Moliyaviy tizim – davlat va korxonalar pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish shakllari va metodlari tizimi.
Moliyaning funksiyalari – moliya mohiyatining amalda namoyon bo’lishi. Uning taqsimlash va nazorat funktsilari mavjud.
Moliyaviy resurslar – davlat va korxonalar pul mablag’lari maqsadli fondlarining majmui. Ular o’sishining asosiy sharti milliy daromadning ko’payishidir. Mamlakatning moliyaviy resurslari Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tuziladigan yig’ma moliyaviy balansda o’z ifodasini topadi. U o’z ichiga davlat byudjet tizimi, hukumatning nobyudjet fondlari va turli mulkchilik shaklidagi korxonalarning (amortizatsiya va ularning ixtiyoriga qoladigan foyda summasi) resurslarini qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |