T. N. Xojiyev 0 ‘zMUo'qituvchisi


  “O ‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish  bo‘yicha



Download 11,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/236
Sana30.12.2021
Hajmi11,46 Mb.
#98176
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   236
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati A. O`tamurodov 2018

3. 
“O ‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish  bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi” -  fuqarolik jamiyatini qurish dasturulamali
O'zbekiston  XXI  asming  ikkinchi  o‘n  yilligi  oxiri  -   2017-yildan 
boshlab  tub  o'zgarishlar  va  islohotlaming  yangi  modemizatsiyalashish 
davriga  kirdi.  Prezident  Sh.M.Mirziyoyevning  tashabbusi  bilan  ishlab 
chiqilgan,  Prezident  farmoni  bilan  2017-yil  7-fevralda  tasdiqlangan 
“2017-2021-yillardagi  rivojlanish  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasi” 
mamlakatda yangi,  rivojlangan  davlatlarga  xos  boMgan  rivojlanish  davri
-   tub  burilish  davrini  boshlab  berdi.  Jamiyatning  barcha  sohalarini 
modemizatsiyalashga  qaratilgan  mazkur  dasturulamal  5  ta  yo‘nalishdan 
iborat  boMib,  ularda  respublikamizda,  alohida  olingan  hududlar,  turli 
tarmoqlar  hamda  yo‘nalishlar  bo'yicha  yaqin  besh  yil  ichida 
modemizatsiyalash  maqsadlari  mujassamlashgan.  Unda  qisqa  muddat 
ichida  rivojlangan  davlatlarga  xos  boMgan  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy 
madaniy,  ilmiy-texnikaviy, texnologik,  investitsiyaviy,  umuman olganda, 
jamiyatning  barcha  jabhalarini  modemizatsiyalash  maqsadlari  va  “yoM 
xaritasi”  ifodalangan.  “Harakatlar  strategiyasi”da  ko‘zda  tutilgan 
strategik  maqsad  va  vazifalami  amalga  oshirishning  puxta,  real, 
imkoniyatlarini  yaratish,  rejalami  amaliy  hayotda  amalga  oshirish


mexanizmlarini  ishlab  chiqishga  ham  muhim  e’tibor  qaratilmoqda.  Bu 
sohada  muhtaram  Prezident  Sh.M.Mirziyoyevning  qisqa  davr  ichida 
olamshumul  ahamiyatga molik  islohotlami  amalga oshirganligi  diqqatga 
sazovordir.
Birinchidan,  Prezident  Sh.M.Mirziyoyev  o'z  farmon  va  qarorlarida 
Harakatlar strategiyasida mo'ljallangan  maqsadlami  amalga oshirishning 
aniq  vaqt  mexanizmlarini  ishlab  chiqdi.  Ayniqsa,  2018-yilga  “Faol 
tadbirkorlik,  innovatsion  g'oyalar va texnologiyalami  qo'llab-quwatlash 
yili”  deb  nom  berilishi  munosabati  bilan  qabul  qilingan  davlat  dasturida 
Harakatlar  strategiyasini  amalga  oshirishning  asosiy  shart-sharoitlari 
belgilab berildi.
Prezident 
Sh.M.Mirziyoyev 
o‘zining 
Oliy 
Majlisga 
Murojaatnomasida  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  va  bu  sohadagi 
muammolar  to‘g‘risida  quyidagi  masalalami  hal  etishni  ilgari  surdi: 
‘Erkin  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etish,  inson  huquq  va  erkinliklarini 
himoya  qilish  borasida  amalga  oshirayotgan  islohotlarimizda  nodavlat 
notijorat tashkilotlarining  o‘mi  va  roll  beqiyos  ekanini  alohida  ta’kidlash 
joiz. Hozirgi  kunda  yurtimizda  9  mingdan  ortiq  nodavlat  notijorat 
tashkiloti  mavjud,  29  ta  xalqaro  va  xorijiy  nohukumat  tashkilotlarining 
filial  va  vakolatxonalari  faoliyat  yuritmoqda...  Nodavlat  notijorat 
tashkilotlari  faoliyatini  takomillashtirish,  ulami  qo‘llab-quvvatlashga 
qaratilgan  alohida  Garmon  va  qarorlar  qabul  qilindi.  Ammo  ana  shunday 
muhim  sa’y-harakatlarga  qaramasdan,  aholining  muammolarini  tizimli 
o‘rganish,  ulami  aniq  hal  etish,  ayniqsa,  ijtimoiy  sharoiti  og‘ir  ayollami 
qo'llab-quwatlash,  yoshlar  va  xotin-qizlar  o‘rtasida  huquqbuzarlik  va 
jinoyatchilikning  oldini  olish,  ulami  ish  bilan  ta’minlash  masalalarida  bu 
tashkilotlaming  ishtiroki  yetarli  darajada sezilmayapti.  Ular faqat nomiga 
yig‘ilishlar  o‘tkazish  bilan  mashg'ul  bo'lib  qolmoqda.  Nodavlat  notijorat 
tashkilotlari  bugun  aytilgan  tanqidiy  gaplardan  xulosa  chiqarib,  o'z 
faoliyatida burilish yasaydi, deb ishonamiz”.
Hozirgi  O'zbekistonda  boshlangan  modemizatsiya  jarayonlarining 
milliy  jihatlari  nuqtayi  nazaridan  umumjahon  tajribasiga  murojaat 
qilishga zarurat seziladi.  Masalan,  Malayziya davlatida amalga oshirilgan 
modemizatsiyaning  birinchi  bosqichi  -   bu  Malayziya  taraqqiyot 
modelining  nazariy  jihatdan  shakllantirish  bilan  bog'liqdir.  Unda 
Malayziya  davlati  amalga  oshiradigan  modemizatsiyani  nazariy  va 
amaliy  dasturiy  maqsadlarini  shakllantirishda  hukumat  tomonidan  qabul 
qilingan  rivojlanish  dasturlarining  o'm i  beqiyos  bo'ldi.  Ayniqsa,  to'rtta 
besh  yillik  rejalami  o'ziga  qamrab  olgan  “Yangi  iqtisodiy  siyosat”


dasturi  muhim  ahamiyat  kasb  etdi.  Bundan  tashqari  Xitoydagi 
modemizatsiyaning  asoschisi  Den  Syaopinning  3  bosqichli  rivojlanish 
strategiyasiga muvofiq  2050-yil  oxiriga qadar Xitoy  o‘rtacha rivojlangan 
mamlakatlar  qatoriga  qo'shilishi  ko‘zda  tutilgan.  Ammo  0 ‘zbekiston 
Respublikasida  qabul  qilingan  Harakatlar  strategiyasi  umumjahon 
amaliyotida  sinab  ko‘rilgan  bu  kabi  taraqqiyot  dasturlarida  nazarda 
tutilgan  maqsadlari,  amalga  oshirish  muddati  kabi  jihatlari,  qo‘llash 
mexanizmlari  bilan  ulardan  farq  qiladi:  birinchidan,  ko'zda  tutilgan 
maqsadlami amalga oshirish bilan bog‘liq vaqt omilining aniq va ravshan 
tarzda  qo'yilishi,  ikkinchidan,  bu  maqsadlami  ro‘yobga  chiqarish 
imkoniyatlari  huquqiy  va  iqtisodiy  asoslarining  oldindan  yaratilishi, 
modemizatsiya  jarayonini  moliyalashtirish  manbalarining  belgilanishi, 
mamlakatdagi  milliy  shart-sharoitlami  e’tiborga  olinishi  va  hokazo. 
Shuningdek,  “Harakatlar  strategiyasi”  asosida  amalga  oshiriladigan 
modemizatsiya  muddatining  nisbatan  qisqa  -   besh  yil  ichida  amalga 
oshirish  loyihasini  barcha  darajadagi  ekpertizalardan  o ‘tganligi,  undagi 
ko‘rsatkichlami  mamlakat  salohiyatiga  monandligi  kabi  jihatlari  bilan 
xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilmoqda.
Mamlakatni  modemizatsiyalashga  oid  davlat  dasturlarida  ko‘zda 
tutilgan 
maqsadlami 
amalga 
oshirishda 
mamlakatning 
ichki 
imkoniyatlari,  shu  bilan  birga,  xalqaro  maydonda  ro‘y  berayotgan 
ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  va  madaniy  jarayonlar  ham  hisobga  olindi. 
Hozirgi  davrda  xalqaro  munosabatlaming  barqaror,  tez  o ‘zgaruvchan, 
yaxshi  muvozanatlashmagan  xususiyatlar  kasb  etib  borayotganligi 
hisobga  olingan  holda 
“Harakatlar  strategiyasi”  qisqa  muddatli 
taraqqiyot  dasturi  sifatida  qabul  qilinishi  uning  istiqbolli  va  samarali 
strategik maqsad ekanligini  ifodalaydi.
Shuningdek,  Harakatlar  strategiyasida  ko‘zda  tutilgan  beshta 
yo‘nalish  respublikamizning  barcha  hududlari,  jamiyatning  barcha 
jabhalari  va  sohalarida  amalga  oshiriladigan  o'zgarishlami  nazarda 
tutganligi  bilan  ajralib  turadi.  Lekin  xalqaro  tajribalarda  bu  kabi 
modemizatsiyalash  nazariyasi  va  amaliyoti  modellari  uchramaydi. 
Yevropa  davlatlari  va  AQSHdagi  modemizatsiyalash  jarayonlari  bir 
necha  o ‘n  yilliklarda  amalga  oshirilgan.  Masalan,  hozirgi  davrda 
Xitoyning 
aksariyat 
shaharlari 
birlamchi 
modemizatsiyalashning 
bosqichini  o ‘z  boshidan  kechirayotgan  b o isa,  yana  boshqalari  uning 
ikkinchi  bosqichini  amalga oshirmoqda.  Xitoy  modemizatsiya  modelida 
ulkan  sonli  aholining  milliy  manfaatlari  inobatga olingan  bo‘lib,  u  hozir 
o ‘zining  murakkab  va  majmuaviy  xususiyatlari  bilan  boshqa rivojlangan
182


mamlakatlardan 
ajralib 
turadi. 
Boshqacha 
aytganda, 
Xitoydagi 
modemizatsiya  1978-yilda  boshlangan  bo'lib,  u  jamiyat  sohalarining 
yoki  mintaqalaming 
barchasini  o‘ziga  qamrab  olmagan,  balki, 
islohotlami 
birin-ketinlik 
qoidasi 
asosida 
amalga 
oshirmoqda. 
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev esa aholining davlatdan roziligi  va unga 
ishonchi  masalasiga alohida urg‘u bermoqdalar.
Umuman,  yana  boshqa  turli  davlatlarga  qiyoslagan  holda  aytish 
mumkinki, 
“Harakatlar 
strategiyasi”ni 
amalga 
oshirishda 
majmuaviylikka  ustuvorlik  berilgan.  Unda  respublikamizning  barcha 
hududlari,  jamiyat  ijtimoiy  hayotining  deyarli  barcha  sohalari  va 
tarmoqlari  qamrab  olingan.  Albatta,  bu  holat  bizning  rivojlanish 
yo'limizni  o‘ziga  xosligi,  xalqchilligi,  betakrorligi,  insonga  va  uning 
farovonligiga  qaratilganligi,  amalda  qo‘lga  kiritilgan  innovatsiyaviy  va 
investitsiyaviy  salohiyatlarga  tayanishi  kabi  xususiyatlari  bilan  e’tirof 
etilmoqda.
Mamlakatda  amalga  oshirilayotgan  keng  qamrovli  o ‘zgarishlar  va 
islohotlar,  aniqrog'i  -   modemizatsiyaning  yangi  bosqichi  aholi 
dunyoqarashini  ham  tubdan  yangilashga  qaratilgan.  Qisqa  vaqt  ichida 
aholining  huquqiy  ongi  va  madaniyatini  oshirish  maqsadida  axborot 
texnologiyalari  va  nodavlat  notijorat  tashkilotlar,  o‘zini  o‘zi  boshqarish 
organlarini 
faollashtirishga, 
ulami 
bevosita 
modemizatsiyalash 
jarayonlarida  ishtirok  etishini  rag‘batlantiradigan qonunlar,  farmonlar va 
hukumat qarorlari qabul qilindi.
“Harakatlar  strategiyasi”  loyihasining  bir  necha  oy  aholi  va  keng 
jamoatchilik tomonidan muhokama qilinishi, uni shakllantirishda olimlar, 
tadbirkorlar,  fermerlar,  aholi  vakillarining taklif va tavsiyalarini  inobatga 
olinishi, 
ulami 
mehnat  jamoalarida  keng 
muhokama 
qilinishi 
xalqimizning huquqiy va siyosiy ongini oshirishda muhim ahamiyat kasb 
etdi.  Bu chora-tadbirlar o 'z  o'm ida loyihaning aholining real  manfaatlari 
va  ehtiyojlarini  hisobga  olgan  holda  takomillashtirishga  imkon  yaratdi. 
Boshqacha 
aytganda, 
respublikamizda 
amalga 
oshirilayotgan 
modemizatsiya jarayoni  nafaqat xorijiy tajribalar,  balki  milliy  an’analar, 
o 'z yechimini  kutayotgan  muammolar,  isloh qilinishi  zaruratga aylangan 
sohalar  ehtiyojlar  asosida  shakllangan  “Harakatlar  strategiyasi”da  o 'z 
ifodasini  topdi.  “Harakatlar  strategiyasi”  loyihasi  televideniya,  radio  va 
Internet  tarmoqlarida  “xalq  ekspertizasi”dan  va  xalq  muhokamasidan 
o'tdi. 
Internet 
tarmog'idagi
“www.strategy.regulation.gov.uz/uz/document/2”  sayti,  boshqa  ijtimoiy 
tarmoqlari  va  Prezidentning  virtual  qabulxonasining  “www.pm.gov.uz”
Ift3


sayti  mamlakatda  jamoatchilik  fikrini  o'rganishning  muhim  vositasi 
vazifasini bajardi.
Hozirgi  davrda  “Harakatlar  strategiyasi”ni  amalga  oshirish  unda 
ko‘zda  tutilgan  vazifalarni  bajarish  maqsadida  qabul  qilinayotgan 
qonunlar,  Prezident  farmonlari,  qarorlari,  hukumat  qarorlari,  ulami 
amalga  oshirish  natijalari  jamiyatning  barcha  sohalarini  rivojlanishiga 
ijobiy  ta’sir  qilmoqda.  Bu  holat  “Harakatlar  strategiya”dagi  vazifalarni 
bosqichma-bosqich  amalga  oshirilayotganligini  anglatadi.  Bu jarayonda 
Prezidentning virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari islohotlar uchun 
zarur  boMgan  muhim  ishlami  amalga  oshirmoqda.  Zero,  ularga  kelib 
tushayotgan 
murojaat, 
ariza 
va 
takliflami 
o'rganish 
asosida 
muammolarni  hal  etish,  rivojlanishga  shart-sharoitlar  yaratish  ishlari 
bajarilmoqda.
Ko'rinib 
turibdiki, 
mamlakatda 
amalga 
oshirilayotgan 
modemizatsiya  jarayoni  ustidan  ham  axborot  texnologiyalari,  ham 
xalqimizning  murojaatlari  vositasida  monitoring  nazorati  amalga 
oshirilmoqda.  Shu  bilan  birga,  xalqimiz  va  davlat  organlari  tomonidan 
islohotlar jarayonining barcha tafsilotlari  va tarmoqlarini  chuqur nazorat 
qilish o‘z-o  zidan fuqarolaming huquqiy va siyosiy madaniyatini oshirish 
omili sifatida namoyon boMmoqda.
“Harakatlar  strategiyasi”da  moMjallangan  maqsad  va  vazifalarni 
amalga oshirish jarayonlarini  monitoring qilish,  har bir yilda  muhim  bir 
sohani  rivojlantirishning  davlat  dasturining  qabul  qilinishi  va  amalga 
oshirilishi  tabiiy  ravishda  bu jarayonni  muvofiqlashtirishni  va tahlil  etib 
borishni  taqozo  etadi.  Bu  maqsad  tahliliy  markazlami  tashkil  etish 
zaruratini  qo‘yadi.  Xalqaro tajribaga e’tibor  qaratsak,  bu  sohadagi  yangi 
o'zgarishlar 
manzaralarini 
ko‘ramiz. 
Jumladan, 
Xitoy 
Fanlar 
akademiyasi qoshida “Modemizatsiya tadqiqotlari  markazi” faoliyat olib 
boradi.  Mazkur tadqiqoq  markazi  modemizatsiya jarayonlari  monitoring 
nazorati 
tahlilini 
amalga 
oshirish, 
ulami 
e’lon 
qilish 
va 
modemizatsiyaning  istiqbollarini  belgilovchi  strategik  dasturlar  ishlab 
chiqish  bilan  shug‘ullanadi.  Bu  kabi  markazlar  barcha  rivojlangan 
mamlakatlarda mavjud.  0 ‘zbekistonda 2017-yil  23-fevralda “Taraqqiyot 
strategiyasi”  markazi  tashkil  qilindi.  Uning  asosiy  vazifalari  etib, 
quyidagilar belgilab qo‘yildi:
-o ‘z  zimmasiga  yuklatilgan  vazifalar  doirasida  vazirliklar,  idoralar, 
banklar va boshqa tashkilotlardan zarur normativ,  statistik hamda tahliliy 
axborotni so‘rash va bepul olish;
-komissiyalar  tomonidan  tashkil  etiladigan  ekspert  guruhlariga
184


Dasturda  nazarda  tutilgan  hujjatlar  loyihalarini  ishlab  chiqish  bo‘yicha 
tavsiyalar berish;
-davlat  boshqaruvi  organlari,  idoralar,  banklar  mutaxassislarini, 
ilmiy 
tadqiqot 
va 
oliy 
ta’lim 
muassasalarining 
olimlari 
va 
o'qituvchilarini,  mustaqil ekspertlami,  shu jumladan, xorijiy davlatlardan 
ekspertlar sifatida shartnoma asosida jalb qilish;
-Harakatlar  strategiyasini  amalga  oshirishga  doir  chora-tadbirlami 
ishlab  chiqish  uchun  taklif etilgan  milliy  va xorijiy  ekspertlar  faoliyatini 
muvofiqlashtirib borish huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yilsin.
Ko'rinib  turibdiki,  mazkur  markaz  keng jamoatchilikni  o‘ziga jalb 
etgani  holda  “Harakatlar  strategiyasi”ning  amalga  oshirish  jarayonlari 
ustidan  monitoring  nazoratini  amalga  oshiradi,  uni  takomillashtirish  va 
real voqelikka moslashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqadi.
Umuman  olganda,  hozirgi  davrga  kelib  “Harakatlar  strategiyasi” 
jahonga  taraqqiyotning  milliy  modeli  sifatida  tanildi  va  xalqaro 
tashkilotlar 
tomonidan 
e’tirof 
etildi. 
Jahon 
tajribasida 
turli 
modemizatsiyaga  oid  nazariyalar  va  modellarga  oid  tadqiqotlar  va 
adabiyotlarda  biron-bir  mamlakatda  amalga  oshirilgan  modemizatsiya 
jamiyatning barcha sohalarini  o‘ziga qamrab  olgan,  qisqa muddat  ichida 
o‘zining  samarasini  beradigan  rivojlanish  modeli  kamdan-kam  hollarda 
uchraydi.  Shu jihatdan  yondashganda,  0 ‘zbekiston  ikki  yildan  ortiqroq 
davr  ichida  davlat  boshqaruvini  nomarkazlashtirish,  iqtisodiyotni 
liberallashtrish,  mulkdorlar  ijtimoiy  qatlami  uchun  qulay  huquqiy  va 
moliyaviy  shart-sharoitlar  yaratish,  innovatsiyalar  va  investitsiyalami 
mamlakatga  kirib  kelishini  raG‘batlantiradigan,  rivojlangan  davlat  va 
xalqaro tashkilotlar tomonidan  qisqa muddat  ichida e’tirof etilgan davlat 
sifatida  o‘zini  namoyon  qila  boshladi.  Albatta,  bu  holat  davlatimizni 
fuqarolik jamiyati  sari jadallik bilan intilayotganligini anglatadi.

Download 11,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish