Davlat byudjeti – davlat pul mablag’larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlash- tirilgan fondi, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Qonun kuchiga ega bo’lgan davlatning asosiy moliyaviy rejasi. Davlat hokimiyatining qonunchilik organi tomonidan tasdiqlanadi. Davlat pul mablag’lari markazlashtirilgan fondini shakllantirish va foydalanish jarayonidagi iqtisodiy (pul) munosabatlar(i)ni ifodalaydi. Milliy daromadni qayta taqsimlashning asosiy quroli. Asosiy funksiyalari 1) mamlakatning yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadini taqsimlash; 2) iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va rag’batlantirish; 3) davlatning sotsial siyosatini moliyaviy jihatdan ta’minlash; 4) pul mablag’larining shakllantirilishi va ulardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish.