t.me/tuit_students_chanel
tarmoq muhiti (koaksial, ikkisimli kabel, mis para yoki optik tola) va bog‘lama
elementlari (marshrutizatorlar, konsentratorlar, qaytargichlar (takrorlagich-
repiterlar, xablar(hub)), o‗chirib yoqgichlar (switch) va ohirlovchi elementlari
(terminatorlar, konnektorlar, razyomlar, zaglushkalar).
Mantiqiy sath – bu tarmoqdagi mavjud fizik komponentlardan foydalanish
imkonini beruvchi xilma-xil dasturiy ta‘minotdir. Ko‗pgina DT ichidan bir nechta
turini: operatsion sistemalar tarmoq protokollari demon-jarayonlari va drayverlari,
server-dasturlar va tarmoq servislar yoki xizmat mijozlarini ajratish mumkin.
Hozirgi kunda kompyuter tarmoqlari sanoati, rivojlanishining yuqori
cho‗qqisini bosib o‗tmoqda va bir muncha tarixga ham ega. Personal kompyuterlar
orasidagi tarmoq o‗zaro munosabatlari erasi, ikki xil arxitekturaga, protsessor va
albatta operatsion sistemaga (masalan, VMS va IBM-PC/XT) ega bo‘lgan
kompyuterlar kommunikatsiya portlari (COM:) bo‗yicha, axborot jo‗natish tezligi
sekundiga atigi 1K bo‗lib, boshqaruv qo‗lda sinxronlashtiriladigan maxsus
tayyorlangan dastur yordamida oddiy ma‘lumot jo‗natishdan boshlangan. Hozir
esa, 20 yildan so‗ng, biz tarmoqlarni aniq lokal va globalga tuzilganini
kuzatishimiz mumkin, integratsiya jarayonida, bir necha yuzta kompyuterli
tarmoqlar haligacha lokal tarmoq hisoblanadi, global tarmoq esa, o‗n mingta
ulangan kompyuter sistemalarini o‗z ichiga oladi. Ma‘lumot almashinuvi tezligi
200 Mbit/s, 10 Mbit/s esa, boshlang‗ich bazali va past baholi konfiguratsiya
hisoblanadi. Endilikda kompyuter tarmoqlari ma‘lumotlarni nafaqat qabul qila,
yoki jo‗nata oladilar, balki to‗plami tobora kengayib borayotgan ko‗pgina servis
imkoniyatlarni yaratyapti. Bu o‗chirilgan ma‘muriyatchilik, elektron pochta,
o‗chirilgan pechat, taqsimlangan ma‘lumotlar bazasi, o‗chirilgan kirish sistemalari
va taqsimlangan boshqaruv sistemalari, qidirish sistemalari, telekonferensiya va b.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, tarmoqlar lokal va globalga bo‗linadi, lekin
faqat bu ularning yagona klassifikatsiyasi emas. Ular birrangli va ko‗prangli,
birmartali va ko‗pmartali, ochiq va yopiq va b. bo‗linadi. Klassifikatsiyaning ko‗p
xilligidan eng muhim va ko‗p ishlatiladiganlari ko‗rib chiqiladi. Tarmoqlarni
kategoriya va turga ajratishning ko‗pgina klassifikatsion prinsiplari, dasturiy
ta‘minotning turi va xiliga asoslangan. Boshqacha qilib aytganda, birgina jismoniy
asosda bir necha xil, tur va sinf tarmoqlarini shakllantirish mumkin.
Tarmoqqa ulangan kompyuter ish stansiyasi (Workstation) deb nomlanadi.
Qoida bo‗yicha bu kompyuterda inson ishlaydi. Tarmoqda shunday kompyuterlar
borki, ularda hech kim ishlamaydi. Ulardan tarmoqdagi boshqaruv markazi va
axborot yig‗uvchi sifatida foydalaniladi. Bunday kompyuterlar server deb
nomlanadi. Agar kompyuterlar bir-biridan nisbatan yaqinda joylashgan va yuqori
tezlikdagi tarmoq adapterlari (axborot jo‗natish tezligi 10-100Mbit/s) yordamida
ulangan bo‗lsa, bu tarmoqlar lokal deb nomlanadi. Lokal tarmoqlardan
foydalanishda, kompyuterlar odatda, bir xona, bino yoki yaqin joylashgan uylarda
joylashgan bo‗lishi kerak. Lokal kompyuter tarmoqlari, odatda, ishlatish va
dasturiy ta‘minot xarakteri bo‗yicha korporativ xarakterga ega bo‗ladi va biror
bitta tizimga taalluqli yuzdan ortiq kompyuter sistemalarini birlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |