192
turlarga ajratish mumkin:
1) subyektlaming maqomiga ko‘ra:
a) hokimiyat organlaridagi korrupsiya;
b) xususiy sektordagi korrupsiya;
c) siyosatdagi korrupsiya yoki siyosiy korrupsiya;
2)darajasiga ko'ra:
a) quyi darajadagi korrupsiya;
b) yuqori darajadagi korrupsiya;
c) vertikal korrupsiya;
3 )ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra:
a) korrupsiya-qilmish;
b) korrupsiya-jinoyat.
Korrupsiyaning ko‘rsatilgan turlarini quyida mufassalroq ko'rib
chiqishga harakat qilamiz. Hokimiyat (ijroiya, vakillik va sud)
organlaridagi korrupsiya hozirgi vaqtda jahonning deyarli barcha
mamlakatlari, shu jumladan, О zbekistonda ham muhim muammolardan
biri hisoblanadi. Bu turdagi korrupsiya jinoyatlarining o‘ziga xos
xususiyati shundan iboratki, ulami o‘zlari qonunga rioya etishlari va uni
muhofaza qilishlari lozim boMgan kishilar sodir etadi. Aksariyat
mamlakatlarda bu jinoyatlar keng tarqalganligi, davlat apparati xodimlari
korrupsiya domiga ilinganligi mazkur mamlakatlaming qonunchilarini
poraxo'rlik, mansab mavqeini suiste’mol qilish va boshqa xavfli
mansabdorlik jinoyatlariga qarshi qat’iy choralar ko‘rishga va, aksincha,
mansabdorlaming uncha xavfli bo'lmagan va ko'proq darajada tarqalgan
jinoyatlariga jiddiy e’tibor bermaslik (masalan,
uncha qimmat
turmaydigan sovg'a olish jinoyat hisoblanmaydi) holatlari uchrab turibdi.
Hozirgi davrda nodavlat tashkilotlar yoki xususiy sektordagi
korrupsiya ancha keng tarqaldi. Tashkilot (tijorat yoki jamoat tashkiloti)
rahbari uning nizomda belgilangan vakolatlariga qat’iy rioya etishi lozim.
Lekin u davlat mansabdori kabi o'ziga qarashli bo'lmagan resurslami o 'z
shaxsiy manfaatlari yoki boshqa ikkinchi tomon foydasiga o'tkazishi
yoki tasarruf etishi, tashkilot manfaatlariga zid bo'lgan harakatlami sodir
etish imkoniyatlariga ega. Bunga kundalik hayotdan misollar keltirish
mumkin: turli tijorat banklarida maqsadi bankdan mablag' olish va
so'ngra tezlik bilan g'oyib bo'lishga asoslangan turli loyihalarga pora
evaziga kreditlar ajratilishi; turli mulk shakliga mansub bo'lgan
korxonalarda davlat va korxonalaming zarar ko'rishiga olib keladigan
moddiy boyliklami (vino-aroq yoki neft-kimyo mahsulotlari va sh.k.)
pora evaziga arzon narxlarda olish imkoniyatlarining mavjudligi.
193
Ayrim tadqiqotchilar siyosiy korrupsiyani alohida tadqiq etib, uni
korrupsiyaviy jinoyatlaming alohida turi sifatida ajratib ko'rsatadi. Ular
asosan korrupsiyaning uchta asosiy shaklini keltiradi:
1) siyosiy: mansabdor shaxs yuzaga kelgan qarindosh-urug‘chilik
munosabatlari tufayli qonunga zid harakat qiladi;
2) jinoyat faoliyati bilan bogMiq bo‘lib, mansabdor shaxslami sotib
olishga asoslangan. Ular esa mukofot puli olish evaziga g'ayriqonuniy
xizmatlar ko'rsatadi;
3) taraflardan biri o ‘ziga eng qulay tartib vujudga keltirish uchun
jinoyatga mansabdor shaxslaming tegishli toifalarini izchillik bilan jalb
etishni nazarda tutadi. Korrupsiyaning bu shakli uyushgan jinoyatchilik
bilan mustahkam bog‘langan boMib, mansabdor shaxslarga nisbatan
sotib olish, provakatsiya qilish va tahdid solishni anglatadi.
Siyosiy korrupsiyaning, ayniqsa ko‘p uchraydigan shakllari - bu
pora olish va pora berish hisoblanadi. Bu holat saylovlarda nomzodlar
o‘z huquqini qing‘ir yoMlar bilan amalga oshirish maqsadida siyosat
subyektlarini pora evaziga og‘dirib olishga urinadi. Faoliyat ko'rsatish
darajalariga binoan korrupsiya quyi darajadagi, yuqori darajadagi va
vertikal jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi.
Quyi darajadagi korrupsiya hokimiyat va boshqaruv organlarining
o ‘rta va quyi darajalarida keng tarqaladi, mansabdorlar va fuqarolaming
muntazam o‘zaro aloqalari bilan bog‘liqdir (masalan, ro'yxatdan
o ‘tkazish, jarimalardan qutilish, litsenziyalar hamda turli ruxsatnomalar
olish va sh.k.).
Yuqori
darajadagi
korrupsiya yuqori
hokimiyat organlarida
ishlaydigan siyosatchilar, oliy martabali mansabdorlami o‘ziga qamrab
oladi va juda katta boyliklar evaziga o‘z foydasiga qarorlar qabul qilish
bilan bog‘liqdir (qonunlami ilgari surish va qabul qilish, davlat
buyurtmalari, mulk shakllarini o‘zgartirish va sh.k.). Aksariyat hollarda
korrupsiyaviy bitimdan manfaatdor boMgan ikkala tomon ayni bir davlat
hokimiyati organida ishlashi mumkin. Masalan, quyi turuvchi davlat
organining mansabdori o‘zidan yuqorida turuvchi boshliqqa o‘zining
korrupsiyaviy harakatlariga homiylik qilishi yoki qo'shimcha mablagMar,
resurslar, vakolatlar ajratishi uchun pora beradi.
Korrupsiyaning pora olish va xizmat mavqeini suiste’mol qilish kabi
odatdagi shakllaridan tashqari, yana uning quyidagi amalda namoyon
boMishi shakllarini bir-birlaridan farqlash mumkin:
-
mansabdor shaxslar, davlat xizmati xodimlari, deputatlar tijorat
faoliyatida shaxsiy yoki korporativ naf ko‘rish uchun bevosita ishtirok
etishi; davlat pul mablag‘larini o‘zlashtirish niyatida tijorat tuzilmalariga
o‘tkazish uchun o‘z xizmat mavqeidan foydalanish;
- o‘z korporativ (siyosiy, diniy, milliy va sh.k.) guruhiga davlat
resurslari hisobidan imtiyozlar berish; shaxsiy yoki korporativ naf ko'rish
maqsadida ommaviy axborot vositalariga tazyiq o‘tkazish uchun o ‘z
xizmat mavqeidan foydalanish;
- mansabdor shaxslar va davlat xizmati xodimlari shaxsiy boyish
maqsadida tijorat tuzilmalarida soxta shaxslardan va qarindoshlaridan
foydalanishi; shaxsiy yoki korporativ naf ko'rish maqsadida axborotni
manipulyatsiya qilish (buzib ko'rsatish, bermaslik, berish muddatlarini
cho‘zish va sh.k.) uchun xizmat mavqeidan foydalanish;
- tor guruhiy manfaatlarda normativ hujjatlar qabul qilish haqidagi
qarorlami ilgari surish; ayrim nomzodlaming saylov fondlariga davlat
moliyaviy va moddiy resurslarini taqdim etish.
AQSHda korrupsiyaning “kikbeking” degan shakli ancha keng
tarqalgan. Uning sxemasi juda sodda: jinoiy til biriktirish ishtirokchilari
muayyan narxlarda bitim tuzishga og‘zaki kelishadilar, rasmiy bitimni
esa balandroq narxlarda imzolaydi. Tafovutning bir qismi bitimga ruxsat
bergan mansabdor shaxslarga topshiriladi, ya’ni yashirin tarzda pora
beriladi. Pora olishning bu kabi shakli so'nggi yillarda 0 ‘zbekistonda
ham uchrab turibdi.
Korrupsiya jinoyati nafaqat xufyona, balki korrupsiyaga doir
munosabatlarga kirishgan tomonlaming o'zaro kelishuviga binoan ochiq
tarzda ham sodir etilishi mumkin. Aksariyat hollarda u tegishli hokimiyat
organlariga shikoyat berilishiga sabab boMmaydi, chunki g‘ayriqonuniy
kelishuvdan har ikkala tomon ham naf ko'radi. Hattoki, jabrlanuvchilar
pora so‘ragan mansabdorlar ustidan ham kamdan-kam holda shikoyat
qiladi. Chunki odamlar korrupsiyaga qarshi kurash jarayonining samara
berishiga unchalik ishonmaydi. Bu holatga doir milliy va xorijiy tajriba
bilan bog‘liq boMgan muayyan obyektiv va subyektiv sabablar
mavjuddir. Korrupsiya harakatlari odatda davlat faoliyatining mutaxassis
boMmagan kishilar tushunishi ancha qiyin boMgan o‘ziga xos turlarida
namoyon boMadi. Shuning uchun ham korrupsiya o‘ta moslashuvchan
jinoyatdir. U vaziyatga qarab tinimsiz o'zgarib turadi va takomillashib
boradi. Shu bois bu hodisa haqida toMiq, mukammal yoki hech boMmasa
qandaydir uzuq-yuluq m a’lumotlar olish ham qiyin masalalardan biri
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |