T. N. Xojiyev 0 ‘zMUo'qituvchisi


-mavzu. KORRUPSIYAGA QARSHI  KURASH -  FUQAROLIK



Download 11,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/236
Sana30.12.2021
Hajmi11,46 Mb.
#98176
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   236
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati A. O`tamurodov 2018

8-mavzu. KORRUPSIYAGA QARSHI  KURASH -  FUQAROLIK 
JAMIYATINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR SHARTI
Reja:
1.  Korrupsiya  tushunchasi,  korrupsiyaga  qarshi  kurashishning 
mazmun-mohiyati va uning milliy hamda xalqaro huquqiy asoslari.
2.  О ‘zbekistonda  korrupsiya  qarshi  kurashga  doir  huquqiy 
asoslaming yaratilishi va takomillashtirilishi.
3.  O'zbekistonda  korrupsiyaga  qarshi  kurashdagi  tub  burilish 
davrining boshlanishi.
1. Korrupsiya  tushunchasi,  korrupsiyaga qarshi kurashishning 
mazmun-mohiyati va  uning milliy hamda xalqaro 
huquqiy asoslari
Insoniyat  tarixidan  ma’lumki,  korrupsiya  jamiyatni  yemiradigan, 
shaxsni  axloqiy  jihatda  inqirozga  uchratadigan,  har  qanday  davlat 
iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qiladigan  ijtimoiy  illatdir.  Mustaqillik davrida 
Birinchi  Prezident  I.A.  Karimov  rahbarligida  tarixan  qisqa  davr  ichida 
mamlakatda qonuniylik  va  huquq-tartibotni  ta’minlashning,  shuningdek, 
korrupsiyaga qarshi  kurashishning huquqiy asoslari  shakllantirildi.  Uning 
“0 ‘zbekiston  XXI  asr  bo‘saG‘asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik 
shartlari 
va 
taraqqiyot 
kafolatlari” 
asarida 
qayd 
etilganidek, 
totalitarizmdan  demokratiya  va  bozor  munosabatlariga  o'tishdagi 
murakkab 
ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlar  jamiyatni 
bir  tekisda 
rivojlanish  sur’atlariga  doimo  ham  ijobiy  ta’sir  etavermaydi.  Bu  davrda 
korrupsiyaning  paydo  bo‘lishi  natijasida  axloq  va  odob  me’yorlariga 
putur  yetadi.  Demokratiya  va  bozor  munosabatlariga  o'tish  davrida 
korrupsiyaning  avj  olishi  -   bu  uzoq  davom  etgan  totalitar  tuzumdan 
keyin  shakllanadigan,  har  bir  shaxsning  o ‘z  imkoniyatlari  yuzaga 
chiqishiga  shart-sharoitlar  yaratadigan  demokratik  erkinliklar  tufayli  avj 
oladigan  kasallikdir.  Bu  kabi  sharoitlarda  mansabdorlarga  encha 
erkinliklar berilishi  oqibatida ulaming ba’zilari  o‘z manfaatlarini jamiyat 
hamda  davlat  manfaatlaridan  yuqori  qo‘ya  boshlaydi.  Uning  natijasida 
korrupsiya paydo bo‘ladi.
Prezident  Sh.M.Mirziyoyev  korrupsiya  mohiyati  va  unga  qarshi 
kurashish  zarurligi  haqida  quyidagi  fikmi  bejiz  aytmagan  edi:  “Jamiyat 
rivojiga g‘ov bo'layotgan yana bir illat -  bu korrupsiya balosidir.  Bunday 
xatarga  qarshi  kurashish  maqsadida  yaqinda  Qonunchilik  palatasi


tomonidan  qabul  qilinib,  Senatga  yuborilgan  “Korrupsiyaga  qarshi 
kurashish  to‘g‘risida”gi  qonunni  tezroq  amaliyotga  joriy  etish  chora- 
tadbirlarini  ko‘rishimiz  lozim.  Bulaming  barchasi,  o‘z  navbatida,  inson 
huquq 
va 
manfaatlarini 
ishonchli 
himoya 
qilish 
tizimini 
takomillashtirishga, xalqimizning davlat hokimiyatiga boMgan ishonchini 
yanada mustahkamlashga xizmat qiladi”.
Konrupsiya  -   shaxsni  mansab  mavqeidan  shaxsiy  maqsadlarda 
foydalanish  bilan  bogMiq  boMgan jinoyat turidir.  Korrupsiyaviy  faoliyat 
xufyona  iqtisodiyotning  asosiy  zararli  va  yemiruvchi  turlaridan  biri 
hisoblanadi. 
Aksariyat 
hollarda 
korrupsiya 
deganda, 
davlat 
mansabdorlari  tomonidan  o ‘z  shaxsiy  manfaatlami  ko'zlab  boylik 
orttirish  maqsadida  fuqarolardan  pora  olishi,  qonunga  xilof  ravishda 
boylik 
orttirishi 
tushuniladi. 
Lekin, 
umuman 
olganda, 
davlat 
mansabdorlarigina  emas,  balki  korxona  yoki  firmalaming  menejerlari 
ham korrupsiyaga doir munosabatlaming ishtirokchilari boMishi mumkin. 
Bunda  ko‘pincha,  poralar  pul  bilan  emas,  balki  boshqa  shakllarda 
olinadi;  korrupsiyaga  doir  jinoyatiaming  tashabbuskorlari  ba’zan 
tadbirkorlar boMishi ham mumkin.
0 ‘zbekiston  Respublikasining  2017-yil  3-yanvarda  qabul  qilingan 
“K orrupsiyaga  qarshi  kurashish  to‘g‘risida”gi qonunida “korrupsiya” 
tushunchaga  quydagicha  ta’rif  berildi:  “K orrupsiya”  deganda  -  
shaxsning  o‘z  mansab  yoki  xizmat  mavqeidan  shaxsiy  manfaatlarini 
yoxud  o‘zga  shaXslaming  manfaatlarini  ko‘zlab  moddiy  yoki  nomoddiy 
naf  olish  maqsadida  qonunga  xilof  ravishda  foydalanishi,  xuddi 
shuningdek,  bunday  nafni  qonunga  xilof  ravishda  taqdim  etishi 
tushuniladi;  shuningdek,  korrupsiyaga  oid  huquqbuzarlik  deganda  -  
korrupsiya  alomatlariga  ega  bo'lgan,  sodir  etilganligi  uchun  qonun 
hujjatlarida 
javobgarlik 
nazarda 
tutilgan 
qilmish 
tushuniladi”. 
Shuningdek,  qonunda  m an faatlar  to‘qnashuvi tushunchasiga  ham  izoh 
berilgan  bo‘lib,  u  shaxsiy  (bevosita  yoki  bilvosita)  manfaatdorlik 
shaxsning  mansab  yoki  xizmat  majburiyatlarini  lozim  darajada 
bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi  mumkin bo'lgan 
hamda  shaxsiy  manfaatdorlik  bilan  fuqarolaming,  tashkilotlaming, 
jamiyatning  yoki  davlatning  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlari  o'rtasida 
qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki  yuzaga kelishi mumkin bo'lgan 
vaziyat anglanadi.
Etimologik  jihatdan  olganda  korrupsiya  atamasi  “buzish,  pora 
evaziga  oG‘dirish”  degan  ma’noni  anglatadigan  lotincha  “corruptio” 
so‘zidan 
kelib 
chiqgan. 
Yuridik 
ensiklopediya 
mualliflarining
189


ta’kidlashicha,  “korrupsiya  -   mansabdor  shaxslar  tomonidan  ularga 
berilgan  huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish 
uchun  foydalanishda  ifodalanuvchi  siyosat  yoki  davlat  boshqaruvi 
sohasidagi jinoiy faoliyat”dir.
“Yuridik  atamalar  qomusiy  lug‘ati”da  korrupsiya  tushunchasiga 
“davlat  funksiyalarini  bajarish  vakolatiga  ega  bo'lgan  (yoki  ularga 
tenglashtirilgan)  shaxslaming  noqonuniy  tarzda  moddiy  va  boshqa 
boyliklar,  imtiyozlami  olishda  o‘z  maqomi  va  u  bilan  bog'liq 
imkoniyatlardan  foydalanishi,  shuningdek,  bu  boylik  va  imtiyozlami 
jismoniy yoki  yuridik shaxslar qonunga xilof ravishda egallashiga imkon 
berishi”, deb ta’rif berilgan.
Ba’zi  adabiyotlarda  e’tirof etilishicha,  korrupsiya  atamasi  “siyosat 
yoki  davlat  boshqaruvi  sohasidagi  jinoiy  faoliyat  bo‘lib,  mansabdor 
shaxslar  o ‘zlariga  berilgan  huquqlar  va  hokimiyat  imkoniyatlaridan 
shaxsiy boyish maqsadida foydalanishidan iborat”, deb tavsiflandi.
BMTning  xalqaro  miqyosda  korrupsiyaga  qarshi  kurash  bo‘yicha 
M a’lumotida  shunday  deyiladi:  “Korrupsiya  -   bu  shaxsiy  naf  ko'rish 
maqsadlarida  davlat  hokimiyatini  suiste’mol  qilish”dir.  Korrupsiya 
tushunchasiga  berilgan  shu  kabi  ta’rif Jahon  bankining  hozirgi  dunyoda 
davlatning roliga bag‘ishlangan hisobotida ham berilgan: korrupsiya -  bu 
“shaxsiy naf ko‘rish yo‘lida davlat hokimiyatini suiste’mol qilish”dir.

Download 11,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish