Primatlar turkumiga umumiy tasnif bering.
Chala maymunlarning tana tuzilishidagi o‘ziga xos belgilarni sanang
Yuksak maymunlarga xos belgilarning sanang.
Odamsimon maymunlarning asosiy turlarini sanang.
Odamsimon maymunlarning kelib chiqishi haqida ma’lumotlar bering.
Odamsimon maymunlar qaysi oilalarni o‘z ichiga oladi?
Genetik nuqtai nazardan qaysi odamsimon maymun odamga yaqin?
Primatlarning hasharotxo‘rlardan kelib chiqqanligini izohlang.
5§.Qazilma holdagi odamsimon maymunlar yoki primatlar
evolyutsiyasi
Tayanch tushunchalar va bilimlar: Uchlamchi davr, to'rtlamchi davr, hasharotxo ‘r, driopitek, avstrolopitek, zinjantrop, paleantrop, arxantrop, neontrop
Yo'ldoshli sutemizuvchi hayvonlar mezozoy erasining oxirlarida paydo bo'lgan bolib, tuban hasharotxo'rlardan primatlar turkumining vakillari kelib chiqqan. pliotsen, miotsen, oligotsen, euotsen, poleotsen, to'rtlamchi davr pleystotsen va hozirgi davrdan iborat.
Poleogen epoxasida lemurlar, keng tovonlilar o'rmonlarda yashaganlar. 30 mln yil muqaddam unchalik katta bo'lmagan o'simliklar, hasharotlar bilan oziqlanuvchi hayvonlar kelib chiqqan. Ularning jag'lari va tishlari xuddi odamsimon maymunlarga o'xshash bo'lgan, ulardan ya'ni parapiteklar so’ng propliopiteklar, daraxtda yashab so'ng o'lib ketgan driopiteklar kelib chiqqan.
Driopiteklardan shimpanze, gorilla va odam ajdodlari tarmoqlangan. Qo'l orqali daraxtdan - daraxtga harakat qilish dumini yo'qolishiga olib kelgan. Qo'llar yordamida harakat qilish, gavdani to'g'ri ushlashga, ichki organlar joylashishini o'zgarishiga olib kelgan.
Yirik odamsimon maymunlaming gavdasi katta og'ir bo’lishi qo'l orqali harakat qilishini qiyinlashtiradi. Shuning uchun ular keyingi oyoqlari yordamida harakatlanishga o'tadilar va gavdani bir muncha tik ushlay boshlaydilar. Bu ularning yerda ikki oyoqlab yurishi uchun layoqatli bo'lishida muhim rol o'ynagan.
9-rasm. Dripitek.
Driopitek maymunlar 14 mln. yil oldin yashaganlar. Ularning tishlaridagi emalning tuzilishi odam tishlarining emal tuzilishiga o'xshash bo'lgan. Tishlari orangutan tishlariga yaqin bo’lgan.
Driopiteklardan keyin avstralopiteklar kelib chiqqan. Bular Avstraliya maymunlari ma’nosi - lotinchada ausralis - janubiy, pitheus - maymun demakdir. Bu atamani 1924 - yil bu maymunni topgan R. Dart fanga joriy etgan. Dart uni birinchi marta Janubiy Arab Respublikasidan topgan bo'lib, keyinchalik avstralopiteklar Janubiy va Markaziy Afrikadan ham ko'plab topilgan. Avstralopiteklar 9 - 5 mln. yil muqaddam yashagan deb hisoblashadi.
Bu maymunlar yashagan epoxada Afrikaning tropik o'rmonlari shimol tomonga surilib, ular o'rtasini cho'l va savannalar egallaydi. Avstralopiteklar natijada ochiq yerda yashashga majbur bo'lganlar. Ochiq yerlarda darranda tishli yo'lbarslar haddan tashqari ko'p bo'lgan. Avstralopiteklar bo'yi unchalik baland emas, jussasi ham katta bo’lmagan. Shuning uchun yaqinlashgan dushmanlarni ko'rish ular uchun nihoyatda kerak edi. Byning uchun gavdani tik ushlash zarur edi. Bundan tashqari tik turish ov qilish uchun ham zarur edi. Tik turib havf - hatarni ko'rish boshqa dashtning cho'l hayvonlari yumronqoziqlar, sug'ur (surka)lar uchun ham hosdir. Tik turish orqali avstralopiteklar yirtqich hayvonlarga tosh otib yoki kaltak bilan haydash va ozuqa tashishi mumkin edi. Avstralopiteklar yashagan g'orlarda tuyoqli hayvonlar (antilopalar)ni suyak qoldiqlarini topilishi ular ov bilan shug'ullanganligi ko'rsatadi. Go'sht bilan ovqatlanush primatlar uchun katta ahamiyatga ega bo'lib, u organizm uchun zarur aminokislotalar ayniqsa lizinni o'zlashtirish imkonini tug'dirdi. Bu aminokislota faqat hayvon maxsulotlarida bo'lib boshqa mahsulotlarda uchramaydi. Avstralopiteklarda yungning asta-sekin reduksiyaga uchrashi ro'y bergan. Chunki issiq hududda yung
■j
tanani isitib yuborishga olib kelgan. Avstralopiteklar bosh miyyasi 600 sm atrofida bo'lib, ular yaxshi chopa olmaganlar. Avstralopiteklar 5 mln yil shu xolatda yashaganlar. Ularni og'irligi 50kg bo'lib, gala bo'lib yashaganlar. R. Dart ma’lumotiga ko’ra Avstralopiteklar yirtqich bo'lib pavian va boshqa maymunlami tutib iste’mol qilgan degan fikrni ilgari surgan.
10-rasm. Avstrolopitek.
Yalang'och holda tanadagi ter orqali Na+ ioni kop ajralib ketgan. Bu yirtqichlikka va vegetarian ovqatlanuvchilarni osh tuzini izlashga majbur etgan. Avstralopiteklar tik yurishi bilan bog’liq holda bolani oson tug'ishga qarama - qarshilik yuzaga keladi. Ularni tos suyagi odamlarnikiga o'xshagan bo'ladi va ikki oyoqlab yurishga yordam beradi. Urg'ochi maymunlar kichik boshli bolalar tug'ishda davom etgan. Bu davrda yirik boshli bolalar tug'ish bo'yicha Avstrlopiteklar o'rtasida tabiiy tanlanish ketadi. Chunki bosh miyasi nisbatan kattaroq tug’ilgan bolalar keyinchalik ov qurollaridan foydalanishda va jamoa bo'lib ov qilishda, yirtqich hayvonlardan himoyalanishga ko'proq layoqatli bo'la boshlagan. Yirik boshli bolalarni tug'ish ayollarda qiyinchilik tug'diradi. Chunki tug'ilgan bolasining miyyasi 360 - 370gr va 8 - 9 oyda esa ikki hissa ortadi va gorilla maymuni miyyasidan ham og'ir bo'ladi.
Hozirgi davrda Xabashistonda topilgan avstralopiteklarni suyak qoldiqlari yaxshi o'rganilgan. Ularning bo'yi 110 - 120 sm bo'lib, ikki oyoqlab yurgan, tishlari odam tishlariga o'xshash bo'lgan. Ular 3,5 - 4 mln. yil oldin yashagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |