2. Mamlakatni modernizatsiyalash - fuqarolik jamiyatini
rivojlantirishning ustuvor sharti
O'zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasining bosh g'oyasi -
bu xalqimiz uchun munosib bo'lgan erkin, farovon hayotni barpo qilish
va uni mutassil rivojlantirib borishdan iboratdir. Shu maqsadda 2016-
yilning 4-dekabrida xalqimiz tomonidan mutlaq ko'pchilik ovoz olish
asosida Prezidentlikka saylangan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
boshlagan yangi islohotlar yurtimizda fuqarolik jamiyatini yanada tez
rivojlanishiga imkoniyatlar yaratdi. Zero, jahon tajribalari isbotlab
turganidek, aynan fuqarolik jamiyati sharoitida inson hayotini tashkil
etish, uning haq-huquqlarini ro'yobga chiqarishning eng samarali va
maqbul bo'lgan imkoniyatlari vujudga keladi. Fuqarolik jamiyati
jahondagi aksariyat ko'pchilik xalqlaming orzu-umidiga aylanganligi
bejiz emas.
Davlatimizning birinchi rahbari aytib o‘tganidek, “biz uchun
fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib,
u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha,
yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la
darajada ro'yobga chiqishida ko‘maklashadi. Ayni vaqtda, boshqa
odamlaming huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni
erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini
to‘ldiradi va bir-birini taqozo etadi. Boshqacha aytganda, davlatning
qonunlari inson va fuqaro huquqlarini kamsitmasligi lozim. Shuning
barobarida barcha odamlar qonunlarga so‘zsiz rioya qilishlari shart”1.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, taraqqiyotning “0 ‘zbek modeli”
doirasida mamlakatimizda zamonaviy huquqiy davlat va fuqarolik
jamiyatini shakllantirish uchun zarur boMgan barcha asoslar yaratildi.
Mazkur model
tarkibida mujassam
boMgan
barcha tamoyillar
mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy,
huquqiy asoslarini vujudga keltirish uchun kuchli imkoniyatlarga egadir.
Zero, mazkur tamoyillar va unga asoslanuvchi konseptual g'oyalarda
fuqarolik jamiyatining mohiyati, vazifalari, shakllanish qonuniyatlari,
xalqimiz dunyoqarashi va ehtiyojlaridan kelib chiqadigan barcha jihatlar
o‘z aksini topgan. Jumladan, “0 ‘zbek modeli” fuqarolik jamiyatining
huquqiy asoslari, institutsional zaminlari va eng muhimi, demokratik
g‘oyalarini amalga oshirish uchun zarur boMgan mustahkam asoslarni
o'zida mujassamlashtirgan. Xususan, “Kuchli davlatdan - kuchli
fuqarolik jamiyati sari” konsepsiyasi ushbu tamoyilning asosiy o‘zagini
tashkil etadi.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarining
strategik yo‘nalishlari belgilanishida taraqqiyotning “0 ‘zbek modeli”
mohiyatidan kelib chiqadigan barcha tamoyillar hayotda ro‘yobga
chiqarilmoqda. Xususan, bu jarayonlarda davlatning bosh islohotchilik
rolini alohida ko‘rsatib o‘tish lozim. Davlatimiz tomonidan, awalambor,
mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning g‘oyaviy va
huquqiy asoslari belgilab berildi.
Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Bizning bosh strategik
maqsadimiz qat’iy va o‘zgarmas boMib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan
erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam
poydevorini
shakllantirishdan
iboratdir” 1.
Mamlakatimiz
siyosiy
taraqqiyot yoMining o‘zagi sifatida demokratik qadriyatlaming tanlab
olinishi fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun zarur boMgan barcha
fundamental asoslarni barpo qilish imkoniyatlarini ochib berdi. Zero,
demokratik qadriyatlar o ‘z tabiatiga binoan fuqarolik jamiyati asoslarini
shakllantirishni taqozo etadi.
Shuni ta’kidlash joizki, demokratik prinsiplar va huquqiy davlat
qurish nazariyasi hamda amaliyoti fuqarolik jamiyatining mazmun-
mohiyati, shakllanish qonuniyatlariga uzviy bog‘liq boMgan omillar
hisoblanadi. “O lzbek modeli” asosida huquqiy davlatning institutsional
zaminlarini shakllantirish quyidagilardan iboratdir:
-davlat hokimiyatining uchga boMinishi prinsipiga asoslanish;
-demokratik konstitutsiyaning qabul qilinishi va qonun ustuvorligi
tamoyilini ro‘yobga chiqaruvchi mexanizmlaming yaratilishi;
-erkin demokratik saylov tizimining kafolatlanishi;
-davlat va jamiyat boshqaruvini amalga oshirishda ko‘ppartiyaviylik
tizimining yaratilishi;
-jam oat birlashmalari va nodavlat-notijorat tashkilotlari faoliyatining
yoMga qo‘yilishi;
-fuqarolar o‘z-o‘zini boshqarish institutlarining rivojlantirilishi;
-fuqarolar huquq va erkinliklarini, manfaatlari va ehtiyojlarini
ta’minlashning samarali zaminlarining vujudga keltirilishi, ulaming
fuqarolik jamiyatini shakllantirish manfaatlaridan kelib chiqqan holda
Ьафо etilishi.
Ana shu asoslar natijasida mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini
shakllanishi uchun eng asosiy kuch va resurs-manba boMib xizmat
qiladigan zamonaviy huquqiy demokratik davlat asoslari rivojlantirildi.
MaMumki,
huquqiy davlat
demokratiya tamoyillari
asosida
shakllantiriladi. Ayni vaqtda, huquqiy davlatni shakllanishi fuqarolik
jamiyati institutlari va uning mohiyatini tashkil qiluvchi barcha jihatlarini
jamiyatda qaror topishi uchun yetakchi zamin boMib xizmat qiladi.
Jumladan, fuqarolik jamiyatini shakllanishi bosqichlarining demokratik
prinsiplar asosida kechishida huquqiy davlatning unsurlari hal qiluvchi
o ‘rin tutadi. Demokratlashuv jarayonlari fuqarolik jamiyati mohiyatini
tashkil qiluvchi shaxs erkinligi, tengligi, tinchligi, farovonligi, daxlsizligi
kabi buyuk ne’matlami ro‘yobga chiqarsa, huquqiy davlat fuqarolaming
ana shu ne’matlardan kafolatli foydalanishining huquqiy zaminlarini
yaratadi.
Zero, huquqiy davlat o‘z mohiyatiga ko‘ra huquqning hukmronligi,
qonunning ustuvorligi, qonun oldida barchaning tengligini kafolatlaydi,
inson huquq va erkinliklarining toMiq tan olinishi va hurmat qilinishini
ta’minlab beradi, fuqarolaming yuksak huquqiy madaniyati, shaxs bilan
davlat o‘rtasidagi o‘zaro demokratik hamkorlik prinsiplariga tayanadi,
172
huquq va tartibotning barqarorligini kafolatlaydi. Shu o‘rinda davlatimiz
birinchi rahbarining quyidagi fikrlarini keltirish joizdir: “Hech kimga sir
emas, faqatgina huquqiy davlat sharoitida demokratik tartibga erishiladi
va shunday tartib saqlanadi, demokratik institutlar va qadriyatlar hayotga
tatbiq etiladi, inson huquq va erkinliklari, eng asosiysi, ulaming huquqiy
va ijtimoiy himoyasi amalda ta’minlanadi”.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati shakllanishiga asos bo'luvchi
huquqiy davlat asoslarini yaratish jarayonida davlatimizning bosh
qomusi - Konstitutsiyamiz ulkan ahamiyatga ega bo'layotganligini
alohida ta’kidlab o'tish joiz. Konstitutsiyamiz konsepsiyasi va huquqiy
normalarida huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun
zarur bo'lgan barcha yuridik qoidalar mujassamlashgandir. Jumladan,
Asosiy qonunimizning 15-moddasida ta’kidlanganidek: “0 ‘zbekiston
Respublikasida
0 ‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasi
va
qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari,
mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va
qonunlarga muvofiq ish ko'radilar”.
Mazkur konstitutsiyaviy normalar hozirgi davrda demokratiyaning
asosiy mohiyati - xalq hokimiyatchiligining amalga oshirilishi va
hokimiyatning uchta tarmoqlari o'rtasidagi demokratik muvozanatni
mustahkamlanishi uchun manba bo'lib xizmat qilmoqda. Shu munosabat
bilan mamlakatimiz Konstitutsiyasining konseptual jihatlari jamiyatimiz
taraqqiyotini tadrijiy tarzda kechishini ta’minlab bermoqda. Bu esa, o‘z
navbatida, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlari uchun huquqiy
asoslar vazifasini o‘tamoqda.
Birinchi Prezident I.A.Karimov ta’kidlab o'tganidek, “faqatgina biz
tanlagan bosqichma-bosqich tadrijiy rivojlanish yo‘ti xalqimiz ko'zlagan
ezgu niyatlarga erishishga, zamonaviy demokratik talabalarga javob
beradigan davlat, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy
qadriyat bo'lgan, qonun ustuvorligini ta’minlaydigan jamiyat barpo
etishga olib kelishi muqarrar. Demokratik jarayonlami sun’iy ravishda
tezlashtirish, shoshma-shosharlik, turli inqilobiy to'ntarishlar yo'li
qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini bugun hayotning
o'zi isbotlab bermoqda”.
Mamlakatimizda
demokratik
islohotlami
amalga
oshirishda
dastawal fuqarolik jamiyatining ijtimoiy institutsional va huquqiy
zaminlarini vujudga keltirishga alohida katta ahamiyat qaratildi.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun, dastawal
vakillik demokratiyasining tayanchi va ustuni bo'lgan professional
parlament shakllantirildi, 1992-yil 8-dekabrda demokratik mohiyat kasb
etgan O'zbekistonning yangi va birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi,
aholi keng qatlamlari manfaatlarini aks ettirish ehtiyojlaridan kelib
chiqib, ko'ppartiyaviylik tizimi shakllantirildi, demokratik taraqqiyot
jarayonlarining iqtisodiy va ijtimoiy o'zagini tashkil etuvchi erkin bozor
munosabatlarining huquqiy va institutsional asoslari vujudga keltirildi.
Natijada jamiyatimizda demokratik islohotlami amalga oshirish uchun
siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar bazasi yaratildi,
demokratik islohotlaming rivojlanishi uchun istiqbolli imkoniyatlar
vujudga keltirildi. Demokratiyaga o‘tish davrining dastlabki bosqichida
amalga
oshirilgan
siyosiy,
tashkiliy
chora-tadbirlar
natijasida
mamlakatimizda demokratik jarayonlaming barqarorligi ta’minlandi.
Davlatimiz birinchi rahbari mamlakatda o ‘tish davri - fuqarolik
jamiyati va huquqiy davlat qurish bosqichlarini davrlashtirish masalasiga
to‘xtalib, quyidagi fikmi bildirgan edi: “0 ‘tish davri va milliy
davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog‘liq birinchi galdagi islohot
va o‘zgarishlami o 'z ichiga olgan dastlabki bosqich - 1991-2000-yillar
mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ulkan iz qoldirgan o'tish davri tom
ma’noda tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan davr bo'ldi. 2001-yildan 2010-
yilgacha bo'lgan muddatni o 'z ichiga olgan ikkinchi bosqich -
mamlakatimizni
faol
demokratik
yangilanish,
isloh
etish
va
modemizatsiya qilish davri g'oyat muhim ahamiyat kasb etdi.
O'zbekiston iqtisodiyotini isloh etish, liberallashtirish va modemizatsiya
qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish bo'yicha har
tomonlama chuqur o'ylangan, uzoq istiqbolga mo'ljallangan siyosatning
amalga oshirilishi va shu yo'llam ing barchasini o'zaro bog'laydigan hal
qiluvchi asos, o'zak-bo'g'in bo'lib xizmat qildi”.
Mamlakatimizda hozirgi davrda amalga oshirilayotgan demokratik
islohotlar va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlari o'zining sifat
jihatdan yangi bosqichiga qadam qo'ydi. Chunki “bugungi kunda biz
yurtimizda huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurishga
qaratilgan olis va o g 'ir yo'lning faqat bir qisminigina bosib o'tdik, xolos.
Uning hal qiluvchi qismi hali oldinda. Ya’ni bu yo'lda o 'z yechimini
kutib turgan vazifalarimiz kamaygani yo'q, aksincha, zamon talabi bilan
ulaming ko'lami va miqyosi tobora kengayib bormoqda. Albatta,
barchamiz bu haqiqatni yaxshi tushunamiz va bu yo'lda yana qanchadan-
qancha kutilmagan qiyinchiliklar, turli sinovlar bo'lishi mumkinligini
ham o'zimizga tasaw u r qilamiz.
Bu borada hayotning ana shunday talab va mezonlarini hisobga
olgan holda ishlab chiqilgan va o ‘tgan davr mobaynida izchil joriy etib
kelinayotgan, amalda o‘zini oqlagan “0 ‘zbek modeli” deb nom olgan
taraqqiyot yoMimiz va “Mamlakatimizda demokratik islohotlami yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” o‘rta
va uzoq istiqbolda biz uchun kelajak strategiyasi bo‘lib xizmat qilmoqda,
aniq yoMni ko‘rsatmoqda”.
Mamlakatimizda yangi jamiyatni Ьафо qilishning “0 ‘zbek modeli”
o ‘zining tub mohiyatiga ko‘ra yurtimizda kuchli fuqarolik jamiyatining
shakllanishi uchun zarur boMgan barcha konseptual asoslarga ega boMgan
siyosiy-huquqiy manba boMganligi tufayli uning zaminida amalga
oshirilayotgan barcha islohotlaming yuksak samaralarga erishuvi har
tomonlama kafolatlandi.
Mamlakatda taraqqiyotning “0 ‘zbek modeli” asosida fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish jarayonlari jamiyatning barcha jabhalarida
izchillik bilan bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilmoqda.
Jumladan,
istiqlol
yillarida
yurtimizda
fuqarolik
jamiyatini
shakllantirishning siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va
ma’naviy asoslari o‘zaro bir-birlariga mutanosib ravishda rivojlantirildi.
Hozirgi davrda bu jarayonlar yangi sifat bosqichi darajasiga ko‘tarildi.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish vazifalarini
amalga oshirish jarayonida milliy taraqqiyot modeli, xususan, davlatning
bosh islohotchilik roli asosida fuqarolik jamiyatiga xos boMgan barcha
xususiyatlar shakllanib bormoqda. Jumladan, fuqarolik jamiyatining
konstitutsiyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va boshqa asoslarini
rivojlantirish natijasida uning atributlari shakllanib bormoqda.
Konstitutsiyada huquqiy jihatdan mustahkamlab qo'yilgan huquqiy
normalar fuqarolik jamiyatining nafaqat poydevorini qaror topishi uchun,
balki, uning amaliy hayotda rivojlanish shart-sharoitlarini yaratib berdi.
Konstitustiyamiz o‘z mohiyatiga ko'ra, fuqarolik jamiyati qurishga doir
barcha qonunlaming mohiyati va yo‘nalishlarini belgilab beruvchi
Asosiy qonun sifatida e’tirof etildi, bu sohada yaratilgan qonunchilikni
samarali
tarzda hayotga qoMlash muhim ahamiyat kasb etdi.
Konstitutsiyamizga asoslanib qabul qilingan qonunlar yurtimizda
fuqarolik jamiyati asoslarini yaratishning kafolati sifatida namoyon
boMdi. Bu o‘rinda shuni alohida ta’kidlash joizki,
Asosiy qonunda
belgilangan
huquqiy
poydevor
asosida fuqarolaming o‘z-o‘zini
boshqarish organlari tizimi va faoliyatining konstitutsiyaviy-huquqiy
asoslari shakllandi.
1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolaming o‘zini o‘zi
boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun mamlakatimiz ijtimoiy
hayotida muhim ahamiyat kasb etdi. U fuqarolik jamiyatining ijtimoiy
asoslaridan bin - o‘zini o‘zi boshqarish tizimini rivojlanishi uchun
huquqiy kengliklar yaratib berdi. Mazkur qonun 2013-yilda kiritilgan
o‘zgartish va qo'shimchalar natijasida yanada takomillashtirildi. Uning
normalarida fuqarolik jamiyatining muhim asoslaridan biri - fuqarolar
o ‘z-o‘zini boshqarish organlari faoliyatini yangi sifat bosqichiga
ko‘tarish uchun zarur boMgan huquqiy asoslar mujassamlashdi.
Shu bilan birga, 2004-yilda qabul qilingan “Fuqarolar yigMni raisi
(oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga ham
2013-yilda yangi o'zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi natijasida
fuqarolik jamiyatining tayanchi boMgan mahalla fuqarolar yigMnlarining
rahbar organlarini shakllantirishning demokratik tashkiliy-huquqiy
asoslari shakllandi. Shuningdek, taraqqiyotning “o'zbek modeli”
tamoyillaridan kelib chiqib fuqarolik jamiyatining eng asosiy instituti
nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslar
asosida yanada takomillashtirildi. Jumladan, 1999-yilda 0 ‘zbekiston
Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘G ‘risida”gi, 2003-
yilda
“Jamoat
fondlari
to‘G ‘risida”gi,
2007-yilda
“Homiylik
to‘g‘risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyaiining kafolatlari
to‘g‘risida”gi qonunlaming qabul qilinishi mamlakatimizda fuqarolik
jamiyati institutlarini demokratik prinsiplar asosida yanada rivojlanishini
ta’minlab berdi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va
Senati Kengashlarining 2008-yilda qabul qilingan “Nodavlat notijorat
tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoMlab-
quwatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori
mamlakatda fuqarolik jamiyatining institutsional jihatlarini yanada
mustahkamladi.
2000-yil 22-yanvar kuni ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi
sessiyasida Birinchi Prezident I.A.Karimov o‘z ma’ruzasida quyidagi
dasturiy maqsadlami ilgari surdi: “Bizning bosh strategik maqsadimiz
qat’iy va o ‘zgarmas boMib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin
demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam
poydevorini shakllantirishdan iborat. Bu, lo‘nda qilib aytganda,
rivojlangan davlatlaming tajriba va taraqqiyot modellaridan ko‘r-ko‘rona
nusxa ko‘chirmagan holda, ularga xos yuksak hayot darajasi va sifatiga
erishish” demakdir”.
Ana shu
ma’ruzada fuqarolik jamiyati
shakllanishi uchun
mustahkam asoslarni yaratish omillari - ustuvor strategik vazifalar
qo‘yildi:
- birinchidan, siyosiy sohani erkinlashtirish;
- ikkinchidan,
davlat
qurilishi
va
boshqaruvi
sohasini
erkinlashtirish;
- uchinchidan, iqtisodiyot sohasini erkinlashtirish;
- to'rtinchidan, ma’naviyat sohasini erkinlashtirish;
- beshinchidan, sud-huquq sohasini erkinlashtirish;
- oltinchidan,
tashqi
siyosat
faoliyat
sohasi
asoslarini
mustahkamlash;
- yettinchidan, xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlarini takomil-
lashtirish.
Birinchi va ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning sessiyalari (1995—
2004-yillar), shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining
qo'shma majlisi sessiyasi qarorlari bilan (2005-yil 28-yanvar) huquqiy
jihatdan maqom bilan ta’minlangan “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik
jamiyati sari” konseptual siyosiy dastur mamlakatda fuqarolik jamiyatini
yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
2010-yilning 12-noyabrida bo'lib o'tgan 0 ‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida
davlatimizning
birinchi
rahbari
I.A.Karimov
tashabbusi
bilan
“Mamlakatimizda demokratik islohotlami yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” qabul qilindi. Unda
mamlakatimiz siyosiy, ijtimoiy rivojining tom ma’nodagi yangi sifat
bosqichi va bu sohadagi strategik taraqqiyot yo‘nalishlari asoslab berildi.
Mazkur Konsepsiya yurtimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va
rivojlantirishning hozirgi davrdagi dasturulamali sifatida namoyon boMdi.
Unda 50 dan ziyod qonun va huquqiy-me’yoriy hujjatlar loyihalarini
ishlab chiqish va amalga oshirish mo'ljallangan bo'lib, shundan 30 dan
ortiq qonunlar, o‘nlab me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ular
hozirgi davrda ijtimoiy-siyosiy hayotga tatbiq etilmoqda.
Bu Konsepsiya asosida mamlakatimizda parlament islohotlarini
yanada chuqurlashtirish jarayonlari avj olganligi natijasida fuqarolik
jamiyati asoslarini shakllantirishning yangi tadrijiy bosqichi boshlandi.
Jumladan, mamlakat parlamentini isloh qilish natijasida zamonaviy
vakillik demokratiyasini rivojlantirish imkoniyatlari yaratildi, uni
xalqchilligini ta’minlashga doir Konstitutsiyaviy asoslar belgilandi.
Natijada fuqarolik jamiyatining asosiy obyekti va muhim o‘zagi -
fuqarolaming haq-huquqlari va erkinliklarini ta’minlashning demokratik
177
huquqiy asoslari shakllantirildi.
Ayniqsa,
Konstitutsiyaning
98-moddasiga
kiritilgan
muhim
demokratik prinsiplarga oid o'zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi o‘z
natijasini bera boshladi. Asosiy qonunimizning bu moddasiga binoan
ikkita muhim siyosiy-huquqiy institut joriy etildi: “0 ‘zbekiston
Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O'zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik
o'rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko'p deputatlik
o'rinlarini qo'lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif
etiladi... O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O'zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o'rtasida ziddiyatlar
doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy
sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo'yicha O'zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo'shma majlisi muhokamasiga
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votum i bildirish haqidagi masala
kiritiladi”.
Konstitutsiyaga kiritilgan bu yangi huquqiy normalar mohiyatiga
ko'ra fuqarolik jamiyatini rivojlantirish instituti hisoblanadi. Chunki
siyosiy partiya fuqarolik jamiyati instituti hisoblanadi, deputatlar esa xalq
vakillari bo'lgani uchun ham o'zida asosan jamiyat manfaatlarini
ifodalaydi.
Shuning uchun ham mamlakat siyosiy hayotida siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |