2.2. Urushdan keyingi davrda O`zbekistonda oliy ta`lim tizimining siyosiy va madaniy hayotga ta`siri
70 - 80 yillarda ham ta’lim tizimida muhim o`rinni egallagan umumiy ta’lim maktablari davlatning mafkuraviy, madaniy vazifalariga xizmat qilardi. 1972-yili hukumat tomonidan "Yoshlarni umumiy o`rta ta’limga o`tkazishni tugallash va umumiy ta’lim maktablarini yanada rivojlantirish to`g`risida". Yoshlarni umumiy o`rta ta’limga o`tkazish 1975-yilga kelib tugallandi. 1975-76 o`quv yilida O`zbekiston qishloq va shaharlariga 9642 ta umumta’lim maktabi bo`lib, ularda 38028 ming o`quvchiga 237,5 ming o`qituvchi saboq berdi.
Shu o`quv yilida 42 ta oliy o`quv yurtida 246,4 ming talaba ta’lim oldi, ularda 400 fan doktori va 5 mingdan ortiq fan nomzodlari mehnat qildilar. Maktabgacha tarbiya muassalariga 900 mingdan ortiq bola jalb etilgan. Maktabdan tashqari tarbiyaviy muassalarga 440 mingdan ortiq bola tortildi. 80-yillarga kelib jamiyatning ko`p sohalardagi kamchiliklar ko`zga tashlanib, keng ko`lamda qayta qurish ishlari boshlab yuborildi. Hukumatning "Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh qilishning asosiy yo`nalishlari" 1984-yil ma’qullandi. O`zbek pedagogikasi butunlay o`sishdan to`xtab qolmadi.20
Ko`plab olimlarimiz uni yuksalishi yo`lida tinmay mehnat qildilar. 70-yillarda o`zbek pedagogikasi ravnaqi uchun ayniqsa, Siddiq Rajabov (1910-1993) fidoyilik ko`rsatadi. Ilmiy tadqiqot va Nizomiy nomli TDPI da ishlaydi. "O`zbekiston maktablari tarixi" mavzusida doktorlik disertatsiyasini himoya qiladi. "Pedogogika fani taraqqiyotining ba’zi masalari", "Tarbiya va o`qitishda klassik ta’limot", "Oliy ta’lim didaktikasi" kabi o`nlab asarlari nashr etiladi. Pedogigika fani rivojiga Malla Ochilov (1931) katta hissa qo`shdi. Uning "O`qituvchi odobi", "Studentlarning axloqiy tarbiya jarayoni", "Bo`lajak o`qituvchini axloqiy shakllantirish", Studentlarning ilmiy tadqiqot ishlari" kabi risolalari mashhurdir, u chex pedagogi Ya.A.Komenskiyning "Buyuk didaktika" asarini 1- bo`lib o`zbek tiliga tarjima qilgan. Iqtidorli olim hozirda Qarshi DU pedogogika kafedirasini boshqarmoqda, ko`plab shogirdlariga ustozlik qilib kelmoqda.
80-yillarda Muzaffar Abdullayevning (1931) Forobiy qarashlari haqidagi tashqiqotlari pedagogikani yangi bosqichga ko`tarilishiga sabab bo`ldi. "Abu Nasr Forobiy", "Forobiy va uning risolalari", "Forobiy ta’lim tarbiya to`g`risida" kitoblarini yozdi. FA ning haqikiy a’zosi, hozirda Sharqshunoslik institutida direktorlik qilib kelmoqda. O.Sharoffidinov, I.Husanxo`jayev, Z.Mirtursinov, R.Usmanov va boshqa olimlarimiz pedogogikamiz ravnaqi yo`lida kurashgan. Yurtimiz azal-azaldan ilm o‘chog‘i, jahon sivilizatsiyasi markazlaridan beri deb e’tirof etib kelingan. O‘rta asrlardan, xalqimiz ta’lim sohasida yuksak marralarga erishgan bo‘lib, jahon sivilizatsiyasi hamda fan sohasiga ulkan hissa qo‘shishgan.
Misol tariqasida, IX-XII asrlarda Movarounnahrda ko‘plab o‘quv maskanlari bo‘lib, ulardan chinakam olimlar, ulamolar yetishib chiqqan. Xusasan, Xorazm Ma’mun akademiyasi ham shu davrdagi yirik tadqiqot markazlaridan biri hisoblangan. Algebra fani bobakalonimiz Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan atalganligi, bu azal-azaldan bizning qonimizda yaratuvchanlik, o‘qishga bo‘lgan qiziqishdan dalolatdir. Bundan tashqari, yana bir buyuk ajdodimiz Abu Ali ibn Sino o‘sha olis XI asrda tibbiy jarrohlik operatsiyasiyalarini amalga oshirgani bilan dunyoga mashhur. Uning “Tib qonunlari” asari Yevropada “Injil” kitobidan keyin eng ko‘p nashr etilgan kitoblardan biri bo‘lib, 500 yil davomida dunyoning ko‘plab nufuzli oliy o‘quv yurtlarida barcha talabalar uchun darslik sifatida o‘rganib kelingan. Buyuk mutafakkir Al-Farg‘oniy astronomiya fanida birinchi bo‘lib, geliosetrik nazariyani asoschisi bo‘lgan ya’ni Yerni Quyosh atrofida aylanishini aniq hisob — kitoblar bilan isbotlab bergan. 21
XV asrdayoq Samarqandda Mirzo Ulug‘bek observatoriya barpo etib, yulduzlar xaritasini tuzgan. U yulduzlar joylashuvini shu qadar aniq hisoblanganki, hozirgi fan-texnika bu ma’lumotlarni atiga bir necha daqiqalarga farq qilishini isbotlagan. Bundan ko‘rinib turibdiki, bizning ota-bobolarimiz jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan. Sobiq sho‘rolar davridagi ta’lim tizimiga to‘xtaladigan bo‘lsak, u darvlarda hatto O‘zbekistonning o‘zining milliy ta’lim tizimi joriy etilmagani ayanchli holatdir. Asosan ta’lim tizimi sobiq markazning hukmron mafkura manfaatlariga bo‘ysundirilgan edi. Aytaylik, aksariyat fanlar o‘quv dasturiga kiritilmagan. Birgina O‘zbekiston tarixi fanini oladigan bo‘lsak, ushbu fan xolis o‘rganilmas, o‘quv dasturida bu fanga ajratilgan soatlarning katta qismi sobiq ittifoq tarixini o‘rganishga bag‘ishlanar edi. O‘quvchilar ongi Vatanimiz tarixining noto‘g‘ri talqin qilingan hodisalari bilan to‘ldirilar edi. Milliy qadriyat va ma’naviyat toptalar, asl o‘zbek olimlarini va buyuk davlat arboblari, sarkardalari hayot va ijod yo‘llari qoralangan. Bunga misol Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Ahmad Yassaviy, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Bahouddin Naqshband, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon va hokazolarni keltirish mumkin.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirila boshladi. Ayniqsa ta’lim sohasiga katta e’tibor qaratildi. Ta’lim-tarbiya tizimi takomillashgani sayin odamlarning ma’naviyati, ongi, tafakkur doirasi shakllanib, yuksalib bordi. Ta’lim tizimini har tamonlama, shaklan va mazmunan isloh qilish, yangilash lozim edi. Zero, jamiyat yangi shaxsni tarbiyalashni talab etayotgan bir paytda odamlarning ongi, dunyo qarashi, bilim saviyasini o‘zgartirmay, uni zamonaviylashtirmay turib yangi jamiyatni barpo etib bo‘lmasdi. Birinchi yurtboshimiz Islom Karimov mustaqillik yillarida ushbu jihatlarni inobatga olgan holda, odamlarda yangicha, milliy qadriyat va an’analarimizga asoslangan dunyoqarashni shakillantirish maqsadida, ta’lim va tarbiyaga juda katta e’tibor qaratganlar. Jumladan u: “Ta’lim O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi. O‘sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi. Yoshlar, ularning iqtidorliligi va bilim olishga chanqoqligidan ta’lim va ma’naviyatni tushunib yetish boshlanadi”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil, 11-martdagi “Respublika oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga qabul qilishni takomillashitirish to‘g‘risida”gi PF-361-sonli farmoniga asosan, mamlakatimizda mavjud oliy o‘quv yurtlariga qobiliyatli yoshlarni tanlab olish tizmiga katta o‘zgarishlar kiritildi. Dastlab respublikamizning 6 ta oliy ta’lim muassasasida test sinovi asosida o‘qishga qabul qilish tajribadan o‘tkazilgan bo‘lib, oradan bir yil o‘tib, bu ko‘rsatkich 19 taga yetkazildi. 1994-yil 14-maydagi 258-sonli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat test markazi tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan Oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga abituriyentlar tanlash bo‘yicha Respublika markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga aylantirildi. Davlat test markazi (DTM) asosiy vazifasi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish hisoblanadi.22
DTM tomonidan tuziladigan test savollari haqida so‘z borganda, dastlab, 1992-yilda ular ikki variantli ko‘rinishda bo‘lib, cheklangan fanlardan 50 tadan savollarni o‘z ichiga olgan edi. Bu ko‘rsatkich yildan-yilga yaxshilanib bordi. Jumladan 1995-yilga kelib, testlar 3 variantlilik asnosida 36 ta savoldan tashkil topgan bo‘lib, gumanitar, aniq va chet tillarini o‘z ichiga olgan edi. Shunga qaramay, kam miqdordagi test variantlarda yetarlicha cheklangan hajmdagi test materiallaridan foydalanish bilimlar darajasini baholash, aniqlashda xolislik va muvofiq moslikni ta’minlay olmadi, maxfiylikni muhofaza qilish tartibini murakkablashtirdi. Shu maqsadda 1996-yildan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga kirish sinovlarida test topshiriqlari variantlarini ta’lim yo‘nalishlari, mutaxasisliklar va ta’lim tillari bo‘yicha kompyuter yordamida generatsiyalash(tuzish)ga asoslanuvchi yangi, ko‘p variantli tizimi yaratildi va amaliyotga tatbiq etildi. Ushbu test tizimidan hozirgi kunda ham foydalanib kelinmoqda.
Shu bilan bir qatorda, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga alohida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi N464-i qonuni, ta’lim sohasidaga barcha savollarga aniq oydinlik kiritdi. 34 ta moddadan iborat ushbu qaror, ta’lim jarayonining barcha jabhalarini qamrab olgan bo‘lib, o‘z o‘rnida barcha masalalar aniq va ravshan holda yoritilib berilgan. Jumladan 4-moddada yozilishicha: “Jinsi, tili, yoshi, irqi, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi” deyilgan bo‘lib, bu ta’lim sohasidagi me’yorlarni qanchalik tartibga solinganligidan dalolat beradi. Xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan texnika va texnologiyalari yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish yurtimiz taraqqiyotining muhim shartlaridan biridir.
Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda “Kadrlar tayyolash milliy dasturi to‘grisida”gi qonuni qabul qilingan bo‘lib, ushbu dastur “Ta’lim to‘g‘rida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan. Uning ustuvor vazifalariga, milliy va xorijiy ta’lim tizimi asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.23
Xulosa qiladigan bo‘lsak, bu ikki qonun ta’lim tizimidagi chuqur islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Mamlakatimizda ta’lim taraqqiyoti shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy hamda madaniy ehtiyojlarini ta’minlaydigan ustuvor soha sifatida qonunan belgilab berdi.
Xulosa
XX asr o’zbek xalqi tarixida ro’y bergan eng muhim voqelik, shubhasiz, davlat mustaqilligiga erishish bo’ldi. Istiqlol sharofati bilan xalqning asriy orzusi ushalib, mustaqillik tufayli o’z e‘tiqodi, urf-odatlari, qadriyatlari o’z o’rniga qaytdi. Respublika taraqqiyotining o’zbek xalqiga xos bo’lgan xususiyat va an‘analarini hisobga olgan holda o’z rivojlanish yo’lini tanlashi, boy madaniyati va ma‘naviyatini e‘zozlash, xalq istiqboliga qaratilgan milliy istiqlol mafkurasini targ’ib etish, Vatan tarixini xolisona o’rganish va tadqiq etishni hayotiy zaruriyat darajasiga ko’tardi. O’z oldiga huquqiy demokratik davlat qurishni maqsad qilib olgan O’zbekistonning XXI asrdagi istiqbol siyosati – bu jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. Zero mazkur jamiyatni barpo etishda, d avlat boshqaruvini to’g’ri, izchil yo’lga qo’yishda davlatchiligimizni tarixiy nuqtai-nazardan boshqaruvini o’rganish va boy tarixiy tajribadan foydalanish amaliyotga tadbiq etish muhim ahamiyatga ega.
Sobiq Ittifoqdan poydevori ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv usuliga qurilgan, o‘ta mafkuralashgan, xalqni yuvosh, itoatkor olomon deb biladigan totalitar tuzum meros bo‘lib qolgan edi. O‘zbekiston qaramlik davrida o‘z tabiiy boyliklariga, yersuv, o‘rmon va boshqa resurslariga o‘zi egalik qila olmasdi, respublika hududida qurilgan va faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar Markazga, uning manfaatlariga bo‘ysundirilgan edi. O‘zbekiston rahbariyati, xalqi o‘z hududida qancha mahsulot ishlab chiqarilayotgani, ular qayerda realizatsiya qilinayotgani va qancha daromad keltirayotganidan bexabar edi. Moliya-kredit, bank siyosati yuritishda ham qaram edi, o‘zining milliy valutasiga, valuta jamg‘armasiga ega emasdi. Sobiq Ittifoqdan mo‘rt, zaif, xomashyo yetishtirishga yo‘naltirilgan, ya’ni arzon xomashyo va strategik mineral resurslar tayyorlanadigan iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi. Aholi turmush darajasi jihatidan nochorlik, sobiq Ittifoq miqyosida eng oxirgi o‘rinlardan biri meros bo‘lib qoldi. Rossiya, Ukraina va Belorussiyadan farqli o‘laroq, O‘zbekiston aholisining deyarli uchdan ikki qismi qo‘l uchida tirikchilik qilardi. Eski mustabid tuzumdan o‘tkir ijtimoiy, ekologik muammolar meros bo‘lib qolgan edi. Mamlakatimiz aholisi yerning nihoyat darajada sho‘rlanishi, havo bo‘shlig‘i va suv zaxiralarining ifloslanganligi, radioaktiv ifloslanish, Orol dengizining qurib borishi oqibatida juda katta ekologik xavfga duch kelib qolgan edi.
«Bugun o‘sha davr to‘g‘risidagi haqiqatni xolisona aytadigan bo‘lsak, u zamondagi hayotimizni jahon tarixi va amaliyoti bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, shuni ochiq aytish kerakki, u paytda O‘zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga – Markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo‘lgan yarim mustamlaka mamlakat qatoriga aylangan».24
Qaramlik davridan, eski sovetlar tuzumidan bizga og‘ir ma’naviy-ma’rifiy meros qolgan edi. Mustamlakachilik davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoqosti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko‘plab masjid-madrasalar, eski maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. Ajdodlarimiz yetishtirgan allomalarimiz idealist degan yorliq bilan qoralandi, asarlarini unutish, yo‘qotish siyosati yuritildi. Islom dini qadriyatlari, musulmonlarning e’tiqodlari oyoqosti qilindi, ruhoniylar quvg‘in ostiga olindi. Mustabid tuzum hukmdorlari madaniy inqilob shiori ostida o‘zbek xalqining yuzlab iqtidorli, milliy-ozodlik uchun kurashgan vatanparvar ziyolilarini, istiqlolchi farzandlarini siyosiy qatag‘on qildi, ularning nomlarini xalqimiz xotirasidan o‘chirib tashlashga harakat qildi. Tariximizni soxtalashtirish, tarixiy haqiqatni buzib ko‘rsatish, milliy tuyg‘ularni qo‘pol ra-vishda kamsitish, ruslashtirish siyosati yuritildi. O‘z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o‘z tarixini bilmaslik ko‘plab odamlarning shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi. Mustaqillik sharofati bilan xalqimiz siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy zug‘umlardan ozod bo‘lib, o‘z taqdirini o‘zi belgilash imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Endilikda O‘zbekiston o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlab, ozod va obod Vatan, erkin farovon turmush qurish yo‘lidan bormoqda. “Istiqlol tufayli odamlarimiz ongu tafakkurida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu jarayonda millat sifatida o‘zlikni anglash, ajdodlar dahosi va zakovatini davom ettirish, milliy fenomen qudratini bor bo‘y-basti bilan jahonga ko‘rsatish maqsadi barcha soha va yo‘nalishlardagi sa’y-harakatlarda o‘z ifodasini topdi. Bunday ezgu intilishlar samarasi o‘laroq butunlay yangi – ruhi va fikri toza avlod dunyoga keldi.” Mustaqillik yosh avlod hayotiga buyuk kelajak nafasini, ezgu umid va orzular ijobatini olib keldi. Yangi asr avlodiga ajdodlar armonining ushalishi bilan birga beqiyos imkoniyatlar kaliti, yuksak marralar sari dadil qadam tashlash baxti ham nasib etdi. Bugun qayerga qaramang, o‘zbekistonlik yoshlar erishayotgan yutuqlarni ko‘rishimiz mumkin. Yildan yilga yoshlarimiz, aytaylik, fan olimpidalarida deysizmi, yoki biror bir sport sohasimi, boringki, san’at sohasida ham yuksak marralarni zabt etmoqdalar.
Prezidentimiz rahnamoligida ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar samarasi o‘laroq, mustaqillik farzandlari dunyo miqyosidagi turli ko‘rik-tanlov va xalqaro fan olimpiadalarida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda. Bu yutuqlar, avvalo, yoshlarning ertaga jamiyatdan munosib o‘rin egallashi uchun hizmat qilsa, boshqalar uchun o‘rnak bo‘ladi. Avvalo shuni mamnuniyat bilan aytish joizki, bugungi kunda jamiyat ravnaqi, barkamol avlodni tarbiyalashda yetuk insonni shakllantirishda avvalom bor ayollarning o‘rni qanchalar muhim ekanligini Yurtboshimiz tomonidan ta’kidlanib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |