1927-1937 yillarda Xitoyning Pekin shahri yaqinidan Xitoy pitekantropi - eng qadimgi odam sinantropni suyak qoldiqlari topilgan.
13-rasm. Sinantrop.
Sinantrop tashqi ko'rinishi bilan ko'p jihatdan pitekantroplarga o'xshasa ham,
■j
lekin miyya hajmini undan biroz katta 850-1220 sm gacha bo’lganligi bilan farq qilgan. Uning ham bosh miyya yarim sharlarini chap bo'lmasi, o'ng bo'lmasiga qaraganda bir muncha yaxshi rivojlangan. Sinantrop ham o'ng qo'lini ko'p ishlatgani sababli chap miya anchagina rivojlangan. U olovdan foydalanishni va saqlashni bilgan. Chunki ular yashagan yerlardan 6-7m qalinlikdagi kul qatlamlari, yirik hayvonlarning nayzasimon suyaklari, kalla suyaklari, toshlardan, suyakdan, novdalardan yasalgan qurollar topilgan.
1907 - yili Germaniyaning Geydelberg shahri yaqinidan ili pastki jag' suyagi topilgan bo'lib, uning iyak do’mbog’I bilinmagan bo'lsa ham, tishlari hozirgi odamlaming tishlariga o’xshash bo’lgan.
Olovdan foydalanish yeyiladigan ozuqani tez hazm bo'lishiga sababchi bo'lgan. Olovda pishgan go'shtni chaynash ham qulay bo'lgan, bu o'z navbatida qadimgi odamlarning tashqi qiyofasi, ya'ni jag' suyaklarining va tishlarning kichrayishiga olib kelgan. Oqibatda pastki jag'ning oldinga bo'rtib chiqishi, pastki jag'larni ushlab turuvchi muskullarini rivojlanishi bir muncha rivoj topmagan va bu eng qadimgi odamlarning yuz qismi hozirgi odamlarnikiga nisbatan o'xshash bo’lishiga sabab bo’lgan. Olov faqat ovqat bir necha marotaba tez hazm qilishiga sababchi bo'lishidan tashqari, eng qadimgi odamlarni sovuqdan va yovvoyi hayvonlar hujumidan ishonchli himoya qilgan va qadimgi odamlarni iqlim omilidan mustaqil bo'lishiga, sovuq joylarda ham yashashga imkon bergan.
Gulxan atrofida odamlar qurollar yasash, uxlash, bir - birlari bilan aloqada bo’lishga imkon bergan va ularni yanada bir - biri jipislashtirgan. Odam olovdan foydalanishni o’rgangan bo’lsada hali eng qadimgi odamlar olovni qanday yo’l bilan hosil qilishni bilmaganlar. Ularni yashagan joylarida qattiq kremniy toshlari, toshko’mir, oltingugurt, margimush va boshqa moddalar bilan birikkan bir qancha minerallar topilgan.
Eng qadimgi odamlar evolutsiyasida hali tabiiy tanlanish o’z tasirini saqlab qolgan, odamlarga ko’p belgilarni xususan bosh miyani, tik turish bilan bo’liq xususiyatlarga o’z tasirini ko’rsatgan. Lekin shu bilan bir qatorda ijtimoiy omillar ham tasir odam evolutsiyasiga ta’sir ko’rsatadi. Jamao bo’lib yashashga extiyoj bolalami boqish va tarbiyalash imkonini beradi.
Odamning dastlabki vatani Janubiy Sharqiy Afrika sanaladi. Bunday xulosaga kelishga asosiy sabab avstalopiteklarning, homo habilisning suyak qoldiqlari va eng qadimgi odamlar yasagan qurollari Afrikada topilgan. Odamga yaqin antrapoidlar shimpanze va gorilla ham Afrikada yashaydi, shunga binoan Afrikani odamning dastlabki vatani deb hisoblash mumkin. Osiyo va Yevropada primatlar evolyutsiyasiga bog’liq to'liq qazilma holdagi primatlar va qadimgi odamlarning suyak qoldiqlari topilmagan. Shunga binoan janubiy sharqiy Osiyo shimoliy Afrika odamning dastlabki vatani hisoblanadi.
Shimoliy Afrika Janubiy Osiyo odamning dastlabki vatani ekanligini isbotlovchi dalillar ko’p bo'lib driopitek, ramapitek maymunlarning suyak qojdiqlari Hindiston va Pokistonda, odamsimon maymunlar va avstralopiteklarning suyak qoldiqlari hamda pitekantrop, sinantroplarning suyak qoldiqlarini Yava orolidan, Xitoydan topilishi ashyoviy dalil sanaladi. Antropologlar tomonidan eng qadimgi odamlarning vatani Afrikaning keng xududi hamda Janubiy Sharqiy Osiyoning joylari deb etirof etiladi.
Keyingi yillarda Arxantroplarning suyak qoldiqlari Kerano (1982) va Keniyadan ham topilgan. Ular yerning 2 - 1.6 mln yoshli qatlamlaridan topilgan. Arxantroplarning suyak qoldiqlari va qurollari Janubiy Sharqiy Afrika va Sharqiy Osiyo hamda Markaziy Yevropadan topilgan. Bu hududlardan ularning suyak qoldiqlari va qurollarini topilishi xilma xil tabiiy iqlim sharoitiga moslashib yashaganliklaridan dalolat beradi.
O’zbekiston xududida eng qadimgi odamlar 700-500 ming yillar oldin yashagan. Olimlarning fikriga ko’ra bular sinantroplarning yaqin qarindoshlari bo’lgan. O’zbekistonda eng qadimgi tosh qurollar Farg’ona vodiysidagi seling’ur manzilgoxidan, Toshkent voxasining Ko’lbuloq mavzesidan (Angerenga yaqin joy) topilgan. Bu tosh qurollar qo’pol daryo toshlari bo’lib bir tomoni o’tkirlashtirilgan. Bunday toshlarni arxeologlar chopqir deb ataydilar. Qadimgi odamlar - paleantroplar Neandertallarning dastlabki bosh suyagi 1948 y