2. Uyga vazifani so`rab baholash: 12 daqiqa og`zaki so`rov, daftarni tekshirish, tarqatma materiallar
1Odam evolutsiyasining bosqichlarida ro‘y bergan o‘zgarishni muhit omillaribilan bog‘lab tushuntiring.
2. Arxantroplarga xos belgilarni ayting.
3. Paleoantroplarning tashqi tuzilishini tasvirlang.
4. Neoantroplarga xos xususiyatlarni izohlang.
3.Yangi mavzu bayoni:15 daqiqa
Organik olamning evolutsiyasining biologik omillari – irsiy o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, populatsiya to‘lqini, genlar dreyfi, alohidalanish va tabiiy tanlanish odam evolutsiyasiga ham tegishli Biologik omillar tufayli odam ajdodlari organizmida bir qancha morfofiziologik o‘zgarishlar yuzaga kelgan. Mutatsion o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli mehnat operatsiyalari uchun foydali bo‘lgan qo‘llari o‘zgargan individlar saqlanib borgan.
Antropogenez uchun ijtimoiy omillar: mehnat faoliyati, jamoa bo‘lib yashash, nutq va tafakkur xarakterli.
Mehnat qurollarini yasash odam qo‘lining tobora o‘zgarib borishiga sabab bo‘lgan.Odam evolutsiyasida jamoa bo‘lib yashash ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Jamoa bo‘lib yashash, bir-birlari bilan tovush, imo-ishora va mimika orqali munosabatda bo‘lishga ehtiyoj tug‘dirgan. Irsiy o‘zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish natijasida hiqildoq o‘zgarib odamning nutq organiga aylangan. Bosh miya va tafakkurning rivojlanishi mehnat va nutqning takomillashuviga olib kelgan. Olovda pishirilgan oziqni ming yillar mobaynida iste’mol qilish bora-bora chaynash apparatiga bo‘lgan og‘irlikni yengillashtirgan. Xulosa qilib aytganda, tik yurishga o‘tish, qo‘lning yurishdan ozod bo‘lishi, mehnat qurollarini yasash, go‘sht iste’mol qilish, olovdan foydalanish, jamoa bo‘lib yashash, ong va nutq rivojlanishi odam evolutsiyasida katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
Yevropoid irqqa mansub odamlar terisi och rangda sochlari tekis yoki to‘lqinsimon, rangi sarg‘ish yoki qo‘ng‘ir, ko‘zlari ko‘k yoki kulrang-yashil, lablari yupqa, burni ingichka, erkaklarida soqol-mo‘ylovlari yaxshi o‘sadi.Mongoloid irqqa mansub odamlarning terisi qora mag‘iz, sarg‘ish, ko‘zlari qo‘y ko‘z, sochlari tekis, qattiq va qora, yuqorigi qovog‘i osilgan. Negroid irq – terisi qora, sochlari jingalak, qora, burni keng va yassi, qo‘y ko‘z. Irqlarning kelib chiqishi, tabiiy tanlanish, mutatsiya, alohidalanish, populatsiyalarning aralashib ketishi kabi omillarga bog‘liq. Tabiiy tanlanish, muayyan sharoitda hayot faoliyatini yuksaltiradigan, adaptiv belgilarning populatsiyada saqlanishi va ko‘payishiga sabab bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |