Tashqi qarzni restrukturizatsiya qilish – qarzni qaytarish va u bo’yicha foizlarni to’lash muddatlarini uzaytirish.
Taqsimlanmagan foyda solig’i – alohida soliq to’lovchi sifatida tan olingan aktsionerlik kompaniyalari, banklar va boshqa institutlar foydasining dividentlarga taqsimlanmagan qismidan olinadi.
Transport vositalarining egalaridan olinadigan soliq – transport vositalariga ega bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadi. Soliqning stavkasi ot kuchida ifodalangan dvigatelning quvvatiga bog’liqdir. Uning summasi mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlarining tarkibiga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |