2. O‘zbekistonda o'zini o'zi boshqarish organlarini
demokratlashtirish jarayoni
Markaziy Osiyoda, xususan, O ‘zbekistonda mahalla o'zini o'zi
boshqaruvchi ijtimoiy institutning noyob shakli sifatida bir necha ming
yillardan buyon yashab kelmoqda. O'zbek xalqi uchun mahalla jamoa
tushunchasiga nisbatan ko'proq jamoaviylik, uyushganlik, ittifoq kabi
tushunchalami anglatadi. Mahalla odamlar o'rtasidagi munosabatlarda
yaxshi qo'shnichilik, o'zaro hurmat va insonparvarlik kabi qadriyatlami
shakllantirishda muhim rol o'ynaydi.
U fuqarolaming ijtimoiy
manfaatlarini himoya qiladi, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj
qatlamlariga aniq va manzilli yordam ko'rsatadi.
Hozirgi
davrda
O'zbekistonda
amalga
oshirilayotgan
tub
o'zgarishlar va islohotlar natijasida zamonaviy jahon stivilizatsiyasi
talablariga mos keladigan hamda milliy m a’naviyatimiz an’analarimizni
o'zida aks ettirigan o'zini o'zi boshqarish organlarini shakllantirishni
hayot kun tartibiga qo'ymoqda. Shu ma’noda mahalla - o'zbek xalqining
bebaho boyligi bo'lib, u ma’naviy-axloqiy qadriyatlami asrab-avaylash,
barkamol yosh avlodni tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Mamlakatda
mahalla haqiqiy demokratiya va aholini ma’naviy-axloqiy qadriyatlar
ruhida tarbiyalash maktabiga aylandi.
Mahalla o'zbek xalqining turmush tarzi, ruhiyati, ijtimoiy hayotining
o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi, milliy an’analari, urf-odatlari,
axloqiy-ma’naviy qadriyatlarini avloddan-avlodga yetkazuvchi maskan,
ijtimoiy birlashma darajasiga erishdi.
Mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolaming bir-birini qo'llab-
quwatlashi tufayli yurtimizda tinchlik, osoyishtalik, millatlararo
hamkorlik kabilarga erishilmoqda, ana shu qadriyatlar tufayli tarixiy-
madaniy merosimiz e’zozlanmoqda, tiklamoqda, qadr topmoqda.
Mahalla - asrlar davomida o 'z hududida istiqomat qiluvchi aholining
ijtimoiy jihatdan
uyushtiruvchi,
aholi
orasida
ma’naviy-ahloqiy
qadriyatlami yuksaltirish va fuqarolami himoya qilish organi sifatida
yashab kelmoqda.
Mahalla fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va ijtimoiy-siyosiy
barqarorlikni mustahkamlashda davlat va jamiyatning eng ishonchli
ko'makchisidir. Shuningdek, mahalla milliy qadriyatlami tiklash, o'zaro
munosabatlami mustahkamlash, axloqiy normalami qaror, ma’naviyat va
m a’rifatni aholi o'rtasida yoyishda keng imkoniyatlarga egadir.
Mahallada yashayotgan odamlar bir-birlarini har tomonlama yaxshi
biladi, o ‘z hududidagi yaxshi va yomon odamlami bir-biridan ajrata
oladi. Shu bois, barqarorlik, totuvlik, ijtimoiy adolat kabi qadriyatlami
ro'yobga chiqarishda mahallaning o‘mi beqiyosdir. Shuni ta’kidlash
joizki,
hozirgi
davrga
kelib
mahalla
ijtimoiy
munosabatlami
mustahkamlashning eng ta’sirchan va eng ishonchli instituti sifatidagi
o'm ini saqlab kelmoqda.
Mustaqillik davrida mahalla institutining nufuzini oshirish nafaqat
ijtimoiy-iqtisodiy,
balki siyosiy,
tarbiyaviy va ulkan ma’naviy
ahamiyatga
ega
boMgan
ustuvor
vazifa
sifatida
belgilandi.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda uning har oila va
uning a’zosini barkamol inson sifatida shakllinishida uning o ‘mini
bosadigan boshqa biron-bir institut mavjud emas.
Mahalla fuqarolar yig‘ini oqsoqolini saylashni ham demokratik,
ham xalqchillik, ham adolat prinsiplari asosida o‘tkazish xalqimizning
an’anasiga aylandi. Fuqarolar yigMni raisi (oqsoqoli)ni saylash jarayonini
fuqarolar yigMni faoliyatini samarali tashkil etishning asosiy omilidan
biri hisoblanganligi uchun 2004-yil 29-aprelda “Fuqarolar yigMni raisi
(oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi Qonun qabul
qilindi. Mazkur Qonunda fuqarolar yigMni raisi (oqsoqoli) va uning
maslahatchilari saylashning asosiy prinsiplari, saylovga tayyorgarlik
ko‘rish va uni oMkazish tartib qoidalari, shuningdek, oqsoqollikka
nomzodlarga qo'yiladigan talablar mujassamlashdi.
2013-yilda bu Qonunning yangi tahriri qabul qilinib, uning muhim
jihati - bu fuqarolar yigMni faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha
alohida-alohida komissiyalarini tuzishni muvofiqlashtirishi hisoblanadi.
Ilgarilari fuqarolar yigMnlarida sakkiztadan o‘n beshtagacha komissiyalar
faoliyat yuritayotgan boMib, ularga uslubiy-metodik yordam ko'rsatish
hamda faoliyatini muvofiqlashtirishda
qator noqulayliklar vujudga
kelgan edi.
Qonunning 18-moddasida fuqarolar yigMni faoliyatining asosiy
yo‘nalishlari bo'yicha 8 ta komissiyalar faoliyat olib borishi belgilab
qo‘yildi. Shuningdek, tegishli hududdagi muammolaming dolzarbligidan
kelib chiqib, fuqarolar yigMni tomonidan yana boshqa komissiyalar ham
tuzish huquqlari ham berildi..
Mahalla fuqarolar yigMnlari komissiyalari faoliyatini samarali
tashkil etish va takomillashtirish vositasida mahallannig jamiyat
280
hayotidagi o‘mi va ahamiyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar
Mahkamasining 2013-yil
7-oktabrdagi
274-sonli qarori mahalla
hududida ish olib boradigan komissiyalaming namunaviy Nizomlari
tasdiqlandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan mazkur
Qonun ijrosi doirasida fuqarolaming o‘zini o ‘zi boshqarish organlari
faoliyatini
muvofiqlashtirish
bo'yicha
respublika
va
hududiy
Kengashlaming tashkil etilishi jamiyat hayotidagi muhim voqelik bo'ldi.
Mazkur Kengashlar fuqarolaming o'zini o'zi boshqarish organlari
faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, qonun
hujjatlarida
belgilangan
vakolatlarining
amalga
oshirilishiga
ko'maklashish, ular faoliyatidagi muammolami kompleks o'rganish va
tizimli hal qilish yuzasidan aniq asoslangan takliflar hamda ta’sirchan
mexanizmlar ishlab chiqish vazifalarini bajara boshladi.
0 ‘zbekistonda huquqiy davlati qurish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirishga qaratilgan islohotlaming zamirida “Kuchli davlatdan -
kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili yotadi. Bu tamoyilning asosiy
maqsadi mahalliy davlat hokimiyati organlarining ba’zi vakolatlari
fuqarolaming o'zini o'zi boshqarish organlari va fuaarolik jamiyatining
boshqa institutlariga bosqichma-bosqich o'tkazishdan iboratdir. Hech
shubha yo'qqi, bu chora-tadbirlar har bir mahalla hududida xususiy
mulkni rivojlantirish, bu orqali aholini ish bilan ta’minlash, iste’mol
bozorini toMdirish, ijtimoiy infratuzilmani taraqqiy ettirish, odamlaming
farovonligini
oshirish
kabi
masalalami
mahalliy hokimiyat va
fuqarolaming o'zini o'zi boshqarish organlari hamkorligida hal etish
imkonini beradi.
Hozirgi davrda mamlakatda 10 mingga yaqin fuqarolar yig'inlariga
oldin mahalliy davlat hokimiyati organlariga taalluqli bo'lgan 30 dan
ziyod boshqaruv va boshqa vakolatlar berilib, ular bu vakolatlami
muvaffaqiyatli tarzda bajarib kelmoqda. O 'z faoliyatida amalga
oshirilayotgan keng ko'lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlami uddalab
kelayotgan mahalla noyob, boshqa davlatlarda takrori bo'lmagan
tuzilmaga aylandi.
Hozirgi davrga kelib fuqarolar o‘zini o'zi boshqarish organlarining
ijtimoiy-siyosiy
va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlami
chuqurlashtirish
jarayonida faol ishtirok etishi uchun mustahkam zamin yaratildi. Shu
bilan birga, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning
zamonaviy talablari fuqarolaming o'zini o'zi boshqarish organlari
zimmasiga yuklatilgan vazifalaming samarali ijrosini ta’minlash tizimini
yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.
281
Qadimiy va noyob boshqaruv shakli bo‘lgan mahalla institutini har
tomonlama rivojlantirishga, uning vakolatlarini yanada kengaytirishga
hamda qonunchilik tizimida belgilab berilgan vakolatlardan yanada
samarali foydalanishga ko'maklashish borasida olib borilayotgan
islohotlar fuqarolaming o'zini o'zi boshqarish organlarining jamiyatdagi
o'm i yanada oshib va mustahkamlanib bormoqda.
Davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini
amalga oshirish fuqarolik jamiyati barpo etishning eng muhim
shartlaridan
biri
hisoblanadi.
Fuqarolar
yig‘ ini
tomonidan
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va
shaharlar ijroiya hokimiyati rahbarlarining turli sohalarga oid masalalar
yuzasidan hisobotlarini eshitish, fuqarolar yig'inlarining murojaatlari
ko'rib chiqilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, atrof-muhitni
muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, uni obodonlashtirish
masalalari yuzasidan o 'z vakolati doirasida tegishli hududda joylashgan
korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tinglash
hamda ulaming natijalari bo'yicha qarorlar qabul qilish kabi faoliyatlar
mahalla
fuqarolar
yig'inlarining
jamoatchilik
nazorati
va
iste’molchilaming huquqlarini himoya qilish komissiyasi faoliyatida o 'z
ifodasini topmoqda.
Shuni aytish joizki, qonun asosida tashkil etilgan “Mahalla posboni”
jamoatchilik tuzilmasi faoliyatining asosiy maqsadi mamlakatimizda
tinchlik, osoyishtalik, xavfsizlikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash,
fuqarolarda
ogohlik
va
hushyorlikni
oshirish,
huquq-tartibotni
mustahkamlashda fuqarolaming o'zini o'zi boshqarish organlari bilan
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamkorligidagi ishlami tizimli
tashkil etishga ko'maklashishdan iboratdir. Mahallalarda ijtimoiy-
ma’naviy muhitni sog'lomlashtirish, huquqbuzarlikning oldini olishda
mahalla posbonlari IIB profilaktika inspektorlarining yaqin ko'makchisi-
ga aylandi.
Qonunga binoan fuqarolaming o'zini o'zi boshqarish organlari
faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha respublika kengashi, shuningdek,
Qoraqalpog'iston
Respublikasi,
viloyat,
tuman
va
shahar
muvofiqlashtirish kengashlarining tuzilishi natijasida bu organlar
faoliyatining tashkiliy va huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish,
normativ-huquqiy hujjatlami qo'llash va ularga amal qilish faoliyati
ustidan
monitoring olib borish,
qonun hujjatlarida belgilangan
vakolatlarining amalga oshirilishiga ko'maklashish, muammolarni kom-
pleks o'rganish, tizimli hal qilish yuzasidan aniq taklif va mexanizmlami
282
ishlab chiqish kabi sohalar samarasi oshib borm oqda.
Ayni paytda,
mahallalarda aholi bilan ishlash, uning dardini
eshitish, uchrab turadigan oilaviy kelishmovchiliklar, ishsizlik, mahalla
ahlidan tushadigan turli xil arzlarga doir masalalar yechimini topish,
mahallalar hududlarini gazlashtirish, suv bilan ta’minlashni yo'lga
qo'yish, mahalla guzarlarida maishiy xizmatlami tashkil etish,
mahalladagi to‘y va ma’rakalami ma’naviy qadriyatlarga rioya qilgan
holda o'tkazish, ko'kalamzorlashtirish, tozalik-ozodalik oylarini o'tkazib
turish kabi tadbirlami amalga oshirishni mahallasiz tasaw ur etib
bo'lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |