4.Mustahkamlash- 10 daqiqa
1. Biosfera qanday komponentlardan tuzilgan?
2. Biosfera tarkibiga kiruvchi moddalarning turlarini aytib bering.
3. Biogen moddalar qanday hosil bo‘ladi?
4. Tirik modda Yer sharining qaysi qobiqlarini egallaydi? 5. Qayerda tirik modda ko`p uchraydi?
5.Uyga vazifa – 1 daqiqa
Atamalar ma`nosini yozish. 139-142 -betlarni o`qish, biosfera komponentlari
6.Baholash
O`.I.B.D.O` _______ Nasirova M.B.rahbari________ Yodgorova
Sana: Sinf: 11-a __________________ 11-b _________________
39-Mavzu. Biosferadagi tirik moddaning xususiyatlari va funksiyalari.
a) ta’limiy: O`quvchilarga tirik moddalar xususiyatlari,funksiyalarimuhit yaratish funksiyasi haqida umumiy ma`lumotlar berish.
b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, tirik tabiatni muhofaza qilish,unga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish, ularda ekologik, geografik, iqtisodiy, axloqiy , ilmiy va huquqiy tarbiya berish.
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
T.K 2Axborotlar bilan ishlash darslikning kirish qismida berilgan ko‘rsatmalar asosida o‘rganilgan mavzu matniga reja tuza olish;matndan foydalanib savollarga javob topish, topshiriqlarni bajara olish.
Darsning turi:Aralash, fanlararo bog`lash, kichik guruhlarda ishlash
Darsning usuli: . amaliy ish, mantiqiy fikrlash, hamkorlikda ishlash
Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar,slayd, ilmiy ma`lumotlar
Darsning borishi (reja): 45 daqiqa
1.Tashkiliy qism: 3 daqiqa
Salomlashish, tozalikni aniqlash, davomatni aniqlash,darsga tayyorgarlik ko`rish
2. Uyga vazifani so`rab baholash: 12 daqiqa og`zaki so`rov, daftarni tekshirish, tarqatma materiallar
1. Biosfera qanday komponentlardan tuzilgan?
2. Biosfera tarkibiga kiruvchi moddalarning turlarini aytib bering.
3. Biogen moddalar qanday hosil bo‘ladi?
4. Tirik modda Yer sharining qaysi qobiqlarini egallaydi? 5. Qayerda tirik modda ko`p uchraydi? 3.Yangi mavzu bayoni:15 daqiqa
Tirik moddaning xususiyatlari. 1. Tirik organizmlar harakatlanish, o‘sish va ko‘payish orqali muhitda tez tarqalish va muhitning yashash mumkin bo‘lgan barcha bo‘shliqlarini egallash xususiyatiga ega. Harakatlanish orqali tirik organizmlar organik moddalar va energiyaning bir joydan boshqa joyga ko‘chishini ta’minlaydi. 2. Tirik organizmlarning hayotiy jarayonlari, kimyoviy reaksiyalar tartibli ravishda kechadi, reaksiyalar tezligi katta bo‘lib, bu mazkur jarayonda ishtirok etadigan fermentlarning faolligi bilan bog‘liq. 3. Tirik modda evolutsion yuksalish xususiyatiga ega.4. Tirik modda adaptatsiya xususiyatiga ega, ya’ni tashqi muhit sharoitlari ga yuksak darajada moslashadi. 5. Tirik moddada hosil bo‘ladigan kimyoviy bog‘lar o‘zida katta energiya saqlaydi. Shuning uchun ham tirik modda quyosh energiyasini transformatsiya qiladi va o‘zida to‘playdi. 6. Tirik modda morfologik va kimyoviy xilma-xilligi bilan ta’riflanadi, ko‘payish xususiyati tufayli avlodlar almashinadi, ya’ni yangilanadi. 7. Tirik modda alohida individlardan iborat, individlar popu latsiyalarni populatsiyalar esa biotsenozlarni .
Tirik moddaning funksiyalari. Energetik funksiya tirik organizmlarning quyosh energiyasini o‘zlashtirib, uni organik moddalarning kimyoviy bog‘lar energiyasiga aylantirishi va oziq zanjiri bo‘ylab o‘tkazishida namoyon bo‘ladi. Energetik funksiya tufayli ekotizimlarda yo‘qotilgan energiya o‘rnining qoplanishi va biosferada hayot davomiyligi ta’minlanadi. Konsentratsiyalash funksiyasi tirik organizmlarning hayotiy jarayonlarida ayrim moddalarni to‘plash xususiyatida namoyon bo‘ladi. Tirik modda tarkibida vodorod, uglerod, azot, kislorod, natriy, magniy, kremniy, oltingugurt, xlor, kaliy, kalsiy miqdori anorganik tabiatga nisbatan yuqori bo‘ladi. Destruktiv funksiyasi nobud bo‘lgan organizmlar tarkibidagi organik birikmalarning parchalanishi va minerallashuvi, tog‘ jinslarining yemirilishi, hosil bo‘lgan mineral moddalar ning biokimyoviy aylanishga – biogen migratsiyaga jalb etilishi kabi jarayonlarda namoyon bo‘ladi.Litosferada cho‘kindi jinslar qatlami, quruqliklarda esa unumdor tuproq qatlami hosil bo‘ldi. Gaz almashinish funksiyasi tirik organizmlar tomonidan gazsimon gaz tarkibi doimiyligini saqlab turishda aks etsa.oksidlanish-qaytarilish funksiyasi tirik moddaga xos muhit yaratish funksiyasidir.Transport funksiyasi bir joydan boshqa joyga ko‘chishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |