharq  mamlakatlari  fozil  jamiyatga 
doir nazariyalami yaratishda yetakchilik qildi.
“Fuqarolik jamiyati” va uning tushunchalari dastlab Markaziy Osiyo 
ijtimoiy-siyosiy  va  ma’naviy  hayotining  yorqin  namunasi  “Avesto” 
muqaddas  kitobida  keltirilgan.  “Avesto”ning  bosh  g'oyasi  “ezgu  fikr, 
ezgu  maqsad,  ezgu  amal”  ekanligi  har  qanday  jamiyat  va  insonlararo 
munosabatlaming ma’naviy asosi ekanligidan dalolatdir.
“Avesto”ning  “Yasna”,  “Yasht”,  “Visparad”  va  “Vendidod” 
qismlarida oila va jamoada berilgan so‘zdan yoki  qasamdan voz kechish, 
odamlar  o ‘rtasida  tuzilgan  ahdnomani  buzish  katta  gunoh  ekanligi  o ‘z


ifodasini  topgan.  Xususan,  “O  Spitama,  shartnomani  buzuvchi  kishi 
butun mamlakatni  buzadi,  shu  bilan birga,  Artaga tegishli  barcha mulk-u 
mollarga  putur  yetkazadi”.  “O  Spitama,  ahdingni  buzma...”  g'oyalari 
davlatlar  siyosiy  tizimining  huquqiy  asosi,  adolat  manbayi  bo'lib,  ular 
Rim  huquqidan  ham  qadimiyroqdir.  “Avesto”dagi  fuqarolik jamiyatiga 
xos bu unsur -  erkak va ayolning teng huquqliligi, oilaning barqarorligini 
ta’minlash g'oyasi hozirgi davrda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Fuqarolik  jamiyati  konsepsiyasining  yevropacha  an’anasi  ildizlari 
antik davrdan  oziqlanadi.  Mazkur  an’ananing mazmun-mohiyati  nafaqat 
siyosiy,  balki  shaxsni  ijtimoiy-axloqiy  nuqtayi  nazardan  baholash  bilan 
bog‘liq  edi.  Bunga  misol  tariqasida  Platon,  Aristotel,  Sitseron  kabi 
mutafakkirlarning qarashlarini  keltirish mumkin.
Fuqarolik  jamiyati  unsurlariga  oid  antik  konseptual  ta’limotda 
jamiyat  va  davlat  fenomenlarining  o ‘zaro  uzviyligi  qadimgi  yunon 
falsafasining  muhim  xususiyatlaridan  biri  hisoblanadi.  Xususan, 
Platonning (mil. av.  427-347-yy.) “Davlat” asarida fuqarolaming shaxsiy 
va  ijtimoiy  hayotini  bir-biridan  ajratib  qarashning  o‘zi  emas,  balki 
ijtimoiy  sohani  hozirgidek  zamonaviy  talqinda,  siyosiy  faollik  sifatida 
talqin  etilgan.  Bunda  jamiyat  hayotining  siyosiy  jihatlari  fuqarolik 
jamiyati tizimining umumiy tavsifi sifatida talqin etiladi.
Fuqarolik  jamiyati  unsurlariga  doir  g‘oyalaming  keyingi  rivoji 
Platonning  shogirdi  Aristotel  (mil.  av.  384—322-yy.)  tomonidan  amalga 
oshirildi.  Ustozi  kabi  Aristotel  ham  eng  mukammal  jamiyat  g'oyasini 
ishlab  chiqishga  o‘z  diqqat-e’tiborini  qaratdi.  Biroq  uning  qarashidagi 
fuqarolik  jamiyati  g'oyalari  tarkibi  ancha  o‘zgacha  nazariy  jihatlardan 
tashkil  topadi.  Uni  ko‘proq  ijtimoiy  transformatsiyalashuv  emas,  balki 
ko'proq  davlat tuzilmasidagi  (siyosiy)  o'zgarishlar  qiziqtiradi.  Shu  bilan 
birga,  Aristotel  o‘zining  nazariy  ishlanmalarida  Platonga  xos  bo‘lgan 
davlat  haqidagi  mavhum  g'oyalarga  tayanishni  emas,  balki  voqe’likda 
mavjud  bo‘lgan  turli  boshqaruv  usulllarini  solishtirish,  ulami  qiyosiy 
tahlil  qilishga  kirishadi.  Natijada,  uning  davlat  va  jamiyatga  taalluqli 
qarashlari  oldingi  mutafakkirlar  qarashlaridan  aniqroq  va  ravshanroq 
bo‘lganligi ko‘zga tashlanadi.
Platondan  farqli o'laroq,  Aristotel jamiyatdagi  fuqarolaming xususiy 
mulkka  egalik  qilishini  e ’tirof  etadi.  Chunki 
mulkka  egalik  inson 
tabiatiga 
xos 
xususiyat 
bo‘lib, 

odamlar 
o ‘rtasidagi 
o‘zaro 
munosabatlaming  o‘zagini  tashkil  etadi.  Aristotel  mulk  huquqining 
fuqarolar  farcvonligi,  davlat  va  uning  boshqaruvining  xavfsiz  kechishi, 
qonunchilik  hokimiyati  faoliyatida  fuqarolaming  ishtiroki,  lavozimlami


egallash jarayonlari va o‘z vazifalarini bajarishlari, ulaming sud organlari 
ishidagi  rolini  atroflicha  sinchiklab  o ‘rgandi.  Huquqni  Aristotel  adolat 
mezoni  deb  hisobladi  va  unga  ijtimoiy  munosabatlami  tartibga  soluvchi 
hamda  ayni  vaqtda  ulami  muhofaza  qiluvchi  institut  sifatida  qaradi. 
Aristotel  fikricha,  siyosiy  boshqaruv  -   bu  odamlaming  emas,  balki 
qonunlaming  boshqaruvidir:  hattoki  eng  yaxshi  hukmdorlar  ham 
tuyg‘ular  va  hissiyotga  beriluvchan  bo‘ladi,  qonun  esa  “oqilona 
tafakkur”dir.
Qadimgi  Rim  mutafakkiri  Mark  Tuliy  Sitseron  (mil.  av.  106-43- 
yy.)  ham jamiyat  va  davlat  (respublika)ni  bir-biridan  ajratmaydi,  ulami 
birgalikda  tahlil  etadi.  U  davlatni  umumiy  manfaatlar  bilan  o ‘zaro  bir- 
birlariga  bog‘langan  odamlar  majmuyi  sifatida  tasaw ur  qiladi,  davlat 
xalqning  umumiy  mulki  hisoblanadi.  Davlat  odamlar  birgalikda 
yashashga  tabiiy  ehtiyoj  sezgani  tufayli  paydo  boMadi.  Uning  fikricha, 
davlatning vazifasi  mulkni muhofaza qilishdan iboratdir.  Davlat ayni  shu 
maqsadda  tashkil  etiladi.  Sitseron  fikricha,  uchta  boshqaruv  shakli 
(monarxiya, 
aristokratiya 
va 
demokratiya) 
unsurlarini 
o ‘zida 
mujassamlashtirgan  aralash  davlat  eng  ideal  davlatdir.  Faqat  shunday 
davlatda har bir jamiyat a’zosining manfaatlarini  qondirish  va u  davlatni 
boshqarishda 
shaxsan 
ishtirok 
etishi 
ta’minlanadi. 
“Davlatning 
mustahkamligi  va  fuqarolaming  huquqiy  tengligi”  bunday  davlat 
tuzumining muhim  fazilati  deb  hisoblaydi.  Sitseronning “Davlat haqida” 
va  “Qonunlar  haqida”  asarlari  davlat  va  huquq  muammolariga 
bag‘ishlandi.  Davlat Sitseron talqinida qadimgi yunon mutafakkirlarining 
konsepsiyalaridagi 
kabi 
davlatning 
barcha 
erkin 
a’zolarining 
umummanfaati  ifodasi  sifatidagina emas,  balki  bu a’zolaming o‘zaro bir- 
birlari  bilan  kelishilgan  huquqiy  munosabatlari  majmuyi,  muayyan 
huquqiy tuzilma, “umumiy huquqiy tartibot” sifatida namoyon bo‘ladi.
Sitseron  davlat  tushunchasiga  birinchilardan  bo'lib  huquqiy  tus 
beradi,  bu  ta’limot  keyinchalik  juda  ko‘p  mutafakkirlar,  shu  jumladan, 
“huquqiy  davlat”  g'oyasining  hozirgi  davrdagi  tarafdorlari  tomonidan 
ham  e’tirof etildi.  Sitseron  konsepsiyasiga  binoan,  “fuqarolik jamiyati” 
g‘oyasi klassik ahamiyat kasb etdi,  shu bilan birga, u o‘z navbatida yangi 
davrda  shakllangan  nazariy  qarashlarga  asos  bo‘ldi.  Ko‘pchlik 
ekspertlaming  fikricha,  aynan  Sitseronning  ijtimoiy-siyosiy  ta’limotida 
“fuqarolik jamiyati” o'zining tushuncha sifatidagi asoslariga ega bo'ldi.
Fuqarolik  jamiyatini  unsurlariga  doir  g'oyalar  Markaziy  Osiyo 
mutafakkirlari  ijodida  ham  chuqur  o‘rganildi.  Darhaqiqat,  Markaziy 
Osiyo  Uyg‘onish  davri  IX-XV  asrlarda  davlatni  boshqarish  va  adolatli


jamiyat  qurish,  davlat  rahbari  va  xizmatchilarining  faoliyat  darajalari 
tasniflari,  ijtimoiy  mas’uliyati  mezonlarining  nazariy  jihatlari  haqidagi 
g‘oyalar  Abu  Nasr  Forobiy,  Ibn  Sino,  Beruniy,  Yusuf  Xos  Hojib, 
Nizomulmulk,  Amir  Temur,  Alisher  Navoiy  va  boshqalar  ijodida  keng 
tahlil qilingan.
Xususan,  Abu  Nasr  al-Forobiyning  (870-950-yy.)  “Fozil  odamlar 
shahri”  va  “Davlat  arbobining  aforizmlari”  asarlarida  sharqona  siyosiy- 
huquqiy  va  ijtimoiy  fikr  tarixining  muhim  jihatlari  -   ijtimoiy  tizim, 
siyosat,  davlat  va  hukumat  haqidagi  nazariyalar  rivojlantirildi.  Forobiy 
fikricha,  adolatli  jamiyat  qurish  uchun  uni  mudofaa  qilish  va  oqilona 
boshqarish  usulini  bilish,  odamlarga yovuzlikdan  saqlanish  va ezgulikka 
intilish  yoMlarini  ko‘rsatish  lozim.  U  davlat  rahbarining  boshqaruv 
mahorati  tufayli  umumiy  baxtga  erishish  yo‘li  topiladi  deb  hisoblaydi. 
Adolatli  davlatni  ma’rifatli  hukmdor  boshqarishi,  u  m a’naviyatli  va 
adolat  yetakchisi  boMishi,  o‘z  fazilatlari  bilan  o‘ziga  qo‘yilgan  barcha 
talablarga  javob  berishi  lozim.  Bu  borada  Forobiy  “Fuqarolaming 
o‘zlaridan  saylangan  rahbar  yoki  boshliqlar  hokimi  mutloq  boMmaydi. 
Ular  odamlar  ichidan  ko‘tarilgan,  sinalgan,  eng  oliyjanob,  rahbarlikka 
loyiq  kishilar  boMadilar.  Shuning  uchun  bunday  rahbarlar  o‘z 
saylovchilarini  toMa  ozodlikka  chiqaradilar,  ulami  tashqi  dushmandan 
muhofaza  qiladilar”,  deb  davlat  hokimiyatini  jamiyatga  bog‘!iq  holda 
tahlil  etadi,  boshqaruv  bilan  bog‘liq  axloqiy  va  madaniy  qadriyatlami 
tizimlashtiradi.
Sharq  Uyg‘onish davrining allomasi  Abu Rayhon  Beruniy “Qadimgi 
xalqlardan  qolgan  yodgorliklar”,  “Hindiston”  va  boshqa  asarlarida 
adolatli jamiyat  va  uning  amal  qilishi  asoslarini  shakllantirish  haqidagi 
g ‘oyalami  ilgari  surdi.  Uning  fikricha,  jamiyatning  paydo  bo'lishiga 
odamlaming  o‘zaro  hamkorligi,  birga  yashashga  ehtiyoji  va  intilishlari 
sabab  boMadi.  Adolatli jamiyatni  qurish  axloqiy  qadriyatlarga  tayanishi 
va  shu  asosda  rivojlantirilishi  lozim.  Davlat  rahbarining  asosiy  vazifasi 
aholining  turli  qatlamlari,  kuchlilar  va  kuchsizlar  o ‘rtasidagi  siyosiy 
hamda  huquqiy  adolat  mezonlarini  o'matishdadir.  Uning  fikricha,  bu 
holatga ideal  ijtimoiy tuzilmani qurish orqali erishiladi.

Download 11,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish