T. N. Xojiyev 0 ‘zMUo'qituvchisi


  0 ‘zbekistonda jamiyat axborot sohasini isloh  qilish  jarayoni



Download 11,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/236
Sana30.12.2021
Hajmi11,46 Mb.
#98176
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   236
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati A. O`tamurodov 2018

2.  0 ‘zbekistonda jamiyat axborot sohasini isloh  qilish  jarayoni
Mamlakatda  bosma  ommaviy  axborot  vositalarini  har  tomonlama 
rivojlantirishni  davlat  tomonidan  qo’llab-quwatlash,  ulaming  moddiy 
negizini  mustahkamlash  va  jumalistlaming  kasbiy  malakasini  oshirish 
masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.  Davlatning axborot sohasidagi 
siyosati  O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  e’lon  qilingan 
fuqarolaming  so‘z  erkinligi  va  axborot  olish  huquqini  izcinl  va  toMiq 
amalga oshirishni ta’minlashga qaratilgan.
Mamlakatda  axborot  sohasida  davlat  tashkilotlaridan  tashqari 
jamoat, nodavlat institutlari va tuzilmalarini tuzish va rivojlantirish uchun 
zarur  tashkiliy-huquqiy,  texnik  shart-sharoitlari  ham  yaratib  berilgan. 
Jumladan,  bu  sohada  O'zbekiston  Jurnalistlari  ijodiy  uyushmasi,  O 'zbe­
kiston  Yozuvchilar  uyushmasi,  Elektron  ommaviy  axborot  vositalari 
milliy  uyushmasi  va  boshqa  qator  jamoat  birlashmalari  o ‘z  faoliyatini 
amalga  oshirmoqda.  O'zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidentining 
“0 ‘zbekiston  mustaqil  bosma  ommaviy  axborot  vositalari  va  axborot 
agentliklarini  qo'llab-quwatlash  va  rivojlantirish  jamoat  fonaini  tashkil 
etish  to'g'risida”gi  2005-yil  16-noyabrdagi  Farmoni  OAVlarni  davlat 
tomonidan qo'llab-quwatlash borasidagi muhim qadam boMdi.


Fond  faoliyatining  asosiy  maqsadi  -   mamlakatda  mustaqil,  o ‘zini 
o'zi  ta’minlovchi,  zamonaviy  demokratik  talab  va  standartlarga  javob 
beradigan  bosma  OAVlarini  shakllantirish,  ulaming  moddiy-texnika 
bazasi  va  kadrlar  salohiyatini  mustahkamlash  jarayonini  qo'llab- 
quwatlashdan iboratdir.
Shu  bilan  birga,  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  (АКТ) 
davlat  boshqaruviga  joriy  etish  va  keng  qo'llash  ishlari  jadallashib 
borayotganligini  hisobga  olib,  hukumat  tomonidan  2003-2010-yillarda 
davlat  boshqaruvida  elektron  texnologiyalami  joriy  etish  dasturi  ishlab 
chiqildi.  Mazkur dastur davlat boshqaruvida elektron hujjatlar aylanishini 
keng  targ'ib  qilish,  fuqarolarga  ko'rsatilayotgan  xizmatlar  darajasini 
yaxshilash  va  hukumat  tomonidan  qabul  qilinayotgan  qaror  va 
qonunlami  oshkoraligini  ta’minlashga  qaratildi.  Bu  dastur  mamlakatda 
“Elektron  hukumat”ni  shaklantirish  yo'lidagi jiddiy  islohotlami  boshlab 
berdi.
Dastumi  amalga  oshirishning birinchi  bosqichida davlat  boshqaruv 
organlarida 
davlat 
xizmatlari 
haqidagi 
ma’lumotlar 
(jumladan, 
mansabdor  shaxslaming  qabul  vaqti,  xizmat  telefonlari)  joylashtirilgan 
veb sahifalari  ochildi.
Ikkinchi 
bosqichda 
ma’lumotlami 
to' liq 
jamlagan 
davlat 
organlarini  saytlardan  qidirish  imkoniyatini  beradigan  ma’lumotlar 
bazasi  tuzilib,  turli  murojaatlarga  elektron  pochta  orqali  javob  berilishi 
ta’minlandi.  Ular  fuqarolarga  davlat  portaliga  kirib,  bir  qator  “interaktiv 
xizmatlar” orqali  turli shakllami to'ldirish imkonini berdi.
Uchinchi  bosqichda  moliyaviy  va  huquqiy  xizmatlar  ko'rsatish, 
fuqarolar  va  xususiy  korxonalar  litsenziya  hamda  ruxsatnoma  olishi, 
soliq deklaratsiyasini taqdim etishi, jarima to'lashi  va ijtimoiy  imtiyozlar 
so'rab murojaat qilishlari uchun imkoniyatlar yaratildi.
Soddalashtirilgan  shaklda  har  qanday  mamlakatning  ijtimoiy 
hayotini  uch  muhim  subyektning  (davlat,  mamlakat  fuqarolari,  biznes 
subyektlari)  munosabatlarining  o'zaro  tengligini  ta’minlash  uchun  shart- 
sharoitlar yaratish,  fuqarolik jamiyatiga xos  munosabatlami shakllantirish 
zamonaviy  axborot  tizimining  asosiy  vazifasidir.  Bu  munosabatlarda 
davlat integratsiyalovchi omil  hisoblanadi.
Bunda  davlatning  integratsiyalovchi  roli  bunda  uchta  tizimosti 
munosabatlarda namoyon bo'ladi:

hukumat  muassasalarining  o'zaro  va  mahalliy  davlat  boshqaruv 
organlari  bilan  o'zaro  hamkorlik  qilish  uchun  aloqalami  tashkil  etish 
(G2G);


-  hukumat  muassasalari  bilan  mamlakat  fuqarolari  o ‘rtasidagi 
o‘zaro aloqalami amalga oshirish (G2C);
-  hukumat  muassasalari  bilan  biznes  subyektlari  o'rtasidagi  o'zaro 
aloqalami yo'lga qo'yish (G2B);
-  AKTni joriy  etish jarayonida  Davlat  boshqaruvi  samaradorligini 
oshirish vazifasi  quyidagi muammolarni hal  etishga yo‘naltiradi:
-  umumiy  vazifalarni  hal  etish  maqsadida  har  xil  hukumat 
tuzilmalarining  samaraliroq  o'zaro  hamkorligini  qay  tarzda  tashkil  etish 
mumkin (G2G);
-  fuqarolaming  manfaatlarini  qanday  qilib  eng  ko'p  darajada 
hisobga  olish  va tegishli  Davlat  muassasalarida  ularga  xizmat  ko'rsatish 
sifatini  qanday qilib oshirish mumkin (G2C);

Davlatning 
biznes 
subyektlari 
bilan 
o'zaro 
foydali 
munosabatlarini qanday qilib tashkil etish mumkin (G2B).
Davlat  boshqaruvida  АКТ -  bu  davlat boshqaruv  organlarida jami 
ichki 
va 
tashqi 
aloqalami 
tegishli 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari  bilan  qo'llab-quwatlash  va  ta’minlash  tizimidir.  Bu 
tizimda quyidagi jarayonlar amalga oshadi:
- kommunikatsiya tarmoqlari orqali  axborotni qayta ishlash,  uzatish 
va  tarqatishning  elektron  vositalari  (shu  jumladan,  Internet)  asosida 
davlat  boshqaruvini  axborot  kommunikatsiya  texnologiyalari  bilan 
ta’minlash;
-  davlat  hokimiyati  barcha  tarmoqlari  organlarining  barcha 
toifadagi  fuqarolarga elektron vositalar orqali xizmat ko'rsatishi;
-  davlat  organlarining  ishi  to'g'risida  fuqarolarga elektron vositalar 
orqali  xabar berish.
2014-yilga  kelib  0 ‘zbekistonda  “elektron  hukumat”ning  samarali 
unsurlarini  tashkil  etishga  doir  20  dan  ortiq  loyihalar  amalga  oshirildi. 
Ulaming ichida eng asosiylari quyidagilardan iboratdir:

O'zbekiston  Respublikasining  hukumat  portali  -   gov.uz jismoniy 
va yuridik  shaxslar,  turli  davlat organlari, tashkilotlar,  fuqarolik jamiyati 
institutlari  o'zaro  elektron-axborot  infratuzilmasi  tizimini  tashkil  etuvchi 
unsurlari  sifatida  keng  rivojlandi.  Mamlakatda  har  qanday  fuqaro  yoki 
tashkilot  vakillari  o'zlari  istagan  vaqtda  davlat  hokimiyati  faoliyatiga 
doir  to'liq  axborotlami  olishi  yoki  portal  orqali  har  qanday  darajadagi 
hokimiyat  organiga  elektron  so'rovnoma  bilan  murojaat  qila  olish 
imkoniyatiga ega bo'ldi.
Shuningdek,  mazkur hukumat  portalida mamlakatda Interfaol  davlat 
xizmatining  (1DX)  ochilishi  (reestr.uz)  davlat  boshqaruvida  axborot


texnologiyalarini  qoMlash sohasidagi  katta qadam boMdi.  IDX fuqarolar, 
tashkilotlar,  korxonalar,  nodavlat  notijorat  tashkilotlar,  mahalliy  davlat 
hokimiyati  organlari,  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  -   deyarli  barcha 
jismoniy  va  yuridik  shaxslarga  telekommunikatsiya  tarmoqlari  orqali 
axborot  tizimi  vositasida  xizmat  ko‘rsata  boshladi.  Hukumat  qarorlari 
asosida  bu  xizmatning  100  dan  ortiq  tayanch  davlat  xizmatlari 
tasdiqlandi.  Davlat  organlarida  axborot  texnologiyalaridan  hamkorlikda 
foydalanish  asosan  ichki  boshqaruv  yoki  ishlab  chiqarish  samarasini 
oshirishga qaratildi.  Bu xizmatning uchta asosiy yo‘nalishi -  tadbirkorlar 
va  investorlar  (G2B), 
davlat  organlari  (G2G) 
hamda  fuqarolar  va 
xorijliklar  (G2S) 
yo‘nalishlari  alohida  va  maxsus  dasturlar  bilan 
ta’minlandi.  Shuningdek,  xizmat  ko'rsatishning  quyidagi  turlaridan 
foydalanish tajribasi o‘matildi:
-  hammabop  axborotlami  e’lon  qilish  (tarqatish)  -  tegishli  axborot 
tizimlari,  jumladan,  Internet  orqali  davlat  axborot  resurslari  xizmatidan 
foydalanish;
-  bir  tomonlama  xatti-harakat  -   elektron  shakldagi  turli  hujjatlami 
tarmoqqa kiritish imkoniyatini berish;
-  ikki  tomonlama  axborot  almashish  -   qabul  qilish,  tahlil  (ko'rib 
chiqish) 
va  so‘rov  bo‘yicha  javob  berish  (buyurtmalar  berish, 
murojaatlar  qilish  yoki  ulami  ishlab  chiqish  natijalarini  taqdim  etish) 
kabi  muassasa xizmatlari;
-  elektron  shakldagi  toMaqonli  ma’lumotlami  amalga  oshirish, 
jumladan,  ulami taqdim etish va xizmat haqini to*lash.
Shuningdek,  bu  jarayonning  samarasini  oshirish,  jamiyatdagi 
voqeliklar  va  hodisalami  e’tiborga  olish  maqsadida,  shuningdek,  o‘zaro 
xatti-harakatlar 
imkoniyatlari 
sifatida 
“rasmiy 
veb-saytlardan 
foydalanuvchilar  fikrlarini  birlashgan  forum  maydoni  va  Forumda 
o'rganishni  ta’minlash,  forumdagi  muhokamalarga  axborot  xizmatlari 
vakillarini jalb etish” yoMga qo‘yildi.
Hukumat 
portalining 
(GOV.UZning) 
3500 
dan 
ortiq 
ishtirokchilaridan  20  dan  ortigM  ommabop  resurs  ekanligi  bilan  ajralib 
turadi,  Unda  100  dan  ortiq  mavzuga  doir  boMimlari,  10  dan  ortiq  yangi 
servis  va  xizmatlar  doimiy  ravishda  ishlab  turadi.  Keyingi  o‘n  yillikda 
Qoraqalpog*iston  Respublikasi  Jo‘qorg‘i  Kengesi,  Vazirlar  Kengashi, 
Toshkent  shahar  va  viloyatlar 
hokimliklarining  barchasi  Internet 
tarmog‘iga  ulanib,  ular uchun  maxsus  veb-saytlar ochildi.  Fuqarolaming 
bu  saytlarga  kirishlari  uchun  zarur  boMgan  imkoniyatlar  yaratildi. 
Ayniqsa,  hukumat  portalining  (GOV.UZ) 
o‘matilishi  fuqarolaming
253


markaziy  davlat  hokimiyati  organlariga  murojaat  qilishlari,  muloqotga 
kirishlari  uchun shart-sharoitlar yaratdi.
“E-Kommunal.uz”  portali  -   uy-joy  kommunal  xo‘jaligi  (UKX) 
sohasida  umumiy  axborot  infratuzilmasi  sifatida  kommunal  xizmat,  uy- 
joy  egalari  shirkati,  nazorat  organlari  va  aholining  o‘zaro  axborot 
almashishini  ta’minlab,  bu  sohadagi  boshqaruv  faoliyatini  rivojlantirish 
omili sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Bu  portalda qulay  tarzda  O'zbekiston  uy-joy  va  kommunal  xizmati, 
shuningdek,  barcha kommunal  xizmatlaming  interfaol  kalkulyatorlari  va 
ta’riflariga  doir  axborotlar joylashtirilgan  boMib,  ular  muttasil  ravishda 
yangilanib  turadi.  Har  bir  fuqaro  portalga  o'zining  rasmi,  o‘zi 
to ‘g‘risidagi 
m a’lumotlami, 
kommunal 
xo‘jaligi 
sohasidagi 
muammolami  joylashtirishi 
mumkin.  Bu  axborotlar  tegishli  organlar 
tomonidan  ko‘rib  chiqilib,  muammolami  o'rganib,  ulaming  yechimini 
topish bilan shug‘ullanishlari  uchun qulay sharoitlar yaratilgan.
Tadbirkorlik  subyektlaridan  elektron  shaklda  moliyaviy  va  boshqa 
hisobotlami  olish,  ularga doir statistik ma’lumotlami qayta ishlab chiqish 
tizimini  avtomatlashtirish  (stat.uz,  soliq.uz)  ham  yildan-yilga  rivojlanib 
bormoqda.  Unda  Davlat  soliq  qo‘mitasining sayti joylashgan  boMib,  har 
qanday 
fuqaro 
maslahatlar 
olishi 
mumkin, 
soliq 
hisobotlari, 
deklaratsiyalar  va  boshqa  soliq  tizimiga  tegishli  hujjatlami 
elektron 
shaklda yuborishi, ulaming javoblarini olishi  mumkin.
Shuningdek,  elektr energiyasi  iste'molchilari  uchun uzbekenergo.uz, 
xorijiy  fuqarolaming  viza  olishlari  uchun  mfa.uz,  litsenziyalar  uchun 
yagona  portal  license.uz  kabilaming  ochilishi,  unda  faoliyat  ko'rsatish, 
ruxsat  olishga  doir  axborotlaming  joylashtirilganligi  davlat  va  boshqa 
darajadagi 
boshqaruv  tizimlarida  byurokratiyani  kamaytirishga,  aholi 
uchun dolzarb bo‘lgan muammolami tezlik bilan aniqlab,  ularga nisbatan 
tegishli choralar ko‘rishga shart-sharoitlar yaratadi.
0 ‘zbekistonda Intemetga ulanish va uning xizmatlaridan foydalanish 
keng  koMamda  asosan  1997-yildan  boshlandi.  Dastlab  Naytov  (http: 
www.navtov.com). 
O'znet 
(http: 
www.uz.net 
yoki 
(http: 
www.eastlink.uz’) kabi  provayd-kompaniyalari  faoliyat ko'rsata boshladi,
XXI  asr  boshlaridan  0 ‘zbekistonda kompyuterlashtirish  (ayniqsa,  davlat 
muassasalari,  ta’lim  tizimi,  tijorat  tashkilotlarida),  shaxsiy  kompyuterlar 
va  zamonaviy  elektron  aloqaning  turlari  (peyjer,  uyali  aloqa)  va  optik 
tolali  liniyalar tezlik bilan rivojlana boshladi.
Xalqaro  Internet  tizimida  0 ‘zbekiston  to‘g‘risida,  mamlakatdagi 
turli  idoralar  va  muassasalar,  kompaniya  va  firmalar,  ta’lim  tizimi


(universitetlar,  ilmiy-tadqiqot  institutlari  va  boshq.),  tijorat  tashkilotlari, 
bank,  moliya,  sug'urta  tuzilmalari  va  boshqalar  to‘g‘risida  ma’lumotlar 
mavjuddir.  Maxsus  rasmiy  varaqchalarda  O'zbekiston  hukumati, 
0 ‘zbekistondagi  elchixonalar  (AQSH,  Buyuk  Britaniya,  Turkiya, 
Rossiya  va  boshq.) 
va  boshqa  ko'plab  mamlakatlar  to‘g‘risida 
ma’lumotlar  berilgan.  Ayni  vaqtda,  O'zbekistonga  tegishli  shaxsiy 
varaqchalar  ham  mavjud:  “Umid”  varaqchasi,  “0 ‘zbek  estradasi”, 
O'zbekiston  televideniyasining  “Axborot”  dasturi  (2000-yildan  boshlab) 
kabilar rivojlanib va takomillashib bormoqda.
0 ‘zbekistondagi  yirik  kutubxonalar  -   Alisher  Navoiy  nomidagi 
0 ‘zbekiston  Milliy  kutubxonasi,  0 ‘zbekiston  FA  ning  Fundamental 
kutubxonasi, 
Tibbiyot 
kutubxonasi, 
Respublika 
ilmiy-texnika 
kutubxonasi  kabilaming  barchasi  Internet  tizimiga  ulangan  bo'lib,  ular 
aholini axborotlar resurslari bilan ta’minlashda muhim rol o'ynamoqda.
O'zbekistonning  barcha  mintaqalarida  (viloyat  va  tumanlarida) 
xalqaro  Internet  tarmog'iga  ulanish  “O'zPAK”  Davlat  kompaniyasining 
xalqaro  kanallari  orqali  amalga  oshirilmoqda.  Mamlakatda  Internet 
tizimidan  foydalanuvchilar safi jadal  sur’atlar bilan  kengayib bormoqda. 
2002-yiida 
bor-yo‘g'i 
300 
mingdan 
ortiq 
Internet 
tizimidan 
foydalanuvchilar  bo'lgan  bo'lsa.  bugungi  kunda  ulaming  soni  6 
milliondan ortib ketdi.
Xususan,  nodavlat  ommaviy axborot  vositalarini  qo‘llab-quvvatlash, 
ulaming  moddiv-texnik  bazasi  va  kadrlar  salohiyatini  mustahkamlash 
maqsadida  bir  qancha jamoat  tashkilotlari  tashkil  qilindi.  O 'z  tarkibida 
100  dan  ortiq  elektron  ommaviy  axborot  vositalarini  birlashtirgan 
Nodavlat  elektron  ommaviy  axborot  vositalari  milliy  assotsiatsiyasi, 
shuningdek,  O'zbekiston  mustaqil  bosma ommaviy  axborot vositalari  va 
axborot  agentliklarini  qo'llab-quwatlash  va  rivojlantirish  jamoat  fondi 
shular jumlasidandir.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidentining  2012-yil  16- 
apreldagi  “O'zbekiston  Respublikasida  “Elektron  ta’lim”  milliy  tizimini 
yaratish”  investitsiya  loyihasini 
amalga  oshirish  chora-tadbirlari 
to‘g'risida”gi  PQ-1740-sonli  qarorini  amalga  oshirishni  ta’minlash 
maqsadida  Vazirlar  Mahkamasining  2012-yil  25-iyulda  “O'zbekiston 
Respublikasi  Oliy  va  o'rta  maxsus  ta’lim  vazirligi  huzurida  ta’lim 
muassasalarida  elektron  ta’limni  joriy  etish  markazini  tashkil  etish 
to'g'risida”gi 228-sonli qarori qabul qilindi.
Bu  qaror  o 'z   vaqtida  va  sifatli  amalga  oshirilishini  ta’minlash, 
shuningdek  oliy  va  o'rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalarida


yuqori  texnologik  darajada o ‘quv jarayonini tashkil  etish  uchun  elektron 
o ‘quv-metodik  va  axborot-kutubxona  resurslari,  axborot  tizimlari 
shakllantirilishini  ta’minlovchi  yagona  organni  tashkil  qilishga qaratildi. 
Mazkur qarorga muvofiq 0 ‘zbekiston  Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus 
ta’lim  vazirligi 
hamda  O'zbekiston  aloqa  va  axborotlashtirish 
agentligining  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o'rta  maxsus  ta’lim 
vazirligi  huzurida  Ta’lim  muassasalarida  elektron  ta’limni  joriy  etish 
markazini tashkil etish to'G'risidagi taklifi qabul qilindi.
O'zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidentining  2013-yil  27- 
iyunda  qabul  qilgan  “O'zbekiston  Respublikasining  Milliy  axborot- 
kommunikatsiya 
tizimini 
yanada 
rivojlantirish 
chora-tadbirlari 
to'g'risida”gi  qarori  bilan  tasdiqlangan  2013-2020-yillarda  O'zbekiston 
Respublikasi  telekommunikatsiya  texnologiyalari,  tarmoqlari  va  aloqa 
infratuzilmasini rivojlantirish dasturining qabul qilinishi mamlakatimizda 
axborot  resurslari,  tizimlari  va  tarmoqlarini  yanada jadal  rivojlantirishga 
shart-sharoitlar yaratdi.
Hozirgi  umumjahon  axborot  globallashuvi  jarayonlari  axborot- 
kommunikatsiya  texnologiyalarini 
nafaqat  davlat  boshqaruvi 
va 
iqtisodiyoti,  balki  axborot  tizimlari  xavfsizligini  ta’minlashda  ham  keng 
qo'llashni  taqozo  etmoqda.  O'zbekiston  axborot  va  kommunikatsiya 
texnologiyalari  sohasidagi  xalqaro  xavfsizlik tizimiga Markaziy  Osiyoda 
birinchilardan  bo'lib  qo'shildi.  Mamlakat  Prezidentining  2005-yil  5- 
sentabrda  qabul  qilingan  “Milliy  axborot-kommunikatsiya  tizimlarining 
kompyuter  xavfsizligini  ta’minlash  borasidagi  qo'shimcha  chora- 
tadbirlar  to'g'risida”gi  qaroriga  binoan  “Uzinfocom”  kompyuter  va 
axborot  texnologiyalarini  rivojlantirish  hamda  joriy  etish  markazi 
huzurida  “UZ-CERT”  kompyuter  hodisalariga  chora  ko‘rish  xizmati 
tashkil  qilindi.  Bu  xizmat  asosida  Aloqa,  axborotlashtirish  va 
telekommunikatsiya  texnologiyalari  davlat  qo'mitasi  huzurida  Axborot 
xavfsizligini ta’minlash markazi tuzildi.
Bu  markazning  asosiy  maqsadi  “Elektron  hukumat”  tizimi 
m a’lumotlar  bazasi,  resurslari  va  axborot  tizimlari  kompleksining 
axborot  xavfsizligini  ta’minlash,  davlat  organlarining  tegishli  resurs  va 
tizimlarining  axborot  xavfsizligi  siyosatini  ishlab  chiqish  va  amalga 
oshirishga ko'maklashishdan iboratdir.
Markaz  axborot  xavfsizligining  zamonaviy  tahdidlari  haqida 
m a’lumotlar  to'plash  va  tahlil  qilish,  “Elektron  hukumat”  tizimi 
m a’lumotlar  bazasi,  resurslari  va  axborot  tizimlari  kompleksiga 
noqonuniy kirishga oid harakatlaming  oldini  olishga qaratilgan tashkiliy
256


va  dasturiy-texnik  qarorlar  qabul  qilish  bo'yicha  taklif  va  tavsiyalar 
ishlab  chiqish  faoliyati  bilan  shug'ullanadi.  “Elektron  hukumat” 
tizimining  axborot  xavfsizligini  ta’minlash  sohasidagi  me’yoriy-huquqiy 
bazani,  shuningdek,  milliy  internet segmentini takomillashtirish  borasida 
takliflar ishlab chiqish ham markaz faoliyati yo‘nalishlaridan biridir.
Mamlakatda  “Elektron  hukumat”  tizimini  rivojlantirish  markazi  va 
Axborot  xavfsizligini  ta’minlash  markazining  tashkil  etilishi  hamda 
ulaming 
o‘zaro 
hamkorligi 
0 ‘zbekistonda 
milliy 
axborot- 
kommunikatsiya tizimini rivojlantirishning muhim bosqichi  bo‘ldi.
2014-yilga  kelib  esa  mamlakatda  1400  ommaviy  axborot  vositasi 
faoliyat  ko‘rsata  boshlagan  bo'lsa,  2018-yilga  kelib  ulaming  soni  1500 
taga  etdi.  Ulaming  62  foizi  nodavlat  ommaviy  axborot  vositalaridir. 
Hozirgi 
davrga 
kelib 
mamlakat 
ommaviy 
axborot 
vositalari 
mamlakatimiz  hamda  dunyoda  ro‘y  berayotgan  voqea-hodisalami  keng 
yorita  boshladi,  aholi  tafakkurini  shakllantirish,  huquqiy  ongi  va 
madaniyat 
darajasini 
yuksaltirishda 
bevosita 
ishtirok 
etmoqda. 
Shuningdek,  ular  fikrlar  xilma-xilligini  ta’minlashga  ko‘maklashmoqda. 
Bu  esa  mamlakatimizni  demokratlashtirish  va jahon  axborot  makoniga 
integratsiyalashtirish sharoitida nihoyatda muhimdir.
Shuningdek,  0 ‘zbekiston  mustaqil  bosma  ommaviy  axborot 
vositalari  va  axborot  agentliklarini  qo‘llab  quwatlash  va  rivojlantirish 
jamoat  fondi  tashkil  etilganidan  buyon  o‘tgan  vaqt  davomida 
mamlakatimizda  ommaviy  axborot  vositalari  faoliyatini  rag'batlantirish 
bo‘yicha  yuzlab  loyiha  ishlab  chiqilib,  amalga  oshirildi.  Bu  borada  900 
dan  ziyod  bosma  va  veb-nashrlar  tahririyatlari  hamda  4  ta  axborot 
agentligi  bilan  faol  hamkorlik  yo‘lga  qo‘yildi.  Ommaviy  axborot 
vositalari  moddiy-texnik  bazasini  mustahkamlash,  mamlakatimizni 
demokratlashtirish  va  modemizatsiya  qilish jarayonlarini  yoritishda  ular 
ishtirokini  faollashtirish  uchun  fond  tomonidan  yuzdan  ortiq  bosma  va 
intemet-nashrlarga grantlar ajratildi.
0 ‘zbekistonda  internet  jumalistikasining  jadal  rivojlanayotgani 
zamon  talabi  bo‘lib,  bu  yurtimizda  global  tarmoq  ham  shiddat  bilan 
taraqqiy etib borayotganidan dalolatdir.  Agar 2010-yilda milliy domenda 
10  ming veb-sayt  ro‘yxatga olingan  bo‘lsa,  hozirgi  davrda  ulaming  soni 
ikki  barobardan  ko‘proqqa  oshdi.  Provayderlami  texnik  jihozlashni 
bosqichma-bosqich  modemizatsiya  qilish,  internet  trafikni  kuchaytirish 
va  hajmini  oshirish  inobatga  olingan  holda,  aholining  global  tarmoqdan 
foydalanish sharoitlari taboro takomillashib bormoqda.



Download 11,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish