2. Uyga vazifani so`rab baholash: 12 daqiqa og`zaki so`rov, daftarni tekshirish, tarqatma materiallar
1. Yashash uchun kurashni qanday izohlaysiz?
2. Tabiiy tanlanishni evolutsiyadagi rolini tushuntirib bering?
3. Stabillashtiruvchi tanlashni evolutsiyadagi rolini tushuntirib bering?
4. Dizruptiv tanlashni evolutsiyadagi rolini tushuntirib bering?
3.Yangi mavzu bayoni:15 daqiqa
Yashash uchun kurash ko‘pchilik organizmlarning halok bo‘lishi, ba’zilarining esa yashab qolishi bilan bog‘liq holda ro‘y beradi. Individualo‘zgaruvchanlik organizmda uch ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Ularningbir xillari organizm uchun foydali, ikkinchi xillari organizmlar uchunbefarq, uchinchilari esa zararli bo‘ladi. Tabiiy tanlanish – organizmlar evolutsiyasining asosiy harakatlantiruvchi omili. Ch. Darvin fi kricha, tabiiy tanlanish – yashash uchun kurashning natijasi boʻlib, foydali individual oʻzgarishlarga ega boʻlgan organizmlarning yashab, nasl qoldirishi, yaʼni moslashgan formalarning yashab qolishi, foydasiz oʻzgarishlarga ega boʻlgan organizmlarning qirilib ketishi, ya’ni moslashmagan formalarning nobud boʻlishidan iborat biologik jarayon. Sun’iy tanlanishni o‘tkazishda inson doimo o‘z manfaatlarini ko‘zlaydi. Shu sababli sun’iy tanlash tufayli chiqarilgan nav va zotlarda inson manfaati uchun xizmat qiladigan belgi-xossalar yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Tabiiy tanlanishda esa inson manfaati emas, balki organizm manfaatlari birinchi o‘rinda turadi. Belgilari o‘rtacha darajada yoki unga yaqin darajada bo‘lgan individlarning saqlanishiga qaratilgan tanlanish stabil lash tiruvchi tanlanish deyiladi (94-rasm). Gatteriya, gingko biloba, latimeriya kabi organizmlar o‘zgarmas muhit sharoi tida saqlanib qolganligi stabillash tiruvchi tan lanishning natijasidir (95-rasm). Harakatlantiruvchi tanlanish. Tabiiy tanlanishning bu turi populatsiyadagi irsiy o‘zgaruvchanlik chegarasini ken gay - tiradi. Tanlanishning bu formasi belgi-xossalar eski individlar o‘rniga yangi muhit sharoitiga moslashgan individlar vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. Dizruptiv tanlanish. Ba’zi hollarda muayyan joyda tarqalgan bir tur ga mansub organizmlar orasida bir-biridan farq qiluvchi ikki va undan ortiq indi vidlar guruhi uchrashi mumkin. Bu tabiiy tanlanishning yana bir alohi da shakli bo‘lgan dizruptiv tanlanish natija sidir (98-rasm). Chunonchi, ikki nuqtali tugmachaqo‘ng‘izida mavsumiy polimorfi zm hodisa sini ko‘rish mumkin. Bu qo‘n g‘izning qoramtir va qizg‘ish, qattiq qanotli formalari uchraydi. Qizg‘ish qanotlilar qishda haroratning pasayishi tufayli kam nobud bo‘lib, yoz oylarida kam nasl beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |