partiyalar, jamoat birlashmalari, kasaba uyushmalari tomonidan davlat
hokimiyati organlarini qonunga amal qilishga majbur etish, ulaming o‘z
vazifalarini ma’suliyat bilan bajarishi va buning oqibati o‘laroq jamiyatda
malakali va samarali boshqaruvni bajarishga majburlash maqsadida davlat
hokimiyati organlari va mahalliy boshqaruv organlari faoliyati ustidan
nazorat qilish va tekshirishidir.
Jamoatchilik nazorati - bu jamiyatning alohida fuqarolar shaxsida
297
hamda fuqarolik jamiyati institutlari vositasida davlat hokimiyati
organlarining qonunlami va o‘z qarorlarini qoMlash, amalga oshirish,
shuningdek, bu jarayonlar natijalarini baholash mexanizmidir. Jamoatchilik
nazorati - bu fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari - jamoat va nodavlat
tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, siyosiy partiyalar, kasaba
uyushmalarining davlat va mahalliy hokimiyati organlarining qonunga
amal qilishlarini ta’minlashga majburlash, o‘z vazifasini bajarishida
mas’uliyatni his etishi, o 'z majburiyatlarini sifatli tarzda bajarishi kabi
faoliyatlari ustidan turli shakldagi tekshiruvlami amalga oshirishidir.
Shuningdek, rivojlangan davlatlarda jamoatchilik nazoratini jamiyatda
tutgan o‘mi uning qanchalik “transparent” ekanligi, ya’ni shaffoflik darajasi
bilan o'lchanadi.
Hozirgi davrga xos zamonaviy davlatlarda jamoatchilik nazorati ijroiya
va boshqa hokimiyat tarmoqlarini qonunga amal qilishni, o‘z huquq va
vakolatlarini malakali tarzda bajarishga majburlaydi. Jamoatchilik nazorati
kuchsiz boMgan holatlar ko'pincha o'tish davrini o‘z boshidan
kechirayotgan
davlatlarda uchraydi.
Albatta,
olimlaming tadqiqot
natijalarida ko'rsatilishicha, bu kabi holatning asosan uchta sababi mavjud:
birinchidan, hokimiyat faoliyatini shaffoflik (ochiqlik) bilan ro‘y
berishini ta’minlaydigan mexanizmlaming etishmasligi; Ikkinchidan, hali
o‘rta sinfning jamoatchilik nazoratining bosh ijtimoiy bazasining tashkil
etishga
ulgurmaganligi;
uchinchidan,
davlat
hokimiyati
organlari
mansabdorlarida va fuqarolarida jamoatchilik nazoratining moxiyati,
usullari, uslublari, shakllari, mexanizmlari va vosita-qurollari to‘g‘risida
zarur bilimlar va tasawurlaming yetishmasligi. Shuning uchun ham
Rossiya fuqarolik jamiyatini shakllanishiga shart-sharoitlami yaxshilash
omili sifatida G ‘arbiy Yevropa ning rivojlangan mamlakatlari va AQSH
kabi davlatlaming jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga doir
tajribalarini o ‘rganishga zarurat tugMladi. Zero, bu vazifa fuqarolik
jamiyatini qurishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
Ma’lumki,
davlat
hokimiyati
organlari
boshqaruvchilari
-
mansabdorlar
davlatning
markaziy
va
mintaqaviy
moliyaviy
munosabatlarini boshqaradi, yer va boshqa resurslami taqsimlaydi,
ommaviy axborot vositalari (OAV) va boshqa jamoat resurslarini nazorat
qiladi, jamiyatning turli sohalari bo'yicha qabul qilinadigan qarorlaming
qabul qilinishiga o 'z ta’sirini o'tkazadi, kadrlami va xizmachilami ishga
oladi va o 'z lavozimidan ozod qiladi, mehnat jamoalarini o'z ortidan
ergashtiradi, mamlakatni rivojlantirish strategiyasini aniqlashda ishtirok
etadi.
Davlat hokimiyati organlari rahbarlari o ‘z shaxsiy manfaatlarini
mamlakatning milliy manfaatlari bilan aynanlashtirgan taqdirdagina ular
boshqaruv tizimining haqiqiy va samarali namoyondasiga aylanadi. “Milliy
manfaatlar” deganda xalqning xavfsizligini ta’minlash, huquqning, qonun
ijrosining ustuvorligi, inson erkinligi va huquqlarini himoya qilish,
mulkdorlar qatlami o‘rta sinfni fuqarolik jamiyati iqtisodiy va ijtimoiy
tayanchi bo‘la oladigan darajada shakllantirishi, demokratik qadriyatlami
va bozor munosabatlari asosida
iqtisodiyotni rivojlantirish kabilar
tushuniladi. Boshqacha aytganda, agar boshqaruvchilar qatlamida o'zining
jamiyatdagi yuqori o'mini, moliyaviy jihatlarga va mulkga ega bo'lishga
oid o 'z manfaatlarini mamlakatning milliy manfaatlarini himoya qilishi
g'oyasining kichik bir qismiga aylantirgan taqdirdagina u samarali va
xalqchil mansabdorga aylanadi. Davlat mansabdori o'zining kuchli va
gullab-yashnayotgan mamlakatdagina yaxshi yashashi va o‘z xavfsizligini
saqlay olishini chuqur anglagan bo'lishi lozim. Mohiyatan samarali
boshqarish qobiliyatga ega bo'lgan, nafaqat o'zini, balki barcha
fuqarolaming xavfsiz, qulay va barqaror hayotini ta’minlash ishida faol
ishtirok etadigan, faqat o'zidan yuqori davlat hokimiyati organlari
oldidagina emas, balki fuqarolar oldida ham mas’uliyatni his qila oladigan,
ya’ni fuqarolik jamiyati talablariga javob bera oladigan mansabdorlar
ko'pchilikni tashldl etgandagina davlat rivojlana boshlaydi.
Jahon tajribasidan ma’lumki, jamoatchilik nazorati jamiyatga ham,
davlat hokimiyatiga ham foydali omil sifatida ta’sir etadi. Haqiqatan, u
davlat hokimiyati organlarining mas’uliyat bilan faoliyat yuritishiga -
qonunning ishlashini ta’minlashga, inson huquqi va erkinliklarini hurmat
qilishga va himoyalashga, binobarin, umumiy farovonlikka samarali va
ijobiy ta’sir ko'rsatishga majbur qiladi. Jamoatchilik nazorati davlat
hokimiyati organlarining doimiy va muttasil ravishda takomillashib
borishini raG'batlantiradi:
birinchidan, u davlat xizmati xodimlarini turli tuman, son-sanoqsiz
o'ziga tortadigan, hoyu-havasga beriladigan boyliklar va lazzatlarga
intilmaslik immunitetiga ega bo'lishi, ma’naviy boy bo'lishga intiladi;
ikkinchidan,
fuqarolaming
jamoatchilik
nazorati
jamiyatning
hokimiyat organlari bilan o'zaro ta’sir - aks ta’sir aloqalarining bir omili
sifatida namoyon bo'ladi, fuqarolarga mamlakat taraqqiyotining maqsadlari
va uning ustuvor yo'nalishlari
to'g'risida haqqoniy tasawurlarga ega
bo'lishi va davlat hokimiyati organlari bilan ochiq muloqatlarda bo'lib
turishini ta’minlaydi. Davlat - jamiyat - fuqarolar o'zaro aloqalari
yordamida hokimiyat organlari fuqarolaming mamlakatda zarur islohotlami
299
o‘tkazishga doir talablariga nafaqat quloq tutadi, balki bu islohotlami
amalga oshirishga kirishadi;
uchinchidan, jamoatchilik nazorati davlat hokimiyati organlarini
samarali ishlashga undaydi, u fuqarolaming jamoatchilik nazorati
vositasida boshqaruv kadrlarini o'z vazifalarini astoydil bajarishga undash
omili sifatida namoyon bo‘ladi. Boshqaruv tizimi kadrlari jamiyat
a’zolarining nazorati ostidagina samarali boshqaruvni amalga oshirishi
mumkin, jamoatchilik nazorati kuchi bilan fuqarolaming yaratuvchilik
takliflari hayotda o'z ifodasini topishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, jamoatchilik nazoratining faollashuvi
natijasida raqobatbardosh iqtisodiyot rivojlanadi, kadrlaming ichki
salohiyati ro'yobga chiqadi, xalqning turmush darajasi oshadi, kuchli
fuqarolik jamiyati shakllanadi, milliy xavfsizlik mustahkamlanadi, insoniy
kapitai va uning resursi hayotda ishga tushadi. В ulaming barchasi pirovard
natijada mamlakatning salohiyatli bo'lishiga olib keladi, jamiyat gullab-
yashnaydi, boshqacha aytganda, milliy manfaatlar ro'yobga chiqadi.
AQSHda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun ko'plab
vositalardan foydalanilib, u asosan davlat hokimiyati organlari faoliyati,
fuqarolik ishtiroki va ulaming birgalikdagi xatti-harakatlarini shaffoflik
bilan kechish prinsipiga asoslanadi. Davlat hokimiyati organlarining xalq
oldida hisobdorligi AQSH tarixining dastlabki davridayoq shakllangan edi.
Fuqarolar umshi davrida AQSH Prezidenti Avraam Linkoln o'zining 1863-
yildagi mashhur “Gettinsberg murojaati”da o 'z so'zini hukumatning
tabiatiga doir quyidagi fikr bilan tugatgan edi: “Xalq hokimiyati xalq
irodasi va xalq uchun” boshqariladi. AQSH otalardan yana biri - Jeyms
Medison 1775-1778-yillarda nashr etilgan “Federalchi” haftanomasidagi
maqolasida “Hech bir shak-shubhasiz respublikaviy erkinlik ruhiyati
...nafaqat barcha hokimiyatning xalqdan kelib chiqishini, balki hokimiyat
kimga ishonib topshirilgan bo'lsa, ulaming xalq izmida bo'lishini taqozo
etadi” deb ta’kidlab o'tgan edi. Mazkur demokratik prinsip hozirgi davrga
qadar AQSH siyosiy an’analari tamal toshi bo'lib kelmoqda.
Davlat hokimiyati organlarining fuqarolar uchun axborot ochiqligi
tamoyilini davlat miqyosida qaror topishi dastlab Shvetsiyada yuz bergan.
Bu davlat 1766-yilda “Nashrlaming erkinligi to'g'risida”gi qonun qabul
qildi. Bu qonun 1812-yildan buyon “Matbuot erkinligi to'g'risidagi qonun”
deb atala boshlandi. Bu qonunga binoan, har qanday davlat organidan
fuqarolar va OAV vakillari rasmiy hujjatlar bilan tanishishni talab qilganda,
davlat organi ularga har qanday axborotni darhol va bepul tarzda taqdim
etishga majbur edi. Bu qonun 1949-yilda yangi o'zgartirishlar va
300
qo‘shimchalar bilan “Matbuot erkinligi to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda
qabul qilinadi. Shuningdek, u Shvetsiya Konstitutsiyasining tarkibiy qismi
sifatida e’lon qilingan. Bu qonunga yana 1976-yilda yangi tuzatishlar
kiritilib, u axborot erkinligi va ochiqligiga doir me’yorlarni belgilab berdi:
“umumiy xabardorlik asosida har bir shved fuqaro:
o‘z erkin fikr
almashishini rag‘batlantirish maqsadida barcha rasmiy hujjatlardan
foydalanish huquqiga ega bo'lishi shartdir”.
Davlat ijroiya hokimiyati va uning tuzilmalari hamda o‘zini o‘zi
boshqarish organlar fuqarolaming turli so‘rovlariga darhol javob berishlari
axborot erkinligining asosiy prinsipi sifatida namoyon bo‘ldi. Har bir
hokimiyat organi rasmiy hujjatlar ro'yxatini yuritishga majbur ekanligi,
ulaming ko'pchiligidan fuqarolar va jamiyat institutlarining foydalanishlari
uchun ochiq bo'lishi go‘yoki fuqarolik jamiyatining asosiy belgilaridan
biriga aylandi. Hozirgi davrdada mazkur ro'yxatlardan elektron shaldda
foydalanilmoqda. Bunda hujjatlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha asosan to‘rtta
mustasnolik mavjuddir:
Birinchi mustasnolik - davlat hokimiyati organlari faoliyati uchun
unchalik katta ahamiyat kasb etmagan hujjatlar.
Ikkinchi mustasnolik - bu maxfiy bo'lmagan hujjatlar; ulaming
qachon olinganligi yoki yaratilganligi aniq holda saqlanishi talab etiladi.
Uchinchi mustasnolik - bu davlat siri toifasiga kiruvchi hujjatlar.
To'rtinchi mustasnolik - bu ro'yhatga kiritilgan, elektron ko‘rinishda
saqlanadigan va foydalanish mumkin bo'lgan toifaga kiruvchi hujjatlar.
Shvetsiyada
fuqarolaming
axborot
erkinligi
huquqi boshqa
mamlakatlardan eng uzun tarixga ega bo'lishiga qaramasdan bu
fuqarolaming rasmiy axborotdan foydalanish huquqi 1990- va 2000-yillar
boshlarida amaliy hayotda hokimiyat organlari tomonidan to‘liq tarzda
ta’minlanmadi. Natijada, moliya va ishlab chiqarish sohalarida -
texnikaviy, mehnat va boshqa resurslami davlat boshqaruvi tomonidan
muvofiqlashtirishning samaradorligini pasayib ketdi. Jahon bozorida
raqobatning keskin ortishi sharoitida bu holat yuqori boshqaruv hokimiyati
namoyondalarini o‘z egallab turgan mavqelari, mablag‘lari va mulklarini
yo'qotib qo‘yish xavfini keltirib chiqardi. Shudan keyin 2002-yilda
hukumat mamlakatda turli sohalardagi raqobatbardoshlikni oshirish
vositasida milliy manfaatlarini himoya qilish maqsadida “Ochiq shved
kompaniyasi”ni tashkil etishga qaror qildi. Bu kompaniyaning asosiy
maqsadi, birinchidan, davlat hokimiyati organlari faoliyatining barcha
sohalarida
amalga
oshirilayotgan
siyosiy
yo‘nalishlar
bo‘yicha
axborotlaming ochiqligi amaliyoti o ‘matildi. Ikkinchidan, jamiyat a’zolari
va institutlarining davlat hokimiyati faoliyatidan xabardorligi darajasi
yuqori darajaga ko‘tarildi.
Shvetsiyadagi ijro hokimiyati faoliyatining ochiqligini ta’minlash
tajribasidan Finlandiya davlatida keng foydalanildi. 1919-yilda mustaqil
davlat maqomiga erishgan Finlandiya boshqaruvchi elitasi konstitutsiyaga
axborot erkinligi to'g'risidagi maxsus normani kiritdi.
1951-yilda
Finlandiya parlamenti “Rasmiy hujjatlaming oshkoraligi to‘g‘risida”gi
Qonunni qabul qildi. 1990-yillar boshidagi chuqur iqtisodiy tushkunlik
Finlandiyaning boshqaruvchi siyosiy qatlamiga mamlakatda turli sohalarda
raqobatbardoshlikni oshirishga yangidan-yangi imkoniyatlami topishga
majbur qildi.
Bu jarayonda eng muhim me’yor sifatida mamlakatda jamoatchilik
nazoratini kuchaytirishga har tomonlama shart-sharoitlar yaratish yo‘li
bilan hukumatning boshqaruv faoliyati samaradorligini oshirishga erishdi.
Jamoatchilik nazoratining faollashtirilishi natijasida 1999-yilda “Hukumat
faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”, 2001-yildagi “Davlat boshqaruvi
soxasida elektron xizmatlar to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi,
shuningdek, 2000-yilda
Konstitutstiyaga fuqarolaming axborot olish
huquqlarini kengaytirishga doir maxsus moddalar kiritildi.
“Hukumat faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun fuqarolar
tomonidan turli ijtimoiy vazifalami bajaradigan davlat hokimiyati organlari
va xususiy tashkilotlar faoliyatlariga doir axborotlami turli jamoat
tarmoqlaridan olish, ulardan foydalanishga katta imkoniyatlar yaratdi.
Qonunning maqsad fuqarolarga va korporatsiyalarga hokimiyat organlari
faoliyatini kuzatish, erkin fikmi shakllantirish, davlat hokimiyati siyosatiga
ta’sir ko‘rsatish va o‘z manfaatlari hamda huquqlarini himoya qilish
imkoniyatiga ega boMish kabilarga qaratildi.
Qonun fuqarolaming rasmiy hujjatlaridan foydalanishga nisbatan
huquqlarini amalga oshirishning barcha jihatlarini belgilab berdi: rasmiy
hujjatlardan foydalanishga so‘rov, foydalanishni taqdim etish to‘g‘risida
qaror, so‘rovni boshqa hokimiyat organiga uzatish, ulardan foydalanish
turlari. Qonunga muvofiq axborotni talab qiluvchi fuqarolar o ‘z so'rovining
maqsadini izoxlashga majbur emasligi kabi huquqlarni o'zida ifoda etdi. Bu
kabi so'rovlarga beriladigan javoblar 14 kun mobaynida berilishi shart qilib
qo'yildi. Davlat hokimiyati organlari va ulaming mansabdor shaxslari
tomonidan qabul qilingan qarorlar to'g'risidagi axborotlarga doir hujjatlar
yo'q qilinmasligi shart, ular saqlanishi lozim. Qonun fuqarolaming davlat
hokimiyati organlarlaridan o 'z faoliyatiga doir axborotlami ham olish
huquqini e’lon qildi. Hokimiyat organlari o 'z faoliyatlarining asosiy
302
yo‘nalishlarini, hisobotlami va boshqa statistikani nashr etib borishga
majburdir.
Qonun rasmiy hujjatlarda milliy xavfsizlikka tahdid soladigan ba’zi
axborotlami va boshqa taqdim etilishi mumkin boMmagan hujjatlami 32
toifaga bo‘ldi, shuningdek, rasmiy hujjatlami maxfiy axborotlar toifasiga
kiritishning 120 ta qoidasini ishlab chiqdi. Qonunga muvofiq hukumat
idoralari va muassasalari o‘z faoliyatlari to‘g‘risidagi axborotlami doimiy
ravishda nashr etib borishga majburdirlar. Hukumat majlislari jamoatchilik
uchun ochiq hisoblanishi zarur. Barcha hukumat departamentlari o‘z
xususiy veb-saytlariga ega boMishi va elektron hukumat standartlarini
amalga oshirishlari shartdir.
2000-yilga kelib Finlandiya Konstitustiyasining 12-bo‘limiga “har bir
kishi ijtimoiy hujjatlardan erkin foydalana olish huquqiga ega” ekanligiga
doir qo‘shimcha kiritildi. 2001-yilda esa Finlandiya parlamenti jahonda
birinchilardan boMib, “Davlat boshqaruvi sohasida elektron xizmatlar
to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi. Bu qonunning asosiy maqsadi davlat
boshqaruvi
xizmatlarining
faoliyat
yuritishida
mansabdorlaming
mas’uliyatli boMishi, tezkorlikni ta’minlashi va professional bo'lishi
kabilarga qaratildi. Qonun elektron davlat xizmatlari sohasida davlat
boshqaruvchi organlari va mijozlarining huquqlari, majburiyatlari va
mas’uliyatlariga doir qoidalami o‘z ichiga oldi. Qonunga binoan, hokimiyat
organlari va yetarlicha texnik, moliyaviy va boshqa resurslarga ega boMgan
rasmiy idoralar fuqarolarga eng qulay muqobilliklardan birini tanlash
imkoniyatini yaratishlari lozim: elektron xabami ko‘rsatilgan elektron
manzillar bo'yicha jo ‘natish yoki masalalami hal qilishining boshqa
mexanizmlarini takJif etishi shart. Bundan tashqari, hokimiyat fuqarolarga
xabamomalar, hisob-kitob hujjatlari kabilar va boshqa axborotlami elektron
uzatish tarzida yetkazib berishi lozim.
Ayni paytda, Finlandiyada barcha rasmiy idoralaming 90 foizidan
ortiqrogM fuqarolarga o 'z xizmatlarini Internet orqali taqdim eta boshladi.
Bu davlat xizmatlari buyurtmalar va talablarga doir huquqiy hujjatlami
taqdim etish, fuqarolami turli milliy loyihalarda ishtirok loyihalari
to'g'risida xabardor qilish, bo'sh ish o'rinlari to'g'risida va ta’lim olish
imkoniyatlari haqida axborotlar berish va boshqa xizmatlami taklif etishi
belgilab qo'yildi. Bundan tashqari, Bosh vazir devonxonasi o'z saytida
vazirliklar tomonidan tayyorlanayotgan qonunlar loyihalari to'g'risidagi
axborotlami nashr etib borish qoidasi ham kiritildi. O 'z navbatida,
Finlandiya parlamenti fuqarolami o'zi ishlab chiqqan qonunlar loyihalari va
hujjatlar bilan bevosita tanishish imkoniyatini yaratdi. Internet tizimi
yordamida fin fuqarolari Adliya vazirligi saytida e’lon etib boriladigan
barcha qonunlami, me’yoriy hujjatlami, Finlyandiya davlat organlarining
qarorlarini va davlatlararo bitimlami nazorat qilish imkoniyatlari yaratildi.
Finlyandiya davlat organlari saytlarida joylashtirilgan barcha materiallar -
qonunlar va boshqa rasmiy hujjatlardan fuqarolar bepul foydalanadi.
Buyuk Britaniyaning eng yaxshi namoyondalarining hokimiyat
faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan erkin foydalanishlari uchun sharoitlar
yaratish bo'yicha tajribalari diqqatga sazovordir. Jahon bozorlarida
raqobatli kurashning oshishi sharoitida hokimiyat samaradorligining
dolzarbligi ham ancha ortdi. Buyuk Britaniyada mas’uliyatli, binobarin,
malakali hokimiyatni shakllantirish maqsadida 2000-yilda “Axborot
erkinligi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan edi. Bu qonun har bir kishiga
davlat hokimiyati ixtiyorida bo'lgan axborotdan foydalanish huquqini berdi
. Fuqarolar murojaatiga davlat organlari tomonidan unga 20 kun ichida
javob berishlari kerak. Axborot taqdim etishni istisno qiluvchi uchta toifa
nazarda tutildi - bu sud hujjatlari, ko'pchilik xususiy axborotlar: xavfsizlik
xizmatiga, maxfiy razvedka xizmatiga taalluqli axborot, maxfiy olinadigan
axborot “Axborot erkinligi to‘g‘risida”gi qonunning 2005-yilning 1-
yanvardan kuchga kirdi. Asosiy e’tibor elektron hukumatni yaratishga
qaratildi. Hozirgi paytda Buyuk Britaniyada elektron muhitda omilkor va
tezkor faoliyat olib borish uchun qulay sharoitlar yaratilgan.
AQSH tarixining 200 yildan ortiqroq davrida davlat mansabdorlari
axborot erkinligini ta’minlash sohasida katta tajriba orttirdi. 1966-yilga
kelib barcha axborot erkinligiga doir huquqiy asoslar shu yilda qabul
qilingan “Axborot erkinligi to‘g‘risida”gi qonunda mujassamlashdi. Unda
hukumat va uning quyi tashkilotlari o'zlarining tuzilmalari va
funksiyalariga taallukli materiallami, shuningdek olib borgan siyosati va
boshqaruv faoliyatining yunalishlari to'g'risidagi qabul qilingan qarorlar va
axborotlami rasmiy raishda nashr etilishini shart qilib qo'ydi. Qonunga bir
necha marta o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritildi. 1996-yilda “Elektron
axborot erkinligi to‘g‘risida”gi qonun qabul
qilindi.
Bu qonun
mamlakatdagi har bir *uqaroga yoki tashkilotga, fuqaroligi qanday yoki
qanday mamlakatda tug'ilganligidan qat’i nazar federal hukumat va uning
quyi organlariga taalluqli hujjatlami talab qilib olishga imkon bera
boshladi. Qonunga muvofiq murojaat qilgan fuqaro davlat hokimiyati
organlaridan 20 kun ichida javob xati olishi tartibi o'matildi. Qonun
axborotdan foydalanishni istisno etuvchi 9 ta hujjatlar toifasini belgiladi:
milliy xavfsizlik, davlat organining ichki qoidalari, shuningdek, boshqa
qonunlarga muvofiq foydalanish ta’qiqlangan hujjatlar, tezkor axborotlar,
304
hokimiyat organlarining ishchi yozuvlari, xususiy (shaxsiy) hayot
to'g'risidagi axborotlar, huquq-tartibot organlarining hisobotlari, moliyaviy
institutlar va neft konlari manbalari to'g'risidagi axborotlar.
Xorijiy tajribalar ko'rsatib turibdiki, o 'z ichiga birinchi navbatda
hokimiyatning shaffofligi va fuqarolaming davlat boshqaruvida keng
ishtirok etishi prinsiplarini o 'z ichiga olgan jamoatchilik nazoratining
huquqiy va madaniy asoslanishlari sinovlardan o'tdi. AQSH va YYevropa
mamlakatlarida davlat nodavlat tashkilotlar, ijroiya hokimiyati organlari
huzuridagi kengashlar, qo'mitalar tomonidan nazorat qilishga doir maxsus
axborotlami oshkor etishga huquqiy asoslarini yaratib berdi. Bu jarayonda
ko'ngilli yoki ixtiyoriy harakatlar, jamoatchilik tashabbuslari, ekspertizalar
va jumalist surushtiruvlari muhim rol o'ynaydi. Rivojlangan mamlakatlarda
jamoatchilik nazoratining intemet-loyihalar keng tarqaldi. Masalan,
AQSHda Oq uy saytida petitsiyalar uchun maxsus bo'lim - Wethepeople
tashkil etilgan.
Yevropa Ittifoqida (YI) esa jamoatchilik nazoratining to'rtta asosiy
shakli keng tarqaldi:
1. Jamoat birlashmalari, ittifoqlari kabilardan jamoatchilik fikriga doir
so'rovnomalarga javoblar, petitsiyalarga imzo to'plash, turli takliflar olish.
Masalan, 2012-yil may oyidan buyon “Yevropa fuqarolik tashabbusi”
(“The European Citizens Initiative”) faoliyat yuritadi. U Yevropa
Komissiyasiga ko'rib chiqish uchun tashkiliy va huquqiy takliflarga
asoslangan petitsiyalami yuboradi. Bunda quyidagi shartga amal qilinadi:
yuboriladigan petitsiyani YI davlatlarining kamida to'rtdan bir qismida
yashaydigan bir million kishi qo'llab-quvatlashi talab etiladi. Petitsiya
fuqarolar tomonidan qo'llab-quwatlanib yuborilganidan keyin Yevropa
Komissiyasi uni qabul qiladi yoki rad etadi. Hozirgi davrga qadar qabul
qilingan petitsiyalaming soni rad etilganiga qaraganda ko'proqni tashkil
etmoqda. So'nggi marta bir milliondan ortiq fuqarolaming qo'Ilab-
quwatlashiga 2013-yil mart oyida erishildi: bunda “Suv olishga huquq”
petitsiyasida suv bilan kanalizatsiyaga ega bo'lishni inson huquqlari
qatoriga kiritish talab etilgan.
2. Jamoatchilik maslahatlari - ularda, asosan, hukumat yoki munitsipal
organlarining loyihalari sharhlanadi va baholanadi. Ular ham mansabdorlar,
ham fuqarolar - ya’ni o 'z fikrlari e’tirof etilishini xohlovchilar tomonidan
ham chaqirilishi va o'tkazilishi mumkin. Jamoatchilik masalahatlari barcha
manfaatdor tomonlaming ochiq ijtimoiy uchrashuvlarida, jamoatchilik
vakillari ishtirokida, yopiq holda va bayonnomalar ko'rinishida yoki
Internet vositasida o'tkaziladi. Buning o'ziga xos hususiyatlari - bu
305
muhokamalar vaqtining chegaralanganligi, ya’ni ulami muayyan qaror
qabul qilish sanasiga muvofiqlashtirilishi hisoblanadi.
3. Keyingi o‘n yilliklarda G‘arb siyosiy munosabatlar va boshqaruv
faoliyatida Intemetda kollaboratsiya (vaziyatli hamkorlik harakatlari) deb
ataladigan jamoatchilik nazoratlarini o'tkazish rusumga kirdi. Bir-biriga
begona fuqarolar turli qarorlar va baholashlami muhokama qiladi, so'ngra
ulami taklif qiladi. Kollaboratsiyalar axborotlardan foydalanadigan
o ‘zgalarga nisbatan ochiqlikni talab qilishi bilan bir qatorda jamoaviy
murosasoz qarorlar qabul qilishni ko‘zda tutmaydi, balki u ko'pchilik bilan
bir qarorga erishishda har bir ishtirokchining xususiy axborotiga muhim
ahamiyat qaratadi.
Kollaboratsiya tizimli nazorat sifatida muayyan shart-sharoitlami talab
etadi: zaruriy xabardorlik va ahamiyat kasb etadigan motivatsiyalarga ega
boMgan faollaming (ular ochilikni tashkil etishi mumkin) jamoaviy
zakovotli ichidan yutib chiqishi va muhokamalaming ochiq tarzda boMishi.
Kollaboratsiya to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat ustidan jamoatchilik nazoratini
amalga oshirishda ishtirok etishning o‘mini bosa olmasa-da, jamiyatda
paydo boMgan muammoning yechimining eng yaxshi muqobilini topishi
bilan jamoatchilik nazorati funksiyasini bajaradi. Uning ustun tomoni
shundaki, u har qanday turdagi va mazmundagi muammoning yechimini
topishga qoMlash mumkin, uni Internet vositasida, ya’ni qulay tarzda
oMkaziladi, o‘zining jo ‘shqinligi va keskinligi bilan boshqa nazorat
shakllaridan ajralib turadi. Kollaboratsiya mutaxassislaming cheklanmagan
sonini o‘zida birlashtirib, muammolaming yechimlarini oddiylashtiradi,
samarali boMishini ta’minlaydi, uni moliyalashtirshga hojat qolmaydi. U
davlat hokimiyati organlariga yordamlashishdan tashqari, fuqarolami
jamiyatdagi muammolami ko'tarishga va hal etishga safarbar etadi.
4. Munozara maydonlari va anjumanlar (forumlar, konferensiyalar,
fuqarolik jyurilar va boshqalar) jamoatchilik vakillari, ekspertlar va
mansabdorlaming turli siyosiy masalalar bo‘yicha birgalikda qarorlar qabul
qilishini ta’mnlaydi. Unga misol tariqasida “Your voice in Europe”
resursini keltirish mumkin. U YI siyosatini shakllantirishda qanday tarzda
ishtirok
etishni
o‘zida
ifodalaydi.
G'arbiy
Yevropada
ijtimoiy
muhokamalaming rivojlanib borishi shuni ko‘rsatadiki, ulaming yordamida
qarorlami qabul qilinishi, dalillash darajasi oshib bormoqda, jamiyat uchun
keraksiz loyihalar rad etilmoqda.
5. Ijtimoiy tarmoqlar orqali davlat hokimiyatining turli idoralari va
nodavlat tashkilotlar o‘zaro interfaol muloqotlar. Unga misol tariqasida
Atrof-muhitni nazorat qilish va axborot bo‘yicha Yevropa
tarmogM
306
faoliyatini keltirish mumkin. Unda hamkorlar sifatida 39 ta davlatning
ekspertlari, 300 ta atrof-muhitni himoyalash milliy agentliklari, alohida
olingan fuqarolar ishtirok etadi. Bu muloqotlarda asosan ekologik
muammolar aniqlanadi, ulaming yechimlariga doir muhokamalar amalga
oshiriladi, nazorat funksiyalarini bajaruvchi hujjatlar qabul qilinadi.
6) Bir qancha rivojlangan davlatlarda davlat hokimiyati organlari
huzurida ijtimoiy kengashlar faoliyatlari institutlashmoqda. Bunga Rossiya
Jamoatchilik palatasini misol keltirish mumkin. Unga o'xshash tashkilotlar
- Fransiyada turli kasbiy guruhlar vakillaridan iborat bo'lgan Ijtimoiy va
iqtisodiy kengash, Nilerlandiya Qirolligi, Avstriya, O'zbekiston kabi
davlatlarda faoliyat yuritayotgan Nodavlat notijorat tashkilotlarni qo'llab-
quwatlash jamg'armasi kabilar jamoatchilik nazorati samarasini oshirishga
qaratilganligi bilan ajralib turadi. Jamoatchilik nazoratining yana bir
ta’sirchan shakli jumalist teshiruvi hisoblanadi. Bu shakl AQSHda avj
olgan.
XIX
asr oxiri - XX asr boshlarida AQSH va G'arbiy Yevropaning
rivojlangan
mamlakatlarida
hokimiyat
organlari
faoliyati
ustidan
jamoatchilik nazorati o'matila boshlandi. Jamoatchilik nazoratini amalga
oshirish usullari deganda fuqarolaming hokimiyat faoliyati ustidan o 'z
nazoratlarini amalga oshirishda qo'llaydigan xatti-harakatlari yoki
harakatlar tizimini tushunish lozim. Jamoatchilik nazorati ikkita asosiy usul
bilan - 1) fuqarolar irodasining to'g'ridan to'g'ri (bevosita) talabi bilan; 2)
fuqarolaming topshirig'iga asoslangan - bilvosita (vakolatli) tarzda xatti-
harakat qiladigan, ular saylagan idoralar vositasida amalga oshiriladigan
usullar bilan o'tkaziladi. Bunda jamoatchilik nazoratining u yoki bu
usulining bir-biridan ustuvorligi to'g'risida masala qo'yishning hojati yo'q,
chunki bu ikki usulning o 'z maqsadlari va vazifalarini amal oshirishining
ahamiyati teng tarzda muhim hisoblanadi.
Jamoatchilik nazoratining bevosita va vakolatli (bilvosita) usullari
o'zining amalga oshirilishi bo'yicha xilma xil shakllarga egadir.
Jamoatchilik nazoratining bevosita usulida fuqarolar irodasining namoyon
bo'lishi quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
- fuqarolaming hokimiyat faoliyatiga oid axborotlardan voqif bo'la
olishi;
- j umalistik tekshiruv;
- arznomalar - fuqarolaming davlat hokimiyati organlari va mahalliy
o'zini o'zi boshqarish organlariga yakka tartibdagi yoki jamoaviy
murojaatlari;
- fuqarolaming mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari, fuqarolar
307
yiG'inlari, ommaviy tarzda tinglashlari vositasida jamiyat ishlarini
boshqarishdagi ishtiroklari;
- jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi va boshqaruvchi eng yuqori
doiradagi rahbarlarga ta’sir ko'rsatadigan ilmiy-tadqiqotlar, publitsistik va
badiiy asarlar;
- qonun loyihalari va boshqa davlat hayotiga doir boshqa muhim
masalalami ommaviy muhokama qilish;
- xalqning qonunchilik tashabbuslari;
- qonun loyihalarining jamoatchilik tomonidan ekspertiza qilinishi;
- sudlar maslahatchilari.
Fuqarolar nazoratining bilvosita - vakolatli usuli o‘zining turli
shakllariga egadir. Ularga parlament nazorati, hudud (shtat, o'lka, viloyat)
qonun chiqaruvchi organlarining nazorati va mahalliy o'zini o'zi
boshqarishning vakolatli organlari nazoratlarini keltirish mumkin.
Jamoatchilik nazoratining to'g'ridan to'g'ri usulining muhim shakli -
bu fuqarolaming davlat va mahalliy hokimiyat organlari faoliyati
to'g'risidagi axborotdan foydalana olishlari hisoblanadi. Fuqarolaming
hokimiyat faoliyati to'g'risida xabardorligining to'liqligi va o 'z vaqtida
xabardor bo'lishi inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash hamda
himoyalash, davlat organlarining samarali boshqaruvi va ijtmoiy
xizmatlarini sifatli bo'lishi uchun ularga ta’sir ko'rsatish qobiliyatlariga
bogMiqdir. Shu munosabat bilan AQSH siyosatshunos olimi B.Peyj
quyidagi fikmi bildiradi: “Jamiyat hukumat ustidan haqiqiy nazorat qilish
imkoniyatiga ega boMishi uchun uning faoliyatidagi barcha tafsilotlardan
yaxshi xabardor boMishi, fuqarolar esa mamlakatda paydo bo'layotgan
barcha muhim muammolarni muhokama qilishda faol ishtirok etishlari
talab etiladi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |