Moliyaviy apparat – moliyaviy boshqaruvni amalga oshiruvchi organlar. O‘zbekistonda ularning tarkibiga O‘zbekiston Respublikasining Oliy majlisi va uning ikki (Senat va Qonunchilik) palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi va ularning joylardagi quyi organlari, turli mulkchilik shakllaridagi korxonalarda moliyani operativ boshqarish funksiyasini amalga oshiruvchi moliyaviy bo’limlar va boshqarmalar va h.k.lar kiradi.
Moliyaviy bozor – qisqa, o’rta va uzoq muddatli kreditlar hamda fond qimmatlari, ya’ni, aktsiyalar obligatsiyalar va qimmatli qog’ozlarning boshqa ko’rinishlari bozori. Birlamchi moliyaviy bozorda yangi qimmatli qog’ozlar chiqariladi, ikkilamchi moliyaviy bozorda esa, oldin chiqarilgan qimmatli qog’ozlarning qayta sotilishi sodir etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |