T. N. Xojiyev 0 ‘zMUo'qituvchisi


 Taraqqiyotning “0 ‘zbek modeli” yaratilishining siyosiy-



Download 11,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/236
Sana30.12.2021
Hajmi11,46 Mb.
#98176
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   236
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati A. O`tamurodov 2018

1. Taraqqiyotning “0 ‘zbek modeli” yaratilishining siyosiy- 
ijtimoiy asoslari va konseptual zaminlari
O'zbekiston 
1991-yil 
31-avgustda  o‘z  mustaqilligini  qo'lga 
kiritganidan  keyin  uning  rivojlanishi  uchun  keng  imkoniyatlar  va  shart- 
sharoitlar paydo  bo'ldi.  Milliy mustaqillik xalqimizni  mustabidlik zulmi, 
siyosiy  mutelik  va  qaramlikdan  ozod  qildi.  Davlat  suverenitetining 
o'matilishi  natijasida  demokratik  jamiyat,  huquqiy  davlat  qurish, 
ivtisodiy  rivojlanish  va jahon  integratsiyasiga  kirish  uchun  mustahkam 
zamin  -   siyosiy,  ijtimoiy,  iqtisodiy,  ma’naviy  va  huquqiy  asoslar  ham 
bosqichma-bosqich  islohotlar  natijasi  o'laroq  shakllana  boshladi. 
O'zbekiston  milliy  istiqlol  tufayli  o 'z   tarixida  butunlay  yangi  bo'lgan 
yangi  jamiyat  va  milliy  davlat  qurishga  kirishdi.  O'zbekiston  uchun 
o'tish  davri  boshlandi.  Mana  shu  davming  eng  muhim  xususiyatlaridan 
biri  -   bu  endilikda  milliy  manfaatlar  va  xalqimiz  ehtiyojlaridan  kelib 
chiqqan  holda  rivojlanish  strategiyasi  belgilandi  va  u  hayotda  o 'z 
ifodasini topa boshladi.
Ma’lumki,  o 'z   davlat  mustaqilligiga  erishgan  har  qanday  davlat  va 
jamiyat  oldida o 'z taraqqiyotining  istiqbollarini  yaratishga qobil  bo'lgan 
rivojlanish  konsepsiyalarini  yaratish  vazifasi  paydo  bo'ladi.  O 'z  milliy


rivojlanish manfaatlari  va ehtiyojlarini  o‘zida mukammal tarzda ifoda eta 
olgan  rivojlanish  modeli  kelajakda  o‘zining  ijobiy  natijalarini  beradi, 
millatning  salohiyatini  ro‘yobga  chiqardi.  Shu  nuqtayi  nazardan 
qaraganda,  davlatimiz  mustaqilligi  uchun  kurashga  boshchilik  qilgan 
birinchi 
Prezident  I.A.Karimov  tashabbusi  bilan  davlatimiz  va 
jamiyatimizning  strategik  rivojlanish  konsepsiyalari  ishlab  chiqildi.  U 
rivojlangan  demokratik  davlatlar  tajribasi  va  milliy-ma’naviy  an’analar 
uyg‘unligi  asosida 
0 ‘zbekiston  Respublikasining  o ‘z  istiqlol  va 
taraqqiyot yo‘liga strategiyasining shakllanishiga boshchilik qildi.
Birinchi  Prezident  ta’kidlaganidek,  “ichki  va  tashqi  siyosatning 
yo'nalishlari,  ulaming mantig'i  toMaligicha pirovard maqsad -  chinakam 
mustaqil 
0 ‘zbekistonni  barpo 
etish 
maqsadi 
bilan  belgilanadi. 
Respublikada  sobitqadamlik  bilan  xalqchil  adolatli  jamiyatni  bunyod 
etish  -   bosh  vazifadir.  Mehnatsevar  va  badavlat,  ma’naviy  yetuk  va 
madaniyatli oila -  shu jamiyatning asosini tashkil etadi”.
0 ‘zbekistonda  amalga  oshirilayotgan  islohotlaming  asosiy  ustuvor 
yo ‘nalishi  -   bu  mamlakatda  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirishga 
qaratildi.  Fuqarolik jamiyati  asoslarini  yaratishda  2010-yil  12-noyabrda 
o'tkazilgan  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  va  Senatining  qo‘shma 
majlisida  I.A.Karimov  boshchiligida  ishlab  chiqilgan  va  taqdim  etilgan 
“Mamlakatimizda  demokratik  islohotlami  yanada  chuqurlashtirish  va 
fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  konsepsiyasi”  mamlakatda  yangi 
jamiyat qurishning strategik dasturi  boMib  xizmat  qildi.  Shuni  ta’kidlash 
joizki,  mazkur  konsepsiya  yangi  jam iyat  qurishga  doir  qator  huquqiy 
a so sla r- qonunlami qabul qilish g‘oyasini ilgari surdi.
Yurtimiz  siyosiy taraqqiyoti,  uning konseptual ta’minoti  mustahkam 
boMganligi 
tufayli 
izchil 
ravishda 
ro‘y 
bermoqda. 
Xalqaro 
globallashuvning  turli  salbiy  ta’sirlariga  nisbatan  jamiyatimizning 
barqaror immuniteti kafolatli ravishda ta’minlanib bormoqda.
Mustaqillik  davrida  davlat  suverenitetiga  erishish  natijasida 
mamlakatimiz  o‘z  milliy  sotsiomadaniy  merosiga  tayangan  holda 
zamonaviy  rivojlanish  yoMini  tanladi.  Shuni  alohida  ta’kidlab  o‘tish 
joizki,  har  qanday  endigina  mustaqil  taraqqiyot  yoMini  tanlagan  yosh 
davlat  oldida  o‘z  mustaqillik  asoslarini  yaratish  uchun  mamlakatning 
aniq  va ravshan milliy xususiyatlari,  islohotlar o ‘tkazish  shart-sharoitlari, 
milliy  manfaatlari  va  ehtiyojlari,  asosiy  strategik  maqsadlarini  o‘zida 
ifoda  etuvchi  rivojlanish  yoMini  ifoda  etadigan  milliy  modelini  yaratish 
vazifasi  turadi.  Mazkur  model  o ‘zining  zamonaviyligi,  rivojlanishga 
zamin  yaratishi,  milliy  manfaatlami  ifoda  etishi  bilan  taraqqiyotni
162


ta’minlashga  xizmat  qiladi.  Har  bir  mamlakat  o‘z  ichki  va  tashqi 
siyosatidagi  yoMi,  har  qanday  muammolaming  yechimini  topishga 
yo‘nalganligi,  o‘z  hududidagi  muhitdan  kelib  chiqib  o ‘z  rivojlanish 
g'oyasini qabul qilishi jahon tarixida o‘z isbotini topgan.
Birinchi  Prezident  I.A.Karimovning  asarlari  va  ma’ruzalarida 
mustaqillik  davridagi  iqtisodiy  va  siyosiy  taraqqiyotning  hayot  kun 
tartibiga qo'ygan  masalalarini  o‘ziga  xos,  davr  talablaridan  kelib  chiqib, 
ulami  har  tomonlama  hisobga  olgan  holda  yechimlari  topildi,  mustaqil 
rivojlanishni ta’minlashning amaliy va nazariy asoslari ilgari  surildi.
Birinchi Prezidentimiz ta’kidlab oMganidek, “Mustaqillikka erishgan 
har  bir  mamlakat  o‘z  taraqqiyot  yoMini  izlaydi,  yangi  jamiyat  barpo 
etishda  o ‘z  andozasini  ishlab  chiqishga  intiladi.  Ijtimoiy-iqtisodiy  va 
siyosiy  vaziyat,  odamlar  o'rtasida  tarkib  topgan  munosabatlar,  ulaming 
dunyoqarashi, jumladan,  diniy  e’tiqodi,  ruhiyati  va  xulq-atvor normalari 
shuni taqazo etadi.  Dunyoda ijtimoiy taraqqiyot yo‘lining turli  variantlari 
mavjud.  Turkiya,  Janubiy  Koreya,  Shvetsiya  model lari  va  boshqalar 
bunga misoldir.  Bir  qancha  musulmon  mamlakatlari  va  yangi  industrial 
mamlakatlaming tajribasi ham shuni ko'rsatadi.  Ikkinchi jahon urushidan 
so‘ng  Yevropa  mamlakatlari  va  Yaponiya  xalq  xo'jaligini  qayta  tiklash 
ham buning amaliy namunasidir.
0 ‘zbekiston  boshqa  davlatlar  taraqqiyoti  jarayonida  to‘plangan  va 
respublika  sharoitiga  tatbiq  qilsa  boMadigan  barcha  ijobiy  va  maqbul 
tajribalardan,  shak-shubhasiz,  samarali  foydalanadi.  Gap  biror-bir 
modelni,  hatto  u  ijobiy  natijalar  bergan  taqdirda  ham,  ko‘r-ko‘rona 
ko‘chirib  olish  to‘g‘risida  borayotgani  yo‘q.  Aniq-ravshan  vositalar  va 
usullar qaysi  mamlakat uchun  moMjallangan  bo‘Isa, o ‘sha mamlakatning 
o'ziga  xos  sharoitidagina  ijobiy  natija  beradi.  Jahon  va  o'zimizning 
amaliyotimizdan  olingan barcha unumli  tajribani  rad etmagan  holda, o ‘z 
ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy-huquqiy  taraqqiyot  yo‘limizni  tanlab  olish 
respublikaning qat’iy pozitsiyasidir”.
Ko‘rinib turibdiki,  siyosiy taraqqiyot hodisasining mohiyati, asoslari, 
shakllarini  o ‘rganish,  tadqiq  qilish  masalasiga  insoniyat  tarixida  doimo 
muhim  e’tibor  berib  kelingan.  Hozirgi  davrga  kelib  ham  bu  fenomen 
jamiyat  hayotini  yaxshilash,  uning  barqarorligi  va  xavfsizligini 
ta’minlash,  odamlaming  erkin  va  farovon  kun  kechirishga  boMgan 
intilishlarini  ro‘yobga  chiqarish  omili  va  insoniyatning  umrguzaronlik 
qilishi  uchun yanada samaraliroq tizimlami yaratishning yoMi sifatida o‘z 
ahamiyatini  yo'qotmay  kelmoqda.  Shu  bois  siyosiy  taraqqiyotni 
ta’minlovchi  omillar,  asoslar,  resurslami  ishga  solish  haqidagi  nazariy


qarashlar tadrijiy rivojlanish xarakteriga egadir.
Ijtimoiy-gumanitar fanlarda siyosiy taraqqiyotning turlari  haqida fikr 
yuritilganda,  dastaw al,  uni  ikki  yirik  turga  ajratib  ko‘rsatish  taomilga 
kirgan.  Bunda  so‘z  taraqqiyotning  tadrijiy  (evolyutsiyaviy)  va  inqilobiy 
usullari  haqida bormoqda.  Siyosiy taraqqiyotning tadrijiy turi  o ‘z  ichiga 
siyosiy  taraqqiyotning  bir  qancha  shakllarini  qamrab  olishi  va  ijobiy 
mohiyatga  egaligi  bilan  ajralib  turadi.  Taraqqiyotning  inqilobiy  yo‘li 
ko‘pincha  salbiy  oqibatlarga  olib  kelishi,  u  tufayli  jamiyatda  kuchli 
siyosiy  inqirozlar,  regress  holatlari  ro‘y  berishini  tarixda  o‘z  isbotini 
topgan.
O'zbekiston  Respublikasi  davlati  jahonning  ilg‘or  tajribalarini 
inobatga  olgan  holda,  ayni  paytda, jamiyatimizning  milliy  an’analari  va 
negizlariga  tayanib  siyosiy  taraqqiyotning  tadrijiy  yo'lini  tanladi  va  bu 
yo‘lning  mazmun-mohiyatini,  siyosiy  va  iqtisodiy  taraqqiyoti  zaminini 
zamonaviy demokratik qadriyatlar tashkil etdi.
Tadrijiy  islohotlar  yoMiga  doir  g‘oyalar  asosida  0 ‘zbekistonda 
huquqiy-  demokratik  davlat  va  fuqarolik  jamiyatini  barpo  qilishning 
o ‘ziga  xos  ilmiy  va  amaliy  asoslari  shakllantirildi.  Mustaqillikning 
dastlabki  davrida  davlatimizning  birinchi  rahbari  ta’kidlaganidek, 
“0 ‘zbekiston  -   kelajagi  buyuk  davlat.  Bu  -   mustaqil,  demokratik, 
huquqiy  davlatdir.  Bu  -   insonparvarlik  qoidalariga  asoslangan,  millati, 
dini,  ijtimoiy  ahvoli,  siyosiy  e’tiqodlaridan  qat’i  nazar  fuqarolaming 
huquqlari  va  erkinliklarini  ta’minlab  beradigan  davlatdir.  Xalq  davlat 
hokimiyatining  manbaidir.  Uning  xohish-irodasi  davlat  siyosatini 
belgilab  beradi.  Bu  siyosat  inson  va  jamiyatning  farovonligini, 
0 ‘zbekiston  barcha  fuqarolarining  munosib  turmushini  ta’minlashga 
qaratilgan bo‘ lishi  kerak”.
Mustaqillikning  dastlabki  yillaridan  boshlab  davlatimiz  shunday 
ulug‘vor  maqsadlami  ko'zlab  siyosiy  taraqqiyotni  amalga  oshirdi, 
davlatimiz  istiqboldagi  taraqqiyot  yo‘li  sifatida  izchil  tadrijiy  usullami 
tanladi:  “shok  terapiyasi”dan  voz  kechdi.  “Yangi  uy  qurmay  turib, 
eskisini buzmang” tamoyili jamiyatni yangilashning asosiy prinsiplaridan 
biriga aylandi.
Ma’lumki,  qo‘shni  davlatlarda  “shok  terapiyasi”dan  foydalanishga 
bo‘lgan  urinishlar  nihoyatda  og‘ir  ijtimoiy  oqibatlarga  olib  kelganligi 
hech  kimga  sir  emas.  Birinchi  Prezident  I.A.Karimov  tomonidan  ishlab 
chiqilgan 
taraqqiyot 
strategiyasi 
jamiyatimizni 
yangilash 
va 
rivojlantirishning  tub  manfaatlarini  o'zida  chuqur  aks  ettirib,  barqaror 
taraqqiyot jarayonlari  izchilligini to‘liq ta’minlanishiga asos boMdi.


Mamlakatimiz  istiqboli  strategiyasi  jamiyatimiz  taraqqiyotining 
siyosiy,  ijtimoiy,  iqtisodiy,  huquqiy  va ma’naviy sohalarini  o‘zida to‘liq 
mujassam  etgan  hamda  zamonaviy  rivojlanishning  barcha  prinsiplarini 
e’tiborga  olgan  milliy  taraqqiyot  modelini  yaratilishini  obyektiv  zanirat 
qilib  qo'ydi.  Shu  bilan  bir  qatorda,  yosh  mustaqil  mamlakatimiz  oldida 
islohotlaming  dastlabki  bosqichidayoq  belgilangan  qator  vazifalar 
taraqqiyotning  o'ziga  xos  milliy  modelini  yaratishni  yanada  dolzarb 
masala  sifatida  hayot  kun  tartibiga  qo‘ygan  edi.  Mazkur  vazifalar 
quyidagi muhim jihatlami o‘z ichiga qamrab oldi:

Download 11,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish