3.Yangi mavzu bayoni:15 daqiqa
Yuksak tuzilishga ega organizmlarda qon, limfa, to‘qima suyuqligi, hujayralar tarkibidagi sitoplazma organizmning ichki muhitini tashkil etadi. Ichki muhitning asosiy qismini qon tashkil etib, u transport, gumoral boshqarish, termoregulatsiya, himoya vazifalarini bajaradi.. Organizmlarning embrional rivojlanishida qon va qon aylanish sistemasining a’zolari mezodermadan rivojlanib, oziq modda, kislorod va ayirish mahsulotlarini tashish vazifasini bajaradi. Tuban umurtqasiz hayvonlarda qon aylanish sistemasi yo‘q. Dastlab halqali chuvalchanglarda paydo bo‘lgan. Qon yirik qon tomirlaridan mayda qon tomirlariga, ulardan esa kapillarlarga o‘tadi. Terida kislorod bilan to‘yinadi. Yurak dastlab molluskalarda paydo bo‘lgan. Boshoyoqli molluskalarda yurak bitta qorincha va ikki yoki to‘rtta bo‘lmachadan iborat. Bo‘g‘imoyoqlilarda ham qon aylanish sistemasi ochiq. Hasharotlarda qon aylanish sistemasi uzun nayga o‘xshash,kislorod tashishda ishtirok etmaydi. Hasharotlarning gemolimfasi rangsiz, sarg‘ish yoki yashil bo‘ladi. Lansetnikda qon aylanish sistemasi yopiq, qon bitta doirada harakatlanadi. Baliqlarda qon buyrak, taloqda ishlab chiqariladi. Qon aylanish sistemasi ancha takomillashgan bo‘lib, progressiv belgilarga ega. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda qon taloq, jigar, suyak ko‘migida ishlab chiqariladi. Yurak ikkita bo‘lmacha va bitta qorinchadan iborat Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlik hayvonlari bo‘lib, qon suyak ko‘migi va taloqda ishlab chiqiladi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilardan farqli ravishda sudralib yuruvchilarda qorinchadan mustaqil ravishda 3 ta qon tomiri chiqadi. Sudralib yuruvchilarning arteriya qon tomirlarida aralash qon bo‘lganligi sababli, moddalar almashinuvida kam energiya hosil bo‘ladi. Qushlarda qon suyak ko‘migi va taloqda hosil bo‘ladi. Yuragi o‘ng va chap bo‘lmacha, o‘ng va chap qorin cha dan iborat. Qushlarda yurak minutiga 500 marta uradi. Chunki, ularda moddalar almashinuvi jadal, tana harorati baland, +42°C ni tashkil qiladi Sutemizuvchilarda qon suyak ko‘migi, taloq va limfa bezlarida hosil bo‘ladi, katta va kichik qon aylanish doirasi butunlay ajralgan Qon aylanish sistemasining evolutsiyasida asosan 3 ta bosqich ko‘zga tashlanadi. 1. Yurakning paydo bo‘lishi va yurak kameralari sonining ortishi. 2. Qon aylanishining ikkita – katta va kichik doirali bo‘lishi. 3. Yurakning chap arterial va o‘ng venoz bo‘laklarga ajralishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |