To’rtko’l tuman XTBga qarashli 8-son maktabning matematika fani o’qituvchisi Kurbanbayev Elyorning
“Tenglama va uning yechimlari”
mavzusidagi ochiq
dars ishlanmasi
Maktab O’.T.I.B.D.O’: M.Madrahimov
Mavzu: “Tenglama va uning yechimlari”
Dars maqsadlari:
Ta'limiy maqsad: O’quvchilarni tenglama, uning ko’rinishlari va yechim turlari, yechish usullari bilan tanishtirish, o’quvchilarning mavzuga oid olingan bilimlarini misollar yechish yordamida mustahkamlash.
Tarbiyaviy maqsad: O'quvchilarda Vatanni sevishga, osoyishtalikni qadriga yetishga, mehnatni ulug'lashga, do'stona munosabatda bo’lish, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo’lish kabi fazilatlarni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: Tenglama va uni yechishga doir 5-6-sinflarda olingan bilimlarni mustahkamlab, tenglama yechish usullari yordamida uni hayotiy masalalarga tadbiq qilish ko’nikmasini rivojlantirish.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: plakatlar, chizmalar va tarqatma materiallar.
Darsda foydalaniladigan metodlar : muammoli vaziyat, yo’nalish berish, savol-javob.
Dars turi: yangi dars
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish, sinfni darsga tayyorlash, o'quvchilarni davomatini tekshirish, ko’rgazmali qurol va jihozlami darsga hozirlash.
Uy vazifasini so’rash. Qatorlar bo’yicha 3 guruhga bo’lib savol-javob va tarqatma materiallar berish.
Ifoda deganda nimani tushunasiz?
Tenglik deb nimaga aytiladi?
Tenglama deganda nimani tushunasiz?
Tenglamaning ildizi deganda nimani tushunasiz?
Tenglamani yechish deganda nimani tushunasiz?
Tenglamaga misollar keltiring?
III. Mavzuni bayoni: Aziz o’quvchilar bizning bugungi darsimiz mavzusi “Tenglama va uning yechimlari”. Sizlar bilan birgalikda shu mavzuga oid avval olingan bilimlarimizni ham mustahkamlaymiz ham yangi bilimlarni o’rganib misollarda tadbiq qilamiz.
Harf bilan belgilangan noma’lum son qatnashgan tenglik tenglama deyiladi. Tenglik belgisi “=” dan chap va o’ngda turgan ifodalar tenglamaning chap va o’ng qisimlari deyiladi.
Tenglamaning ildizi – noma’lumning shhu tenglamani to’g’ri tenglikka aylantiradigan qiymatidir.
3x-7=8 tenglik tenglamadir. Shunga o’xshash tenglamalarni o’quvchilar bilan birgalikda doskada bajaramiz.
3x-7=8, 3x=8+7, 3x=15, x=15:3, x=5. Tenglama ildizi 5.
Berilgan tenglama
1)1ta, 2 ta, 3 ta, …,n ta;
2) cheksiz ko’p ildizga ega bo’lishi yoki;
3) ildizga ega bo’lmasligi ham mumkin.
Shunga doir misollar ko’raylik:
1)4x-7=5; 12-5x=8; 2,5x+15=18+2; ; tenglamalar 1ta ildizga ega ekanligini ko’rishimiz mumkin;
2) tenglama esa 2ta yechimga ega, ya’ni x1=-3 va x2=5
(x-3)(x-2)(x-3)=0; (2x-1)(3x-4)(5x-6)=0; (1,5x-3)(2,8x-1,4)(4x-9)=0 yeching.
3) 4(x-3)=4x-12; 6x-7=2(3x-3,5); 7x-6=7x+11
IV. Mustahkamlash: Qatorlar bilan ishlash 79- misol I- qator, 80- misol II qator, 82-misol III qator.
V. Uyga vazifa: 84- misolni bajarish va qoidalarni yod olish
Al - Xorazmiy
Do'stlaringiz bilan baham: |