Iste’mol tanlov omillari almashtiriladigan tovarlar tizimida tovarning raqobatdoshligini aniqlab beradi. Tovar va mahsulotlarni sotib oluvchilar, ular bilan raqobat qiluvchilar, raqobat tovarlari bilan tovarning almashuvchanligi, almashtiriladigan yoki o’zaro almashtiriladigan tovarlarning taqqoslanishi ehtiyojning tarkibiy tuzilmasini belgilab beradi. Bu yerda shu tovarni yoki shu tovar bozorini ularni to’ldiradigan tovarlar yoki ularni to’ldiradigan tovarlar bozori bilan taqqoslash katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |